Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
Soliq qo‘mitasi elektron TTY tizimi bo‘yicha seminarlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Siz qanday formatda ishtirok etishni xohlaysiz? / Налоговый комитет планирует провести семинары по системе электронных ТТН. В каком формате вы бы хотели принять участие?
Anonymous Poll
59%
onlayn / онлайн
21%
offlayn / оффлайн
20%
natijani bilmoqchiman / хочу посмотреть результаты
Agar offlayn-formatni tanlagan bo‘lsangiz, siz uchun seminarlarni qanday yo‘nalishda o'tkazish qulay?

Если вас интересует оффлайн-формат, то как удобнее проводить семинары?
Anonymous Poll
39%
faoliyat sohasi bo'yicha / по сферам деятельности
37%
faoliyat turidan qat'iy nazar umumiy / общий семинар независимо от вида деятельности
24%
natijani bilmoqchiman / хочу посмотреть результаты
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka
#EHF

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha EHF 1 kun ichida tasdiqlanishi kerak

Yetkazib beruvchi tomonidan raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha yuborilgan EHF sotib oluvchi tomonidan 1 kalendar kun ichida ERI bilan tasdiqlanishi yoki sababi ko‘rsatilgan holda rad etilishi shart.

Sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi.

👉VMQ-489 2-ilova 63-band 14.08.2020-yil
_________
#маркировка
#ЭСФ

ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой должен быть подтвержден в течение 1 дня

Если поставщик выставляет ЭСФ по товарам, подлежащим обязательной цифровой маркировке, то этот ЭСФ должен быть подтвержден ЭЦП покупателя или отклонен с указанием причин в течение 1 календарного дня.

Не подтвержденный или не отклоненный покупателем в установленный срок ЭСФ считается подтвержденным.

👉п.63 Прил.№2 к ПКМ №489 от 14.08.2020 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib, mahalliy eksport qiluvchilarga sotish bilan shugʻullanishi mumkin


“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-apreldan:

♻️ meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 10 foizidan oshmagan taqdirda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qoʻllanmaydi;

♻️ 2026-yil 1-yanvarga qadar mahallalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat beriladi.
Bunda, mahallalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib-sotuvchi jismoniy shaxslar va mahalliy eksport qiluvchi korxonalar oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oldi-sotdi shartnomalari soliq organlarining maxsus mobil ilovasida rasmiylashtiriladi.

👉 Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 7-iyun

may oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JSHODS va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️7 июня 2024 года - последний день

за май:

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#alkogol #tamaki

Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish choralari kuchaytiriladi

Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish sohasida samarali nazorat tizimini joriy etish, ularning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish, biznesni yuritish uchun sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida Prezident farmoni imzolandi.
👉 PF-84 03.06.2024

Farmonga muvofiq,

🔹Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi.

2024-yil 1-oktabrdan:

🔹isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻshimcha litsenziya talablari joriy etiladi:

🔹yashirin ishlab chiqarish va aksiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlar aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga oʻtkaziladi;

🔹qalbaki aksiz markali, aksiz markasiz, markirovkalanmagan, qalbaki markirovkali alkogol va tamaki mahsulotlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan muomaladan olinadi va ushbu mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) belgilangan tartibda bekor qilinadi.

🔹isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyiladi.

Shu bilan birga Farmonda:

▪️2024-yil 1-iyuldan, respublika tovar-xomashyo birjasida isteʼmol etil spirti alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun katta va kichik lotlar orqali sotiladi. Bunda, respublika tovar-xomashyo birjasi etil spirti xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulot miqdori va xarid maqsadi kesimida Soliq qoʻmitasiga taqdim etib boradi.

2024-yil 1-sentabrdan:

▪️isteʼmol va texnik etil spirti xarid qilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimiga xarid qilish jarayonida joylashtirilgan isteʼmol va texnik etil spirtidan foydalanish maqsadlaridan boshqa maqsadda foydalanilganligi aniqlanganda, oxirgi 12 oyda birja savdolarida xarid qilingan isteʼmol va texnik etil spirti hajmiga hisoblanadigan aksiz soligʻi summasining 2,5 baravari miqdorida soliq organlari tomonidan moliyaviy jarima qoʻllaniladi;

▪️tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha yangi talablar joriy etiladi;

▪️alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi uchun minimal sotish narxlari joriy etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Kasbim – faxrim!

Soliq organlarida ishlayotganimga yetti yil bo‘ldi. O‘tgan davr mobaynida bu kasbning mashaqqati, pastu-balandi, mehnati, rag‘bati, kasbidan e’zoz topganlaru, unga noloyiqlarni ham ko‘rdim.

To‘g‘ri hamma kasbning o‘ziga yarasha mashaqqati bor. Mutaxassisligim jurnalist. Soliq tizimining Matbuot xizmatida ish boshlagunga qadar turli OAVda ishlaganman. Kasb taqozosi tufayli deyarli barcha soha xodimlari bilan uchrashganmiz, materiallar tayyorlaganmiz.

Eng qizig‘i, o‘qituvchining mehnati ilmli o‘quvchilarda, shifokorning mehnati shifo topgan bemorlarda, harbiylar mehnati mustahkam sarhadlarda, yo‘lchining mehnati ravon yo‘llarda ko‘rinadi...

Soliqchining mehnatini esa hamma ham bilavermaydi. Soliqchi – davlat xizmatchisi! U yurt ravnaqi, xalq farovonligi, jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan soliqlarni yig‘ish uchun tinmay mehnat qiladi. Buni men kabi ular bilan bir safda turib xizmat qilayotganlar, “daryoni birga kechayotganlar” biladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim soliq xodimlarining nojo‘ya xatti-harakatlari, korrupsion huquqbuzarliklari to‘g‘risidagi xabarlarni o‘qib, butun jamoa haqida umumiy xulosa qilish, soliqchilarni yomonotliqqa chiqarishga urinayotganlarni ko‘rayapman. Xulosa qilishga shoshilmang!

Soliq xodimlari orasida kunni tunga ulab, bor kuch-g‘ayrati, bilimi, umrini soha rivojiga baxsh etayotganlar ko‘pchilikni tashkil etadi va men ular bilan bir jamoada ishlayotganimdan cheksiz faxrlanaman.

Sizlardan iltimosim esa, birni ko‘rib mingga baho bermang!

Dilnoza Allayarova,
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot kotibi


👉 Telegram
#markirovka

Raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar harakatini tahlil va nazorat qilish dasturiy mahsuloti ishlab chiqiladi


Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Asl belgisi” axborot tizimi operatoriga quyidagi vazifalar belgilab berildi:

🔹“Asl belgisi” axborot tizimi maʼlumotlari asosida raqamli markirovkalangan mahsulotlarni tizimga kiritish, ularning harakatini avtomatlashtirilgan tarzda tahlil va nazorat qilish imkonini beruvchi dasturiy mahsulot ishlab chiqish;

“Asl belgisi” axborot tizimini quyidagi yoʻnalishlarda takomillashtirish:
▫️ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan raqamli markirovkalangan mahsulotlarning hisobini toʻgʻri yuritish hamda mahsulotlar harakati zanjirini axborot tizimida toʻliq va haqqoniy aks ettirish;
▫️mahsulotlarning hisobini toʻgʻri yuritish hamda mahsulotlar harakati zanjirini axborot tizimida toʻliq va haqqoniy aks ettirish maqsadida raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilarining aniq faoliyat manzili, shu jumladan, mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilish manzillari hisobini toʻgʻri yuritish;
▫️shubhali holatlarni aniqlash va bunday maʼlumotlarni soliq organlariga avtomatlashtirilgan tarzda taqdim etish.

👉PQ-204 03.06.2024
__________
#маркировка

Будет разработан программный продукт для автоматизированного анализа и контроля движения продукции с цифровой маркировкой

Налоговому комитету совместно с Министерством цифровых технологий, оператором информационной системы «Asl Belgisi» поручено:

🔹на основе данных информационной системы «Asl Belgisi» разработать программный продукт, предоставляющий возможность включения продукции с цифровой маркировкой в систему автоматизированного анализа и контроля ее движения;

🔹усовершенствовать информационную систему «Asl Belgisi» с учетом:
▫️надлежащего ведения учета произведенной и реализованной продукции с цифровой маркировкой, полного и достоверного отражения в информационной системе цепочки движения продукции;
▫️правильного ведения учета конкретного адреса деятельности участников оборота продукции с цифровой маркировкой, в том числе адресов производства, хранения и реализации продукции;
▫️выявления подозрительных фактов и автоматизированного представления таких данных в налоговые органы.

👉 № ПП-204 от 3.06,2024 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
May oyi yakuniga ko‘ra Angor tumanining "Madaniyat", "Qo‘shtegirmon"  mahallalari soliq inspektori Malika Raximova viloyatdagi eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichini qayd etdi.

👉Telegram facebook youtube instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "Sevimli" TV

Soliq xizmati organlari va majburiy ijro byurosi xodimlari hamkorligida joriy  yilning o‘tgan davri mobaynida qarzdor korxonalardan 286  mlrd  258  mln so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-iyun

may oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

iyun oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️10 июня 2024 года - последний день

за май:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за июнь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции*
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

*Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_texnikumi

Toshkent soliq texnikumiga o‘qishga marhamat!

Toshkent soliq texnikumi 11-sinf hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga taklif etadi:

🔹Soliq va soliqqa tortish;
🔹Bank ishi;
🔹Moliya;
🔹Buxgalteriya hisobi va audit

O‘qish muddati – 2 yil

🟩 Texnikum Respublika va xalqaro miqyosdagi universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xususan, Koreys tilini bilish darajasi sertifikatiga ega bitiruvchilar Koreyaning Honam universiteti bilan tuzilgan “2+2” hamkorlik memorandumiga asosan o‘qishini Honam universitetida 3-bosqichdan davom ettirishlari mumkin.

🟩 Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha OTMga kirish imtixonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat asosida 2-bosqichdan o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

➡️ Batafsil ma’lumotlar uchun texnikumda tashkil etilgan 📞Call-markazning 71-274-42-69 hamda 71-274-48-07 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

👉 Telegram
#elon

Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

Bugun, 10-iyun kuni ayrim tashqi resurslarda yuzaga kelgan nosozliklar sababli, Soliq qo‘mitasining elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatildi. Mutaxassislar tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida nosozliklar bartaraf etildi.

Hozirda barcha elektron soliq xizmatlari faoliyati odatdagi tartibda ishlamoqda.
________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

Сегодня, 10 июня, в связи с возникшими неполадками на внешних ресурсах наблюдались временные перебои в работе электронных налоговых услуг Налогового комитета. В результате оперативно принятых специалистами мер неполадки были устранены.

В данный момент все электронные налоговые сервисы работают в штатном режиме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

- Men “Yoshlar ittifoqidan” imtiyozli kredit asosida uy-joy olganman. Kredit olishda bankka toʻlangan boshlangʻich to‘lov uchun ham soliq imtiyozi bormi?

- Agar yosh oilalar tomonidan ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olingan boʻlsa, ularning ushbu kredit va unga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlariga daromad soligʻi solinmaydi. 2023-yil 1-yanvardan kreditni soʻndirishga yoʻnaltirilgan summa miqdori yiliga MHTEKMning* 80 baravari (84 mln soʻm)gacha (2022-yilda 15 mln soʻm) etib belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 378-modda 16-band

*mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 050 000 soʻm.

Avval bunday imtiyoz budjetdan ajratilgan subsidiya asosida uy-joy sotib olinganda qo‘llanilgan. 2022-yil 1-yanvardan esa yosh oilalar uchun ushbu talab bekor qilindi.

Bunda soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh)ga toʻlguniga qadar qoʻllaniladi.

Ushbu soliq imtiyozi boshlangʻich toʻlov uchun yoʻnaltirilgan daromadlarga qoʻllanilmaydi.

👉 Telegram