Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
#bilasizmi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar diqqatiga!

25 gektar
va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga nisbatan aylanmadan olinadigan soliq tatbiq etilmaydi.

Qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarda yigirma besh gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari mavjud bo‘lgan taqdirda, ular ko‘rsatilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni yoki ushbu yer uchastkasining maydoni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

👉 Telegram
Prezident raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlashda yangi bosqichga oʻtish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi.

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar beriladi. Jumladan:

- kamida 20 foiz kambagʻal oila aʼzosini bir yil davomida ish bilan taʼminlasa, mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi;

- kambagʻal oila aʼzosi daromad soligʻidan ozod qilinadi;

- 5 million soʻmgacha ish haqi
toʻlayotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi.

Shuningdek, dasturda qatnashadigan tadbirkorlar soliq va bojxona maʼmurchiligida yengilliklar oladi. Xususan:

- ular faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi;

- ularga QQS, shuningdek, ortiqcha toʻlangan soliqlar tekshiruvsiz qaytarib beriladi;

- QQS boʻyicha guvohnoma muddatidan ilgari bekor qilinmaydi;

- barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib toʻlash imkoni beriladi;

- bojxona toʻlovlarini sugʻurta kafolatisiz olti oyga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys #onlayn_NKT

Chekni skaner qilmasdan ham keshbek olish mumkin

♻️ Xarid kontaktsiz to‘lov usulidan foydalangan holda amalga oshirilganda xaridorlarga avtomatik ravishda elektron chek va keshbek beriladi.

📱Keshbek hisoblanishi uchun Soliq mobil ilovasi hamda to‘lov amalga oshirilayotgan platforma (ilova, intenet do‘kon)da ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami bir xil bo‘lishi lozim.

🌐 Marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 15,8 trln so‘mlik 418,4 mln dona elektron chek taqdim etildi.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 73,9 mln dona elektron chek uchun 27,8 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

🎞 Batafsil videolavhada

👉 Onlayn savdo uchun xaridorlarga elektron chek berilmoqda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #marketpleys

Iste'molchilarga joriy yil boshidan 418 mlndan ziyod elektron chek berildi

📆 2023-yil 1-may holatiga chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 15,8 trln so‘mlik 418,4 mln dona elektron chek taqdim etildi.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 73,9 mln dona elektron chek uchun 27,8 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

Ro‘yxatga olingan marketpleyslar – 137 ta.
Jumladan:
▫️
Elektron to‘lov tizimlari – 47 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 31 ta (66%);
Integratsiya jarayonida – 11 ta (23%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 5 ta (11%).

▫️Bank mobil ilovasi – 33 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 27 ta (82%);
Integratsiya jarayonida – 4 ta (12%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 2 ta (6%).

▫️Internet do‘konlar – 57 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 18 ta (32%);
Integratsiya jarayonida – 33 ta (58%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 6 ta (10%).
___________
#цифровизация #маркетплейс

С начала этого года потребителям выдано свыше 418 млн электронных чеков

📆 По состоянию на 1 мая 2023 года в сфере розничной торговли и услуг благодаря интеграции базы данных маркетплейсов с информационной системой налоговых органов, покупателям с начала текущего года выдано 418,4 млн электронных чеков на общую сумму 15,8 трлн сумов.

В частности, в результате выдачи 73,9 млн электронных чеков автоматически в мобильном приложении Soliq начислены суммы кешбэка в размере 27,8 млрд сумов.

Общее число зарегистрированных маркетплейсов – 137.
Из них:

▫️Электронные платежные системы – 47

осуществлена полная интеграция – 31 (66%);
в процессе интеграции – 11 (23%);
не осуществляют деятельность (приостановлена) – 5 (11%).

📲Мобильные приложения банков – 33
осуществлена полная интеграция – 27 (82%);
в процессе интеграции – 4 (12%);
не осуществляют деятельность (приостановлена) – 2 (6%).

🌐 Интернет-магазины – 57
осуществлена полная интеграция – 18 (32%).
в процессе интеграции – 33 (58%);
не осуществляют деятельность (приостановлена) – 6 (10%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

- Korxonada muhandis bo‘lib ishlayman. O‘zimni o‘zim band qilib, bo‘sh vaqtlarimda "tasist"lik qilsam bo‘ladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritildi.

Qaror bilan boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band bo‘lgan shaxslarga bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda shug‘ullanish huquqi berildi.

📌 "Taksist"lar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin
📌 O‘zini o‘zi band qilgan "taksist"lar soliq to‘laydimi?

👉 Telegram
#marketpleys

Marketpleys bu nima?

Marketpleys — bu operator tizimiga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, operatorga taqdim qilgan chek ma’lumotlari asosida onlayn rejimda fiskal belgilarni qabul qiluvchi, cheklarni elektron shaklda xaridorlarga yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd yoki naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi.

👉VM-943-son qarori 1a-ilova
______
#маркетплейс

Что такое маркетплейс?

Маркетплейс - это система осуществления наличных или безналичных денежных расчетов посредством электронных платежных документов с использованием услуг технических средств, информационных технологий и информационных систем, имеющих функцию направления покупателям чеков в электронной форме, обладающая возможностью подключения к системе оператора, принимающая в онлайн режиме фискальные отметки на основании данных чека, представленного оператору.

👉Прил.№1а к ПКМ №943

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT #marketpleys
#chek_tahrirlash

Komitent o‘z vositachilari – marketpleyslar cheklaridagi noto‘g‘ri MXIKni tuzatishi mumkin

Agar vositachi – marketpleyslarning cheklarida MXIK noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo'lsa, komitent ularga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi?

1.Komitent my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirishi kerak.
2.“Xizmatlar” toifasidan “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limida “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari” bandi tanlanadi.
3. Ochilgan oynaning yuqori satrdan "MXIK noto‘g‘ri cheklar" va pastki qatorda "Marketpleys-vositachi cheklari" tanlanadi.
4. Fiskal modul raqami kiritilib, sana ko‘rsatiladi va "Qidirish" tugmasini bosiladi. Agar fiskal modular raqamlari ochiladigan ro‘yxatda aks ettirilmagan bo‘lsa, u holda komitent my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantiradi.
5. Tuzatilishi lozim bo‘lgan chek tanlanib, "Batafsil" so'ngra "Tahrirlash" tugmasi bosiladi.
6. Keyingi oynada to‘g‘ri MXIK kiritilib tasdiqlovchi hujjatlar biriktiriladi va "Saqlash" tugmasi bosiladi.

❗️Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi”.
👉VMQ-255-son 12.05.2022

Tadbirkorlik subyekt (komitent)lari tomonidan kassa cheklarida MXIKlar notoʻgʻri qoʻllanilishini oldini olish maqsadida cheklarga qoʻyilgan talablarga rioya etish hamda marketpleys (vositachi) larga toʻgʻri MXIKlarni taqdim etish tavsiya etiladi.

👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🔷 Chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha:

▫️foyda solig‘i (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno);
▫️ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

👉 Telegram
#soliq_imtiyozlari

Soliq kodeksining 483-moddasiga muvofiq, 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda:

🔷 O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;

🔷 O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig‘i bo‘yicha 5 % miqdorida soliq stavkasi qo‘llaniladi;

🔷 O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan hamda foyda solig‘idan ozod etiladi.

👉 Telegram
#imtiyoz

👩‍🎓 "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlanadi

✔️Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi, ya'ni to‘langan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishi mumkin.
👉Soliq kodeksi 378-modda

🛍2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qat’i nazar ta'lim olishi uchun to‘lagan summadan 12% daromad solig‘ini qaytarib oladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

👩‍🎓 "Kontrakt", nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

➡️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_soliq

25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Prezident Farmoni bilan joriy yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettirilishi belgilandi.

❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil

👉Ijtimoiy soliqni qaytarishga ariza berish tartibi qanday?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

- Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i qaysi muddatlarda to‘lanadi?

Soliq kodeksining 432-moddasiga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

♻️ hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
♻️ hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.

🔗 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliqlar qanday tartibda hisoblanadi?

👉 Telegram
#YeTTB

O‘zbekistondagi islohotlarga xorijda ham ishonch ortmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan yig‘ilishida ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Prezidentimiz nutqida taʼkidlaganidek,
so‘nggi yillarda yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish va jahon bozorlariga dadil kirib borish bo‘yicha salmoqli yutuqlarga erishildi.

Soliq yuki qariyb 2 barobar kamaygani, soliq maʼmurchiligi soddalashgani, O‘zbekistonda mintaqamizdagi eng jozibador fiskal tizim shakllangani xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼtirof etilmoqda.

Islohotlarimizga ishonch ortgani tufayli yillik xorijiy sarmoyalar hajmi 2017-yilga nisbatan 3 barobar ko‘paydi.

Umuman, mamlakatimizda qulay biznes muhiti yaratilgani natijasida tadbirkorlar soni 4 barobar oshdi.

Eng muhimi – siyosiy va iqtisodiy islohotlarimizni xalqimiz to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda.

Yaqinda umumxalq referendumida qabul qilingan yangilangan Konstitutsiyamizda islohotlarning ortga qaytmasligi va bardavom bo‘lishi qatʼiy kafolatlandi.

Bir so‘z bilan aytganda, biz o‘zimiz tanlagan, uzoq muddatga mo‘ljallangan ochiqlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmasdan, yana-da dadil oldinga boramiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter