Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
8.28K photos
2.53K videos
96 files
7.26K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Fevral oyida 107 mlrd so‘mga yaqin keshbek yig‘ildi

🗓O‘tgan oyda 2,1 mln nafardan ortiq iste'molchilar tomonidan 106,6 mlrd so‘m keshbek yig‘ildi. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 80 mlrd so‘mga ko‘p.
Ayni paytda 1,4 mln nafarga yaqin iste'molchiga 70,8 mlrd so‘m to‘lab berildi.

🧮Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun yana 9,4 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

📈Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 980 mlrd so‘mdan oshdi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

🔸soliq hisobotlari topshirilishi;
🔸hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
🔸soliq qarzdorligi kamaytirilishi
inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

👉Qaysi cheklar uchun va nima uchun keshbek tasdiqlanmaganligini qanday aniqlash mumkin?

👉
Keshbek olishda FACE IDdan o‘tiladi

👉Keshbek tasdiqlanishi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#mobil_ilova #keshbek

🔴Shubhali xaridorlar ro‘yxatiga kiritilganim uchun Soliq ilovasida keshbek ololmadim. Ilovada telefon raqamimni o'zgartirib, keshbekni kartaga o‘tkazib olsam bo'ladimi?

🔵Yo'q. “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tishda sizning akkauntingizga unikal ID raqam beriladi. Foydalanuvchilar aynan shu ID bo‘yicha shubhali xaridorlar reestriga kiritiladi. Shuning uchun telefon raqam o'zgartirganda ham ID saqlanib qoladi va siz shubhali xaridorlar ro‘yxatidan chiqarilmaysiz.

Shubhali xaridorlar reestridan qachon chiqariladi?

🔸Soliq organiga keshbek olish huquqi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki sud qarorini taqdim etganda;
🔸Shubhali xaridorlar reestrga kiritilgan kundan boshlab o‘n ikki kalendar oy o‘tganidan keyin.
👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil

👉Kimlar shubhali xaridorlar bo‘ladi?
👉Keshbek to'lash qanday hollarda to‘liq yoki qisman rad etilishi mumkin?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi mumkin
👉Soliq kodeksi 440-modda

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 433-modda

Quyidagilar yer soligʻi obyektlari hisoblanadi:
▫️qishloq va dehqon xoʻjaligi uchun berilgan;
▫️yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun berilgan;
▫️jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchilik uchun berilgan,
▫️yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan;
▫️meros yoki hadya qilingan va sotib olinganda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan;
▫️qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan;
▫️tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilganda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari ostidagi yer uchastkalari.
▫️xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
▫️ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari
👉 Soliq kodeksi 434-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_soligi #soliq_imtiyozi

Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan?

▫️ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
▫️yolgʻiz pensionerlar;
▫️boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
▫️Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Soliq imtiyozlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 436-modda

Jismoniy shaxslar imtiyozdan foydalanish uchun soliq imtiyoziga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ikki usulda taqdim etishi mumkin:
▫️my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati orqali;
▫️ ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga mustaqil ravishda shaxsan taqdim etish orqali.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-APREL DEKLARATSIYA TOPSHIRISHNING SO‘NGGI KUNI!

Soliq kodeksining 393-moddasiga asosan 2022-yil davomida:

▫️ mulkiy daromadlar (agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa);

▫️ ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida;

▫️ moddiy naf tarzida (agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa);

▫️ O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan;

▫️ soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan;

▫️ soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa manbalardan daromad olgan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari 2023-yilning 1-apreliga qadar jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirishlari lozim.

Soliq kodeksi 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar (ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda) ham deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar tarkibiga kiradi.

❗️Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#keshbek

Qaysi cheklar uchun va nima uchun keshbek tasdiqlanmaganligini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun Soliq (Android/iOS) mobil ilovasining bosh sahifasida "To'lovga tasdiqlangan" bo'limiga kiriladi. Keyin, kerakli oy tanlanadi. Oynada shu oyda ro'yxatdan o'tgan barcha cheklar aks etadi.

🔻Keshbek tasdiqlanmagan cheklar qizil belgi bilan ajratiladi. U bosilganda chek holati, jo'natilgan sana va fiskal ID bilan birga keshbekni rad etish sababi ko'rsatiladi.

"Batafsil" tugmasi orqali chek haqida umumiy va qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

“Qo‘shimcha ma’lumotlar” oynasi keshbek tasdiqlashning bosqichma-bosqich tartibini o‘z ichiga oladi.

bu belgi tasdiqlash bosqich muvaffaqiyatli o'tganligini bildiradi
bu belgi ushbu bosqichda xatolar aniqlanganini bildiradi

Tasdiqlangan keshbekni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#rasmiy_munosabat

Ortiqcha undirilgan foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar qaytariladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qayd etilgan foyda solig‘i bo‘yicha holatlar Soliq qo‘mitasi tomonidan zudlik bilan o‘rganildi.

Tezkor o‘rganish natijalari tanqidiy ravishda ko‘rib chiqilib, quyidagi chora-tadbirlar belgilab olindi:

birinchidan,
ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘yganliklari uchun Soliq qo‘mitasi masʼul nazorat departamenti boshlig‘i B.Muqimov va Toshkent shahar bo‘lim boshlig‘i O.Lutfillayev egallagan lavozimlaridan ozod etildi;

ikkinchidan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Yu.Nasimjanov va Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Mirpo‘latovning maxsus unvonlari bir pog‘onaga pasaytirilib, intizomiy jazo chorasi belgilandi;
Shuningdek, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i X.Bazarovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi tayinlandi.

uchinchidan, foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari hisobidan budjetga undirilgan ortiqcha mablag‘larni 28-mart kuni soat 13:00 ga qadar soliq to‘lovchilarga to‘liq qaytarish vazifasi belgilandi;

to‘rtinchidan
, qayd etilgan holatlar bo‘yicha Toshkent shahar soliq organlarida maxsus boshqarma tomonidan xizmat tekshirishi o‘tkazish va natijalari bo‘yicha hujjatlarni huquqni himoya qilish organlariga yuborish vazifasi topshirildi.

❗️Hurmatli tadbirkorlar, Soliq qo‘mitasi qayd etilgan holatlar bo‘yicha vaqtida axborot bergan tadbirkorlik subyektlariga minnatdorlik bildirgan holda, summasidan qatʼiy nazar kelgusida qayd etiladigan har bir holat bo‘yicha Soliq qo‘mitasiga yoki @dsq_anticorrupciya_bot ga murojaat qilishingizni iltimos qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵MY5 TV

4-sektor hududida ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar.

👉Telegram facebook youtube
#savol_javob

🔴 Umumiy ovqatlanish shoxobchasida to‘lovni amalga oshirganimda menga yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli terminalning chekini berishdi. Tadbirkorlar bir-birlarining to‘lov terminallaridan foydalanishlari mumkinmi?


✔️ Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish hisoblanadi va mazkur soliq huquqbuzarligi yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq kodeksi 221-modda

👉 Telegram
#rasmiy_munosabat

Ortiqcha undirilgan 27,1 mlrd so‘m foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari qaytarildi

Avval xabar berilganidek, Soliq qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahrida foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari hisobidan budjetga undirilgan ortiqcha mablag‘larni qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Zudlik bilan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 28-mart kuni soat 15:00 ga qadar 367 ta korxona bo‘yicha ortiqcha undirilgan 28,5 mlrd so‘mlik foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlaridan 352 ta korxonaga 27,1 mlrd so‘m qaytarilishi taʼminlandi.

Qolgan 1,4 mlrd so‘mlik mablag‘larni ham bugun qaytarilishi taʼminlanadi.
___________
#официальная_информация

Возвращено 27,1 млрд сумов излишне взысканных авансовых платежей по налогу на прибыль

Ранее сообщалось, что Налоговым комитетом принимаются меры по возврату излишне взысканных в бюджет средств за счет авансовых платежей по налогу на прибыль в г.Ташкенте.

В результате предпринятых незамедлительных действий до 15:00 часов 28 марта 352 организациям обеспечен возврат 27,1 млрд сумов из 28,5 млрд сумов авансовых платежей по налогу на прибыль, излишне взысканных у 367 предприятий.

Остальные средства в размере 1,4 млрд сумов будут возвращены сегодня.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi

01.04.2023-yildan pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 %ga oshiriladi.
Shuningdek:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 347 000 so‘m;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 677 000 so‘m etib belgilanadi.

01.05.2023-yildan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 %ga oshiriladi.
Shuningdek:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHETKM) – oyiga 980 000 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – oyiga 330 000 so‘m etib belgilanadi.

📜O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni. 28.03.2023-yil

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
1-APREL DEKLARATSIYA TOPSHIRISHNING SO‘NGGI KUNI!

Soliq kodeksining 393-moddasiga asosan 2022-yil davomida:

▫️ mulkiy daromadlar (agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa);

▫️ ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida;

▫️ moddiy naf tarzida (agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa);

▫️ O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan;

▫️ soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan;

▫️ soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa manbalardan daromad olgan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari 2023-yilning 1-apreliga qadar jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirishlari lozim.

Soliq kodeksi 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar (ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda) ham deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar tarkibiga kiradi.

❗️Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

💻 "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

♻️Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

☝️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani 1-apreldan kechiktirmay taqdim etadi.

Deklaratsiyani https://my3.soliq.uz saytining “Barcha xizmatlar” bo‘limidagi “Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya” elektron xizmati orqali taqdim etiladi.

O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar 2022-yildagi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya maʼlumotlariga ko‘ra hisoblab chiqarilgan JShODSni joriy yilning 1-iyunidan kechiktirmay to‘laydi.
Soliq kodeksi 398-modda 1-qismi

🏠Soliq solinadigan daromad turlaridan biri bu mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad hisoblanadi.

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar soliqni har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning 15-kunigacha to‘laydi.
Soliq kodeksi 398-modda 3-qismi

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:
▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172.

▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182;

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#eʼlon

Shaxsiy kabinetda soliq to'lashdan oldin "yangilash"ni unutmang!

Soliq toʻlovchilar my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali ShJBPHga badallarni toʻlashda joriy hisobraqamlarning oʻzgarishi bilan bogʻliq murojaatlar kelib tushmoqda.

Shu munosabat bilan eslatib o'tamiz: shaxsiy kabinetda to'lovni amalga oshirishdan oldin “Yuridik shaxslarning soliqlarini to‘lash” bo‘limiga kirib “Soliq turlarini yangilash” tugmasini bosish lozim.

Agar to'lov yuqorida ko'rsatilgan tartibda hisobraqamlar yangilanmasdan amalga oshirilgan bo'lsa, to'langan mablag'larni to'g'ri aks ettirish uchun xizmat ko'rsatuvchi bankka murojaat qilish lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to'g'risidagi Nizomga o'zgartirishlar kiritildi

Kiritilgan o'zgarishlar elektron hujjat aylanishi tizimini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, xususan:

🔹tovar-moddiy zaxiralar va pul mablag‘lari bo‘yicha xo‘jalik ichidagi operatsiyalar qatnashchilarini, shuningdek, ish beruvchi va xodimlar o‘rtasida identifikatsiyalash ta‘minlangan taqdirda, axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda hisobga olish hujjatlarini yuritishga ruxsat beriladi;

🔹soliq xizmati va statistika organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni saqlash va arxivga topshirish bo'yicha majburiy talab bekor qilinadi.

👉Batafsil
__________
#новое_в_законодательстве

В Положение о документах и документообороте в бухгалтерском учете внесены изменения

Внесенные изменения направлены на совершенствование системы электронного документооборота, а именно:

🔹допускается ведение учетных документов с использованием услуг информационных систем, при условии обеспечения идентификации участников внутрихозяйственных операций по товарно-материальным запасам и денежным средствам, а также между работодателем и работниками;

🔹отменяется обязательное требование по хранению и передаче в архив документов, оформленных в электронной форме через автоматизированные информационные системы органов налоговой службы и статистики.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi

15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni

❗️Soliq kodeksining 423- va 440 - moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

📱Soliq mobil ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirishda:

◽️ ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
◽️ ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) kiritiladi;
◽️ jami qarzdorlik va joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanadi;
◽️"Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?

👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?

👉 Telegram