Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.47K photos
2.34K videos
91 files
6.71K links
Download Telegram
#savol_javob

- 2021-yilda otam vafotidan so‘ng yashash uyimiz menga meros tariqasida o‘tgan. Hozir mazkur uy-joyni sotsam mendan daromad solig‘i olinar ekan. Shu haqda batafsil ma’lumot bersangiz.

🟠 Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslar:

🔸qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);
🔸 noturar joylarni;
🔸 o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi.

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qat’iy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig‘i to‘lashi lozim.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#mahallabay_tizimi

Mahallaga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati ma’lum mezonlar asosida baholab boriladi

Termiz shahar soliq inspeksiyasida "Mahallada soliq organlari faoliyatini tashkil etish" mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari M.Mahkamov ishtirok etib, yurtboshimiz rahnamoligida mahallabay ishlash tizimini rivojlantirish, xususan soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish borasida olib borilayotgan manzilli ishlar to‘g‘risida to‘xtaldi.

Soliq xodimlariga «Mahallada soliq organlari faoliyati» yangi axborot tizimi (platformasi)da ishlash tartibi, maqsad va vazifalar atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, viloyatdagi 724 ta mahallaga biriktirilgan 296 nafar soliq xodimlarining mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda o‘zini o‘zi band qilganlarni kichik biznes toifasiga o‘tishlariga ko‘maklashish kabi jami 7 ta yo‘nalishda olib borayotgan ishlari tahlil qilindi.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Onlayn nazorat-kassa texnikalari

"Yangi texnologiyalar" ilmiy-axborot markazi filial direktori Sherzod Teshebayev onlayn-NKTlardan foydalanish tartibi, uning qulaylik va afzalliklari haqida ma'lumot berdi.

👉 Tadbirkorlar shoxobchalariga o‘rnatilgan onlayn-NKTlari ro‘yxatini qanday ko‘rishi mumkin?

👉
Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

Soliq qoʻmitasi "Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishi boʻyicha mukofotlandi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" respublika ijodiy tanlovining yakuniy bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil tanlov davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud (tuman va shahar hokimlari), davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim (vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari) yo‘nalishida tashkil etildi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tanlovda Soliq qoʻmitasi "Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishi boʻyicha mukofotlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

☎️ Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining "Ishonch"  telefon raqami o‘zgardi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 16-oktabr

sentabr oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari
hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining
ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim
etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va
toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).

IV chorak uchun:

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib
chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida
maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 11-qism).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi

15-oktabr dam olish kuni (yakshanba) boʻlganligi sababli jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini toʻlash muddati 16-oktabr hisoblanadi.

👉 Soliq mobil ilovasida soliq toʻlashingiz mumkin
__________
#налог_на_имущество #земельный_налог

В связи с тем, что 15 октября - выходной день (воскресенье), крайний срок уплаты физическими лицами налогов на имущество и землю - 16 октября.

👉Уплатить налоги можно в мобильном приложении Soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Jismoniy_shaxslardan_olinadigan_daromad_soligʻi_JSHODS_va_ijtimoiy.pdf
240.8 KB
#JShODS #ijtimoiy_soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS) va ijtimoiy soliq hisobotini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉JSHODS va ijtimoiy soliq hisobotining paket kodi: 11101_16
_______________
#НДФЛ #социальный_налог

Инструкция по заполнению отчетности по налогу на доходы физических лиц (НДФЛ) и социальному налогу

👉Код пакета отчетности по НДФЛ и социальному налогу:
11101_16

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#foyda_soligi

Foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari haqida

Soliq toʻlovchilar har chorak birinchi oyining 15-sanasidan kechiktirmay* joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega.

▫️Ma’lumotnoma o‘z vaqtida taqdim etilmasa
bo‘nak to‘lovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
▫️Kutilayotgan foyda summasi asossiz kamaytirib ko‘rsatilsa soliq organlari maʼlumotnomaga o‘zgartirish kiritishga haqli.
👉Soliq kodeksi 340-modda

Ma’lumot uchun. Foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirilgan.
👉PQ-292 04.09.2023

Shunga asosan, 2023-yil IV chorak (oktabr)dan boshlab umumiy daromadi 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar foyda soligʻi boʻyicha bo‘nak toʻlovlarini amalga oshiradi.

Eslatma! Jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini har oyning 23-kunidan kechiktirmay to‘lashlari lozim.

*2023-yil IV chorak uchun 16.10.2023
👉Soliq kodeksi 5-modda
__________
#налог_на_прибыль

Об авансовых платежах по налогу на прибыль

Налогоплательщики вправе представить в налоговые органы справку о сумме авансовых платежей не позднее 15 числа первого месяца следующего квартала* исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале.

▫️Если справка своевременно не представлена, исчисление авансового платежа осуществляется налоговыми органами самостоятельно.
▫️При необоснованном занижении ожидаемой суммы прибыли налоговые органы вправе вносить изменения в справку.
👉ст.340 НК

К сведению. Предельный размер дохода субъектов предпринимательства, которые должны уплачивать ежемесячно авансовые платежи по налогу на прибыль, увеличен с 5 млрд сумов до 10 млрд сумов.
👉№ ПП-292 от 04.09.2023 г.

Исходя из этого, начиная с IV квартала (с октября) 2023 года, авансовые платежи по налогу на прибыль будут уплачивать налогоплательщики с совокупным доходом более 10 млрд сумов.

Напоминаем! Налогоплательщики с совокупным доходом более 10 млрд сумов уплачивают авансовые платежи по налогу на прибыль не позднее 23 числа каждого месяца.

*За IV квартал 2023 года - 16.10.2023
👉ст.5 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_imtiyozlari

Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari

Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda barcha soliqlarni (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i va ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod etiladi.

❗️Ushbu imtiyoz joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning umumiy hajmida baliq yetishtirish faoliyatidan olingan daromadining ulushi 90 foizdan ortiqni tashkil etgan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Jismoniy shaxslar qanday qilib ortiqcha to‘lagan soliqlarini qaytarib olishi yoki boshqa soliq turiga o‘tkazishi mumkin?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#onlayn_NKT #marketpleys

Marketpleyslar va elektron to'lov tizimlari bilan ishlaydigan vositachi (komissioner) hisobotlarni qanday shakllantiradi

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi bo‘yicha aylanmani komitent hisobotida aks ettirish uchun vositachi cheklarda komitentning STIRini ko‘rsatishi kerak.
👉 Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Buning uchun komitent soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantirishi kerak.
👉 Bu qanday amalga oshiriladi?

❗️Agar komitent shaxsiy kabinetga vositachilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritmasa va vositachi (sub-vositachi) onlayn-NKTning chekida komitent STIRini ko‘rsatmasa, u holda vositachi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning umumiy summasi vositachi soliq bazasida xato tarzda aks etadi.

Komitentlar vositachilarining onlayn-NKT cheki ma’lumotlarini monitoring qilib borishi va ulardagi xatolarni mustaqil ravishda tuzatishi mumkin.
👉 Vositachilar cheklarini tuzatish bo‘yicha qo'llanma
__________
#онлайн_ККТ #маркетплейс

Как правильно сформировать отчетность, если вы являетесь комиссионером и работаете с маркетплейсами и электронными платежными системами

Чтобы оборот по реализации товаров (услуг) отражался в отчетности комитента, комиссионер должен указывать в чеках ИНН комитента.
👉Разъяснение по отражению данных в чеках комиссионерами (субкомиссионерами)

Для этого комитент должен сформировать список своих комиссионеров через персональный кабинет налогоплательщика на сайте my.soliq.uz.
👉Как это сделать?

❗️
Если комитент не внесет данные о комиссионерах в персональном кабинете и комиссионер (субкомиссионер) не укажет ИНН комитента в чеках онлайн-ККТ, то сумма реализованного комиссионером товара ошибочно отразится в налоговой базе комиссионера.

Комитенты могут мониторить сведения чеков онлайн-ККТ своих комиссионеров и самостоятельно исправлять в них ошибки.
👉Инструкция по корректировке чеков комиссионеров

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads