Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
#ochiq_muloqot

Ayni paytda Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning jizzaxlik tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.
_______
#открытый_диалог

В эти минуты проходит открытый диалог председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева с предпринимателями Джизака.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKM

Onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga ruxsat berildi

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, bugundan boshlab 20 kun davomida 2022 yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berildi.

Buning uchun soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” bo‘limiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal modul ID va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:

▫️ MXIK;
▫️ miqdori;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️chek summasi;
▫️ komitent STIRi;
▫️ to‘lov turi (naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan o‘rganiladi.

Ko‘rib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga o‘zgaradi.
♻️ Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga ko‘ra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, “Hisoblash” va “Jo‘natish” tugmasi bosiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob

- Umumiy ovqatlanish shoxobchamizda asosan yoshlar ishlashadi. Yosh xodimlar bilan bog‘liq qanday soliq imtiyozlari mavjud?

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan to‘liq qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq 2021-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi.

Bunda:

🔹ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi so‘ralayotgan yosh xodim hisobot oyida 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi;

🔹25 yoshgacha bo‘lgan yosh xodim uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan bo‘lishi;

🔹 ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lishi lozim.

❗️2022-yil dekabr oyi ijtimoiy soliq summasini qoplab berishning so‘nggi davridir. 2023-yil 1-aprel esa 2022-yil dekabr oyi uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati hisoblanadi.

Mazkur imtiyoz budjet tashkilotlari, davlat korxonalarida davlat ulushi 50 % va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da viloyatimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda INTERMEX – “Termiz xalqaro savdo markazi”dagi savdo nuqtalari, biznes imkoniyatlar va tadbirkorlar uchun berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida  batafsil ma’lumotlar berildi.

Telegram I Facebook I Youtube