Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
7.7K photos
2.39K videos
92 files
6.85K links
Download Telegram
Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogiga start berildi

🏆 Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlab sportning mini futbol hamda stol tennisi turlari bo‘yicha Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun saralash musobaqalari boshlandi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogida Termiz shahar va barcha tuman davlat soliq inspeksiyalari jamoalari 4 guruhda (A,B,C,D) o‘zaro kuch sinashmoqdalar.

⚽️ 🏓 Sariosiyo, Denov, Uzun hamda Oltinsoy tumani davlat soliq inspeksiyalari jamoalari ishtirokidagi qizg‘in va murosasiz bellashuvlarda Denov tumani DSI jamoasi mini futbol musobaqasida ham, stol tennisi bahslarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yarim final bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

⚽️🏓 Boysun, Sherobod, Muzrabot va Qiziriq tumani davlat soliq inspeksiyalari jamoalari o‘rtasidagi mini futbol musobaqalarida esa Muzrabot tumani DSI jamoasi g‘alaba qozongan bo‘lsa, stol tennisi bahslarida Boysun tumani DSI jamoasi g‘olib chiqib, navbatdagi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉 Telegram
#onlayn_NKM

Elektron tizimlar integratsiya jarayoni har bir ishtirokchidan uyg‘unlashgan ish va mas'uliyatli munosabat talab etadi

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida yetakchi to‘lov tizimlari operatorlari va onlayn-NKT ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar vakillari bilan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar olib borilayotgan tizimli ishlar doirasida soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvning navbatdagi bosqichi natijalarini muhokama qildilar. Xususan, onlayn-NKT va elektron to‘lov tizimlariga qo‘yiladigan texnik talablar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilib, onlayn-NKTlardan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlarining javobgarligi va to‘lovni joyida amalga oshirish imkoniyatini joriy etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, yagona maqsad sari intilish, ya’ni elektron to‘lov tashkilotlari orqali aholi bilan hisob-kitoblarni naqd pul orqali amalga oshirishda elektron fiskal chek taqdim etish har bir integratsiya ishtirokchisidan uyg‘unlashgan ish va mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladigan jarayondir.

Ma’lumot uchun: ayni paytda 48 ta elektron to‘lov tashkilotidan 31 tasi fiskal ma’lumotlar operatori bilan integratsiyani to‘liq yakunlagan, qolgan 17 tasida jarayon davom etmoqda.
___________
#онлайн_ККМ

Интеграция электронных систем требует скоординированной работы и ответственного отношения каждого участника процесса

В Государственном налоговом комитете при участии руководства ГНК состоялась очередная встреча с представителями ведущих операторов платежных систем и крупных производителей онлайн контрольно-кассовой техники.

Сторонами обсуждены итоги продолжающегося этапа интеграции с информационными системами налоговых органов в рамках продолжающейся системной работы. В частности, озвучены предложения и замечания к техническим требованиям, установленным к ОНККТ и электронным платежным системам, рассмотрены сопутствующие вопросы, связанные с ответственностью субъектов предпринимателей, применяющих ОНККТ и внедряющих возможность оплаты на местах.

Отмечено, что стремление к общей цели, а именно – предоставление электронного фискального чека при осуществлении денежных расчетов с населением через электронные платежные организации, это процесс, требующий скоординированной работы и ответственного отношения к поставленным задачам каждого участника интеграции.

Для справки: в настоящее время полностью завершена интеграция с оператором фискальных данных у 31 из 48 электронных платежных организаций, остальные 17 в процессе.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter