Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
8.44K photos
2.57K videos
97 files
7.35K links
Download Telegram
#savol_javob

🔴 Ta’lim kreditini to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘dan daromad solig‘i olinadimi?

🟢 Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar tarkibiga kiritilgan.

❗️Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉 Telegram facebook
#savol_javob

– Kimlar mehnat staji uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin?

⚪️ O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;

⚪️ shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda
▫️chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar)
▫️issiqxona xo‘jaligi,
▫️parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar),
▫️quyonchilik,
▫️asalarichilik,
▫️baliqchilik,
▫️bogʻdorchilik,
▫️limonchilik,
▫️gulchilik bilan shugʻullanayotgan yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari.
❗️Ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar.

⚪️ dehqon xo‘jaligi a’zolari (dehqon xo‘jaligi boshlig‘i bundan mustasno) va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar.

⚪️ mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari;

⚪️ O‘zbekiston davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari;

⚪️ ishlamaydigan eri (xotini) uchun soliq to‘lovini amalga oshiruvchi ishlayotgan fuqarolar.

🔗 Soliq kodeksi 408-modda

❗️Ijtimoiy soliq har yili kamida BHMning 1 baravari miqdorida toʻlanishi lozim.

👉 Telegram
#savol_javob

- I guruh nogironiman. Umumiy yer maydoni 15 sotixdan iborat 2 ta uyim bor. Bittasi shahar markazida, ikkinchisi qoʻshni tumanda joylashgan. I va II guruh nogironlari yer soligʻidan ozod ekan. Savolim, mazkur imtiyoz 2 ta yer uchastkamga ham qoʻllaniladimi?

🔰 Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻidan ozod etilgan va ushbu soliq imtiyozi soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.

❗️Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumonomasi asosida, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq kodeksi 436-modda

👉 Telegram
#savol_javob

–Men I guruh nogironiman. O‘tgan yili 3 xonali uy sotib oldim. 2025-yil uchun 378 ming so‘m mol-mulk solig‘i hisoblanganligi to‘g‘risida xabarnoma keldi. Nogironligi bor shaxslarga mol-mulk va yer solig‘idan imtiyozlar bor deyishgandi. Hech qanday imtiyoz qo‘llanilmadi. Shu haqda ma’lumot bersangiz.


▫️Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq I va II guruh nogironligi bo‘lgan jismoniy shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.
(Ya’ni uyingiz 85 kvadrat metr bo‘lsa, shundan 60 kvadrat metriga mol-mulk solig‘i hisoblanmaydi. Qolgan 25 kvadrat metriga belgilangan tartibda soliq hisoblanadi.)

▫️Shuningdek, Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ham ozod etilgan.

🔗 Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etishi lozim.

❗️Siz soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqingizni tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etmaganingiz tufayli soliq imtiyozi qo‘llanilmagan.

👉 Telegram
#savol_javob

- 5-toifadagi hududlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod etilganmi?

🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini hudud uchun belgilangan eng kam stavkaning to‘rtdan bir qismi miqdorida to‘laydi.

⬆️ Yuqorida keltirilgan Prezident Farmoniga o‘zgartirish kiritilgunga qadar 5-toifada faoliyat yuritayotgan YATTlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilingan edi.

Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq va Oltinsoy tumanlari 5-toifadagi hududlar tarkibiga kiritilgan.

👉 Telegram
#savol_javob

- O'tgan yili xarid qilgan uyimni sotsam daromad solig'i to'laymanmi?

Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi:
▫️noturar joylar;
▫️36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylar.

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qatʼiy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig'i to‘lashi lozim.

Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan ko‘p muddatda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va uch yillik muddat soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan har bir obyekti bo‘yicha alohida hisoblanadi.

Jismoniy shaxs mulkida 3 yildan kam muddatda turar joyni sotishdan olgan daromadlari to‘g‘risida doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay, jami daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi va daromad solig‘i summasini 1-iyunga qadar to‘lashi lozim.

Shuningdek, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar bo‘yicha sotib olish va sotish qiymati o‘rtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Ko‘chmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.

👉 Telegram
#savol_javob

🔴 Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari uchun suv solig‘i to‘lanadimi?

Soliq kodeksining 442-moddasiga muvofiq sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari (bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

⚪️ Eslatib o‘tamiz quyidagilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti hisoblanmaydi:

▫️ notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari;

▫️ sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari, bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

▫️atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

▫️ shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga qayta quyiladigan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

▫️ gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari;

▫️ issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv resurslari;

▫️ qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sho‘rlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslari;

▫️kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari.

👉 Telegram
#savol_javob

- Jismoniy shaxs noturar joyni yuridik shaxsga ijaraga berganda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JSHDS) qanday tartibda to‘lanadi?

✔️ Mazkur holatda jismoniy shaxsning noturar joyni ijaraga bergan daromadidan olinadigan soliq ijaraga oluvchi soliq agenti, ya’ni yuridik shaxs tomonidan to‘lov manbaidan to‘lab beriladi.
Soliq kodeksining 386-moddasiga muvofiq, soliqni to‘lov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va budjetga o‘tkazish majburiyati soliq to‘lovchiga daromad to‘laydigan yuridik shaxs zimmasiga yuklatiladi.
🔻 Soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, yuridik shaxs ushlab qolinmagan summani va u bilan bog‘liq penyani Soliq kodeksiga muvofiq budjetga o‘tkazib beradi.

👉 Telegram
#savol_javob

– Sanoat korxonasida suvdan foydalanish uchun belgilangan limitdan ortiqcha suv ishlatilganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qanday tartibda hisoblanadi?

Soliq kodeksining 445-moddasiga muvofiq, sanoat korxonalari tomonidan belgilangan limit doirasida foydalanilgan yer usti suv resurslari manbalarining 1 kub metri uchun 700 so‘m, yer osti manbalarining 1kub metri uchun 850 so‘m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoblanadi.

⚠️ Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.

👉 Telegram
#savol_javob

- Qanday hollarda soliq organlarining qarorlari asosida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi?

🔴 Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organi tomonidan mazkur soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:

🔻 ushbu soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda;

🔻 soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;

🔻soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda. Soliq organi mansabdor shaxsining kirishiga to‘sqinlik qilinishi uning o‘zi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turadi;

🔻 soliq to‘lovchining (soliq agentining) o‘zi ko‘rsatgan manzilda yo‘qligida.

👉 Telegram
#savol_javob

Pensionerlarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilingan. Mazkur imtiyoz pensionerning mulkida bo‘lgan noturar obyektga nisbatan qo‘llanilishi mumkinmi?

🟢 Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq pensionerlarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan.

❗️Soliq imtiyozi pensionerning tanloviga ko‘ra faqat 1 yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.

⚪️ Jismoniy shaxslarning, shu jumladan pensionerlarning noturar obyektlari uchun mol-mulk solig‘i quyidagi tartibda hisoblanadi.

◽️2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:

📍Toshkent shahrida – 3 mln 300 ming soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln 200 ming soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 mln 300 ming soʻm.

⚠️ Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan 2 yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.

👉 Telegram
#savol_javob

– Men o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganman. To‘ylar va turli marosimlarni foto va video tasvirlarga olaman. O‘zimga yordamchi xodim yollashim mumkinmi?

📌 “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qilish huquqiga ega emas.

👉 Telegram
#savol_javob

- 15 kun oldin berilgan xarid chekini keshbek olish maqsadida Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsam, “Chekni ro‘yxatga olish chek sanasidan keyin 10 kun muddatda” degan yozuv chiqyapti. Endi bu chekni ro‘yxatdan o‘tkazib, keshbek olishning imkoni yo‘qmi?

📌 2022-yil 1-yanvardan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikalari fiskal cheklarini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% miqdorida keshbekka ega bo‘lmoqda.

🔵 Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, quyidagi cheklarga keshbek hisoblanmaydi:

🔹berilgan kundan boshlab 10 kalendar kun o‘tgan cheklarga;
🔹avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi qaytarilgan cheklarga;
🔹avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklariga;
🔹Shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklariga;
🔹jismoniy shaxslar tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) cheklariga.

❗️ Siz ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan xarid chekining berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tganligi sababli keshbek hisoblanmaydi.

👉 Telegram
#savol_javob

- 5-toifadagi hududlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod etilganmi?

🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini hudud uchun belgilangan eng kam stavkaning to‘rtdan bir qismi miqdorida to‘laydi.

⬆️ Yuqorida keltirilgan Prezident Farmoniga o‘zgartirish kiritilgunga qadar 5-toifada faoliyat yuritayotgan YTTlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilingan edi.

Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq va Oltinsoy tumanlari 5-toifadagi hududlar tarkibiga kiritilgan.

👉 Telegram
#savol_javob

– Chorvachilik xo‘jaliklari uchun qanday soliq imtiyozlari mavjud?

"Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo'shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Qaroriga muvofiq

🗓 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklari tomonidan Davlat budjetiga to'langan QQSning 50 foizi har oyning 25-sanasiga qadar qaytariladi.

❗️Bunda ushbu tartib ishlab chiqarilgan go'sht, sut, parranda go'shti va tuxumni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olgan daromadining kamida 90 foizini tashkil etishi kerak

🟢 2028-yil 1-yanvarga qadar – naslchilik korxonalari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha quyidagi soliqlar stavkasini 50 foizga pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddati uzaytiriladi:

▫️foyda solig‘i (tijorat banklariga joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari);
▫️mol-mulk solig‘i;
▫️yer solig‘i;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Avval imtiyoz 2025-yil 1-yanvargacha amal qilgan.

👉 Telegram
#savol_javob

🔴 Vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzlarini kim to‘laydi?

🟢 Soliq qarzi mavjud bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, ushbu jismoniy shaxsning soliqlar bo‘yicha uzilmay qolgan qarzi vafot etgan shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros qilib olish tartibida qabul qilib olgan uning merosxo‘ri (merosxo‘rlari) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati doirasida va uning (ularning) merosdagi ulushiga mutanosib ravishda uziladi.

Agar vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar bo‘yicha soliq qarzi meros qilib olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq bo‘lsa, soliq qarzining meros qilib olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq summasi undirilishi umidsiz summa deb e’tirof etiladi. Mazkur norma merosxo‘r (merosxo‘rlar) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati hujjatlar bilan tasdiqlangan hollarda qo‘llaniladi.

Merosxo‘r bo‘lmaganda yoki merosxo‘r (merosxo‘rlar) meros olish huquqidan voz kechganda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi undirilishi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi. Umidsiz soliq qarzi soliq organlari tomonidan hisobdan chiqarilishi lozim.

❗️Soliq qarzi mavjud bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni lozim darajada bajarmaganlik uchun unga hisoblangan penyalar va jarimalar summasi undirilishi umidsiz summalar deb e’tirof etiladi.

Soliq kodeksi 94-modda

👉 Telegram
#savol_javob

🔴 Pillakorlar uchun qanday soliq imtiyozlari bor?

🟢 Soliq kodeksining 483-moddasiga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda:

◽️jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish faoliyatidan (kasanachilikdan) olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;

◽️pilla yetishtiruvchi yuridik shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lari, bo‘shagan mablag‘larni kasanachilarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirish sharti bilan ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;

◽️pilla yetishtirish sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda hisoblab chiqariladi.

👉 Telegram
#savol_javob

- Moliyaviy ijara nima

Soliq kodeksiga muvofiq, shartnoma bo‘yicha mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) 12 oydan ko‘p muddatga egalik qilish va foydalanishga berish chog‘ida yuzaga keladigan ijara munosabatlari moliyaviy ijara deb e’tirof etiladi.

📌 Moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi talablardan hech bo‘lmaganda bittasiga javob berishi kerak:

🔺moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara obyekti ijarachining mulkiga o‘tkazilsa;

🔺 moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara obyekti xizmat qilish muddatining 80 foizidan oshsa yoki moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining kamida 20 foizini tashkil etsa;

🔺 moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijarachi moliyaviy ijara obyektini moliyaviy ijara shartnomasida belgilanadigan qat’iy narx bo‘yicha haqini to‘lab olish huquqiga ega bo‘lsa;

🔺moliyaviy ijara shartnomasining amal qilish davrida ijara to‘lovlarining joriy diskontlangan qiymati obyektning uni moliyaviy ijaraga topshirish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan oshsa. Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.

👉 Telegram
#savol_javob

- Eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) QQS summasini soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushmagan bo‘lsa, hisobga olishi mumkinmi?

🔵 Agar soliq to‘lovchi oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan intizomli soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan bo‘lsa, eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) soliq summasi soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’iy nazar hisobga olinadi.

Tovarlar «eksport» bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran 180 (bir yuz sakson) kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga kelib tushmagan taqdirda, hisobga olingan soliq summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

🔗 Soliq kodeksi 266-modda

👉 Telegram
#savol_javob #marketpleys

Marketpleyslarni Davlat reyestriga kiritish qaysi hujjat asosida tartibga solinadi

Vazirlar Mahkamasining 943-sonli qarorida marketpleyslarni Davlat reyestriga kiritish belgilangan.
👉Marketpleys bu nima?

Marketpleysni Davlat reyestriga qanday tartibda kiritish mumkin

Marketpleys Soliq qo‘mitasiga ariza bilan murojaat qilish orqali reyestrga kiritiladi.

Buni my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish mumkin: “Munosabatlar” bo‘limidan “Soliq organiga murojaat qilish”ni tanlang va murojaat formasida “Soliq qo‘mitasi”ni belgilang.

Ariza namunasi va ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati 📄bu yerda

👉Marketpleyslarning davlat reyestri
___________
#вопрос_ответ #маркетплейс

На основании какого документа регулируется включение маркетплейсов в Государственный реестр

Внесение маркетплейсов в Государственный реестр предусмотрено ПКМ №943 от 23 ноября 2019 г.
👉Что такое маркетплейс?

Каков порядок внесения маркетплейса в Государственный реестр

Для включения маркетплейса в реестр нужно подать заявление в Налоговый комитет.

Сделать это можно через персональный кабинет на my3.soliq.uz: раздел "Взаимодействие" - "Обратиться в налоговый орган" - в форме обращения выбрать "Налоговый комитет".

Образец заявления и перечень прилагаемых документов 📄здесь.

👉Государственный реестр маркетплейсов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads