Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
#QQS #AOS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotiga kiritiladi;
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.
____________
#НДС #налог_на_прибыль

Как представляют отчетность перешедшие на уплату НДС плательщики налога с оборота?

Налогоплательщики переходят на уплату НДС и налога на прибыль со дня превышения их совокупного дохода 1 млрд сумов.
👉ст.462 НК

Плательщики налога с оборота, которые перешли на уплату НДС в отчетном месяце, представляют за этот месяц как отчетность по налогу с оборота, так и отчетность по НДС.

При этом:
- суммы по осуществленным операциям, оформленным ЭСФ и чекам онлайн-ККТ до даты перехода на уплату НДС отражаются в отчетности по налогу с оборота;
-
операции, осуществленные после даты перехода на уплату НДС, автоматически отражаются в отчетности по НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish tartibi

🔸 Jismoniy shaxslarni soliq organlarida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish ularga vakolatli organ tomonidan identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi alohida hujjat berilmaydi.

🔸O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida u bir vaqtning o‘zida soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qo‘yilgan holda berilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.

🔸Chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el yuridik shaxslariga (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalarga) berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi guvohnoma soliq to‘lovchining ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatdir.

❗️Soliq organlarida hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish bepul amalga oshiriladi.


Soliq kodeksi 126-modda

👉 Telegram
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20 sentabr - avgust oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Soliq toʻlovchilar murojaatlaridan kelib chiqib, Soliq kodeksiga muvofiq soliq solinmaydigan tovarlarni (xizmatlar) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar aks etishi uchun 2-ilovaga 0216-0230 satrlar qoʻshildi.

Ushbu qo‘shimcha bir necha faoliyat turlari bo‘yicha QQS imtiyoziga ega subyektlarga tegishli.

Hisobotda boshqa o'zgarishlar yoq.

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41
_______________
#НДС

❗️20 сентября - последний день представления отчетности по НДС за август

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

На основании обращений налогоплательщиков в Приложение №2 к Расчету добавлены дополнительные строки 0216-0230 для отображения в них оборотов по реализации товаров (услуг), не подлежащих налогообложению в соответствии с Налоговым кодексом.

Это дополнение относится к тем субъектом, у которых имеются льготы по НДС на несколько видов деятельности.

Других изменений в отчетности нет.

Код пакета отчетности по НДС: 10006_41

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵"ISHONCH" TV

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

👉Telegram facebook youtube instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-sentabr

avgust oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1–2-qismlari);

- agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3–4-qismlari);

sentabr oyi uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

III chorak uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YTTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

- AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- AOS toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 сентября 2023 года последний день

за август:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в августе были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

за сентябрь:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

за III квартал:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами, не являющимися плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi soliqlardan ozod etildi

Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritildi.

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi, Professional futbol klublari:

✔️barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliq tashqari);

✔️O‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilari daromadidan to‘lanadigan JShODSdan;

✔️O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan

▫️sport asbob-uskunalari va inventari,
▫️translyatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar,
▫️inventar va texnika,
▫️farmakologiya tovarlari,
▫️sport oziq-ovqatlari,
▫️futbol (futzal) maydonlari uchun sunʼiy o‘tlar,
▫️shokpad,
▫️granulalar,
▫️maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari,
▫️transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun QQSdan ozod etiladi.

🔗 O‘RQ–857, 18.07.2023 y

👉Telegram
#savol_javob

-Bolalikdan emas, yillar o‘tib II guruh nogironi bo‘lgan fuqaroning daromadini soliqqa tortishda qanday imtiyozlar mavjud?

🔵 Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning jami daromadi soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari (980 000 x1,41=1 381800 so‘m) miqdoridagi daromadlar) ozod etiladi.

🔖 Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

🗓 Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan taqdirda, soliq imtiyozi unga bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran qo‘llaniladi.

👉 Telegram
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

2022-yildagi cheklarning MXIK va komitent STIR ma'lumotlarini o‘zgartirish imkoni berilgan

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 🗓 2023-yil 13-sentabrdan 23-sentabrgacha (23-sentabr ham) 2022-yildagi onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoni beriladi.

Ushbu davrda cheklarning mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) va “komitent STIR” ma'lumotlarini o‘zgartirish mumkin.

💻 Buning uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari" sahifasidan "Chek ma'lumotlari" boʻlimiga kiriladi.

🔍Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli (ID), sanasi yoki raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi.

📝Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

📎 Ma'lumot o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasi bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zgarishlar oqibatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi rasmiy xati (muhrlangan) ilova qilinishi lozim.

🔘 “Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

📁 Cheklar tahrirlangan taqdirda tadbirkorlik subyektlaridan tegishli hisobotlarni qayta topshirish talab etiladi.

👉QO‘LLANMA

❗️Tadbirkorlik subyektlariga 2023-yilning o‘tgan davri uchun aprel va avgust oylarida cheklarni tahrirlash imkoniyati berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_keshbek

Kam ta'minlangan oilalarga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

🛒 Joriy yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan 5 turdagi mahsulotlarni (qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, mol goʻshti, tuxum hamda oʻsimlik yogʻi) sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.

Ayni paytgacha 84 714 nafar iste'molchiga 3 mlrd 652 mln so‘mdan ortiq ijtimoiy keshbek to‘lab berildi.

Xususan:
🔸 May oyi uchun 22 159 nafar fuqaroga 1,1 mlrd so‘m;
🔸 Iyun oyi uchun 30 613 nafar fuqaroga 1,3 mlrd so‘m;
🔸 Iyul oyi uchun 31 942 nafar fuqaroga 1,2 mlrd so‘m.

📲Avgust oyi cheklari uchun keshbek sentabr oyining 25-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi.

🧾 Keshbek olish uchun Soliq mobil ilovasida xarid chekining QR-kodini skaner qilish lozim.

👉Ijtimoiy keshbekni bank kartasiga o‘tkazish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy shaxslar diqqatiga!

🗓 Jismoniy shaxslar 2023-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘ini joriy yilning 15-oktabriga qadar to‘lashlari lozim.

🏠 Soliq kodeksiga muvofiq mulkida soliq solish obyekti deb tan olinadigan mol-mulki bo‘lgan
🔸jismoniy shaxslar,
🔸shu jumladan chet el fuqarolari, (agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa),
🔸shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

🏞Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan
🔹jismoniy shaxslar,
🔹shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_imtiyoz

Hisobotlarda soliq imtiyozlarini to‘g‘ri va avtomat shakllanishi uchun “E-imtiyoz” orqali murojaat qoldiriladi.

“E-imtiyoz” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan:
✔️ yuridik shaxslar;
✔️QQS va AOS to‘lovchilari bo‘lgan YATTlar foydalanadi.

👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha my3.soliq.uz portalidagi soliq to'lovchi shaxsiy kabineti orqali murojaat yuborish mumkin.
_________________
#e_imtiyoz

Для правильного и автоматического формирования в отчетности налоговых льгот необходимо подать заявление через “E-imtiyoz”.

Автоматизированная информационная система “E-imtiyoz” доступна для:
✔️ юридических лиц,
✔️ индивидуальных предпринимателей, являющихся плательщиками налога с оборота и НДС.

👉Подать обращение по использованию налоговой льготы можно через персональный кабинет налогоплательщика на my3.soliq.uz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

- Qanday hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi soliq bazasiga tuzatish kiritishi mumkin?

Soliq kodeksining 257-moddasiga muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

1️⃣tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
2️⃣ ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda;
3️⃣ bitim shartlari o‘zgarganda, shu jumladan jo‘natilgan tovarlarning, ko‘rsatilgan xizmatlarning narxi va (yoki) soni (hajmi) o‘zgarganda;
4️⃣ tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi tomonidan chegirmalar berilganda.

🗓 Soliq bazasiga uni kamaytirish yoki ko‘paytirish tarafga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.

👉 Telegram
#imtiyoz

👉 "20 ming tadbirkor va 500 ming mutaxassis" dasturi bo‘yicha imtiyozlar

👉 Qoraqalpog‘iston tadbirkorlari uchun soliq imtiyozi

👉 Nodavlat sport-taʼlim muassasalari uchun soliq imtiyozi

👉 Nodavlat o‘quv markazlari uchun soliq imtiyozi

👉 Stomatologiya xizmatlari uchun soliq imtiyozi

👉 AOS stavkasi kimlar uchun 1 % etib belgilangan

👉 AOSning pasaytirilgan summasi qanday qo‘llaniladi

👉 Elektron tijorat bilan shugʻullanuvchilar uchun foyda soligʻining pasaytirilgan stavkasi

👉 Davlat-xususiy sherilchiligi asosida tashkil etilgan nodavlat MTTlar barcha turdagi soliqlardan ozod etiladi

👉 Moliyaviy va xalqaro tashish xizmatlari uchun soliq imtiyozidan qanday foydalaniladi?

👉 Eksportchi korxonalar uchun AOS va foyda solig‘idan imtiyozlar

Ma'lumot uchun. Joriy yilning 7 oyida korxonalar 13 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandi.
__________
#льготы

👉Льготы по программе «20 тысяч предпринимателей – 500 тысяч квалифицированных специалистов»

👉Льготы для предпринимателей Каракалпакстана

👉Льготы для негосударственных спортивных школ

👉Льготы для негосударственных учебных центров

👉Льготы для стоматологических клиник

👉Для кого установлена ставка налога с оборота в размере 1%

👉Как применить сниженную ставку по налогу с оборота

👉Пониженная ставка налога на прибыль для осуществляющих электронную торговлю

👉Детсады на основе государственно-частного партнерства освобождаются от уплаты всех налогов

👉Как воспользоваться льготой по финансовым услугам и услугам международных перевозок?

👉Льготы по налогу на прибыль и налогу с оборота организациям-экспортерам

Для справки. За 7 месяцев этого года организации воспользовались льготами на сумму более 13 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchilar foydasiga:

🔸soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvlari bo'yicha 97,8 mlrd so‘m;
🔸kameral soliq tekshiruvlari boʻyicha 305,5 mlrd so‘m miqdoridagi qarorlar bekor qilindi.
__________
#цифровизация #обжалование

Налоговый комитет отменил в пользу налогоплательщиков решения:

🔸по налоговым аудитам и выездным налоговым проверкам на сумму 97,8 млрд сумов;
🔸по камеральным налоговым проверкам на сумму 305,5 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fiskal #hamkorlik

Vena Qo‘shma instituti direktori soliq xizmati organlari xodimlarining kasb mahoratini oshirish dasturlari bilan tanishdi

Vena Qo‘shma instituti direktori
Herve Joly Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda soliq xizmati organlari xodimlarining kasb mahoratini oshirish dasturlari bilan tanishdi.

Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha Vena Qo‘shma instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.

Ushbu hamkorlik "Training for trainers" - pedagog-xodimlarning "Soliqlar va soliqqa tortishning kelajagi" yo‘nalishida onlayn va oflayn kurslar orqali malakasini oshirish masalalarini qamrab oladi.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

- Soliq qarzini garovga qo‘yilgan mol-mulk hisobidan undirish mumkinmi?

Soliq kodeksining 107-moddasiga muvofiq, agar soliqlarni to‘lash majburiyati mol-mulk garovi bilan ta’minlangan bo‘lsa, soliq to‘lovchi tegishli soliq summalarini va tegishli penyalarni to‘lash bo‘yicha majburiyatini bajarmagan taqdirda, soliq organi ushbu majburiyatning garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymati hisobidan bajarilishini fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.

❗️Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qo‘yuvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Soliq to‘lovchining o‘zi yoki uchinchi shaxs garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin.

👉 Telegram