Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.17K subscribers
8.72K photos
2.64K videos
99 files
7.53K links
Download Telegram
#QQS #keshbek

Turizmni qo‘llab-quvvatlash uchun to‘langan QQSning 20%i keshbek


Fakt 24-dekabr holatiga: turoperator va mehmonxonalarga 206,7 mln so'm QQS keshbek berildi.

2024-yil 1-oktabrdan litsenziyaga ega bo‘lgan turoperator va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga to‘langan QQSning 20% qaytariladi.
👉VMQ-745-son, 07.11.2024-y.

Talablar:
✔️QQS hisobot davrida turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy tovar aylanmasi (EHF, chek) jami tovar aylanmasining 90 %idan📈
✔️hisobot davrida hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;
✔️ turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarning ko‘rsatilgan xizmatlar uchun chet el valyutasidagi tushumlari barcha tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning 80 % 📈
__________
#НДС #кешбэк

Поддержка отечественного туризма – 20% НДС кешбэк

Факт по состоянию на 24 декабря: гостиницам и туроператорам возвращено почти 206,7 млн сумов кешбэка НДС.

С 1 октября 2024 года имеющим лицензию юридическим лицам, оказывающим туроператорские и гостиничные услуги, возвращается кешбэк в размере 20% НДС, уплаченного в бюджет.
👉ПКМ № 745 от 07.11.2024 г.

Требования:
✔️ совокупный доход от оказания туроператорских или гостиничных услуг (ЭСФ, чеки) в отчетном периоде составляет 📈 90 % общего дохода;
✔️полная уплата начисленного в отчетном периоде НДС в бюджет;
✔️ у туроператоров поступления в иностранной валюте за оказанные услуги должны составлять 📈 80 % от поступлений от реализации всех товаров и услуг.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #keshbek

Turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 20% QQS keshbek olish uchun ariza yuborishi kerak


Turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar keshbek qaytarib olishmoqda.

QQSning 20%ini qaytarib olish uchun Soliq mobil ilovasi yoki my3.soliq.uz orqali ariza yuboriladi.

🗓 Arizani yuborish muddati - har oyning 25-sanasiga qadar, QQS hisoboti taqdim etish muddatidan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan.
________________
#НДС #кешбэк

Для возврата 20% НДС кешбэка туроператоры и предприятия, оказывающие гостиничные услуги, должны подать заявление


Предприятиям, оказывающим туроператорские и гостиничные услуги, возвращается кешбэк.

Подать заявление на возврат 20% НДС можно на my3.soliq.uz либо в мобильном приложении Soliq.

🗓 Срок подачи заявления - до 25 числа каждого месяца после срока представления отчетности по НДС, но не позднее 3 месяцев.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Noyabr va o'tgan oylarda yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi

Soliq mobil ilovasida foydalanuvchilar chekdagi QR-kodni skaner qilib 1% keshbek va 12% ijtimoiy keshbekni to‘plashadi.

✔️ Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

🕯 Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

❗️Soliq ilovasida keshbek tasdiqlanishi uchun shaxsingiz tasdiqdan Face IDdan o‘tgan bo'lishi kerak.
___________
#кешбэк

Суммы кешбэка, накопленного в ноябре и прошлые месяцы, подтверждены

В мобильном приложении Soliq пользователи путем сканирования QR-кода в чеках накапливают 1% кешбэк и 12% социальный кешбэк.

✔️ Кешбэк можно перевести на банковскую карту, прикрепленную к приложению.

🕯 Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

❗️Для подтверждения кешбэка в приложении Soliq необходима Face ID авторизация.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

- Soliq to‘lovchi ortiqcha to‘lagan soliq summasini qancha vaqt oralig‘ida qaytarib olishi mumkin?

🟢 Ortiqcha to‘langan soliq summasi soliq to‘lovchiga Soliq kodeksining 103-moddasi qoidalari inobatga olingan holda, uning yozma arizasiga ko‘ra, bunday ariza soliq organi tomonidan olingan kundan e’tiboran 15 kun ichida, Tadbirkorlik subyektlarining yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga esa (bundan davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar mustasno) 3 kun ichida qaytarilishi lozim (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno).

Soliq kodeksi 104-modda

👉 Telegram
#bilasizmi

Soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash

Soliq toʻlashning muddatini keyinroq muddatga koʻchirish soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirish deb eʼtirof etiladi.

Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida amalga oshiriladi.

Soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar yuzaga kelgan qarz summasiga yoki kelgusida yuzaga keladigan qarz summasiga nisbatan berilishi mumkin.

Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, 1 yildan 3 yilgacha muddatga beriladi.

Soliq toʻlash muddatining oʻzgartirilishi soliq toʻlash boʻyicha
▫️mavjud majburiyatlarni bekor qilmaydi,
▫️yangi majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.

Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish mol-mulk garovi, kafillik yoki bank kafolati bilan taʼminlanishi mumkin.

