Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
7.58K photos
2.36K videos
91 files
6.76K links
Download Telegram
#seminar

Tadbirkorlik rivoji yo‘lida

Respublika ishchi guruhi a’zolari, mutasaddi tashkilot va idoralar hamda viloyat soliq xizmati organlari xodimlari ishtirokida o‘tkazilayotgan navbatdagi o‘quv-amaliy seminar Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo‘lib o‘tdi.
Seminarda qonunchilikka ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga berilayotgan imkoniyat va yengilliklar, xususan soliq imtiyozlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning tadbirkorlik faoliyatini baholash mezonlari bilan bog‘liq ko‘plab savollari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Ayrim tadbirkorlarimiz, barqarorlik reytingining joriy etilishidan noo‘rin xavotirga tushishayapti. Agar quyi reytingda bo‘lsam, qandaydir jazo choralari qo‘llanilishi mumkin degan fikrlari bor, - deydi viloyat soliq boshqarmasi mutaxassisi Shoxrux Hazratov. – Barqarorlik reytingini joriy etishdan maqsad tadbirkorlik subyektlarini soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga undash va yuqori natijalarga erishayotgan ishbilarmonlarni rag‘batlantirib borishdir. Quyi reytingdagi tadbirkorlarga hech qanday jazo choralari qo‘llanilmaydi. Aksincha ular reyting natijalarini kuzatib borish asosida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini o‘z vaqtida tuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

👉 Telegram
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi toifasi va balli test rejimida soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetiga joylashtirildi

Savdo sanoat palatasi saytida "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi" test rejimida ishga tushirildi*
👉 https://chamber.uz/contractor-rating

Reyting toifasi va ballari soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetida ham aks etmoqda.

Bunda tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Ushbu reytingda past ball olgan korxonalarga jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Yuqori ballga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi.

❗️*Platforma vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish jarayonida test rejimida ishlamoqda. Reytingni to‘liq va to‘g‘ri baholanishi hamda mezonlar kesimida aniqlash metodikasi bilan 15-fevraldan ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
___________
#рейтинг_устойчивости

Категории и баллы рейтинга устойчивости в тестовом режиме доступны в персональном кабинете налогоплательщиков

Рейтинг устойчивости предпринимателей в тестовом режиме запущен*
на сайте Торгово-промышленной палаты
👉 https://chamber.uz/contractor-rating

Категории и баллы рейтинга также отражаются в персональном кабинете налогоплательщика.

Субъекты предпринимательства разделяются на следующие категории:
▪️категории «ААА», «АА» и «А» высокий рейтинг устойчивости;
▪️категории «ВВВ», «ВВ» и «В»средний рейтинг устойчивости;
▪️категории «ССС», «СС» и «С» удовлетворительный рейтинг устойчивости;
▪️категория «D» низкий рейтинг устойчивости.

В отношении организаций с низким рейтингом не предусмотрены меры наказания.

Предприниматели с высоким рейтингом будут поощряться.

❗️ *Электронная платформа находится в процессе интеграции с базами данных министерств и ведомств. Правильная и полная оценка рейтинга, а также возможность ознакомления с методикой определения критериев появится с 15 февраля.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon

Hurmatli soliq toʻlovchilar!

Elektron soliq xizmatlarining uzluksiz va sifatli ishlashini taʼminlash maqsadida joriy yilning 10-11-fevral (shanba va yakshanba) kunlari maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Profilaktika ishlari davomida my.soliq.uz va my3.soliq.uz saytlari orqali elektron hisobotini yuborish xizmati vaqtinchalik ishlamaydi.
__________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях обеспечения бесперебойной и качественной работы электронных налоговых услуг 10-11 февраля (суббота и воскресенье) в центре обработки данных запланировано проведение профилактических работ.

Во время профилактических работ временно будет недоступна услуга по отправке электронной отчетности через сайты my.soliq.uz и my3.soliq.uz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy #Bobur

Ulug‘ ajdodlar o‘giti yoshlar uchun hayotiy qo‘llanmadir

Bundan besh asr oldin Hazrat Navoiy asarlarida ulug‘lagan insoniylik hamda shoirlar shohi va shohlar shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur dilidagi Vatanga oshiqlik, yurt sog‘inchi ular bitgan asarlarda bo‘y ko‘rsatib, har bir o‘qirmanni ezgulikka, elparvarlikka, sadoqatga chorlab turibdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Jamila Shermuhammedova Soliq qo‘mitasida o‘tkazilgan "Ikki buyuk siymoga ehtirom" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas bitiklari bugun ham avlodlari uchun dasturilamal bo‘lib kelayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

❗️Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari diqqatiga!

Joriy yilning 13-fevral kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish hamda reytingni aniqlash mezonlari bilan tadbirkorlarni tanishtirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etiladi.

Uchrashuvga savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari rahbarlari va ularning hisobchilari taklif etiladi!

13-fevral, 15:00

📍 “InterContinental Tashkent” (Trilliant) mehmonxonasi — LOKATSIYA

Ro’yxatdan o‘tish: https://forms.gle/Ft8n26tYf6PwjcVc9

Batafsil ma’lumot uchun:
📞
+998781506006

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

Mustaqil baholash natijalari soliq organiga qanday yuboriladi?

2024-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1,2 mln soʻm.


Agar obyektining 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal miqdordan past boʻlsa, soliq toʻlovchilar koʻchmas mulk qiymatini soliq maqsadlarida baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb qilishlari mumkin. Bunda mustaqil baholash natijalari soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 12-fevral

yanvar oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

fevral oyi uchun:

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni.
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 12 февраля 2024 года последний день

за январь:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за февраль:

- уплаты налога на имущество налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

🗓 Soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish – soliq to‘lashning muddatini keyinroq muddatga ko‘chirish.
▫️Soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish uni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida amalga oshiriladi.
🔗 Soliq kodeksi 97-modda

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Reytingda yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan.

Birinchisi – hamma uchun bir xil bo‘lgan umumiy 10 ta mezon.
Mazkur mezonlar orqali tadbirkorda 100 ball olish imkoniyati mavjud.

Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yil davomida ko‘payib ketsa ishlaydi.

Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon.
"Ijtimoiy reestr", "Ayollar daftari"ga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliqni 2% stavkada to‘laymiz, lekin yanvar oyi hisobotida avtomatik ravishda 4% stavka shakllandi. Buni qanday bartaraf etish mumkin?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS #JShODS

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Endilikda QQS qaytarib berish boʻyicha imtiyoz milliy valyutada eksport qilgan tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi.

Bu yil pilla narxi 25 foizga oshiriladi. Aholiga pilla yetishtirish uchun subsidiya beriladi va pilla yetishtiruvchilar daromad soligʻidan ozod qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵"Renessans" TV

Soliq imtiyozlari tadbirkorlik rivojiga xizmat qilmoqda.

Telegram facebook youtube instagram
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahar soliq inspeksiyasi xodimlari 2023-yilgi belgilangan prognoz rejasini ortig‘i bilan bajarishgan bo‘lsada mahalliy budjetdan rag‘batlantirilmaganliklari to‘g‘risida murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Termiz shahar soliq inspeksiyasi xodimlarini belgilangan prognoz rejasini ortig‘i bilan bajarganlik bo‘yicha mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4102-sonli qaroriga muvofiq sektor kotiblarini samaradorlik natijalariga ko‘ra rag‘batlantirish Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari vakolati hisoblanadi va tegishli murojaatlar Kengashning navbatdagi sessiyasida qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, Termiz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i S.Muxamadiyevning Termiz shahrida yashash uyi bo‘lganligi sababli xizmat uyiga zarurat bo‘lmagan va ijara uyda istiqomat qilib kelgan 4-sektor kotibi N.Muxamadiyevga xizmat uyidan vaqtinchalik foydalanishga belgilangan tartibda ruxsat berilgan. N.Muxamadiyevning viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosariga hech qanday qarindoshlik aloqasi yo‘q.

👉 Telegram