Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
7.6K photos
2.36K videos
92 files
6.79K links
Download Telegram
Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari

Tinchlik, farovonlik, ma’rifat va adolat! Har bir davlat va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim mezonlar majmui.

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi inson qadrini ulug‘lash va xalq roziligiga erishish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lib, unda belgilangan yettita ustuvor yo‘nalish va 100 ta maqsadlarda “Inson qadri” tamoyili yetakchilik qiladi.

Viloyat soliq boshqarmasida o‘tkazilgan davra suhbatida tarix fanlari doktori, professor Toshkentboy Pardayev “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi barcha yo‘nalishlar va maqsadlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirish, xususan soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish borasida olib borilayotgan izchil ishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#MXIK

Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogining yangi imkoniyatlari

Tasnif.soliq.uz sayti optimallashtirildi. Endi unda quyidagi funksiyalar mavjud:

🔹O‘lchov birliklarini MXIKka biriktirish yoki mavjudlarini o‘zgartirish bo‘yicha so‘rovnoma yuborish;

🔹tizimda aniqlangan xatolik to‘g‘risida xabar yuborish;

🔹takomillashtirilgan “Mahsulot kartochkasi” bo‘limidan mahsulot tasnifi, o‘lchov birligi va qadog‘i haqidagi batafsil ma'lumotlarni olish;

🔹Soddalashtirilgan “Ehtimol shuni qidirgansiz” xizmatidan foydalanish;

🔹EHF orqali olingan tovarlar MXIKlarini onlayn-NKT xotirasida saqlanadigan nomenklaturaga o‘tkazish.

☎️Savol va takliflar uchun katalog operatoriga 71-202-32-32 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.

👉Batafsil
_____________
#ИКПУ

Новые возможности Единого электронного национального каталога продукции

Оптимизирован сайт tasnif.soliq.uz. Теперь в нем можно:

🔹отправить запрос на привязку единиц измерения к ИКПУ или их изменение;

🔹уведомить о выявленных на сайте ошибках;

🔹получить подробную информацию о товарах, их классификации, единицах измерения и упаковках в усовершенствованном разделе «Карточка товара»;

🔹воспользоваться улучшенным сервисом “Возможно вы искали это”;

🔹переносить ИКПУ товаров, оприходованных по ЭСФ, в номенклатуру, хранящуюся в памяти онлайн-ККТ, для последующей реализации.

☎️По вопросам и предложениям обращайтесь к оператору Каталога по телефону 71-202-32-32.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qora_tuynuk_sxemasi

Soliq sohasiga oid yangi serial

Azizadan Zafarga navbatdagi tuzoq. Uni yana qanday xatarlar kutmoqda?


Voqealar qanday yakun topadi?

🎞 Serialning so‘nggi qismini bugun soat 20:20 da "Soliq qo‘mitasi" YouTube kanalida tomosha qiling.

5-qism

👉 Serialni ko‘rish

▶️1-qism / ▶️2-qism / ▶️ 3-qism / ▶️ 4-qism...

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2023-yil 9-iyul soat 01:00 dan soat 03:00 gacha Soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

🛠Profilaktika ishlari davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
___________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️ В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам с 01:00 часов до 03:00 часов 9 июля 2023 года в Центре обработки данных Налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.

🛠В связи с профилактикой возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.soliq.uz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-iyul

iyul oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

iyun oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
_______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️10 июля 2023 года последний день

за июль:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и
общепита*
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса);

за июнь:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

*Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga mol-mulk va yer solig‘idan imtiyozlar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 279-son qarori bilan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom qabul qilindi.

Unga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda:

🔹 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun mol-mulk va yer solig‘ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga;
🔹101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi.
🔹200 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

🟠 Mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob berganda tadbirkorlik subyektlariga qo‘llaniladi:

🔸 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga bir yil davomida uzluksiz mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lab, bandlikni ta’minlaganda;

🔸 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar jami xodimlar sonining kamida 20 foizini tashkil qilganda;

🔸 Tadbirkorlik subyektlari kamida 2 yil faoliyat ko‘rsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmaganda.

❗️Mazkur imtiyozlar Toshkent shahridan ro‘yxatda o‘tgan hamda ushbu hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

⬆️ Yuqorida qayd etilgan shartlarni to‘liq bajargan tadbirkorlik subyekti o‘zining shaxsiy kabineti orqali “Yuridik shaxslarning soliq imtiyozlaridan foydalanshi bo‘yicha murojaat interaktiv xizmati” orqali murojaat qilish yo‘li bilan soliq imtiyozidan foydalanadi.

☑️ Bunda yangi ish o‘rinlari yaratilgan oydan boshlab tegishli davr uchun mol-mulk va yer solig‘i hisobotini qayta taqdim etish orqali soliq imtiyozidan foydalaniladi.

⚠️ Agar belgilangan shartlar ketma-ket 12 oy davomida bajarilmasa, qo‘llanilgan imtiyoz joriy etilgan davrdan boshlab bekor qilinadi va soliq summasi qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.

❗️Soliq organlarida taqdim etilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoboti orqali hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasida yangi ish o‘rinlariga qabul qilingan xodimlar soni, shuningdek, ularning kamida 20 foizi Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi va hisoblangan ish haqi miqdori aniqlanadi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#onlayn_NKT #chek_tahrirlash

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi.
VMQ-255-son 12.05.2022

Chek tahrirlash my3.soliq.uz portalida amalga oshiriladi.
👉Videoqo‘llanma
__________
#онлайн_ККТ #корректировка_чека

Уважаемые налогоплательщики❗️

Корректировка чеков осуществляется не позднее 10-го числа месяца, следующего за месяцем, в котором выявлены расхождения.
ПКМ №255 от 12.05.2022

Корректировка чека осуществляется на сайте my3.soliq.uz.
👉Видеоинструкция

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi 160 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 46,5 mlrd so‘mlik qarzdorligi hisobdan chiqarildi.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag‘batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyatidagi 160 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi uchun qo‘llanilgan 46,5 mlrd so‘mlik jarimalar summasi hisobdan chiqarildi.

⚠️ Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlikning vujudga kelish muddati 2023-yil 1-iyundan boshlab yangidan hisoblanadi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#e_ijara

🔴 “Soliq” mobil ilovasida ko‘chmas mulk ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazdim. Oradan 2 kun o'tdi, shartnoma hamon "Yuborilgan" holatda. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak?

🔵 Sizdan mol-mulkni ijaraga olgan har bir kishi Soliq mobil ilovasida ijara shartnomasini tasdiqlashi kerak. Buning uchun ijaraga oluvchi “Personal xizmatlar” bo‘limiga kirib, “Ijaraga berish” ➡️ “Ko‘chmas mulkni ijaraga berish” ➡️ “Shartnomalar ro‘yxati” ➡️ “Ijaraga olingan” bandlarini tanlashi va kerakli shartnomani tasdiqlashi kerak.

Ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish:
👉talabalar ijara shartnomasi
👉avtomobil ijara shartnomasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga JShODS va ijtimoiy soliqdan imtiyozlar!

📌O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi 279-son qarori bilan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom qabul qilindi.

🧮 Unga ko‘ra, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, ularga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining (MHTEKM) 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS) summasi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan oshmagan miqdorda) avtomatlashtirilgan dastur orqali qaytarib beriladi.

🗓 Yangi ish o‘rni yaratilgan oydan boshlab hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar taqdim etilgan soliq hisoboti bo‘yicha to‘langan JShODS summasi qaytariladi.

💻 Bunda ish beruvchi tomonidan ariza u soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatda turgan soliq organiga JShODS hisoboti taqdim etilganidan so‘ng soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

Soliq organi to‘lab berilgan JShODS summasini qaytarib berishni quyidagi hollarda rad qiladi:

▫️jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan qarzdorligi mavjud bo‘lsa;

▫️har bir oy uchun ish haqi miqdori MHTEKM 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;

▫️Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan fuqarolar arizada ko‘rsatilganda.

🟢 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, ularga har bir oy uchun ish haqi miqdori MHTEKM bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda, ijtimoiy soliq amaldagi soliq stavkasining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#savol_javob

-Kimlar foyda solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi

🔵 Quyidagilar foyda solig‘ining soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi:

🔹O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar;
🔹O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari;
🔹 O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar;
🔹 soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslar;
🔹 soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan yoki o‘z ixtiyori bilan foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
🔹oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.

🔗 Foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlardan qanday foydalanish mumkin?
🔗 Foyda solig‘i hisobot shakllari qanday to‘ldiriladi?

Surxondaryo viloyati soliq bohqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "Sevimli' TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbariga biriktirilgan “Bog‘zor” mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilmokda.

👉Telegram facebook youtube instagram