Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.44K photos
2.33K videos
91 files
6.67K links
Download Telegram
#JSHODS #soliq_hisoboti

Daromad va ijtimoiy soliq
hisobotini toʻldirish tartiblari o‘zgarmagan

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisob-kitobini
toʻldirish va joʻnatishda xatolik chiqayotganligi soliq to‘lovchi (agent)lar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Soliq hisob-kitobini
toʻldirish va yuborishda xatoliklar kelib chiqmasligini oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi.

Ushbu soliq hisobotini toʻldirish tartibi soliq.uz saytida joylashtirilgan qoʻllanmada batafsil (misollar bilan) ko‘rsatib berilgan.

Xususan;
▪️Hisob-kitob yuridik shaxslar tomonidan yil boshidan oʻsib boruvchi yakun bilan soʻmda toʻldirilishi;
▪️Har bir jismoniy shaxs kesimida hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida maʼlumotida (4-ilova) 11-12-ustunlarda xodimlarga hisoblangan ish haqi tarzidagi daromadlar toʻliq koʻrsatilishi;
▫️11-ustunning jami summasi hisob-kitobning 011-satridagi, 12-ustunning jami summasi hisob-kitobning 0110-satridagi summaga teng boʻlishi shartligi;
▫️13-14-ustunlarda hisoblangan daromad soligʻi summasi SHJBPHga majburiy hisoblangan badallar summasini oʻz ichiga olgan holda aks ettirilishi va boshqa talablar keltirilgan.

❗️Yuqoridagilarga asosan, mazkur soliq hisobotini toʻldirishda qoʻllanmadan foydalaning va mavzuga oid yangiliklarni soliq organlarining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib boring.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #JShODS

Biron tashkilot yoki korxonaga ishga kirganingizda
🤝 Siz bilan qonuniy mehnat shartnomasi tuzmasdan,
📨 ish haqingizni konvert usulida berishyaptimi?

"Menga oyligimni bersa boʻldi, nima farqi bor" deb oʻylaysizmi?

⚠️Shoshilmang, xato qilib qoʻymang!

Bu nafaqat soliqlarni toʻlamaslik, balki Sizga belgilangan ish staji yozilmasligi va boshqa bir qator ijtimoiy xizmatlardan foydalana olmasligingizga sabab boʻlishi mumkin.

✔️ Eslatma! Soliq mobil ilovasida ish joyi, oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ko‘rishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS #YTT

2024-yil 15-noyabr - noyabr oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.
____________
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

15 ноября 2024 года - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за ноябрь.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads