Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
7.57K photos
2.35K videos
91 files
6.76K links
Download Telegram
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati natijalari

Soliq xizmati organlariga mahalla darajasiga tushib ishlash boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yilda 9 443 ta mahallaga 4 427 nafar soliq xodimi biriktirildi.

Shuningdek, soliq organlarining 21 ta yoʻnalishdagi asosiy vazifalari belgilab berildi.

Soliq organlarining mahalladagi faoliyatini baholash uchun “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi ishlab chiqildi.

Ushbu tizim mahallalardagi bevosita har bir soliq toʻlovchi jismoniy shaxsning, tadbirkorning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini oʻrganish, ularga proaktiv shaklda xizmat koʻrsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratishda soliq organlari xodimlarining ishtiroki va imkoniyatlarini toʻliq ishga solishni taʼminlashga xizmat qiladi.

Mazkur yangi tizimning ishga tushishi natijasida 2023-yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlaridan prognozga nisbatan qo‘shimcha 2 trln so‘m, shundan 1,1 trln so‘mi 2023-yilning 4-choragida budjetga tushirildi. Jismoniy shaxslarning mol-mul va yer soliqlaridan tushumlar o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravarga oshdi.

Yashirin ish o‘rinlari legallashtirilganligi hisobiga daromad solig‘i to‘lovchilar 263,2 ming nafarga ko‘payib, 5,3 mln nafarga yetganligi hamda ish haqini oshirilishi JShODS bo‘yicha qo‘shimcha 1,9 trln so‘m tushirish imkoniyatini berdi.

O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar 2,6 mln nafarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan qariyb 1 mln nafarga oshdi.
______________
#махаллабай

Результаты деятельности налоговых органов в махаллях


В целях обеспечения исполнения органами налоговой службы поручений по работе на уровне махалли, в 2023 году за 9 443 махаллями закреплено 4 427 налоговых сотрудников.

Также определены основные задачи налоговых органов по 21 направлению.

Для оценки эффективности их работы разработана информационная система «Деятельность налоговых органов в махаллях».

Данная система служит изучению социальных и экономических проблем физических лиц и предпринимателей в махаллях, оказанию им проактивного обслуживания, развитию предпринимательства, обеспечению полного участия и максимального использования возможностей сотрудников налоговых органов в создании новых рабочих мест.

В результате запуска новой системы по отношению к прогнозу показателей к концу 2023 года дополнительно поступило 2 трлн сумов налогов на имущество и землю, из них 1,1 трлн сумов в IV квартале прошлого года. Поступления по налогам на имущество и землю физических лиц увеличились в 1,5 раза по сравнению с прошлым годом.

За счет легализации скрытых рабочих мест количество плательщиков налога на доходы выросло на 263,2 тысячи и достигло 5,3 млн человек, а повышение заработной платы дало возможность обеспечить дополнительно 1,9 трлн сумов НДФЛ.

Число самозанятых граждан составило 2,6 млн человек и увеличилось почти на 1 млн по сравнению с началом прошлого года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslar mol-mulk solig'i stavkasi saqlanib qoldi

Yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig'i stavkasi 1,5% miqdorida saqlab qolindi.

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

🔹ko‘p kvartirali uylarda joylashgan ko‘p kvartirali uy mulkdorlarining umumiy mol-mulki* yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqqa tortilmaydi.

🔹yuridik shaxslar mol-mulk solig'ini hisoblash maqsadida obyektlarga nisbatan soliq solinadigan baza 1 kv.m uchun quyidagi minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas:
▫️Toshkent shahrida – 3 mln so‘m;
▫️Nukus va viloyat markazlarida – 2 mln so‘m;
▫️boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 1,2 mln so‘m.
👉2022-2023-yillarda 1 kv.m uchun minimal qiymat miqdori

*Izoh: Ko‘p kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘rama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskuna va qurilmalar umumiy mol-mulkdir.
👉 "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi Qonun 6-modda
__________
#новое_в_законодательстве
#налог_на_имущество

Сохранена ставка налога на имущество юридических лиц

Ставка налога на имущество юридических лиц сохраняется в размере 1,5%.

Согласно изменениям и дополнениям, внесенным в Налоговый кодекс:

🔹общее имущество* собственников помещений
многоквартирных домов, расположенное в этих многоквартирных домах, не облагается налогом на имущество юридических лиц;

🔹в целях исчисления налога на имущество юрлиц налоговая база в отношении объектов не может быть ниже минимальной стоимости за 1 кв. м:
▫️в г.Ташкенте — 3 млн сумов;
▫️в г.Нукусе и областных центрах — 2 млн сумов;
▫️в других городах и сельской местности — 1,2 млн сумов.
👉Минимальная стоимость за 1 кв. м в 2022-2023 гг.

*Примечание. Общим имуществом являются общие помещения в многоквартирном доме, несущие и ограждающие конструкции, межквартирные лестничные клетки, лестницы, лифты, лифтовые и иные шахты, коридоры, технические этажи, подвалы, чердаки и крыши, внутридомовые инженерные сети и коммуникации, механическое, электрическое, санитарно-техническое и иное оборудование и устройства, находящиеся за пределами или внутри помещений и обслуживающие более одного помещения.
👉ст.6 Закона "Об управлении многоквартирными домами"

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ZO‘R" TV

Termiz xalqaro aeroportida “tax free” shoxobchasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "O'zbekiston 24" TV

Termiz xalqaro aeroportida “tax free” shoxobchasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#sarhisob

2023-yilda surxondaryolik soliq to‘lovchilar qancha soliq to‘lashdi?

O‘tgan 2023-yilda viloyatimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 2 trln 829,5 mlrd so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 163,4 mlrd so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

📊 Budjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 2 trln 491,1 mlrd so‘m yoki 88 foizi yuridik shaxslar, 338,3 mlrd so‘m yoki 12 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

🔵 Soliq turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:

🔹 1 trln 83,9 mlrd so‘m yoki 38,3 foizini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

🔹 504,0 mlrd so‘m yoki 17,8 foizini qo‘shilgan qiymat solig‘i;

🔹 321,0 mlrd so‘m yoki 11,3 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i;

🔹 194,0 mlrd so‘m yoki 6,9 foizini aksiz solig‘i;

🔹 726,6 mlrd so‘m yoki 25,7 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram Facebook
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

2024-yilda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i boʻyicha hisob-kitob shakllari joylashtirildi


Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilindi.

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay, yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga yer solig‘i hisobotini taqdim etishi lozim.
👉 Soliq kodeksi 431-modda

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga yer solig‘ini hisoblash boʻyicha hisobot shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan:
▫️ AOS to‘lovchi bo‘lmagan korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_21;
▫️ AOS to‘lovchi korxonalar uchun hisobot shakli – 10510_20.

🔹Soliq toʻlash muddati:

📌2024-yil yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay.
▪️AOS toʻlovchilar uchun har chorak 3-oyining 20-kunidan kechiktirmay;
▪️Boshqa soliq toʻlovchilar uchun har oyning 10-kuniga qadar.

Mazkur soliq hisobotlari Kadastr organlarida ro‘yxatga olingan har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida, avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi.
Izoh: Hozirda faqat soliq stavkalari tasdiqlangan hududlar uchun ushbu soliq hisobotini taqdim etish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot uchun, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar hamda tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi va har yili 10-yanvarga qadar soliq organlariga taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

📖 Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i soliq hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi


Soliq qonunchiligiga 2024-yilda kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq, jismoniy shaxslarning turar joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2023-yilga nisbatan 11% foizga indeksatsiya qilindi.

Jismoniy shaxslarning egaligidagi turar joy obyektlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilandi:
🔹umumiy maydoni 200 kv.m.gacha boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar uchun – 0,31%.
🔹shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar:
▫️umumiy maydoni 200 kv.m.dan 500 kv.m.gacha boʻlsa – 0,41%;
▫️umumiy maydoni 500 kv.m.dan ortiq boʻlsa – 0,55%;
▫️boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun – 0,41%.

Tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari uchun soliq stavkasi (1,5%) oʻzgarishsiz qoldirildi.

Shu bilan birgalikda, soliq yukini adolatli taqsimlash maqsadida, jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlarining soliq bazasini hisoblash tartibi yuridik shaxslar uchun belgilangan tartib bilan birxillashtirildi.

Yaʼni, 2024-yil 1-yanvardan boshlab, jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1,2 mln soʻm.

Agar obyektining 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal miqdordan past boʻlsa, soliq toʻlovchilar koʻchmas mulk qiymatini soliq solish maqsadlarida baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb qilishlari mumkin. Bunda, mustaqil baholash natijalari soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.
Baholovchilar reestrini Davlat aktivlarini boshqarish agentligining veb-saytida quyidagi havola orqali topish mumkin.
👉 https://davaktiv.uz/uz/menu/baholovchilar-reestri

Shuningdek, kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, jismoniy shaxslar soʻnggi 2 yil davomida baholovchi tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan koʻchmas mulkni baholash natijalaridan mol-mulk soligʻi bazasini aniqlashda foydalanish mumkin.

Bundan tashqari, 1 kvadrat metr uchun minimal qiymat tartibi jismoniy shaxslar egaligidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan koʻchmas mulk obyektlari hamda minoralar, koʻpriklar (estakadalar), rezervuarlar (oʻt oʻchirish inshootlari, sisternalar), bostirmalar, shiyponlar, beton maydonlar va devorlar (bordyurlar) ga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#mol_mulk_soligi

2024-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakllari


Bo‘nak to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 30 kundan kechiktirmay ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 417-modda

2024-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan:
▫️ AOS to‘lovchilar uchun – 10401_33;
▫️ AOS to‘lovchi hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar uchun – 10401_34.

📌 O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakllarini taqdim etishlari talab etilmaydi.

🔹Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarining to‘lash muddatlari:

▫️ AOS to‘lovchi hisoblanmaydigan subyektlar uchun – yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay
❗️2024-yil yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay;
▫️ AOS to‘lovchi subyektlar uchun – yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida har chorak 3 oyining 20-kunidan kechiktirmay.

Ma'lumot uchun, yuridik shaxslar tomonidan 2023-yil uchun soliq hisoboti (10403_13) soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, 2024-yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Mol-mulk va yer solig‘ini hisob kitob qilishda kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari hamda ko‘chmas mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati va imtiyoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlarining elektron soliq xizmatlari portali – my3.soliq.uz orqali “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” hamda “Alohida soliq stavkasi qo‘llaniladigan ko‘chmas mulk obyektlar va yer uchastkalari” bo‘limlaridan murojaat yuborish orqali shakllanadi.

📖 2023-yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining 891-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining 483-moddasi 4 ta qism (42,43,44 va 45) bilan to‘ldirildi.

Soliq kodeksi 483-modda 42-qismiga muvofiq:

📌 “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi”da ishtirok etadigan tijorat banklarining loyihalar uchun ajratilgan bank kreditlari bo‘yicha olingan foizlar tarzidagi daromadlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadlarida 2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda chegiriladigan xarajatlar sifatida e’tirof etiladi.

👉 Telegram Facebook
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining 891-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining 483-moddasi 4 ta qism (42,43,44 va 45) bilan to‘ldirildi.

✍️ Soliq kodeksi 483-modda 43-qismiga muvofiq:

🗓 “Izlanish va rivojlanish” markazlari 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur markazlarning obyektlari va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida, shuningdek ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

👉 Telegram Facebook
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining 891-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining 483-moddasi 4 ta qism (42,43,44 va 45) bilan to‘ldirildi.

✍️ Soliq kodeksi 483-modda 44-qismiga muvofiq:

📌 Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan (bundan buyon matnda metallar deb yuritiladi) ajratib oluvchi, shuningdek, uglevodorod xom ashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslarga nisbatan Soliq kodeksining XVIII prim 1 bo‘limida nazarda tutilgan qoidalar 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda tatbiq etilmaydi.
Mazkur qoida qazib olish 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda boshlangan yer qa’ri uchastkasiga nisbatan qo‘llaniladi va metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishning butun davri uchun tatbiq etiladi.

👉 Telegram Facebook
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining 891-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining 483-moddasi 4 ta qism (42,43,44 va 45) bilan to‘ldirildi.

✍️ Soliq kodeksi 483-modda 45-qismiga muvofiq:

📌 Budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida, shuningdek davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan infratuzilma loyihalari uchun xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi (bundan O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari mustasno) hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish 2028-yil 1-yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

👉Telegram Facebook
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer soligʻi bazaviy stavkalari oʻzgardi

Jismoniy shaxslar uchun yer soligʻining bazaviy stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilindi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar shuningdek, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlarining iqtisodiy rivojlanishga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash huquqini saqlanib qolindi.

Joriy soliq davri uchun soliq stavkalari har yili 10-yanvargacha (ilgari 31-dekabrgacha) xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etiladi.

2024-yilda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlardan (uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlari egallab turgan yerlar) olinadigan soliq miqdori 2023-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

Soliq kodeksining 434-moddasiga aniqlik kiritildi, unga koʻra koʻp kvartirali uylar egallagan va koʻp kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari soliq solish obyekti boʻlmaydi.

Jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlarida, shuningdek, dehqon xoʻjaligi yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga soliq solish tartibi va stavkalari oʻzgarishsiz qoldi.

Soliq organlari toʻlov xabarnomalarini faqatgina qogʻoz koʻrinishida, soliq toʻlovchiga imzo qoʻydirib emas, balki mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq toʻlovchining nomiga rasmiylashgirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida, shuningdek toʻlov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usullarda yetkazishi mumkin.
_________
#новое_в_законодательстве
#земельный_налог

Изменились базовые ставки земельного налога с физлиц

Базовые ставки земельного налога с физических лиц проиндексированы на 12%.

За Жокаргы Кенесом Республики Каракалпакстан и Кенгашами народных депутатов областей, а также районов и городов сохраняется право применять понижающие и повышающие коэффициенты в зависимости от экономического развития.

Налоговые ставки на текущий налоговый период ежегодно до 10 января (ранее до 31 декабря) представляются Кенгашами народных депутатов районов и городов в налоговые органы по месту нахождения земельных участков несельскохозяйственного назначения.

В 2024 году сумма налога с земель несельскохозяйственного назначения (сюда относятся земельные участки, занимаемые объектами недвижимого имущества жилого фонда) не должна превышать сумму налога, начисленную на 2023 год, более чем в 1,3 раза.

В статью 434 Налогового кодекса внесено уточнение, согласно которому не являются объектом налогообложения земельные участки, занятые под многоквартирными домами и прилегающие к многоквартирным домам, предоставленные для общего пользования (в некоммерческих целях) собственникам помещений многоквартирных домов на праве постоянного пользования.

Порядок налогообложения и ставки по земельным участкам, предоставленным физическим лицам для сельскохозяйственных целей, а также для ведения дехканского хозяйства, остались без изменений.

Налоговые органы могут вручить налогоплательщикам платежное извещение об уплате налога не только под роспись, но и в электронном виде в персональный кабинет налогоплательщика при наличии, в виде СМС-уведомления на номер мобильного телефона, оформленного на имя налогоплательщика и в специальное мобильное приложение налоговых органов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads