Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
7.61K photos
2.36K videos
92 files
6.79K links
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 23-noyabr

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 ноября 2022 года последний день

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#MXIK

Ayni vaqtda Davlat soliq qo‘mitasi raisining umumiy ovqatlanish va restoran biznesi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Kun tartibi – identifikatsiya kodlarini optimallashtirish va ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
_________
#ИКПУ

В эти минуты проходит очередная встреча председателя Государственного налогового комитета с представителями предприятий общественного питания и ресторанного бизнеса.

На повестке дня – оптимизация идентификационных кодов и создание комфортных условий для ведения бизнеса в данной сфере.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob

-Yaqinda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkorlik faoliyatini boshladim. Savolim nechtagacha xodim yollashim mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) 5 nafargacha xodim yollashi mumkin.

YaTT bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi. Buning uchun tadbirkor xodimni yollashda yozma mehnat shartnomasi tuzadi, biroq ular tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi.

Tadbirkor xodimini soliqda hisobga qo‘yish uchun arizani shartnoma tuzgan vaqtdan 3 ish kunidan kechikmay soliq organiga topshiradi. Soliq organi 1 ish kunida xodimning hisobga qo‘yilganligiga oid kartochkani taqdim qiladi. YaTTlar xodim uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘laydi.

Shuningdek, YaTT faoliyati vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtatilsa soliq organiga yuborgan xabarnomasi asosida soliq hisoblanishi to‘xtatiladi.

Savolga Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Bekzod Tangirqulov javob berdi.

👉 Telegram
Resurslardan oqilona foydalanish – dolzarb vazifa

Bugungi kunning eng muhim talablaridan biri bu, shubhasiz energiya resurslaridan oqilona foydalanishdir. Ayni maqsadda tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mas’ullar mahallalarda bo‘lib, aholi va keng jamoatchilik ishtirokida mavjud resurslardan oqilona foydalanish to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqda.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Narmanov hamda Termiz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i S.Muxamadiyev Termiz shahridagi “Chegarachi” hamda “Yulduz” mahallalarida bo‘lishdi.

“Chegarachi” mahallasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “2022-2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar mahallaning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, muqobil elektr energiya manbalaridan foydalanish maqsadida asosiy va ichki ko‘chalarga 42 dona quyosh batareyali tungi yoritgichlar o‘rnatildi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbariyati muqobil elektr energiya manbalaridan foydalanishni ommalashtirish maqsadida umumta’lim maktablarida ham bo‘lishdi. Xususan “Yulduz” mahallasidagi 15-sonli umumta’lim maktabi mutasaddilari bilan uchrashib, maktab hovlisiga qisqa muddatlarda quyosh batareyali tungi yoritish moslamalari hamda quyosh panellarini o‘rnatish ishlari yuzasidan kelishib olishdi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉 Telegram
#onlayn_NKM

Tadbirkorlarga fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish imkoniyati berilgan

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 21-noyabrdan boshlab 20 kun davomida 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berildi.

Buning uchun soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” bo‘limiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal modul ID va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:

▫️ MXIK;
▫️ miqdori;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️chek summasi;
▫️ komitent STIRi;
▫️ to‘lov turi (naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan o‘rganiladi.

Ko‘rib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga o‘zgaradi.
♻️ Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga ko‘ra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, “Hisoblash” va “Jo‘natish” tugmasi bosiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

- Eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) QQS summasini soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushmagan bo‘lsa, hisobga olishi mumkinmi?

- Agar soliq to‘lovchi oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan intizomli soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan bo‘lsa, eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) soliq summasi soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’iy nazar hisobga olinadi.

Tovarlar «eksport» bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran 180 (bir yuz sakson) kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga kelib tushmagan taqdirda, hisobga olingan soliq summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

(Soliq kodeksi 266-modda)

👉 Telegram
#YaTT
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zbekistonda qancha repetitorlik faoliyati ro‘yxatga olingan?

1-noyabr holatiga respublikada 1 352 nafar yakka tartibdagi tadbirkor va 4 377 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs repetitorlik xizmati ko‘rsatmoqda.

Repetitorlar soni nisbatan ko‘proq huqudlar:
📍Toshkent shahri - 1 905 nafar;
📍Jizzax viloyati - 630 nafar;
📍Samarqand viloyati - 520 nafar;
📍Toshkent viloyati - 482 nafar;
📍Farg‘ona viloyati - 318 nafar.

Repetitorlar eng kam hududlar:
📍Navoiy viloyati - 153 nafar;
📍Andijon viloyati - 150 nafar;
📍Sirdaryo viloyati - 59 nafar.

❗️Ma’lumot uchun 2022-yil 1-noyabr holatiga jami:
🔸398 076 ta YaTT o‘tgan yil mos davriga nisbatan 8% ko‘p 📈
🔹1 882 811 o‘zini o‘zi band qilgan shaxs - o‘tgan yil mos davriga nisbatan 38% ko‘p 📈.

👉 iyun oyidan buyon 162 ming nafardan ortiq fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan
👉 avgust oyidan buyon 11 ming nafardan ortiq YATT ro‘yxatdan o‘tgan
__________
#индивидуальные_предприниматели
#самозанятость

Сколько в Узбекистане зарегистрировано репетиторов?

По состоянию на 1 ноября в республике 1 352 индивидуальных предпринимателя и 4 377 самозанятых граждан оказывают услуги репетитора.

Больше всего репетиторов:
📍в Ташкенте - 1 905;
📍в Джизакской области - 630;
📍в Самаркандской области - 520;
📍в Ташкентской области - 482;
📍в Ферганской области - 318.

Меньше зарегистрированных репетиторов:
📍в Навоийской области - 153;
📍в Андижанской области - 150;
📍в Сырдарьинской области - 59.

❗️Для справки. На 1 ноября 2022 года всего:
🔸398 076 индивидуальных предпринимателя - в сравнении с прошлым годом на 8% больше📈
🔹и 1 882 811 самозанятых лиц - в сравнении с прошлым годом на 38% больше📈.

👉С июня самозанятыми стали больше 162 тысяч граждан
👉С августа зарегистрировано свыше 11 тысяч индивидуальных предпринимателей

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob

- Yengil avtomobilimni ijaraga bermoqchi edim. Joriy yilgi ijara to‘lovining eng kam stavkalari haqida ma’lumot bersangiz.

-O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq 2022-yilda mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari avtomobil transportlari uchun quyidagicha:

🚙 yengil avtomobil (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8 tadan ko‘p bo‘lmagan avtotransport vositasi) uchun 630 000 so‘m;

🚚 mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari (1ta avtotransport vositasi) uchun 1 250 000 so‘m.
👉 O‘RQ-742

👉 Telegram
#onlayn_NKM

2023-yil 1-yanvardan aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lmagan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi:

bank kartalari orqali to‘lovlarni
qabul qilish;

onlayn-NKM joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotni soliq organlariga taqdim etish (virtual kassalar va onlayn nazorat-kassa mashinasi sifatida foydalanilayotgan bank kartalarini qabul qiluvchi terminallar bundan mustasno);

chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun — shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash.

👉04.10.2021 yildagi PQ-5252-son

👉2023-yil 1-yanvargacha onlayn-NKM foydalanuvchilari uchun imtiyozlar mavjud
👉Imtiyozlar soliq hisobotlarida qanday aks ettiriladi?
________________________________
#онлайн_ККМ

С 1 января 2023 года в денежных расчетах с населением запрещается использовать онлайн контрольно-кассовую технику, у которой отсутствуют следующие возможности:

принимать платежи с банковских карт;

представлять налоговым органам информацию о местонахождении онлайн-ККМ (за исключением терминалов по приему банковских карт, используемых в качестве виртуальных касс и онлайн контрольно-кассовых машин);

для субъектов предпринимательства, осуществляющих розничную продажу продукции — самостоятельно считывать и идентифицировать штрих-коды и коды цифровой маркировки.

👉№ ПП-5252 от 04.10.2021 г.

👉 До 1 января 2023 года действуют льготы для использующих онлайн-ККМ
👉 Как отражаются льготы в налоговой отчетности

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram