Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
7.64K photos
2.37K videos
92 files
6.81K links
Download Telegram
Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogiga start berildi

🏆 Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlab sportning mini futbol hamda stol tennisi turlari bo‘yicha Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun saralash musobaqalari boshlandi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogida Termiz shahar va barcha tuman davlat soliq inspeksiyalari jamoalari 4 guruhda (A,B,C,D) o‘zaro kuch sinashmoqdalar.

⚽️ 🏓 Sariosiyo, Denov, Uzun hamda Oltinsoy tumani davlat soliq inspeksiyalari jamoalari ishtirokidagi qizg‘in va murosasiz bellashuvlarda Denov tumani DSI jamoasi mini futbol musobaqasida ham, stol tennisi bahslarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yarim final bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

⚽️🏓 Boysun, Sherobod, Muzrabot va Qiziriq tumani davlat soliq inspeksiyalari jamoalari o‘rtasidagi mini futbol musobaqalarida esa Muzrabot tumani DSI jamoasi g‘alaba qozongan bo‘lsa, stol tennisi bahslarida Boysun tumani DSI jamoasi g‘olib chiqib, navbatdagi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉 Telegram
#onlayn_NKM

Elektron tizimlar integratsiya jarayoni har bir ishtirokchidan uyg‘unlashgan ish va mas'uliyatli munosabat talab etadi

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida yetakchi to‘lov tizimlari operatorlari va onlayn-NKT ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar vakillari bilan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar olib borilayotgan tizimli ishlar doirasida soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvning navbatdagi bosqichi natijalarini muhokama qildilar. Xususan, onlayn-NKT va elektron to‘lov tizimlariga qo‘yiladigan texnik talablar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilib, onlayn-NKTlardan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlarining javobgarligi va to‘lovni joyida amalga oshirish imkoniyatini joriy etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, yagona maqsad sari intilish, ya’ni elektron to‘lov tashkilotlari orqali aholi bilan hisob-kitoblarni naqd pul orqali amalga oshirishda elektron fiskal chek taqdim etish har bir integratsiya ishtirokchisidan uyg‘unlashgan ish va mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladigan jarayondir.

Ma’lumot uchun: ayni paytda 48 ta elektron to‘lov tashkilotidan 31 tasi fiskal ma’lumotlar operatori bilan integratsiyani to‘liq yakunlagan, qolgan 17 tasida jarayon davom etmoqda.
___________
#онлайн_ККМ

Интеграция электронных систем требует скоординированной работы и ответственного отношения каждого участника процесса

В Государственном налоговом комитете при участии руководства ГНК состоялась очередная встреча с представителями ведущих операторов платежных систем и крупных производителей онлайн контрольно-кассовой техники.

Сторонами обсуждены итоги продолжающегося этапа интеграции с информационными системами налоговых органов в рамках продолжающейся системной работы. В частности, озвучены предложения и замечания к техническим требованиям, установленным к ОНККТ и электронным платежным системам, рассмотрены сопутствующие вопросы, связанные с ответственностью субъектов предпринимателей, применяющих ОНККТ и внедряющих возможность оплаты на местах.

Отмечено, что стремление к общей цели, а именно – предоставление электронного фискального чека при осуществлении денежных расчетов с населением через электронные платежные организации, это процесс, требующий скоординированной работы и ответственного отношения к поставленным задачам каждого участника интеграции.

Для справки: в настоящее время полностью завершена интеграция с оператором фискальных данных у 31 из 48 электронных платежных организаций, остальные 17 в процессе.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamli_markirovka

Hammasi raqamli markirovka haqida

2021-yil 1-yanvardan
tamaki va alkogol mahsulotlarini majburiy markirovkalash joriy etildi.

2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari markirovkalanmoqda.

2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalarini (changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor) majburiy raqamli markirovkalash boshlandi.

2022-yil 1-avgustdan ikkinchi guruh tovarlari – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar markirovkalanmoqda;

2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash joriy etildi.
👉Veterinariya preparatlari markirovkalanadimi?

2022-yil 1-noyabrdan:
- maishiy texnikalarni majburiy raqamli markirovkalashning III bosqichiga start berildi –
suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich), barcha turdagi lampalar.

- dori vositalarini majburiy raqamli markirovkalashning II bosqichiga start berildi – birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro-mahsulotlar.

2023-yil 1-iyuldan suv va salqin ichimliklarga majburiy raqamli markirovkalash tatbiq etiladi.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉Raqamli markirovka kodlarini o'qish qurilmalarni sotib olganlik uchun imtiyozlar

2022-yil 13-iyundan alkogol, tamaki mahsulotlari va pivo uchun raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchga kirdi.
2022-yil 12-sentabrdan boshlab boshqa mahsulotlar uchun ham javobgarlik choralarini ko‘rish normalari kuchga kirdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Hurmatli tadbirkorlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishlari lozim.

Bunda tadbirkorlik subyektlari 1.01.2023-yilgacha:

▫️foyda solig‘i;

▫️aylanmadan olinadigan soliq;

▫️YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan summani onlayn-NKM va yuqorida nazarda tutilgan maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirish huquqiga ega.

❗️ 2023-yil 1-yanvardan, chakana savdoni amalga oshiruvchi barcha tadbirkorlik subyektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉 Telegram
#raqamli_markirovka
#EHF

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha EHF 1 kun ichida tasdiqlanishi kerak

Yetkazib beruvchi tomonidan raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha yuborilgan EHF sotib oluvchi tomonidan 1 kalendar kun ichida ERI bilan tasdiqlanishi yoki sababi ko‘rsatilgan holda rad etilishi shart.

Sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi.

👉VMQ-489 2-ilova 63-band 14.08.2020-yil

❗️Ushbu oʻzgartirish 01.11.2022-yidagi VM-631-son qarorga muvofiq kiritilgan.
_________
#цифровая_маркировка
#ЭСФ

ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой должен быть подтвержден в течение 1 дня

Если поставщик выставляет ЭСФ по товарам, подлежащим обязательной цифровой маркировке, то этот ЭСФ должен быть подтвержден ЭЦП покупателя или отклонен с указанием причин в течение 1 календарного дня.

Не подтвержденный или не отклоненный покупателем в установленный срок ЭСФ считается подтвержденным.

👉п.63 Прил.№2 к ПКМ №489 от 14.08.2020 г.

❗️Данное изменение внесено в соответствии с ПКМ от 01.11.2022 г. № 631.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#elon

"Soliq servis" DUK jamoasi O'zbekiston xalqaro aeroportlarida Tax Free xizmati markazlariga xushmuomala, mas'uliyatli, hamda davlat tili, rus va ingliz tillarini biladigan mutaxassislarni ishga taklif qiladi.

Agarda siz oliy ma'lumotli, kompyuter dasturlaridan erkin foydalana oladigan, mas'uliyatli, shuningdek, sohada ish malakasiga ega, xorijiy mehmonlar bilan muloqotga kirisha oladigan mutaxassis bo'lsangiz rezyumingizni ushbu manzilda kutib qolamiz 👉[email protected]

✔️ Ish o‘rni – rasmiy.
Ish grafigi – navbatchilik asosida.
🏫 Zamonaviy va barcha qulayliklarga ega ofis.
👥 Ahil jamoa.
🎒6 mln va undan yuqori bo'lgan maosh.

📍 Jamoa azosi bo'lishni hamda ishda o'zingizni namoyon qilishni istasangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling: Toshkent sh., Muqimiy k. 166-uy.

📲 yoki (+998) 71 202 32 82 (ichki 617, 619)
(+998) 99 818 32 82 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.
__________
#объявление

Для работы в пунктах обслуживания Tax Free в международных аэропортах Узбекистана в команду ГУП “Soliq Servis” требуются коммуникабельные, приветливые и ответственные сотрудники, владеющие государственным, английским и русским языками. Знание и других иностранных языков приветствуется.

Если у Вас высшее образование, Вы уверенный пользователь ПК, пунктуальны и дисциплинированны, к тому же имеете опыт работы в сфере обслуживания и знаете, как наладить контакт с зарубежными гостями, то ждём Ваше резюме по электронному адресу 👉[email protected]

✔️Трудоустройство официальное.
🕘График работы сменный.
🏠Основной офис уютный и современный.
👥Коллектив дружелюбный.
👛З/п от 6 млн сумов и выше.

📍Чтобы проявить себя и стать частью команды, обращайтесь по адресу: г.Ташкент, ул.Мукими, 166

📲или по телефонам:
(+998) 71 202 32 82 (внутр. 617; 619)
(+998) 99 818 32 82

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 5-11- dekabr kunlari stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqaning viloyat bosqichi Termiz  shahrida  bo‘lib o‘tdi.

👉Telegram I facebook I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 5-11- dekabr kunlari stol tennisi bo‘yicha  O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqaning viloyat bosqichi Termiz  shahrida  bo‘lib o‘tdi.

👉Telegram I Facebook I Youtube
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 23-noyabr

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 ноября 2022 года последний день

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter