Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
MAMLAKATIMIZDA  STOL  TENNISI OMMALASHMOQDA

O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi mutaxassislari Surxondaryoda bo‘lib,  viloyatning  shahar  va tumanlarida faoliyat yuritayotgan stol tennisi to‘garaklari murabbiylari bilan uchrashdi.

Unda federatsiya rahbariyati tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, stol tennisini yoshlar orasida yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlab ularni katta musobaqalarga jalb etish va tayyorlash kabi masalalar yuzasidan murabbiylarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, murabbiylarga “Soliq qo‘mitasi raisi kubogi” uchun  Respublikamizning barcha mahallalarida tashkil etilayotgan stol tennisi musobaqalarini  yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash  vazifasi  qo‘yildi.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, 2021-yilda Surxondaryoda stol tennisi to‘garagida 320 nafar yoshlar sportni bu turi bilan shug‘ullangan bo‘lsa, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov viloyat stol tennisi federatsiyasi raisi etib saylangandan so‘ng sportning bu turini rivojlantirishga qaratilgan e’tibor natijasida bugungi kunga kelib stol tennisi to‘garagi qatnashchilari soni  1 ming 500  nafardan oshdi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi  Matbuot xizmati

👉Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suniy_intellekt

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilar uchun sunʼiy intellekt bazasida yaratilgan virtual yordamchini ishga tushirdi

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga 24/7 rejimida maʼlumot berishga mo‘ljallangan, DavrOn deb nomlangan virtual yordamchini ishga tushirdi. U ai.soliq.uz manzilida joylashgan.

DavrOn – samimiy va professional maslahatchi sifatida soliq va soliqqa tortish masalalarida maʼlumotlar hamda personal maslahatlar bera oladi. Virtual yordamchi o‘zbek, rus va ingliz tillarida samimiy muloqot qila oladi.

Mazkur yordamchi 3 oy davomida yaratildi, uni takomillashtirish jarayoni uzluksiz davom ettiriladi. Shu maqsadda Soliq kodeksi, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, meʼyoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar, shuningdek, soliq organlarining call-markaziga kelib tushayotgan onlayn-NKT, EHF, elektron raqamli imzo, elektron hisobotlar, markirovka va boshqa xizmatlarga oid savollarga javoblarni o‘z ichiga olgan 11 mln belgidan iborat bilimlar bazasi yaratildi.

Soliq qo‘mitasi barcha soliq to‘lovchilarni ai.soliq.uz saytidagi virtual yordamchi xizmatidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Virtual yordamchi Soliq qo‘mitasining sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanadigan uchinchi xizmatidir.

▫️2022-yilda soliq to‘lovchilarni masofadan identifikatsiya qilish bo‘yicha Face ID xizmati joriy etilgan. Bugungi kunda xizmat auditoriyasi 6 mln nafardan ortiq mobil ilova foydalanuvchilarini qamrab olgan. Face ID tizimi mukammal ishlashi uchun identifikatsiyadan o‘tish fotosurat yordamida emas, balki haqiqatda mavjud inson tomonidan amalga oshirilayotganini aniqlash uchun maxsus model yaratildi.

▫️Soliq maʼmurchiligiga xizmat qiladigan yana bir sunʼiy intellekt — bu yuk avtotransport vositalari monitoringi tizimi. Kompyuterning ko‘rish modeli yuk mashinalarini boshqa texnikalardan ajratish uchun maxsus kameradan olingan tasvirlardan foydalanadi. Keyinchalik, tizim avtotransport vositasi yuk bilan yoki yuksiz harakatlanayotganini aniqlaydi va olingan maʼlumotlarni tahlil uchun yuboradi. Mazkur texnologiya Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi karyerlarda noruda foydali qazilmalarni qazib olishni kuzatish va hisobga olishda qo‘llanilmoqda.

Soliq qo‘mitasi soliq maʼmurchiligi samaradorligini oshirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda imkoniyatlarni kengaytirib borishni ko‘zlagan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Shafqatsizlik va zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmaydi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari behayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash va ularning tarqalishini oldini olish maqsadida internet kafe,  umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda kitob savdosi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashib, bu turdagi mahsulotlarni sotish va tarqatish taqiqlanishi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.

Bugun Termiz shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi manzilli targ‘ibot tadbirlarida ham behayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash,  tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik, odob-axloq qoidalariga rioya etish yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉Telegram
#hamkorlik

Jahon banki va Soliq qo‘mitasi hamkorligi yanada tizimlashgan holda davom etadi


Joriy yilning 15-iyul kuni Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev va Jahon bankining Davlat va moliyaviy boshqaruv masalalar departamentining global ishlari boʻyicha menejeri Adrian Fozzard o‘rtasida uchrashuv oʻtkazildi.

“Soliq maʼmuriyatchiligi va soliq siyosatini isloh qilish hamda oʻrta muddatli tahlil boʻyicha texnik yordam koʻrsatish” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda soliq maʼmuriyatchiligining asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish uchun soliq toʻsiqlarini bartaraf etish hamda kadrlar va institutsional salohiyatni mustahkamlash boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi.

Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida hamkorlik ishlarini yanada tizimlashtirilgan holda davom ettirishga kelishib olindi.

Janob Adrian Fozzard tomonidan kelgusida Jahon bankining texnik koʻmagi davom ettirilishini taʼkidladi.

Shuningdek, joriy yilning 15-22-iyul kunlari ushbu missiya doirasida xorijiy ekspertlar bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Elektron va qogʻoz cheklardagi summani tuzatish boʻyicha qoʻllanma

Soliq toʻlovchilar murojaatlarini inobatga olgan holda, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida, 01.01.2023-yildan 30.06.2024-yilgacha onlayn-NKT va elektron cheklar summalarini tahrirlashga ruxsat berildi.

Buning uchun my3.soliq.uz dagi "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek maʼlumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek summasi tahrirlanadi.

📎Chek summasi oʻzgartirilgandan soʻng, tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni oʻz zimmasiga olishi haqidagi murojaati (faqat bitta fayl) ilova qilinishi lozim.
✔️“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📧Summasi tahrirlangan cheklar hududiy soliq boshqarmalari ishchi guruhi tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi.
❗️Javobni shaxsiy kabinetdan kuzatib boring.

♻️Chek tahrirlash rad etilganda, izohga koʻra, tuzatishlar kiritilib, qayta murojaat yuborish mumkin.

Murojaatlar 10–25-iyul kunlari qabul qilinadi (soʻnggi kunga qadar qoldirmaslik tavsiya etiladi).

🧾Keshbek olingan cheklar boʻyicha summa budjetga qoplab berilgan taqdirda tahrirlash imkoniyati yaratilgan.

📌Tahrirlangan cheklar boʻyicha tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi.
————
#корректировка_чека #онлайн_ККТ #маркетплейс

Руководство по корректировке суммы в электронных и бумажных чеках

Принимая во внимание обращения налогоплательщиков и исходя из принципа “Солиқчи кўмакчи” (“Налоговик – помощник”) с 01.01.2023 года по 30.06.2024 года предоставляется возможность корректировки сумм в электронных чеках и чеках онлайн-ККТ.

Для этого в разделе "Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц" my3.soliq.uz выберите функционал "Информация о чеках".

🔍 Путем ввода в поисковике ID фискального модуля, даты и номера чека найдите подлежащий корректировке чек.

📝В открывшемся окне скорректируйте сумму.

📎 После изменения суммы чека следует прикрепить обращение субъекта предпринимательства (только один файл) о том, что он берет на себя ответственность за последствия изменений, возникших в результате корректировки.
✔️В завершение нажмите "Сохранить".

📧 Чеки с исправленными суммами
принимаются или отклоняются рабочей группой территориальных налоговых органов.
❗️
Ответ отслеживайте в персональном кабинете.

♻️
В случае отказа в корректировке чека, согласно разъяснению, следует внести исправления и отправить повторное обращение.

Обращения принимаются 10 – 25 июля (рекомендуется не откладывать на последний день срока).

🧾 Предоставлена возможность корректировки чеков, по которым выплачен кешбэк, при возмещении суммы в бюджет.

📌 В случае корректировки чеков субъекты предпринимательства должны пересдать соответствующую отчетность. Непредставление уточненной отчетности приведет к расхождениям (Автокамерал).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Viloyat soliq boshqarmasida o‘quv-seminar tashkil etildi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida “E-AUKSION” elektron savdo platformasining xususiylashtirish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdagi ahamiyati mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. 

Unda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo viloyati vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni, “E-AUKSION” elektron savdo platformasidan foydalanish tartibi, mazkur platformada realizatsiya qilinadigan mulk turlari, xususan yer uchastkalari hamda savdoda turgan boshqa mulklar, ko‘chma savdo joylari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ko‘rgazmali vositalar orqali “E-AUKSION” elektron savdo platformasida so‘nggi 5 yillikda savdoga chiqarilgan va sotilgan mulklar dinamikasi namoyish etilib, Yoshlarga yer ajratish orqali ularni daromadini oshirish, Xususiylashtirish dasturida belgilangan imkoniyat va imtiyozlar to'g'risida hamda auksion savdolarda ishtirok etish tartibi bosqichma-bosqich tushuntirib berildi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉Telegram