Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
7.69K photos
2.38K videos
92 files
6.84K links
Download Telegram
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslar qurilishi tugallanmagan noturar obyektlar uchun mol-mulk solig'ini to'laydimi?

Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanadi.

Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran 24 oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.
👉 Soliq kodeksi 419-modda

Soliq solish obyektlarining kadastr qiymati ko‘chmas mulkning soliq bazasi hisoblanadi. Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi 42 mln so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.

Soliq solish obyektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati quyidagicha hisoblanadi:
▫️Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — yuqorida ko‘rsatilgan summaning 5 baravari miqdorida (5 x 42 mln so‘m = 210 mln so‘m);
▫️boshqa shaharlarda va qishloq joylarda — 2 baravari (2 x 42 mln so‘m = 84 mln so‘m).
👉Soliq kodeksi 420-modda

Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi, 3 % miqdorida belgilanadi.
👉Soliq kodeksi 422-modda 5-qism

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

📱Jismoniy shaxslar soliqlarni “Soliq” (Android/iOS) ilovasi orqali toʻlashlari mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatida  soliqdan qarzdor korxonalarning mol-mulklarini xatlash tadbirlari  olib borilmoqda.

👉Телеграм
#mol_mulk_soligi

Mol-mulkni baholash natijalarini soliq organlariga masofadan yuborish mumkin

Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini mustaqil baholash natijalarini taqdim etish interaktiv xizmati mavjud.

💻Mustaqil baholash natijalarini soliq organiga my3.soliq.uz saytidagi “Barcha xizmatlar” bo‘limi orqali masofadan yuborish mumkin.

👉Xizmatdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma bilan bilan batafsil bu yerda tanishing!

Eslatib o‘tamiz ❗️Soliq to‘lovchilar 1-oktabrgacha ko‘chmas mulk qiymatini baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda mustaqil baholashni o‘tkazish yoki oxirgi 2 yil davomida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda o‘tkazilgan mol-mulkni baholash natijalarini soliq organlariga taqdim etish huquqiga ega. Bunda, soliq to‘lovchilar 2022-yil 1-aprelgacha mustaqil baholash to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilishlari kerak edi. (oxirgi muddat – 31-mart)

Agar soliq to'lovchilar soliq organlarini belgilangan muddatda xabardor qilmagan bo‘lsa, ular mol-mulkning minimal qiymatini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan ma'lumotnomani taqdim etishlari shart.
👉PQ-73-son 30.12.2021-yil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar “Xon atlas” festivali doirasida o‘tkazilayotgan milliy liboslar chellenjida ishtirok etishdi.

👉 Telegram
#infografika

2022-yil 15-oktabrga qadar Jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk soliqlari bo'yicha ish beruvchi vazirlik, idora va tarmoq tashkilotlari kesimida 1,3 trln so'm to'lanishi hisoblangan

📌Shundan,
1 737 ming nafar rasmiy band bo‘lgan xodimlar mulkidagi obyektlarga
1 328,2 mlrd so'm soliqlar hisoblangan.

🗓15-oktabrga qadar bir nafar xodim tomonidan to'lanishi zarur bo'lgan o'rtacha soliq summasi - 627,8 ming so'mni tashkil etadi.

Bir nafar xodimga to'g'ri keladigan soliq majburiyatiga ega yuqori tashkilotlar TOP-10taligidagi dastlabki 3 o'rin

1️⃣ Qishloq xo'jaligi vazirligi;
2️⃣ Yog'-moy sanoati korxonalari uyushmasi;
3️⃣ Suv xo'jaligi vazirligi xodimlariga to'g'ri kelmoqda.

📊Vazirlik, idora va tarmoq tashkilotlari kesimida rasmiy band bo‘lgan xodimlarga hisoblangan, to‘lanishi kerak bo‘lgan mol-mulk va yer soliqlari infografikada.👆

Jismoniy shaxslar soliqlarni “Soliq” ilovasi orqali toʻlashlari mumkin

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tayyorlangan navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soatida ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida taqdimotchilar tomonidan:

🔹 Hafta davomida mamlakatimizda ro‘y bergan voqea-hodisalar;

🔹 Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari;

🔹 Hokimlarning hisobdorligi va vakolatlari;

🔹 Ustoz va murabbiylar – yurt taraqqiyotining poydevori mavzularida chiqish qilindi.


Shuningdek, “Bir chimdim” ma`naviyat ruknida O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Erkin A’zamning kitobxonlik va hayot haqidagi qarashlari taqdim etildi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati
#savol_javob
#onlayn_NKM

Barcha tadbirkorlar uchun 2D-skanerlardan foydalanish majburiymi?

Faqat raqamli markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari
onlayn-NKM va virtual-kassa mashinalariga ulangan maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘ish terminallari va boshqalar) foydalanishi shart❗️

Bunday qurilmalar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlaydi.

Ushbu talab Prezident qaroribilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab o‘rnatilgan.

Raqamli markirovkaga ega mahsulotlar chakana savdosi bilan shug‘ullanmaydigan tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatida ixtiyoriy asosda 2D-skanerlardan foydalanishi mumkin.

Muhim. 2023-yil 1-yanvardan mahsulotlar chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn-NKTlardan foydalanish taqiqlanadi.
👉PQ-5252-son 4.10.2021

‼️Shtrix-kod va raqamli markirovka kodlarini o'qish imkoniga ega qurilmalar sotib olganlar uchun imtiyoz nazarda tutilgan.

👉2D-skanerlardan foydalanishning qulayligi nimada?

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram