Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.47K photos
2.33K videos
91 files
6.7K links
Download Telegram
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlillar natijalari

2024-yil yanvar-aprel oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida Surxondaryo viloyatidagi 967 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan va 28,7 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan.

🔎 Tekshiruvdan oldingi tahlillar – xato va kamchiliklarini mustaqil ravishda — tekshirishlarsiz bartaraf etish imkonini beradi.

👉 Telegram
#ortiqcha_tolov

Yuridik shaxslar
my3.soliq.uz portali orqali ortiqcha toʻlangan soliq summasini qanday qaytaradi

Buning uchun my3.soliq.uz portalining “Barcha xizmatlar” boʻlimida “Yuridik shaxslarning ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish” xizmati tanlanadi

Shaxsiy kabinetga ERI orqali kirilgandan so‘ng ochilgan oynada “Arizani rasmiylashtirish” menyusiga o‘tiladi.

Bu yerda hudud tanlanadi. Shundan so‘ng korxona nomi, pochta manzili va STIR avtomatik shakllanadi. Ariza beruvchining telefon raqami va elektron pochtasi ko‘rsatilishi shart.

Soliq turi tanlanganda obyekt kodi, soliq hisobvaragʻi, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ortiqcha toʻlangan summa (raqamda va soʻz bilan) avtomatik shakllanadi.
Keyingi qatorda ortiqcha toʻlangan soliq summasini vujudga kelgan sanasi va qisqacha sababi yoziladi.

Shundan so‘ng qaytarish yoki hisobga olish ko‘rsatiladi.

Agar boshqa soliq turiga oʻtkazish tanlansa, ortiqcha summa oʻtkazilishi lozim bo‘lgan soliq turi ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng soliq hisobvaragʻi va shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida ma’lumot avtomatik shakllanadi.

Ortiqcha toʻlangan summani qaytarish tanlansa bank MFOsi ko‘rsatilishi lozim. Shundan so‘ng ma’lumotlar shaxsiy hisobvaragʻida avtomatik aks etadi.

Yakunda boshqa soliq turiga oʻtkaziladigan yoki qaytariladigan ortiqcha soliq summasi (raqamda) koʻrsatiladi, soʻz bilan yozilishi avtomatik shakllanadi.

Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi tasdiqlanib “Yuborish” tugmasi bosiladi.

Eslatma. my3.soliq.uz portalida ortiqcha soliq to‘lovlarini avtomatik o‘tkazish funksiyasi ishlab chiqilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik

Mintaqaviy o‘quv-seminarining ochilish marosimida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzaev, Xalqaro valyuta jamg‘armasining budjet daromarlarini boshqarish bo'yicha maslahatchi Gregori Topping, Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun soliqlar" loyihasining milliy koordinatori Jafar Fazilov ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar so‘nggi besh yilda mahalliy soliq ma’muriyatchiligida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
________
#сотрудничество

В церемонии открытия международного учебного семинара принимают участие первый заместитель председателя Налогового комитета Мубин Мирзаев, советник по управлению бюджетными доходами Международного валютного фонда Грегори Топпинг, национальный координатор проекта «Налоги для ЦУР» Жафар Фазылов.

Докладчиками представлена информация о локальных реформах налогового администрирования за последние пять лет и достигнутых результатах.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik
#raqamlashtirish

Mintaqaviy o‘quv seminarining “Mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish (Markaziy Osiyo, Kavkaz va Mo‘guliston) va o'sish, shuningdek, raqamli iqtisodiyot istiqbollari" mavzusidagi birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Muhokamada XVJning Oʻzbekistondagi doimiy vakili K.Gvenetadze, Oʻzbekiston Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari M.Mirzayev, Qozog'iston Davlat daromadlari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Anuar Suleymenov ishtirok etmoqda.

Ekspertlar geosiyosiy oʻzgarishlarning soliq tizimlari barqarorligini taʼminlashga taʼsiri, samarali soliq va budjet siyosati choralari, jumladan, mintaqa mamlakatlari iqtisodiy oʻsishini jadallashtirish uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.

Bugungi kunning dolzarb mavzusi bo‘lgan mintaqaviy iqtisodiyot strukturasini qayta ko‘rib chiqish va raqamli iqtisodiyot rivojlanishini rag'batlantirishga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan soliq organlari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.
_______
#сотрудничество
#цифровизация

Проводится первая сессия международного учебного семинара на тему "Развитие экономики региона (Центральная Азия, Кавказ и Монголия) и приоритетные отрасли роста, включая цифровую экономику".

Участниками обсуждения выступают представитель МВФ в Узбекистане К.Гвенетадзе, первый заместитель председателя Налогового комитета Узбекистана М.Мирзаев, заместитель председателя Комитета 
государственных доходов (КГД) Казахстана А.Сулейменов.

Экспертами рассмотрены вопросы воздействия геополитического развития в обеспечении стабильности налоговых систем, эффективные меры налогово-бюджетной политики, в том числе поддержка уязвимых слоев населения для ускорения экономического роста стран региона.

Затронута актуальная на сегодняшний день тема реструктуризации региональных экономик и стимулирования темпов развития цифровой экономики региона.

С презентациями о результатах проделанной работы по цифровизации налоговых органов выступили эксперты Налогового комитета

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Ilyos Rahmatov
#mahallabay

Aprel oyi yakuniga ko‘ra, mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari orasida viloyatda eng yuqori natija 96,8 ballni qayd etgan Oltinsoy tumanining “Nurafshon”, “Jobu” va “Chep” mahallalari soliq inspektori Zarif Xursanovga Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔗 BATAFSIL

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
  🔵 "ZO‘R" TV

#mahallabay
  
Aprel oyi yakuniga ko‘ra, mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari orasida viloyatda eng yuqori natija 96,8 ballni qayd etgan Oltinsoy tumanining “Nurafshon”, “Jobu” va “Chep” mahallalari soliq inspektori Zarif Xursanovga Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

👉Telegram facebook youtube instagram