Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
8.27K photos
2.53K videos
96 files
7.26K links
Download Telegram
#mobil_ilova

Soliqlarni “Soliq” mobil ilovasida qulay va oson toʻlang

Soliq
(Android/iOS) ilovasida soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi soliq turlari boʻyicha qarzdorlik haqida maʼlumot olish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoni yaratilgan:

jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig'i 423-modda

jismoniy shaxslar uchun yer solig'i 440-modda

jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlari bo‘yicha daromad solig‘i 393-modda

jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya taqdim etish asosida JShODS 397-modda

o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq 408-modda

penya 110-modda

Toʻlovni amalga oshirishdan oldin ko‘chmas mulk (yer uchastkasi) egasi JShShIRni koʻrsatib FACE ID orqali avtorizatsiyadan oʻtishi lozim. Tizim avtomatik ravishda mavjud qarzdorlik yoki uning yo'qligini aks ettiradi.

❗️Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng barcha tushumlar “Toʻlangan soliqlar tarixi” boʻlimida saqlanadi.

To‘lovlarni amalga oshirishdan avval ma'lumotlarning to‘g‘riligiga e'tibor qarating!
__________
#мобильное_приложение

Оплачивайте налоги легко и просто в мобильном приложении Soliq

В приложении Soliq
(Android/iOS) для удобства налогоплательщиков – можно узнать о задолженности и произвести оплату по следующим видам налогов:

налог на имущество физических лиц ст.423 НК

земельный налог физических лиц ст.440 НК

налог на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду ст.393 НК

НДФЛ на основании декларации о совокупном годовом доходе
ст.397 НК

соцналог для самозанятых лиц ст.408 НК

пеня ст.110 НК

Перед платежом владельцу имущества (земельного участка) необходимо пройти авторизацию путем FACE ID с указанием ПИНФЛ. Система автоматически отразит задолженность либо ее отсутствие.

❗️После оплаты в разделе "История оплаченных налогов" сохраняются все квитанции.

Перед тем, как произвести оплату, убедитесь в достоверности информации!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

👉Qaysi obyektlar uchun to‘lanadi?
👉Qanday hisoblanadi?
👉Stavkalar miqdori qancha?

🎞Batafsil videorolikda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy shaxslar diqqatiga!

🗓 2023-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam (bir oylik) stavkalari:

Turar joy binolari (umumiy maydonning 1 kv.metri uchun):

🔸 Toshkent shahrida 17 000 so‘m;
🔸 Nukus shahri va viloyat markazi bo‘lgan shaharlarda 10 500 so‘m;
🔸 boshqa aholi punktlarida 4 500 so‘m.

Noturar joy binolari (umumiy maydonning 1 kv.metri uchun):

🔸
Toshkent shahrida 35 000 so‘m;
🔸 Nukus shahri va viloyat markazi bo‘lgan shaharlarda 20 500 so‘m;
🔸 boshqa aholi punktlarida 8 300 so‘m.

Avtomobil transporti (1 ta avtotransport vositasi uchun):

🚘 yengil avtomobil (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8 tadan ko‘p bo‘lmagan avtotransport vositasi) 695 ming so‘m;

🚛 mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari
1 375 000 so‘m

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#mobil_ilova

“Yil brendi – 2022” tanlovida Soliq mobil ilovasiga ovoz bering

🏆 Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi "Yil brendi – 2022" tanlovida Soliq mobil ilovasi bilan ishtirok etmoqda.

📲Soliq mobil ilovasi qisqa fursatda o‘zining tezkor va ommabop xizmatlari bilan 3 yarim million nafarga yaqin foydalanuvchilarni qamrab oldi.

🆗 Ilova eng ko‘p yuklangan ilovalar TOP-10 taligiga kirdi, "Moliyaviy xizmat" toifasidagi ilovalar bo‘yicha TOP-5 talikdan joy oldi.

🤝20 dan ortiq xizmatlardan masofadan, qulay, tez va oson foydalanish imkoniyatini taqdim etayotgan oʻz ilovangizni qoʻllab-quvvatlang!

📱Sizning ovozingiz biz uchun muhim. Soliq mobil ilovasiga ovoz bering!

👉Ovoz berish bo‘yicha qo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foyda_soligi

Foyda solig‘i hisobot shakllari qanday to‘ldiriladi?

Avval xabar berilganidek, foyda solig‘i hisobot shakllari to‘ldirilgan.

Bu haqda mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirish tayyorlangan.

Paket kodlari❗️

🔹Foyda solig‘i hisob-kitobi paket kodi – 1020540 ( avvalgi - 1020535).

🔹Sug‘urta korxonalari uchun paket kodi – 1020538 (avvalgi - 1020533).
Bunda
hisobotning 2-ilovasidan 040-120-satrlari chiqarib tashlandi;

🔹Soliq agentlari tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobi paket kodi – 102029 (avvalgi - 102028).

❗️Maʼlumot uchun, 2022-yil uchun qayta hisobot topshirganda avvalgi paket kodlaridan foydalaniladi.

Shuningdek, “Foyda solig‘i bo‘yicha soddalashtirilgan tartibini qo‘llovchi soliq to‘lovchilarning hisob-kitobi” hisobot shakli qo‘shildi. Paket kodi - 10205_39.

Muhim! Foyda solig‘i to‘lovchilari shaxsiy kabinetidagi Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat interaktiv xizmati yordamida soliq organlarini xabardor qilish orqali mavjud imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.

👉2023-yildan foyda solig‘iga kiritilgan o‘zgarishlar
👉Qanday hollarda soliq to'lovchilar foyda solig'i stavkasini 7,5% miqdorida pasaytirilgan qo'llashlari mumkin
👉Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashuvchi – logistika korxonalari foyda solig‘i bo‘yicha "0 % stavka" qo‘llashi mumkinmi?
👉Elektron tijorat bilan shugʻullanuvchilar foyda soligʻi boʻyicha pasaytirilgan stavkani qanday qoʻllashlari mumkin?
____________
#налог_на_прибыль

Как заполнять формы отчетности по налогу на прибыль?

Ранее сообщалось, что формы отчетности по налогу на прибыль были дополнены.

Специалисты предоставили подробные разъяснения.

Напоминаем коды пакетов❗️

Код пакета расчета налога на прибыль10205_40 ( ранее - 10205_35).

Код пакета расчета налога на прибыль для страховых организаций – 10205_38 (ранее - 10205_33).

Код пакета расчета налога на доходы, выплачиваемые в виде дивидендов и процентов, удерживаемого налоговым агентом у источника выплаты – 10202_9 (ранее - 10202_8).

"Расчет налогоплательщиков, применяющих упрощенный порядок по налогу на прибыль" - код пакета - 10205_39.

Для информации. При пересдаче отчетности за 2022 год используются прежние коды пакетов.

Важно! Плательщики налога на прибыль могут воспользоваться имеющимися у них льготами, уведомив об этом налоговые органы с помощью интерактивного сервиса «Обращение по использованию налоговых льгот» в персональном кабинете.

👉Изменения по налогу на прибыль в 2023 году
👉В каких случаях налогоплательщики могут применить сниженную ставку налога на прибыль в размере 7,5%?
👉Как осуществляющим электронную торговлю применить пониженную ставку налога на прибыль?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozlari

Bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

❗️Ushbu imtiyoz bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida 80 foizini tashkil etadigan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

👉 Telegram
#foyda_soligi

Foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlardan qanday foydalanish mumkin?

Imtiyozdan foydalanish uchun my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetdan “Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat” interaktiv xizmat orqali soliq organiga murojaat yuborishi kerak.

Murojaat soliq organi tomonidan koʻrib chiqilganidan soʻng imtiyozdan foydalanish mumkin boʻladi.

Foyda soligʻi hisobotining 6-ilovasiga asosan soliq imtiyozlari 2 turga ajratilgan:
🔹Normativ-huquqiy hujjatlar asosida foyda soligʻidan ozod etish tarzidagi imtiyozlar (050-satr);
🔹Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllash tarzidagi imtiyozlar (060-satr).

Foyda soligʻidan toʻliq ozod etish tarzidagi imtiyozlar hisobotning 6-ilovasi 051-056-satrlarida (tegishli hujjatning turi, sanasi, raqami, nomi) interaktiv xizmat orqali avtomatik tarzda aks ettirilib, soliq bazasidan chegiriladigan imtiyoz summasi ilovaning 3-ustuniga soliq toʻlovchi tomonidan kiritiladi.

Pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllash tarzidagi imtiyozlar 6-ilovaning 061-066-satrlarida aks ettirilib, foyda soligʻi hisob-kitobining 070-satrida Foyda soligʻining belgilnagan stavkasi, foizda” pasaytirilgan stavka avtomatik ravishda aks ettiriladi.

👉Foyda solig‘i hisobot shakllarida o‘zgarishlar
____________
#налог_на_прибыль

Как воспользоваться льготами по налогу на прибыль?

Для этого нужно направить в налоговые органы уведомление через интерактивную услугу "Обращение по использованию налоговых льгот" в персональном кабинете налогоплательщика на портале my.soliq.uz.

Налогоплательщик сможет воспользоваться льготой после рассмотрения обращения налоговым органом.

В Приложении №6 Расчета налога на прибыль льготы разделены на 2 вида:
🔹Льготы по налогу на прибыль юридических лиц в соответствии с нормативно-правовыми актами (строка 050);
🔹Льготы только в виде снижения налоговой ставки, установленной решениями Президента Республики Узбекистан (строка 060).

В строках 051-056 Приложения №6 отчетности через интерактивный сервис автоматически отражаются льготы в виде полного освобождения от уплаты налога на прибыль (вид, номер, дата и название соответствующего документа), а сумма льготы, вычитаемая из налоговой базы, вносится налогоплательщиком в столбец 3 этого Приложения.

Льготы в виде пониженных налоговых ставок автоматически отражаются в строках 061-066 Приложения №6, а сама ставка - в строке 070 "Установленная ставка налога на прибыль, в процентах" Расчета налога на прибыль.

👉Изменения в формах отчетности по налогу на прибыль

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan surxondaryoliklar qariyb 104 ming nafarga yetdi

Viloyatimizda, 2023-yil 17-aprel holatiga o‘zini o‘zi band qilganlar 103 935 nafarni tashkil etdi.

Joriy yil 1-yanvardan 17-aprelga qadar 33 244 nafar vohadoshlarimiz o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu borada Denov (5381), Sariosiyo (3622), Sherobod (3512) va Uzun (3086) tumanlari yetakchilik qilmoqda.

Sohalar kesimida:
🔹Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 10 829;
🔹Maishiy xizmatlar bo‘yicha 10471;
🔹Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha 6233;
🔹Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 2620;
🔹Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 2348;
🔹Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 743 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qildi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#ijtimoiy_soliq

Nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan 390 mln so‘mdan ortiq soliq qaytarildi

2023-yil 1-aprel holatiga 80 ta tashkilotga 310 ta ariza asosida nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan 390,6 mln so‘m ijtimoiy soliq qaytarildi.

Ish beruvchi ijtimoiy soliq summasini qaytarish uchun qanday murojaat qilishi lozim?

2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-martga qadar
ish beruvchilarga 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘liq qaytarib beriladi.
❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PQ-57-son 21.12.2021-yil

Ariza topshirish uchun ish beruvchi:

➡️ my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetning “Xizmatlar” qatoridagi “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limidan “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bandini tanlashi lozim.
➡️ Ochilgan oynadan "Nogironlar uchun" bo‘limi tanlanadi.
➡️ Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzili va faoliyat turi) avtomatik shakllanadi.
➡️ Yil va davr (oylar) ko‘rsatilishi lozim.
➡️ Ilovadagi ariza to‘ldiriladi. Jadvalda nogironligi bo‘lgan xodimning JShShIR, soliq stavkasi, oylik maoshi summasi va oy (davr) qo‘lda kiritiladi. Agar ijtimoiy soliq summasini qaytarish arizasi bir necha oy uchun topshirilgan bo'lsa, unda har bir xodim bo‘yicha jadvaldagi qatorlar har oy uchun alohida to'ldirilishi kerak.
➡️ Jadval to‘ldirgandan so‘ng, pastki qatorlarda xodimlarning umumiy soni va qaytarilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy soliq summasi avtomatik hosil bo‘ladi.
➡️ Ish beruvchining bank rekvizitlari ham avtomatik shakllanadi.
➡️ Shundan so‘ng “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. Ariza va uning ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirib, “Arizani yuborish” tugmasini bosish lozim.

Ariza holatini “Yuborilgan arizalar” bo‘limida ko‘rish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi
#yer_soligi

17-aprel kuni jismoniy shaxslar uchun joriy yilda hisoblangan mol-mulk va yer soliqlarining yarmini to‘lashning oxirgi kuni edi

Eslatib oʻtamiz ❗️Soliq to'lash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300) miqdorida penya hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-moddasi
________
#налог_на_имущество
#земельный_налог

17 апреля истек срок уплаты физическими лицами половины от начисленных за этот год сумм налогов на имущество и землю

Напоминаем❗️За каждый день просрочки исполнения обязанности по уплате налога начисляются пени по процентной ставке 0,047% от неуплаченной суммы налога (1/300 от 14% ставки рефинансирования ЦБ РУз).
👉ст.110 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 19-aprel kuni “Foyda solig'i hisobotlari shaklini to'ldirish tartibi” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasida bo'lib o'tadi.

🕙 Boshlanish vaqti – 14:30
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 19 апреля на тему «Порядок заполнения форм отчетности по налогу на прибыль».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 14:30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Foyda solig'i hisobotlari shaklini to'ldirish tartibi”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/UZy-68amHG4?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Порядок заполнения форм отчетности по налогу на прибыль».

🌐 Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/UZy-68amHG4?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Bandixon, Qiziriq va Oltinsoylik tadbirkorlar uchun qator soliq stavkalari 1% etib belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son farmoniga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan Respublikaning 208 ta tuman va shaharlari ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratildi.

Xususan viloyatimizning Bandixon, Qiziriq va Oltinosoy tumanlari 5-toifaga kiritildi va ularga quyidagi soliq imtiyozlari berildi.

📌2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar:

📍5-toifadagi (Bandixon, Qiziriq, Oltinsoy) tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari:

▫️foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq (AOS) va ijtimoiy soliqni 1% miqdorda to‘laydi (YaTTlar JShODSning qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi);

▫️yuridik shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summani 1%i miqdorida to‘laydi;

📍4-toifadagi (Boysun, Muzrabot, Uzun, Sherobod va Sho‘rchi) tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun AOSning bazaviy soliq stavkasi 3% etib belgilandi.

🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga:

▫️4-toifadagi tumanlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻiga Soliq kodeksi bilan belgilangan eng kam qiymatlarga 0,3 gacha;
▫️YаTTlar uchun
qat'iy belgilangan miqdordagi JShODS bo‘yicha 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish huquqi berildi.

❗️Yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasa, budjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50% va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram