Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.47K photos
2.33K videos
91 files
6.7K links
Download Telegram
Iqtisodiy yuksalish sari navbatdagi qadam

Angor tumanida “Angor baraka” savdo markazining 5-qavatida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi va bolalar ko‘ngilochar maskanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Narmanov so‘zga chiqib, xususiy sektorni rivojlantirish borasida olib borilayotgan izchil ishlar, xususan berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida to‘xtaldi.

Barcha qulayliklarga ega, zamonaviy 5 qavatli savdo majmuasi tumandagi eng yirik savdo markazi bo‘lib, unda tadbirkorlar va xaridorlar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

Tantanali ochilish marosimi yangi yil shodiyonalariga ulanib ketdi. Tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bayram konserti tashkil etilib, bolajonlarga yangi yil sovg‘alari topshirildi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉Telegram
#marketpleys

Marketpleys, shu jumladan, toʻlov tashkilotlariga elektron fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish imkoniyati berildi

Soliq toʻlovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, "Soliqchi-koʻmakchi" tamoyili asosida, 16-dekabrdan boshlab 20 kun davomida 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato shakllantirilgan elektron cheklarni tahrirlash imkoniyati berildi.

Buning uchun soliq toʻlovchi my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari" sahifasidan "Marketpleys cheklarini tahrirlash" boʻlimiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni oʻzgartirish mumkin:

▫️mahsulot (xizmat) summasi;
▫️ miqdori;
▫️ QQS summasi;
▫️ MXIK;
▫️ oʻlchov birligi;
▫️ komitent STIR (komitent tasdiqlagan holatda);
▫️ toʻlov shakli (naqd yoki terminal);
▫️chekning umumiy summasi.

📎 Barcha oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng, faqat bitta fayl — tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan oʻrganiladi (MXIK, oʻlchov birligi avtomat tarzda qabul qilinadi).

Koʻrib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga oʻzgaradi.
♻️ Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga koʻra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, "Hisoblash" va "Joʻnatish" tugmasi bosiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahar  4-sektor hududidagi " Tuproqqo‘rg‘on" mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, yangi yil sovg‘alari topshirildi.

👉Telegram I Facebook I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi  birlashgan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan viloyat davlat soliq boshqarmasi hamda Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari farzandlari yangi yil musiqali tomoshasida ishtirok etishdi.

👉 Telegram I Facebook Youtube I
#MXIK #EHF

🔴 Korxonamiz ko‘chmas muklni ijaraga beradi. EHF rasmiylashtirishda kommunal xizmatlar va xarajatlarni qoplash uchun qaysi MXIKlardan foydalanishimiz kerak?

Kommunal xizmatlar va xarajatlarni qoplash uchun EHFda quyidagi MXIKlardan foydalanishi lozim.

Kommunal xizmatlar uchun MXIK:
▫️ 09901001001000000 – Sovuq suv taʼminoti xizmatlari;
▫️ 09901001002000000 – Aholiga suv taʼminoti boʻyicha xizmatlar (imtiyozli);
▫️ 09901001003000000 – Issiq suv taʼminoti xizmatlari;
▫️ 09902001001000000 – Kanalizatsiya xizmatlari;
▫️ 09902001002000000 – Aholiga koʻrsatilayotgan kanalizatsiya xizmatlari (imtiyozli);
▫️ 09903001001000000 – Gaz taʼminoti xizmatlari (jismoniy va yuridik shaxslar uchun);
▫️ 09904001001000000 – Chiqindilarni utilizatsiya qilish xizmatlari;
▫️ 09904002001000000 – Qattiq maishiy chiqindilarni (QMCH) olib ketish xizmati;
▫️ 09904002003000000 – Aholiga sanitariya tozalash, chiqindilar va chiqindilarni yigʻish va olib chiqish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar (imtiyozli);
▫️ 09905001001000000 – Elektr energiya xizmatlari;
▫️ 09906001001000000 – Issiqlik taʼminoti, isitish xizmatlari;
▫️ 09906001002000000 – Aholiga issiqlik taʼminoti xizmatlari (imtiyozli).

Maxsus ustamalar MXIK:
▫️ 09901001004000000 – Suv taʼminoti tashkilotlari tomonidan ichimlik suvi yetkazib berish xizmatlari tariflariga maxsus ustama;
▫️ 09902001004000000 – Kanalizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlari tomonidan kanalizatsiya xizmatlari tariflariga maxsus ustama.

EHF taqdim etgan ijaraga beruvchilar xarajatlarni qoplash uchun MXIK:
▫️ 10713007001000000 – Sovuq suv taʼminoti xizmatlari uchun xarajatlarni qoplab berish;
▫️ 10713007002000000 – Issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun xarajatlarni qoplab berish;
▫️ 10713007003000000 – Kanalizatsiya xizmatlari uchun xarajatlarni qoplab berish;
▫️ 10713007004000000 – Gaz taʼminoti xizmatlari uchun xarajatlarni qoplab berish;
▫️ 10713007005000000 – Qattiq maishiy chiqindilarni (QMCH) olib ketish xizmatlari uchun xarajatlarni qoplab berish;
▫️ 10713007006000000 – Elektr energiya xizmatlari uchun xarajatlarni qoplab berish;
▫️ 10713007007000000 – Issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun xarajatlarni qoplab berish;
▫️ 10713007008000000 – Shahar telefon aloqa xizmatlari xarajatlarni qoplab berish;
▫️ 10713007009000000 – Internet xizmatlari uchun xarajatlarni qoplab berish.

EHF taqdim etgan ijaraga beruvchilar maxsus ustamalarni qoplash uchun MXIK:
▫️ 10713001001000000 – Kanalizatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan kanalizatsiya xizmatlari tarifiga maxsus ustama uchun xarajatlarni qoplab berish;
▫️ 10713002001000000 – Ichimlik suvi taʼminoti xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarining ichimlik suvi taʼminoti xizmatlari taʼriflariga maxsus ustama uchun xarajatlarni qoplab berish.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #imtiyoz

Foydalanilgan soliq imtiyozlari miqdori 64,1 trln so‘mni tashkil etdi

2022-yil 21-dekabr holatiga
, 110 mingdan ortiq tashkilot 64,1 trln so‘m miqdorida soliq imtiyozlaridan (QQSning nol stavkasini hisobga olgan holda) foydalangan.

Normativ hujjatlarga muvofiq foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
🔹Soliq kodeksiga asosan – 58,6 trln so‘m;
🔹Prezident farmonlariga asosan – 1,7 trln so‘m;
🔹Prezident qarorlariga asosan – 1,8 trln so‘m;
🔹Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan – 1,1 trln so'm;
🔹Qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan – 0,9 trln so‘m.

🌐Soliq toʻlovchilar qoʻllagan soliq imtiyozlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar DSQ tomonidan har chorakda Ochiq maʼlumotlar portalida eʼlon qilib boriladi.

👉Individual soliq imtiyozlari haqida

Soliq imtiyozlaridan foydalanayotgan TOP-20 yirik soliq toʻlovchilar sohalar kesimida:
👉qurilish
👉ishlab chiqarish
👉umumiy ovqatlanish
👉xizmatlar
👉savdo
___________
#цифровизация #льготы

Сумма примененных налоговых льгот составила 64,1 трлн сумов

По состоянию на 21 декабря 2022 года
свыше 110 тысяч организаций воспользовались налоговыми льготами (включая нулевую ставку по НДС) на сумму 64,1 трлн сумов.

Суммы налоговых льгот, предоставленных в соответствии с нормативными документами:
🔹согласно Налоговому кодексу - 58,6 трлн сумов;
🔹согласно Указам Президента - 1,7 трлн сумов;
🔹согласно Постановлениям Президента - 1,8 трлн сумов;
🔹согласно Постановлениям Кабинета Министров - 1,1 трлн сумов;
🔹согласно Законам и другим нормативным документам – 0,9 трлн сумов.

Подробная информация о налоговых льготах, применяемых налогоплательщиками, публикуется ГНК на ежеквартальной основе на Портале открытых данных.

👉Об индивидуальных налоговых льготах

Суммы налоговых льгот у ТОП-20 крупных налогоплательщиков в сфере:
👉строительства
👉производства
👉общественного питания
👉обслуживания
👉торговли

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#MXIK

Soliq to'lovchiga yordam❗️

👉 Mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) uchun tasnif.soliq.uz da onlayn-ariza qoldirish
👉 Milliy katalogning yangilangan elektron versiyasi
👉 Mavjud MXIK o‘rniga “yangilangan” MXIKlarini ishlatish tavsiya etiladi
👉 Qurilish sohasi va maishiy xizmatlar uchun MXIK
👉
Bank xizmatlari uchun MXIK
👉 Umumiy ovqatlanish sohasi uchun MXIK
👉 MXIKlarga biriktirilgan o‘lchov birliklarini qanday aniqlash mumkin?
👉
EHF rasmiylashtirishda tegishli tovarni realizatsiya qilishdagi o‘lchov birligi va qadoqlarni ko‘rsatish
👉 Xizmat (soʻm) va xizmat (marta) oʻlchov birliklarining farqi
👉 Tovarlarni qadoqlash tartibi bo'yicha videoqo'llanma
👉 Kommunal xizmatlar va xarajatlarni qoplash uchun MXIK
___________________
#ИКПУ

В помощь налогоплательщику❗️

👉 Подать онлайн-заявку для идентификационного кода продукции и услуг (ИКПУ) на tasnif.soliq.uz
👉 Обновлена электронная версия Национального каталога
👉 Если вместо действующего кода ИКПУ предлагается новый
👉 ИКПУ для сферы строительства и бытовых услуг
👉 ИКПУ для банковских услуг
👉 ИКПУ для общепита
👉 Какие единицы измерения прикреплены к используемым ИКПУ?
👉
При оформлении ЭСФ указывайте те единицы измерений и упаковок, в которых реализуете свой товар
👉 Разница единиц измерений "услуга (сум)" и "услуга (раз)"
👉 Видеоинструкция по созданию упаковки товара
👉 ИКПУ для коммунальных услуг и возмещения затрат (расходов)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

2023-yil 1-yanvardan aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi:

💳bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilmaydigan;

📍onlayn-NKM geolokatsiyasi soliq organlarida ko‘rinmaydigan
(virtual kassalar va onlayn-NKM sifatida foydalanilayotgan bank kartalarini qabul qiluvchi terminallar bundan mustasno);

🛒chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun — shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan.
👉04.10.2021 yildagi PQ-5252-son

👉Onlayn-NKM va 2D-skanerlardan foydalanuvchilarga taqdim etilgan imtiyozlar 01.01.2023-yilga qadar amal qiladi.
👉Imtiyozlar soliq hisobotlarida qanday aks ettiriladi?
____________
#онлайн_ККМ

С 1 января 2023 года в денежных расчетах с населением запрещается использовать онлайн контрольно-кассовую технику, у которой отсутствуют следующие возможности:

💳
принимать платежи с банковских карт;

📍
представлять налоговым органам информацию о местонахождении онлайн-ККМ
(за исключением терминалов по приему банковских карт, используемых в качестве виртуальных касс и онлайн контрольно-кассовых машин);

🛒для субъектов предпринимательства, осуществляющих розничную продажу продукции — самостоятельно считывать и идентифицировать штрих-коды и коды цифровой маркировки.
👉№ ПП-5252 от 04.10.2021 г.

👉 Льготы, предоставленные для пользователей онлайн-ККМ и 2D-сканеров, действуют до 01.01.2023 года
👉 Как отражаются льготы в налоговой отчетности

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#e_ijara

Ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish haqida

💻2022-yil 1-yanvardan
boshlab jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomalarini “E-Ijara” axborot tizimi orqali elektron shaklda hisobga qoʻyish yoʻlga qoʻyilgan.

🗓Axborot tizimi orqali ijara muddati tugamaganda ham yangi ijara shartnomalarini keyingi davr uchun hisobga qoʻyish imkoniyati mavjud.

Ijara shartnomasini tugash sanasi dam olish kunlariga toʻgʻri kelganda (31-dekabr, 1-4-yanvar) yangi ijara shartnomasini avvaldan “E-Ijara” axborot tizimi orqali hisobga qoʻyishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

📌Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham koʻchmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisi Kudbiyev Sherzod Davlyatovich O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

Sh.Kudbiyev 2020-yilning may oyidan Davlat soliq qo‘mitasini boshqarib kelayotgan edi.

Davlat soliq qo‘mitasi jamoasi Kudbiyev Sherzod Davlyatovichni ushbu masʼuliyatli lavozim bilan muborakbod etib, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaydi !

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Ko‘p qavatli uylardagi muammolar o‘rganildi

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Narmanov hamda Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i S.Muhamadiyev Termiz shahri Jayhun mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi shart-sharoitlarni o‘rgandi.
Xonadonbay o‘rganish davomida 4-sektorga biriktirilgan ushbu mahalladagi 3-sonli ko‘p qavatli uyning yuqori qavatida joylashgan xonadonlarga tom qismidan chakka o‘tib, devor va shift qismining suvoqlari ko‘chib ketayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Sektor rahbari ko‘magi bilan mazkur ko‘p qavatli uyning tom qismi, kirish yo‘laklari va yerto‘lasi mukammal ta‘mirlanadigan hamda yoritish chiroqlari o‘rnatiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, 4-kichik daha 8-sonli ko‘p qavatli uyning old qismiga beton qoplamasini yotqizish va yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari rejalashtirildi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉Telegram
Yuridik_va_jismoniy_shaxslarga_soliq_solish_hamda_bojxona_imtiyozlarini.pdf
208.7 KB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish hamda bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida Moliya vazirligining axborot xabari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Информационное_сообщение_об_изменениях_в_порядке_налогообложения.pdf
207.5 KB
#новое_в_законодательстве

Информационное сообщение Министерства финансов об изменениях в порядке налогообложения юридических и физических лиц, а также применения таможенных льгот

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim tumanlarda tadbirkorlar uchun qator soliq stavkalari 1% etib belgilanadi

🖊O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan Respublikaning 208 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratiladi hamda toifadan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar:

🔸*5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar foyda soligʻi, AOS va ijtimoiy soliqni 1% miqdorida to‘laydi (YaTTlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi);

🔸yuridik shaxslar mol-mulk va yer soligʻini mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summani 1%i miqdorida toʻlaydi;

🔸*4-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun AOSning bazaviy soliq stavkasi 3% etib belgilanadi.

🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga:

▫️4-toifadagi tumanlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻiga Soliq kodeksi bilan belgilangan eng kam qiymatlarga 0,3 gacha;
▫️YаTTlar uchun
qat'iy belgilangan miqdordagi JShODS bo‘yicha 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish huquqi beriladi.

* yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasa, budjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamgʻarmasida davlat ulushi 50% va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter