Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
7.9K photos
2.45K videos
94 files
7.01K links
Download Telegram
Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Dastlab soha mutaxassislari soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish tartiblari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berishdi.

Shundan so‘ng tadbirkorlar bilan faoliyatlari davomida duch kelayotgan muammolar, yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar to‘g‘risida fikr almashildi. Jumladan, bajarilgan ishlar hajmini EHFda to‘liq rasmiylashtirmaslik, haqiqiy ishchilar soni va ish haqi xarajatlarini pasaytirib ko‘rsatish holatlari muhokama qilindi. Bugungi kunda viloyatimizda markazlashgan mablag‘lar bilan qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar soni 534 nafarni tashkil etib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 400 nafar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 1700 dan ortiq norasmiy ishlovchi ishchi-xodimlari faoliyati qonuniylashtirildi.

Bevosita muloqot davomida qurilish sohasida soliq qonunchiligi me’yorlariga rioya etish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi muhokama qilindi.

👉Telegram
#Yoshlar_kuni

Fiskal institutida tashkil etilgan yoshlar bilan uchrashuvda Davlat soliq qo‘mitasi raisi tizimda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan yosh xodimlar hamda fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan talabalarni taqdirladi.

Sherzod Kudbiyev yigit-qizlarni bayram bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladi.
_________
#День_молодежи

На встрече с молодежью в Фискальном институте председатель ГНК наградил молодых сотрудников, демонстрирующих высокие показатели эффективности, а также студентов, добившихся весомых результатов в предметных олимпиадах.

Шерзод Кудбиев еще раз поздравил юношей и девушек с праздником и пожелал дальнейших успехов во всех начинаниях
.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Aholi salomatligi yo‘lida

Uzun tumani 4-sektor hududidagi “O‘zbekiston”, “Erkinlik”, “Bahoriston” va “Yoshlik” mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali professor-o‘qituvchilari “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉Telegram
#yoshlar_kuni

Yoshlik — umrning bahori, g‘ayrat-shijoat fasli

Yoshlik — inson umrining bahori, betakror, azmu shijoatga to‘la faslidir. Yoshlik kelgusi umrning qay manzil tomon yo‘nalishini hal etadigan muhim palladir. Yurakda muhabbat, tafakkurda bitmas-tuganmas g‘oyalar jo‘sh urgan bu davrda inson o‘zini dunyoni o‘zgartirishga qodir his qiladi. Ana shu jurʼat insoniyatni buyuk ixtirolar, ilm-fanda ulkan muvaffaqiyatlar qilishga undaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlik — dunyoni yangilashga, odamzodning hayot tarzini yana-da yaxshilashga hissa qo‘shishdek ulug‘ ishda qatnashish uchun har birimizga berilgan takrorlanmas imkoniyatdir.

Bugun yurtimiz yoshlari ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, Yangi O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga doston qilayotir.

Shu o‘rinda taʼkidlash joiz, Prezidentimiz boshchiligida bugun yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, mamlakat ertasi bo‘lmish yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini erkin namoyon qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda. O‘z navbatida, yoshlar ham bu imkoniyatlarga ilm-fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa ko‘plab sohalarda erishayotgan yutuqlari, olamshumul g‘alabalari bilan munosib javob qaytarishga harakat qilayotir.

Davlat soliq xizmati organlarida ham asosiy kuch bu — yosh kadrlar hisoblanadi. Ularning ishchanligi, izlanishga, o‘rganishga bo‘lgan baland ishtiyoqi boshqa xodimlarni ham g‘ayrat bilan mehnat qilishga, yoshlardan ortda qolmay samarali faoliyat olib borishga undaydi. Hozirda davlat soliq xizmati organlarida 2 ming nafardan ziyod 30 yoshgacha bo‘lgan xodim xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yurtimizning barcha mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, sport va boshqa sohalar bo‘yicha turli tanlovlar o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlash ishlariga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda Respublikamiz miqyosida 753 ming nafardan ziyod yosh tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda. Shundan 90 mingga yaqini korxona rahbari, 52 mingdan ziyodi yakka tartibdagi tadbirkor, 611 mingdan ortig‘i o‘zini o‘zi band qilgan yoshlardir.

30-iyun — Yoshlar kuni bilan Yangi O‘zbekistonning ertasi bo‘lgan uka-singillarimni samimiy muborakbod etaman!

Shu muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, yurtimizni dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishdek nihoyatda sharafli ishda yoshlarga ishonishimizni, ularga suyanishimizni taʼkidlab, mana shu masʼuliyatli vazifani vijdonan, sidqidildan ado etishda barcha yoshlarga kuch-quvvat, ulkan zafarlar tilayman.

Aziz yoshlar, umrning bahorini, g‘ayrat-shijoat faslini munosib yashang! Bayram muborak bo‘lsin!

Sherzod KUDBIYEV,
Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram