Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.47K photos
2.33K videos
91 files
6.7K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

Yoshlar murojaati  ijobiy hal etilmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topolmayapsizmi
Unda elektron onlayn-ariza qoldiring❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#YTT

YTT tomonidan yollangan xodimlari uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirilgan

2023-yilgacha yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizini tashkil etar edi.

2023-yildan mazkur soliq summasi yiliga BHMning bir baravarigacha kamaytirildi (bundan savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno).

👉PQ‑366 30.08.2022

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Buyurtma asosida tovarlarni yetkazib beruvchilar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin

Joriy yilning 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ilovasining 23-bandiga o‘zgartirish kiritildi.

Tahrirga ko‘ra "O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati" ilovasining 23 bandi - Buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno) faoliyati deya o‘zgartirildi.

Ilgari Shaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy shaxslarga tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno) o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turi hisoblangan.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#savol_javob

- Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bino va inshootlaridagi ta’mirlash-qurilish ishlari davomida foydalaniladigan suv uchun soliq qanday tartibda to‘lanadi?

🟢 Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar ushbu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun soliq to‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar soliq to‘laydi.

🔻Qurilish ishlari yangi qurilish maydonchasida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti soliq to‘laydi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan me'yorlar belgilandi

Joriy yilning 10-may kuni Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–841-son Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodeksida tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq
tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaslik oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda – BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (6,6 mln so‘mdan 13,2 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jinoyat kodeksiga muvofiq –
Yuqoridagi holatlar maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:

▫️BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima;
▫️3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

O‘sha harakatlar:
ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

O‘sha harakatlar:
juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-may

aprel oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob- kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- hisobot davri yakunlari bo‘yicha AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 мая 2023 года последний день

за апрель:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389 Налогового кодекса, ч.4 и 5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3 и 4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob

- Jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan noturar obyektlar uchun mol-mulk solig‘i qanday hisoblanadi?

🟢 Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi.

Noturar obyektda mulk maydoni hisobga olinmaydi. Kadastr qiymatidan 1,5 foiz miqdorida soliq solinadi.

Misol uchun, jismoniy shaxsning mulkida bo‘lgan noturar obyektning kadastr qiymati 200 million so‘m. Soliq bazasi ushbu summaning 1,5 foizi, ya’ni 3 million so‘m hisoblanadi.

Soliq kodeksining 420-moddasiga muvofiq soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi 42 million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — 42 million so‘mning besh baravari (210 million so‘m) miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — ikki baravari (84 million so‘m) miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.

🔗 Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

🔗 Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim

👉 Telegram
#bilasizmi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar diqqatiga!

25 gektar
va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga nisbatan aylanmadan olinadigan soliq tatbiq etilmaydi.

Qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarda yigirma besh gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari mavjud bo‘lgan taqdirda, ular ko‘rsatilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni yoki ushbu yer uchastkasining maydoni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

👉 Telegram
Prezident raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlashda yangi bosqichga oʻtish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi.

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar beriladi. Jumladan:

- kamida 20 foiz kambagʻal oila aʼzosini bir yil davomida ish bilan taʼminlasa, mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi;

- kambagʻal oila aʼzosi daromad soligʻidan ozod qilinadi;

- 5 million soʻmgacha ish haqi
toʻlayotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi.

Shuningdek, dasturda qatnashadigan tadbirkorlar soliq va bojxona maʼmurchiligida yengilliklar oladi. Xususan:

- ular faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi;

- ularga QQS, shuningdek, ortiqcha toʻlangan soliqlar tekshiruvsiz qaytarib beriladi;

- QQS boʻyicha guvohnoma muddatidan ilgari bekor qilinmaydi;

- barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib toʻlash imkoni beriladi;

- bojxona toʻlovlarini sugʻurta kafolatisiz olti oyga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys #onlayn_NKT

Chekni skaner qilmasdan ham keshbek olish mumkin

♻️ Xarid kontaktsiz to‘lov usulidan foydalangan holda amalga oshirilganda xaridorlarga avtomatik ravishda elektron chek va keshbek beriladi.

📱Keshbek hisoblanishi uchun Soliq mobil ilovasi hamda to‘lov amalga oshirilayotgan platforma (ilova, intenet do‘kon)da ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami bir xil bo‘lishi lozim.

🌐 Marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 15,8 trln so‘mlik 418,4 mln dona elektron chek taqdim etildi.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 73,9 mln dona elektron chek uchun 27,8 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

🎞 Batafsil videolavhada

👉 Onlayn savdo uchun xaridorlarga elektron chek berilmoqda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #marketpleys

Iste'molchilarga joriy yil boshidan 418 mlndan ziyod elektron chek berildi

📆 2023-yil 1-may holatiga chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida marketpleyslarning maʼlumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 15,8 trln so‘mlik 418,4 mln dona elektron chek taqdim etildi.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 73,9 mln dona elektron chek uchun 27,8 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

Ro‘yxatga olingan marketpleyslar – 137 ta.
Jumladan:
▫️
Elektron to‘lov tizimlari – 47 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 31 ta (66%);
Integratsiya jarayonida – 11 ta (23%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 5 ta (11%).

▫️Bank mobil ilovasi – 33 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 27 ta (82%);
Integratsiya jarayonida – 4 ta (12%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 2 ta (6%).

▫️Internet do‘konlar – 57 ta
To‘liq integratsiya qilingan – 18 ta (32%);
Integratsiya jarayonida – 33 ta (58%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 6 ta (10%).
___________
#цифровизация #маркетплейс

С начала этого года потребителям выдано свыше 418 млн электронных чеков

📆 По состоянию на 1 мая 2023 года в сфере розничной торговли и услуг благодаря интеграции базы данных маркетплейсов с информационной системой налоговых органов, покупателям с начала текущего года выдано 418,4 млн электронных чеков на общую сумму 15,8 трлн сумов.

В частности, в результате выдачи 73,9 млн электронных чеков автоматически в мобильном приложении Soliq начислены суммы кешбэка в размере 27,8 млрд сумов.

Общее число зарегистрированных маркетплейсов – 137.
Из них:

▫️Электронные платежные системы – 47

осуществлена полная интеграция – 31 (66%);
в процессе интеграции – 11 (23%);
не осуществляют деятельность (приостановлена) – 5 (11%).

📲Мобильные приложения банков – 33
осуществлена полная интеграция – 27 (82%);
в процессе интеграции – 4 (12%);
не осуществляют деятельность (приостановлена) – 2 (6%).

🌐 Интернет-магазины – 57
осуществлена полная интеграция – 18 (32%).
в процессе интеграции – 33 (58%);
не осуществляют деятельность (приостановлена) – 6 (10%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

- Korxonada muhandis bo‘lib ishlayman. O‘zimni o‘zim band qilib, bo‘sh vaqtlarimda "tasist"lik qilsam bo‘ladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritildi.

Qaror bilan boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band bo‘lgan shaxslarga bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda shug‘ullanish huquqi berildi.

📌 "Taksist"lar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin
📌 O‘zini o‘zi band qilgan "taksist"lar soliq to‘laydimi?

👉 Telegram
#marketpleys

Marketpleys bu nima?

Marketpleys — bu operator tizimiga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, operatorga taqdim qilgan chek ma’lumotlari asosida onlayn rejimda fiskal belgilarni qabul qiluvchi, cheklarni elektron shaklda xaridorlarga yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd yoki naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi.

👉VM-943-son qarori 1a-ilova
______
#маркетплейс

Что такое маркетплейс?

Маркетплейс - это система осуществления наличных или безналичных денежных расчетов посредством электронных платежных документов с использованием услуг технических средств, информационных технологий и информационных систем, имеющих функцию направления покупателям чеков в электронной форме, обладающая возможностью подключения к системе оператора, принимающая в онлайн режиме фискальные отметки на основании данных чека, представленного оператору.

👉Прил.№1а к ПКМ №943

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT #marketpleys
#chek_tahrirlash

Komitent o‘z vositachilari – marketpleyslar cheklaridagi noto‘g‘ri MXIKni tuzatishi mumkin

Agar vositachi – marketpleyslarning cheklarida MXIK noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo'lsa, komitent ularga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi?

1.Komitent my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirishi kerak.
2.“Xizmatlar” toifasidan “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limida “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari” bandi tanlanadi.
3. Ochilgan oynaning yuqori satrdan "MXIK noto‘g‘ri cheklar" va pastki qatorda "Marketpleys-vositachi cheklari" tanlanadi.
4. Fiskal modul raqami kiritilib, sana ko‘rsatiladi va "Qidirish" tugmasini bosiladi. Agar fiskal modular raqamlari ochiladigan ro‘yxatda aks ettirilmagan bo‘lsa, u holda komitent my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantiradi.
5. Tuzatilishi lozim bo‘lgan chek tanlanib, "Batafsil" so'ngra "Tahrirlash" tugmasi bosiladi.
6. Keyingi oynada to‘g‘ri MXIK kiritilib tasdiqlovchi hujjatlar biriktiriladi va "Saqlash" tugmasi bosiladi.

❗️Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi”.
👉VMQ-255-son 12.05.2022

Tadbirkorlik subyekt (komitent)lari tomonidan kassa cheklarida MXIKlar notoʻgʻri qoʻllanilishini oldini olish maqsadida cheklarga qoʻyilgan talablarga rioya etish hamda marketpleys (vositachi) larga toʻgʻri MXIKlarni taqdim etish tavsiya etiladi.

👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM