Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi
104 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti yuqori va o‘rta barqarorlik reytingiga ega
🟩 9 417 nafar tadbirkorlik subyekti – yuqori reyting;
🟦 94 336 nafar tadbirkor subyekti - o'rta reytingga ega.
Reyting ko‘rsatkichini oshirish uchun:
✅36 mingta korxona ko‘chmas mulk ijara shartnomasini tuzdi;
✅34 mingta korxona soliq hisobotlarini o‘z vaqtida topshirdi;
✅66 mingta korxona soliqlarni o‘z vaqtida to‘ladi.
______
#рейтинг_устойчивости
Около 104 тысяч предпринимателей имеют высокий и средний рейтинг устойчивости
🟩 9 417 предпринимателей - с высоким рейтингом;
🟦 94 336 предпринимателей - со средним рейтингом.
Чтобы повысить свой рейтинг:
✅36 тысяч организаций заключили договоры аренды;
✅34 тысячи организаций своевременно представили налоговую отчетность;
✅66 тысяч организаций своевременно уплатили налоги.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namunali soliq to‘lovchilar safi kengaymoqda
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish hamda ularning reyting ko‘rsatkichini oshirishga ko‘maklashish maqsadida Termiz shahridagi bir qancha ishlab chiqarish korxonalari va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida bo‘lishdi.
“Mebel savdo”, “Termiz invest mebel” hamda “SANATRIX” korxonalari mutasaddilari bilan bevosita muloqotda tadbirkorlarga yuqori ball olish imkonini beruvchi mezonlar, shuningdek, joylashgan joy o‘zgarishi, tadbirkorlik subyekti rahbarining qo‘nimsizligi, taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchi tomonidan tuzatishlar kiritilishi kabi holatlar ballar kamayishiga sabab bo‘lishi tushuntirildi hamda yuqori toifadagi ishbilarmonlarga berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, tadbirkorlik subyektlari barqarorlik reytingining joriy etilishi soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarish ko‘rsatkichi oshishi va namunali soliq to‘lovchilar safining kengayishiga xizmat qilmoqda.
👉 Telegram

“AAA” toifadagi 28 ta tadbirkorlik subyektiga 30 mlrd so‘mdan ziyod ortiqcha QQS summasi 1 kunda qaytarib berildi
Surxondaryo viloyati soliq xodimlari dori vositalari va tibbiyot buyumlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashib, ularning barqarorlik reytingidagi darajasi to‘g‘risida suhbatlashdi.
Ayni paytda “CC” toifasida bo‘lgan “BILLUR PHARM LUX” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan birgalikda ballar chegirilishiga sabab bo‘layotgan omillar ko‘rib chiqilib, elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish, tekshiruvdan oldingi tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etish kerakligi tushuntirildi.
Barqarorlik reytingidagi darajasi yuqori toifaga ko‘tarilganda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi, QQS summasi o‘rnini qoplash 1 kun muddatda hech qanday tekshiruvlarsiz amalga oshirilishi, bugungi kunga qadar viloyatdagi “AAA” toifadagi 28 ta tadbirkorlik subyektiga 30 mlrd so‘mdan ziyod ortiqcha QQS summasi 1 kunda qaytarib berilganligi aytib o‘tildi.
🔗 Ma’lumot uchun, viloyatda dori vositalari va tibbiyot buyumlari ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari 1376 tani tashkil etadi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi
Barqarorlik reytingi faqat soliqlarni oldindan to‘langanida ko‘tariladimi?
__________
#рейтинг_устойчивости
Рейтинг устойчивости повышается только, если уплачивать налоги заранее?
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Barqarorlik reytingi faqat soliqlarni oldindan to‘langanida ko‘tariladimi?
__________
#рейтинг_устойчивости
Рейтинг устойчивости повышается только, если уплачивать налоги заранее?
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi
Tadbirkorlarning reyting darajasi oshmoqda
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatidagi 30 803 ta tadbirkorlik subyektining faoliyati barqarorlik reytingi mezonlari asosida baholanib borilmoqda.
Viloyat soliq boshqarmasi xodimlari barqarorlik darajasi o‘rta, qoniqarli va quyi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashib, reytingdagi toifasini ko‘tarish, yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni tuzatish yuzasidan tushuntirishlar bermoqda.
“BB” toifadagi “Lombard qulay kredit” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan uchrashuvda bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqi jamg‘armasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lsa 5 ball chegirilishi hamda o‘tgan oyga nisbatan ishchi xodimlar soni 10 foizdan ortiq kamaygan hollarda, shuningdek elektron hisobvaraq-fakturalar qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilmaganda ballar berilmasligi tushuntirildi.
“Mashhura-med servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan bevosita muloqotda hisoblangan soliq summasining soliq organining inkasso topshiriqnomasi orqali undirilishi, taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan tuzatishlar kiritilishi hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining qo‘llanilganligi ballar chegirilishiga sabab bo‘lganligi qayd etildi.
Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish yuzasidan tavsiyalar berilib, qo‘shimcha ball beruvchi imkoniyatlardan foydalanish kerakligi tushuntirildi.

Yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga ko‘paydi
Hozirda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasida jami 550 ming ta tadbirkorlik subyekti baholangan.
Umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga oshib, jami 10 ming dan oshdi.
Joriy yilning 4-noyabr holatiga:
🟢AAA - 1697 ta
🟢AA - 4101 ta
🟢A - 4946 ta
O‘rta reytingdagi tadbirkorlar soni 2,8 baravarga oshib, 90 ming taga yetdi.
🔵ВВВ - 16 964 ta
🔵ВВ - 30 080 ta
🔵В - 42 866 ta
🔴Quyi rengtingdagi tadbirkorlar soni 1,2 baravarga kamayib, jami 228 ming taga yetdi.
Hududlar kesimida yuqori reytingga ega tadbirkorlar:
📍 Toshkent shahrida - 3,9 ming ta;
📍 Toshkent viloyatida - 1,1 ming ta;
📍 Samarqand viloyatida - 966 ta.
AAA reytingdagi tadbirkorlarning 837 tasiga 1, 3 trln so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga ko‘paydi
Hozirda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasida jami 550 ming ta tadbirkorlik subyekti baholangan.
Umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga oshib, jami 10 ming dan oshdi.
Joriy yilning 4-noyabr holatiga:
🟢AAA - 1697 ta
🟢AA - 4101 ta
🟢A - 4946 ta
O‘rta reytingdagi tadbirkorlar soni 2,8 baravarga oshib, 90 ming taga yetdi.
🔵ВВВ - 16 964 ta
🔵ВВ - 30 080 ta
🔵В - 42 866 ta
🔴Quyi rengtingdagi tadbirkorlar soni 1,2 baravarga kamayib, jami 228 ming taga yetdi.
Hududlar kesimida yuqori reytingga ega tadbirkorlar:
AAA reytingdagi tadbirkorlarning 837 tasiga 1, 3 trln so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi
Yuqori toifadagi tadbirkorlar safi kengaymoqda
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi darajasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, manzilli targ‘ibotlar o‘z samarasini bermoqda.
Bundan bir necha oy oldin o‘rta toifada bo‘lgan “Surxon qog‘oz qayta ishlash” mas’uliyati cheklangan jamiyati bugun barqarorlik reytingida eng yuqori toifaga ko‘tarilib soliq imtiyozlaridan samarali foydalanmoqda.
– Tadbirkorlarning faoliyatlarini baholovchi barqarorlik reytingi joriy etilgan dastlabki oylarda bizning korxonamiz o‘rta “BB” toifasida edi, – deydi "Surxon qog‘oz qayta ishlash" MChJ rahbari Rustam Ne’matullayev. – Bizga biriktirilgan soliq inspektori doimiy tarzda qaysi mezonlar bo‘yicha yetarlicha ball olmaganimiz, umumiy ballni ko‘tarish uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz kerakligini tushuntirib borardi. "AAA" toifasiga ko‘tarilishga harakat qildik va buni uddasidan chiqdik. Mana shu davrda soliq majburiyatlari bilan bog‘liq bilimlarimiz ham ortdi. Avvallari qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bo‘lgan salbiy farq summasini 1 oy muddatda, tekshiruvlardan so‘ng olgan bo‘lsak, "AAA" toifasiga ko‘tarilgandan keyin birgina oktabr oyining o‘zida umumiy qiymati 534 million so‘m bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ortiqcha to‘lovni hech qanday arizalarsiz, tekshiruvlarsiz, salbiy farq summasini hisobotda ko‘rsatish orqali 1 kun muddatda qaytarib oldik.

Manzilli targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi mutaxassisi moliyaviy xizmatlar faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “BARAKAT” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, tadbirkorlik subyektining barqarorlik reytingidagi darajasi to‘g‘risida suhbatlashdi. Dastlab BB toifasida bo‘lgan mazkur korxona bugungi kunda 95 ball to‘plab barqarorlik reytingining yuqori AA toifasiga ko‘tarilgan.
Bevosita muloqotda korxona rahbariga barqarorlik reytingida elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish holati bo‘yicha ball berilmaganligi, bunda hisobot davrida tovarlar jo‘natilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar ko‘rsatilgan, ishlar bajarilgan kalendar sanada rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar summasining jami elektron hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha tovar aylanmasidagi ulushi (foizi)ga qarab 1 balldan – 10 ballgacha baholanishi, rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, ball berilmasligi tushuntirildi.
🔰 Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 179 ta yuqori, 2105 ta o‘rta, 4482 ta qoniqarli va 2973 ta quyi toifadagi tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.
👉 Telegram Facebook

Soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq xato va kamchilikar tuzatilmoqda
Surxondaryo viloyatidagi 30 469 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingiga muvofiq baholanib borilmoqda. Bugungi kunda viloyatda 285 ta yuqori, 3708 ta o‘rta, 13514 ta qoniqarli va 12950 ta quyi toifada bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.
Viloyat soliq boshqarmasi xodimlari manzilli uchrashuvlar tashkil etib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reytingdagi darajasini oshirishga ko‘maklashmoqda.
“Merkuriy Termiz” xususiy korxonasi hamda “Boysun-barakat imkon” nodavlat ta’lim muassasasi mas’ullari bilan bevosita muloqotlarda tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingining Ebitda bo‘yicha rentabillik darajasini oshirish, elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish, hisoblangan soliq summasini belgilangan muddatda to‘lash hamda bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqi jamg‘armasini MHTEKMdan ortiq bo‘lishini ta’minlash kabi mezonlari bo‘yicha ball berilmaganligi tushuntirildi. Taqdim etilgan soliq hisobotlariga qayta-qayta o‘zgartirishlar kiritilishi hamda hisoblangan soliq summasining inkasso topshiriqnomasi orqali to‘langanligi ballar chegirilishiga sabab bo‘lganligi ta’kidlanib, kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, qo‘shimcha ball beruvchi imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.

EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi qanday aniqlanadi?
✍️ "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyektining sof foydasiga foiz to‘lovlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, hisoblangan foyda solig‘i summasi qo‘shilib, tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan sof tushumga bo‘lish va 100 ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi (EBITDA margin = EBITDA / daromad x 100%).
📊 EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatayotgan sohaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan:
🔹20 foiz va undan yuqori bo‘lsa – 10 ball;
🔹15-20 foizgacha yuqori bo‘lsa – 8 ball;
🔹10-15 foizgacha yuqori bo‘lsa – 6 ball;
🔹5-10 foizgacha yuqori bo‘lsa – 4 ball;
🔹o‘rtachaga teng yoki 5 foizgacha yuqori bo‘lsa – 2 ball beriladi.
❗️Mazkur ko‘rsatkichni baholashda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tgan yuridik shaxslar bo‘yicha ko‘rsatkichlar foyda solig‘i hisoboti shakllarining oxirgi soliq davri ma’lumotlaridan foydalaniladi.

Dala chetini samarali ishlatgan fermerlarga reytingda qo‘shimcha ball beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.
👆Batafsil infografikada
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Dala chetini samarali ishlatgan fermerlarga reytingda qo‘shimcha ball beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.
👆Batafsil infografikada
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi
Tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita muloqotlar davom etmoqda
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari barqararorlik reytingida toifasi qoniqarli va quyi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashib, reytingdagi darajasini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.
"Xamedova Dilorom" hamda "Zohid Maryam" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari mas’ullari bilan bevosita muloqotda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davomiyligi, EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi, bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqi jamg‘armasi, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etilishi, elektron hisobvaraq-faktura (EHF)larni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish holati hamda EHFlar orqali xarid qilingan tovarlar realizatsiyasi mezonlari bo‘yicha ball berilmaganligi tushuntirildi. Har ikkala korxonada ham yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlari mavjud bo‘lmaganligi sababli 5 ball chegirilganligi qayd etildi.
"Surxon Termiz Chinni" MCHJda ham hisoblangan soliqlar soliq organining inkasso topshiriqnomasi orqali undirilganligi hamda EHFlar qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilmaganligi tufayli ballar chegirilgan.
Korxona mas’ullariga soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini ta’minlash va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi to‘lanayotgan xodimlar sonini ko‘paytirish kabi qo‘shimcha ball beruvchi mezonlardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.