Ushbu qoidalar:
▪️penya va jarima toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda ham qoʻllaniladi;
▪️soliq agentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

👉 Telegram
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#foyda_soligi

Foyda solig‘idagi o‘zgarishlar

Tovar (ish, xizmat)larning elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi - 10% etib belgilandi (oldin 7,5%).

Tovar (ish)larni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun 0% stavkadagi soliq bekor qilindi.

Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda 0% stavkada soliqqa tortiladi.

Stavka QTEM qurilmalari ishga tushirilgan oydan boshlab 3 yil davomida qo‘llaniladi. Quyosh panellari quvvatining kamida 25% miqdorida elektr energiyasini to‘plash tizimi bilan quyosh panellari o‘rnatilganda – bu panellar ishga tushirilgan oydan boshlab 10 yil davomida qo‘llaniladi.

2027-yil 1-yanvargacha qo‘shimcha manbalardan daromad oladigan budjet tashkilotlari, bo‘shayotgan mablag‘larni budjet tashkilotlarining moddiy-texnik va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirish sharti bilan foyda solig'ini 0% stavkada to‘lashadi.
Avval muddat 2024-yil 1-yanvargacha edi.

👉Soliq kodeksining 337-moddasi

Soliq to‘lovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan, jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida 10 mlrd so‘mdan oshgan (oldin 5 mlrd so‘m) bo‘lsa, soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini bunday oshib ketish sodir bo‘lgan to‘liq chorak o‘tgandan keyin to‘laydi.
👉Soliq kodeksining 340-moddasi

Vaqtinchalik soliq imtiyozlari

2025-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvargacha nashriyot-matbaa faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar olingan daromadlaridan foyda solig'ini to'lashdan ozod qilinadi (foiz ko'rinishidagi daromadlar bundan mustasno). Buning uchun ushbu faoliyat turidan olingan daromadlar hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha jami daromadining kamida 90%ini tashkil etishi kerak.

2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvargacha O'zbekiston Respublikasi norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 mln AQSh dollaridan oshgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko'rsatishdan olgan daromadlari qismida (shu jumladan, royalti to'lanadigan) foyda solig'ini to‘lashdan ozod qilinadi.
❗️Istisno - O'zbekiston Respublikasi bilan ikki yoqlama soliq solishning oldini olish to'g'risida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno.

2025-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha tadbirkorlik subyektlari foyda solig'ini hisoblashda o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari binolarining qurish bilan bog'liq xarajatlarni 2 yil davomida teng ulushlarda ushbu binolar qiymatining amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritish haqli.
Bunda ular ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul qabul qilish bo'yicha litsenziya talablarini bajarishlari shart, aks holda bu amortizatsiya chegirmalari
Soliq kodeksining 306-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya normarlarini qo'llash hisobidan bekor qilinadi.

👉Soliq kodeksining 483-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#etirof

Yilni navbatdagi e'tirof bilan kuzatish - jamoamiz g‘ururi

Soliq qoʻmitasi uchun bu yil samarali mehnat va jamoaviy yutuqlarga boy bo‘ldi. Xodimlarimiz sogʻlom turmush tarzini odatga aylantirishi esa yutuqlarning muhim bir qismi hisoblanadi.

🏆Kuni kecha sport sinovlarining ixtiyoriy, maxsus talablarini bajarib g'olib va sovrindor boʻlgan 8 nafar soliq xodimlari taqdirlandi.

Ularga I, II va III darajali "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" koʻkrak nishonlari
(guvohnomasi) topshirildi.

➡️Bu esa jamoamiz uchun chinakam faxr va g'ururdir.

Ushbu yutuq nafaqat xodimlarning salomatlikka boʻlgan eʼtibori, balki davlat xizmatida yuqori natijalar koʻrsatishga intilishlarini ham ifodalaydi.

🗣️Siz ham jismoniy faollikni odatga aylantiring! Zero, sport sog‘liq garovi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2024-yil natijalari

Sizning qo'llab-quvvatlashingiz va sohamizga bo'lgan qiziqishingiz sababli yakunlanayotgan yil kanalimiz uchun muvaffaqiyatli bo'ldi:

📈 95 700 obunachi (yil davomida +11 600)

👁‍🗨 Yil davomida 57,2 million marta ko'rildi

🔄 304,7 ming marta bo'lishildi va 6,4 ming qayta ulashildi

Faol ishtirokingiz uchun minnatdormiz. 2025-yilda ham birgalikda olg‘a intilamiz!
____
Итоги 2024 года

Уходящий год стал для нашего канала успешным благодаря вашей поддержке и интересу к нашей работе:

📈 95 700 подписчиков (+11 600 за год)

👁‍🗨 57,2 млн просмотров за год

🔄 304,7 тысяч репостов и 6,4 тысяч перепостов

Мы благодарим вас за активное участие. Продолжаем двигаться вперед вместе в 2025 году!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM