Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.47K photos
2.34K videos
91 files
6.71K links
Download Telegram
#imtiyoz


Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar uchun yer solig‘i stavkalari

✍️ Soliq kodeksining 428-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra

☘️Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yer uchastkalari (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar) uchun 5 yil muddatga 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘lanadi.

❗️Bunda vakolatli organ tomonidan bog‘lar va tokzorlarni iqtisodiy jihatdan samarasiz va hosildorligi past deb topish to‘g‘risidagi xulosa berilgan kundan e’tiboran 12 oy ichida yangi bog‘lar va tokzorlar barpo etilmagan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkasi 3 baravar miqdorda oshirilgan holda belgilanadi.

🗓 Soliq imtiyozi muddatini hisoblash kuzda yangi o‘tqazilgan ko‘chatlar uchun keyingi yilning 1-yanvaridan e’tiboran, bahorda yangi o‘tqazilgan ko‘chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1-yanvaridan e’tiboran boshlanadi.

Mazkur soliq imtiyozlari bevosita mo‘ljallanilgan maqsadda foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

👉 Telegram
#imtiyoz

Yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari uchun mol-mulk solig‘i pasaytiruvchi koeffitsiyentda to‘lanadi

✍️ Soliq kodeksining 414-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra

Yangi qurilgan
ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari bo‘yicha (bundan respublika shaharlarida, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar mustasno) soliq to‘lovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha hisoblangan summani:

▫️3 qavatli binoga — 0,9;
▫️4 qavatli binoga — 0,8;
▫️5 qavatli binoga — 0,7;
▫️6 qavatli binoga — 0,6;
▫️7 va undan yuqori qavatli binoga — 0,5 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda to‘laydi.

❗️Bunda pasaytiruvchi koeffitsiyent:
📌 mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi xonalarni, xususan, ofis uchun va o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun xonalarni, tegishli kasbni egallash uchun tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish xonalarini hisobga olgan holda, agar ularning maydoni yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binosi umumiy maydonining 20 foizidan oshmasa;

📌 agar binodan bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish maqsadlarida birgalikda foydalanayotgan bo‘lsa, binoning har bir mulkdori tomonidan qo‘llaniladi.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025 #imtiyoz

Xususiy bog'cha va maktablar uchun maqsadli imtiyozlar

2030-yil 1-yanvargacha:

🏫Xususiy bog'cha va maktablar barcha soliqlar va yig'imlardan ozod qilingan.
❗️Ijtimoiy soliqdan tashqari.

Imtiyozlar natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar quyidagilarda foydalanishi kerak:
▫️zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari bilan jihozlash;
▫️zarur tovarlar va asbob-uskunalarni sotib olish;
▫️binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash;
▫️shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun.

👉 Soliq kodeksi 483-modda 64-qismi

Imtiyoz kodlari:
ID 104218 – QQS
ID 104219 – foyda solig'i
ID 104220 – AOS
ID 104221 – mol-mulk solig'i
ID 104222 – yer solig'i
ID 104223 – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

👩‍🏫Xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan chet el o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilingan.
👉 Soliq kodeksi 483-modda 67- va 68-qismlari

Imtiyoz kodlari:
ID 104224 - JShODS
ID 104225 - ijtimoiy soliq

Imtiyozlardan foydalanish uchun my3.soliq.uz orqali murojaat yuborish kerak.
Muhim❗️"Hujjat turi" qatoridan "Soliq kodeksi"ni tanlash kerak.
👉 Murojaat yuborish bo'yicha qo‘llanma
__________
#налоговая_политика_2025
#льготы

Целевые льготы для частных детсадов и школ

До 1 января 2030 года:

🏫Частные детсады и школы освобождены от всех видов налогов и сборов.
❗️Кроме социального налога.

Высвобождаемые средства должны целенаправленно использоваться для:
▫️оснащения современными учебными пособиями,
▫️приобретения необходимых товаров и оборудования,
▫️реконструкции и капитального ремонта зданий и сооружений,
▫️предоставления бесплатных образовательных услуг социально уязвимым слоям населения.

👉ч.64 ст.483 НК

Коды льгот:
ID 104218 - НДС
ID 104219 - налог на прибыль
ID 104220 - налог с оборота
ID 104221 - налог на имущество
ID 104222 - земельный налог
ID 104223 - налог за пользование водными ресурсами

👩‍🏫Зарубежные преподаватели и специалисты, осуществляющие деятельность в частных детских садах и школах, освобождены от налога на доходы физических лиц и социального налога.
👉ч.67-68 ст.483 НК

Коды льгот:
ID 104224 - НДФЛ
ID 104225 - соцналог

Чтобы воспользоваться льготами, нужно подать обращение через my3.soliq.uz.
Важно❗️В строке "Тип документа" следует выбрать "Налоговый кодекс".
👉 Инструкция, как подать обращение

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads