Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
Jismoniy_shaxslardan_olinadigan_daromad_soligʻi_JSHODS_va_ijtimoiy.pdf
240.8 KB
#JShODS #ijtimoiy_soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS) va ijtimoiy soliq hisobotini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉JSHODS va ijtimoiy soliq hisobotining paket kodi: 11101_16

🌐 “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliq: hisobot, soliqni to‘lash va imtiyoz” mavzusidagi seminar
_______________
#НДФЛ #социальный_налог

Инструкция по заполнению отчетности по налогу на доходы физических лиц (НДФЛ) и социальному налогу

👉Код пакета отчетности по НДФЛ и социальному налогу:
11101_16

🌐 Cеминар на тему «Налог на доходы физических лиц и социальный налог: отчетность, уплата налогов и льготы».

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

15-dekabr – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

2023-yilda qishloq xo‘jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini soliq organlariga 15-dekabrdan kechiktirmay taqdim etadi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizini 1-oktabrga qadar, qolgan soliq summasini 15-dekabrgacha to‘laydi.

Eslatma! Qishloq xo‘jaligi korxonalariga 1 kub. metr suv uchun soliq stavkasi 45 so‘m miqdorda belgilanadi.

Soliq to‘lovchilar 2023-yil uchun hisobot yuborishda my.soliq.uz portalidagi 10601_11-raqamli hisobot shaklidan foydalanadi.

Shuningdek, belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun shaxsiy kabinetdan “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali murojaat qilish lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

– Bir nafar farzandim xususiy bog‘chaga va bir nafar farzandim xususiy maktabga boradi. Har birining oylik to‘lovi 2 mln so‘mdan jami 4 mln so‘m. Daromad solig‘idan imtiyoz qanday tartibda qo‘llaniladi?

Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq, farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

Ota (ona) imtiyozni:
🔹ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
🔹soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin.

👉 Telegram
#etirof

Soliq qo‘mitasi “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblari qatorida


Bugun, 15-dekabr kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan har yili ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga munosib baho berish va rag‘batlantirish maqsadida o‘zkaziladi.

Joriy yilda ham o‘z tizimida ushbu yo‘nalishda namunali ishlarni yo‘lga qo‘ygan bir qator vazirlik va idoralar taqdirlandi.

Xususan, soliq xizmati organlarida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar, sogʻlom ijtimoiy muhit hamda xodimlarning islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish boʻyicha amaliyotga joriy etilgan samarali loyihalar munosib baholanib, Soliq qo‘mitasi “Eng namunali vazirlik va idora” Respublika tanlovida 2-o‘ringa loyiq deb topildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Sherobod tumanida o‘tkazildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#hamkorlik

O‘zbekiston va Rossiyaning soliq sohasidagi hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda


Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi O‘zbekiston soliq organlari delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi.

Tashrif davomida Sh.Kudbiyev va Rossiya Federal soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov soliq sohasida kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildi.

Batafsil
______
#сотрудничество

Укрепляется сотрудничество Узбекистана и России в налоговой сфере

14-15 декабря этого года делегация налоговой службы Узбекистана под руководством председателя Налогового комитета Шерзода Кудбиева пребывала с рабочим визитом в Российской Федерации.

В ходе визита Ш.Кудбиев и руководитель Федеральной налоговой службы России Даниил Егоров обсудили дальнейшее сотрудничество в налоговой сфере.

Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#twitter

Soliq sohasidagi yangiliklarni qo‘mitaning
twitterdagi rasmiy sahifasi orqali kuzatib boring.

👉Obuna bo‘ling https://twitter.com/soliqnews?t=BwIfWybViFrXAtzhWc91bw&s=09

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#AOS

📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️

Soliq rejimini o‘zgartirish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha
(shu kun ham):

♻️ AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan soliqni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) stavkada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️QQS yoki AOS to‘lovchilari AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️Jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan QQS to‘lovchilari AOS to‘lashga o‘tish uchun soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Xabarnoma my3.soliq.uz sayti orqali yuboriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Denov va Sherobod tumanida bo‘lib o‘tdi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#AOS

Bugun, 18-dekabr – soliq rejimini o‘zgartirish uchun xabarnoma yuborishning oxirgi kuni

♻️ AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan soliqni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) stavkada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️QQS yoki AOS to‘lovchilari AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️Jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan QQS to‘lovchilari AOS to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Xabarnoma my3.soliq.uz sayti orqali yuboriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#bilasizmi

Tekshiruvdan oldingi tahlil — taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlil.

Soliq kodeksi 138-modda

👉 Telegram
#bilasizmi

Umumiy ovqatlanish shoxobchasining hisobga olish dasturlari soliq organlari bilan integratsiya qilinishi shart


Savdo (xizmat ko‘rsatish) shoxobchalarida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi fiskal ma’lumotlar hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi va Davlat reyestriga kiritilishi lozim.

Soliq mobil ilovasi orqali kelib tushgan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlar sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazishga asos bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, xaridorlarga QR-kodli chek berish shart.

Soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalash talablarini buzish qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
_________
#знаете_ли_вы

Программы автоматизации учета в общепите должны быть интегрированы с налоговыми органами

В пунктах торговли (оказания услуг) запрещается одновременное использование наряду с онлайн-ККТ других видов систем учета фискальных данных.

Автоматизированные измерительные средства учета (информационные системы, программные продукты), используемые предпринимателями в сфере розничной торговли и общественного питания, должны быть обязательно интегрированы с информационными системами налоговых органов и внесены в Государственный реестр.

На основании обращений о налоговых правонарушениях, поступивших в налоговые органы через мобильное приложении Soliq, проводятся выездные налоговые проверки.

Напоминаем также, что покупателям обязаны выдавать чек с QR-кодом.

Нарушение требований по интеграции с информационными системами налоговых органов влечет установленную законодательством ответственность.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#uchrashuv

Ayni paytda Savdo-sanoat palatasida chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Soliq qo‘mitasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Muhokamada tadbirkorlarning avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashmagani uchun javobgarlik choralarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
______
#встреча

В настоящее время в Торгово-промышленной палате проходит встреча с предпринимателями, осуществляющими деятельность в сфере розничной торговли и общественного питания.

В ней принимают участие руководство и специалисты Налогового комитета.

Обсуждение затрагивает вопрос применения мер ответственности за неинтеграцию автоматизированных систем учета предпринимателей с информационными системами налоговых органов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar muammolarini hal etishga ko‘maklashadi

O‘tkazilgan davra suhbatida koʻtarilgan masalalar xususan, markirovka va integratsiya jarayonlarida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan soliq xizmati organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv 2023-yil 21-dekabr (payshanba) soat 15:00da Soliq qo‘mitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazida bo‘lib o‘tadi.📍Manzil: Muqimiy ko‘chasi, 166.

Shuningdek, oʻtkazilgan nazorat tadbirlari bo‘yicha hududiy soliq organlari tomonidan chiqarilgan qarorlar ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchunSoliq tekshiruvi yuzasidan shikoyat Telegram boti ishga tushirildi.

Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi qo‘llanilishi bilan bog‘liq choralarini yumshatishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlangan.
__________
#встреча

Налоговый комитет содействует решению проблем предпринимателей

Для решения вопросов, поднятых в ходе круглого стола, в частности, проблем, возникающих в процессах маркировки и интеграции, будет организована встреча органов налоговой службы и субъектов предпринимательства.

Встреча состоится 21 декабря 2023 года (четверг) в 15:00 часов в Научно-информационном центре "Янги технологиялар" Налогового комитета. 📍Адрес: улица Мукими, 166.

Также для рассмотрения жалоб на решения территориальных налоговых органов, вынесенные по проведенным контрольным мероприятиям, запущен Telegram-бот «Жалоба на налоговую проверку».

В целях поддержки субъектов предпринимательства Торгово-промышленной палатой подготовлен проект нормативно-правового документа, предусматривающего смягчение мер, связанных с применением статьи 227 прим.1 Налогового кодекса.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#deklaratsiya

Deklaratsiya asosida daromad solig‘i to‘lashi lozim bo‘lgan fuqarolarga SMS yuborilmoqda

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

📩Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida va chet eldan olgan daromadlari) asosida hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.

🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” havolasi bor. “Batafsil” orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.

📲 “To‘lash” bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.

📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.

❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS
#deklaratsiya

Fuqarolar qanday holatda o'z ko'chmas mulkini sotishdan olingan daromaddan soliq to'laydi?

Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi:
▫️noturar joylar;
▫️36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylar.
👉Soliq kodeksining 378-moddasi

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qatʼiy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig'i to‘lashi lozim.

Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan ko‘p muddatda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va uch yillik muddat soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan har bir obyekti bo‘yicha alohida hisoblanadi.

Jismoniy shaxs mulkida 3 yildan kam muddatda turar joyni sotishdan olgan daromadlari to‘g‘risida doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay (Soliq kodeksining 397-moddasi), jami daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi va daromad solig‘i summasini 1-iyunga qadar to‘lashi lozim. (Soliq kodeksining 398-moddasi)

my3.soliq.uz saytidan jami daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar bo‘yicha sotib olish va sotish qiymati o‘rtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Ko‘chmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksining 375-moddasi 4-bandi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi – 12%.
👉Soliq kodeksining 381-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads