Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#foyda_soligi
Foyda solig‘i bo‘yicha hisobot shakli to‘ldirildi
Foyda solig‘i hisob-kitobiga 2 satr qo‘shildi:
✅ 061 - Joylashgan hududga nisbatan pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha soliq solinadigan foyda;
✅ 071 - Pasaytirilgan soliq stavkasi.
Ushbu satrlar joylashgan hududiga qarab foyda solig‘ining pasaytirilgan stavkasini qo‘llaydigan soliq to‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida kiritilgan.
7-ilovada quyidagi satrlar nomi Soliq kodeksi 337-moddasiga asosan o‘zgartirilldi:
✅ 016 – Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan daromad;
✅ 036 – Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda.
Soliq to‘lovchilar ushbu foyda solig‘i hisobot shaklini 2025-yil I chorakdan boshlab taqdim etishlari mumkin.
Paket kodi – 10205_45.
2025-yil 21-aprel – I chorak uchun foyda solig‘i bo‘yicha hisobot topshirishning oxirgi kuni.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Foyda solig‘i bo‘yicha hisobot shakli to‘ldirildi
Foyda solig‘i hisob-kitobiga 2 satr qo‘shildi:
Ushbu satrlar joylashgan hududiga qarab foyda solig‘ining pasaytirilgan stavkasini qo‘llaydigan soliq to‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida kiritilgan.
❗️2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari foyda solig‘ini 1% stavkada to‘laydi.
👉 PF-287-son, 30.12.2022-y.
7-ilovada quyidagi satrlar nomi Soliq kodeksi 337-moddasiga asosan o‘zgartirilldi:
‼️ Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda 0% stavkada soliqqa tortiladi.
Soliq to‘lovchilar ushbu foyda solig‘i hisobot shaklini 2025-yil I chorakdan boshlab taqdim etishlari mumkin.
Paket kodi – 10205_45.
2025-yil 21-aprel – I chorak uchun foyda solig‘i bo‘yicha hisobot topshirishning oxirgi kuni.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#foyda_soligi
Foyda solig‘i hisobotida daromadlar va xarajatlar to‘g‘ri ko‘rsatilishi kerak
❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, joriy yil 21-aprel 2025-yil I chorak yakuni bo‘yicha foyda solig‘i hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni.
Barcha soliq to‘lovchilar I chorak uchun foyda solig‘i hisobotini hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan* kechiktirmay taqdim etishlari belgilangan.
🖇Soliq to‘lovchilar foyda solig‘i hisobotini shakllantirishda, xususan hisobotda daromadlar va xarajatlarni to‘g‘ri aks ettirishda quyidagi normalarga eʼtibor berishlari lozim:
▫️foyda solig‘i bazasini aniqlashda ushbu soliq to‘lovchining jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi (chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno);
▫️soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari xarajatlar deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksi 305-modda
Quyidagi hollarda:
▫️foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish;
▫️tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);
▫️moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb eʼtirof etiladi hamda yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 223-moddasi
☝️Yuqoridagilardan kelib chiqib, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilardan hisobotlarda asossiz xarajatlarni ko‘rsatmaslik, foyda solig‘i bazasini to‘g‘ri shakllantirish orqali soliq hisobotlarini o‘z muddatida taqdim etishlarini so‘raydi.
*2025-yil 20-aprel dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, hisobotni taqdim etish oxirgi muddati 21-aprelga ko‘chiriladi.
👉Foyda solig‘i bo‘yicha hisobot shakli to‘ldirildi

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#foyda_soligi #onlayn_seminar
Foyda solig‘ini kimlar to‘laydi ❓
▫️Yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari
▫️Yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari
▫️O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari
▫️Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslar;
▫️ Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan yoki o‘z ixtiyori bilan foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
▫️ Oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi
👉Soliq kodeksi 294-modda
Soliq solinadigan foyda qanday hisoblanadi❓
Jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq asosida.
👉Soliq kodeksining 295-moddasi
Hisobotlar qachon topshiriladi ❓
Hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
👉Soliq kodeksi 339-modda
📱 Onlayn seminarni to‘liq ko'rish

👍1