Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
7.9K photos
2.45K videos
94 files
7.01K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys #onlayn_NKT

Onlayn savdo uchun xaridorlarga elektron chek berilmoqda

Marketpleyslar integratsiyasi natijasida xaridorlarga 11,8 trln so‘mlik 444 mlnta elektron chek taqdim etildi.

78,4 mlnta elektron chek "Soliq" mobil ilovasida avtomatik shakllanib 17,6 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

Mahsulot uchun to‘lov QR-kod yoki “Joylarda toʻlov” orqali amalga oshirilganda sotuvchilar onlayn-NKTlarining "Elektron to‘lov" funksiyasidan foydalanishi lozim.

👉Batafsil videoqo‘llanmada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda 2022-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 4-sektorga biriktirilgan mahallalarda amalga oshirilgan qurilish, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari tafsiloti.

👉Telegram I Facebook I Youtube
#MXIK

Tovar va xizmatlar MXIKlariga biriktirilgan o‘lchov birliklarini qanday aniqlash mumkin?

♻️ tasnif.soliq.uz (https://tasnif.soliq.uz/) saytidagi "Elektron katalog" bo‘limida "Jadvalda ko‘rish" imkoniyatidan (https://tasnif.soliq.uz/catalog) foydalaning.

Onlayn rejimda jadvalning "Biriktirilgan (qatʼiy)" ustunida o‘lchov guruhi va birliklari, shuningdek, MXIK kodlariga biriktirilgan qadoqlar ko‘rsatilgan.

O‘lchov guruhlari deganda mahsulotni bitta mezon (masalan, og‘irlik) bo‘yicha tavsiflovchi shartli birliklarning “paketi” tushunilishi kerak. O‘lchov guruhlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, barcha o‘lchov birliklaridan (shartli birliklar) foydalanish mumkin bo‘lgan hollarda MXIK kodlariga biriktiriladi.

❗️Bu orqali EHFlarda o‘lchov guruhining butun “tarkibi” aks etadi.

Misol: Agar MXIK kodiga "og‘irlik guruhi" biriktirilgan bo‘lsa, EHFda milligramm, gramm, kilogramm, sentner, tonna, ming tonna birliklari shakllanadi.

O‘lchov guruhlari va shartli birliklar klassifikatorining strukturasi bilan "O‘lchov birliklari klassifikatori va tuzilishi" tugmasini bosish orqali tanishishingiz mumkin (o‘lchov birlik klassifikatori va YEIIO‘ hisobini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan).

Shunday qilib, o‘lchov guruhlariga quyidagilar kiradi:
vaqt birliklari – yil, oy, tunu-kun, kun, soat, daqiqa, soniya;
⚖️ og‘irlik birliklari – ming tonna, tonna, sentner, kilogramm, gramm, milligramm;
🪜maydon birliklari – gektar, yuz kvadrat metr (sotih), kvadrat metr, kvadrat detsimetr, kvadrat santimetr.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_klub

Ayni daqiqalarda Xalqaro press-klubning “Prezident Murojaatnomasi: sarhisob, tahlil, milliy rivojlanishning yangi davri” mavzusida navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda DSQ raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev ishtirok etmoqda.

Jonli efirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri "O‘zbekiston 24", “UzReport” va “Renessans” telekanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Surxondaryo viloyatida 1110 ta soliq to‘lovchining 58,6 mlrd  so‘mlik soliq qarzi hisobdan chiqarildi

👉 Batafsil

👉 Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#QQS

Etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun xavfni tahlil qilish tizimiga yangi mezonlar kiritildi

Qonunchilikda etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun litsenziya talablarining buzilishi QQS toʻlovchilarini maxsus hisobga qoʻyish uchun foydalaniladigan xavfni tahlil qilish tizimiga mezon sifatida kiritish belgilangan.

Shunga muvofiq, DSQ qarori bilan etil spirti hamda alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun litsenziya talablarining buzilishi soliq xavfi mezonlari sifatida kiritildi. (AV roʻyxat raqami-3405, 27.12.2022-yil)

📌Etil spirti hamda alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun soliq xavfining yangi mezonlari 👉havolada.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Termiz shahar  4-sektor hududidagi " Tuproqqo‘rg‘on" mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, yangi yil sovg‘alari topshirildi.

👉Telegram I Facebook I Youtube
Ko‘ngillarga quvonch ulashib...

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Narmanov hamda Angor tumani hokimi Sh.Abdullayev Angor tuman “Yangi turmush” mahallasidagi Oilaviy mehribonlik uyida bo‘lib, bolajonlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutlashdi.
Shuningdek, ushbu mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xolidan xabar olinib, yangi yil sovg‘alari ulashildi.

👉 Telegram
#QQS #EHF

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini inobatga olgan holda, 2022 yilning o‘tgan hisobot davrlari uchun 2023-yil 10 yanvargacha (10-yanvar kuni ham) bozor yoki bojxona narxidan past narxda realizatsiyaga bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati berildi.

Hozirgi kunda soliq to'lovchilarga o‘tgan davrlar uchun EHFlarni rasmiylashtirish imkoniyatini beruvchi interaktiv xizmat ishlab chiqilmoqda.
——————
#НДС #ЭСФ

Уважаемые налогоплательщики❗️

Принимая во внимание обращения субъектов предпринимательства, по 10 января 2023 года включительно предоставлена возможность оформить односторонние ЭСФ за предыдущие oтчетные периоды 2022 года по реализации ниже рыночной или таможенной стоимости.

В настоящее время разрабатывается интерактивная услуга, предоставляющая налогоплательщикам возможность оформления ЭСФ за прошедшие периоды.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisodiy yuksalish sari navbatdagi qadam

Angor tumanida “Angor baraka” savdo markazining 5-qavatida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi va bolalar ko‘ngilochar maskanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Narmanov so‘zga chiqib, xususiy sektorni rivojlantirish borasida olib borilayotgan izchil ishlar, xususan berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida to‘xtaldi.

Barcha qulayliklarga ega, zamonaviy 5 qavatli savdo majmuasi tumandagi eng yirik savdo markazi bo‘lib, unda tadbirkorlar va xaridorlar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

Tantanali ochilish marosimi yangi yil shodiyonalariga ulanib ketdi. Tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bayram konserti tashkil etilib, bolajonlarga yangi yil sovg‘alari topshirildi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉Telegram
#marketpleys

Marketpleys, shu jumladan, toʻlov tashkilotlariga elektron fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish imkoniyati berildi

Soliq toʻlovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, "Soliqchi-koʻmakchi" tamoyili asosida, 16-dekabrdan boshlab 20 kun davomida 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato shakllantirilgan elektron cheklarni tahrirlash imkoniyati berildi.

Buning uchun soliq toʻlovchi my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari" sahifasidan "Marketpleys cheklarini tahrirlash" boʻlimiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni oʻzgartirish mumkin:

▫️mahsulot (xizmat) summasi;
▫️ miqdori;
▫️ QQS summasi;
▫️ MXIK;
▫️ oʻlchov birligi;
▫️ komitent STIR (komitent tasdiqlagan holatda);
▫️ toʻlov shakli (naqd yoki terminal);
▫️chekning umumiy summasi.

📎 Barcha oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng, faqat bitta fayl — tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan oʻrganiladi (MXIK, oʻlchov birligi avtomat tarzda qabul qilinadi).

Koʻrib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga oʻzgaradi.
♻️ Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga koʻra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, "Hisoblash" va "Joʻnatish" tugmasi bosiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahar  4-sektor hududidagi " Tuproqqo‘rg‘on" mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, yangi yil sovg‘alari topshirildi.

👉Telegram I Facebook I Youtube