Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.63K photos
2.62K videos
99 files
7.49K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Soliq mobil ilovasi orqali jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash imkoniyati yo‘qligi haqida xabar tarqatilmoqda. Ushbu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Soliq mobil ilovasi odatdagi tartibda ishlab turibdi va jismoniy shaxslar yer va mulk soliqlarini ilovadan to‘lashlari mumkin.
👉Videoqo‘llanma

"Soliqlarni to‘lash" bo‘limida "Joriy" va "Yillik" summalarni to‘lashingiz mumkin yoki "Qisman" tugmasi orqali istalgan summani kiritgan holda soliqlarni to‘lash imkoniyati yaratilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#fakt

Bugun, 25-mart kuni soat 00:00 dan 16:45 gacha, Soliq mobil ilovasi orqali 2 293 nafar jismoniy shaxslar 1,4 mlrd so‘mga yaqin mol-mulk va yer solig‘ini to‘ladi.
__________
#факт

Сегодня, 25 марта c 00:00 часов по 16:45 часов, через мобильное приложение Soliq 2 293 физических лица уплатили около 1,4 млрд сумов налогов на имущество и землю.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga hissa qo‘shaylik!

Telegram Facebook 📹Youtube 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍2👏1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-50-son, 19.03.2015-y.

Unga ko‘ra:

🔹2025-yil 1-maydan o‘z faoliyatini o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga – 1 yil davomida QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 7 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi;
Amalda yirik, eksport qiluvchi va «AAA» toifadagi subyektlarga qaytariladi.

🔹2025-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvarga qadar:

▫️kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun qo‘shimcha talablar va majburiyatlarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy eʼlon qilinadi;
▫️tadbirkorlik subyektlariga yangi tartibga solish vositalarini belgilovchi yoki amaldagilarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirish sanasi 1-yanvar yoki 1-iyul etib belgilanadi;
▫️kichik tadbirkorlik subyektlari birinchi faoliyat yili davomida ilk bor sodir etgan savdo va tadbirkorlik sohalariga oid maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi;

🔹2025-yil 1-sentabrdan boshlab bir vaqtning o‘zida quyidagi barcha mezonlarga javob beruvchi kichik va o‘rta biznes subyektlarini ixtiyoriy tugatishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi:

▫️oxirgi 3 yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmagan;
▫️budjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan;
▫️ “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasi past bo‘lgan.

🔹2026-yil 1-yanvardan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarini qisqartiriladi;
Amaldagi 106 ta faoliyat turi 72 taga qisqartirilmoqda. Asosan YTT shug‘ullanadigan (xonalarni tozalash, mebel yig‘ish, avtomobillarni taʼmirlash, kosmetolog) va sanoat usulida amalga oshiriladigan (pechka va kaminlar yasash, shisha puflash, ko‘zgu tayyorlash, soatsozlik) yo‘nalishlar qisqarmoqda.

🔹fermer xo‘jaliklarining soliq qarzdorligi bo‘yicha hisoblangan penya hisobidan chiqariladi hamda sud va ijro ishlarining ushbu penyani undirish bilan bog‘liq qismi tugatiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
Hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari ro'yxati.pdf
3.2 MB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2026-yil 1-yanvardan Milliy hunarmandchilik faoliyatining yo'nalishlari ro'yxati
___________
#новое_в_законодательстве

Перечень направлений ремесленнической деятельности с 1 января 2026 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yer_soligi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 24-yanvardagi “Surxondaryo viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning 2025-yil uchun mol-mulk hamda yer solig‘i stavkalarini belgilash haqida”gi qaroriga muvofiq 2025-yil uchun belgilangan yer solig‘ining bazaviy stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar.

👉 Telegram
👍1
#xarid_qilish_dalolatnomasi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jismoniy shaxslardan xarid qiluvchi eksportyor korxonalar dalolatnomalarni elektron rasmiylashtirishlari mumkin

👉 PF-22-son, 14.02.2025-yil.

Jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish maqsadida xarid qilgan korxonalar uchun soliq to‘lovchilarning my3.soliq.uz shaxsiy kabinetida dalolatnomalarni elektron rasmiylashtiradi:

"Elektron hujjat almashish" bo‘limida “Yuridik shaxslar tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish dalolatnomalari” xizmatini tanlab, “Eksportchi” belgisini bosing.

Mazkur xizmat Soliq mobil ilovasining "Soliq biznes" bo‘limida ham mavjud.
______________
#акт_закупки

Экспортеры, закупающие сельскохозяйственную продукцию у физических лиц, могут оформлять акты закупки в электронной форме

👉№УП-22 от 14.02.2025 г.

Оформление в электронной форме приходных документов предприятиями, закупающими у физлиц сельскохоз продукцию в целях экспорта, осуществляется через кабинет налогоплательщика на my3.soliq.uz:

– в разделе "Электронный документооборот" выберите "Акты о приобретении сельскохозяйственной продукции юридическими лицами" и при формировании акта закупки нажмите на кнопку "Экспортер".

Данная услуга также активна в раздел Soliq biznes мобильного приложения Soliq.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_stavkalari

2025-yil uchun jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi stavkalari


Soliq qonunchiligiga 2025-yilda kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq, jismoniy shaxslarning turar joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2024-yilga nisbatan 10% foizga indeksatsiya qilindi.

🟠 Jismoniy shaxslarning egaligidagi turar joy obyektlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilandi:

🔸umumiy maydoni 200 kv.m.gacha boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar uchun – 0,34%.

🔸shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar:
▫️umumiy maydoni 200 kv.m.dan 500 kv.m.gacha boʻlsa – 0,45%;
▫️umumiy maydoni 500 kv.m.dan ortiq boʻlsa – 0,6%.

🔸boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun – 0,45%.

🔸Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari uchun soliq stavkasi (1,5%) oʻzgarishsiz qoldirildi.

❗️jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln 300 ming soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln 200 ming soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 mln 300 ming soʻm.

⚠️ Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan 2 yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.

👉 Telegram
#uchrashuv #markirovka

Tadbirkorlar referent narx shakllantirish, majburiy raqamli markirovka qoidalarini buzganlik uchun jarimalar qo‘llash, tovar qoldiqlarini realizatsiya qilish, onlayn-NKTdan foydalanish va boshqa masalalarni muhokama qilishdi.

Maʼlumki, Soliq qo‘mitasida real vaqt rejimida isteʼmolchilarga berilgan fiskal cheklar asosida dori vositalari aylanmasi haqida maʼlumot mavjud.

Uchrashuvda tadbirkorlarga cheklarni shakllantirishda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va ularning oqibatlari aniq misollar bilan ko‘rsatib berildi.

Alohida eʼtibor soliq to‘lashdan qochish yashirin iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qilib, halol tadbirkorlar uchun teng bo'lmagan sharoitlarni yuzaga keltirib, adolatli raqobatga zarar yetkazishi masalasiga qaratildi.

Soliq organlari tadbirkorlar bilan muloqotga doim ochiqligi va tadbirkorlarning takliflarini hisobga olishga tayyorligi taʼkidlandi. Shu bilan birga, bozorning barcha ishtirokchilari qonun talablariga rioya qilishlari shart ekani qayd etildi.

Bildirilgan fikrlar asosida soliq qonunchiligini takomillashtirish va soliq maʼmurchiligini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.

Ishtirokchilar bunday uchrashuvlar davlat va tadbirkorlar manfaatlari o‘rtasida muvozanatni taʼminlashga xizmat qiluvchi yechimlarni topishga yordam berishini taʼkidlashdi.
__________
#встреча #маркировка

Предприниматели подняли вопросы референтного ценообразования, применения штрафов за нарушение правил обязательной цифровой маркировки товаров, реализации остатков товаров, использовании онлайн-ККТ и другие темы.

Как известно, в Налоговом комитете в режиме реального времени доступна информация об обороте лекарственных средств на основе выданных покупателям фискальных чеков.

На встрече предпринимателям наглядно продемонстрировали примеры ошибок, допускаемых при формировании чеков, а также разобрали их последствия.

Особое внимание было уделено тому, как уклонение от уплаты налогов способствует развитию теневого рынка, создает неравные условия для добросовестных участников и подрывает справедливую конкуренцию.

Была подчеркнута открытость налоговых органов к регулярному диалогу с бизнесом и готовность учитывать предложения предпринимателей. При этом отмечено, что соблюдение требований законодательства остается обязательным для всех участников рынка.

На основе высказанных мнений будут подготовлены предложения по изменению налогового законодательства и улучшению налогового администрирования.

Участники отметили, что такие встречи помогают находить решения, которые обеспечивают баланс между интересами государства и предпринимателей.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS

Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

2025-yil 1-apreldan daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

Bunda soliq organlari Onlayn-NKT, EHF va boshqa tashqi va ichki ma'lumotlar asosida QQS hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantiradi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksining
2- va 75-moddasi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, farmatsevtika mahsulotlarini sotuvchi yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun soliq to‘lash tartibi quyidagicha:
📉 daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmaydiganlar – aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi;
📈 daromadi 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lganlar – QQS va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi.

QQS 12% ni, foyda solig‘i stavkasi 15%ni tashkil etadi. Ijtimoiy soha faoliyatini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi 0% belgilangan.

Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4%ni tashkil etadi.
💊Ulgurji va chakana dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilangan:
📍Aholi soni 100 ming nafar va undan ko‘p bo‘lgan shaharlarda – 3%;
📍boshqa aholi punktlarida – 2%;
📍borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – 1%.
Shuningdek, soliq to‘lovchilar qat'iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga haqli.
👉Soliq kodeksi, 467-modda
__________
#НДС

Все компании в сфере фармацевтики и медуслуг станут плательщиками НДС

С 1 апреля 2025 года
юрлица, реализующие фармацевтическую продукцию или оказывающие медицинские услуги, признаются плательщиками НДС независимо от их доходов.

При этом налоговые органы будут автоматически формировать отчетность по НДС на основе чеков онлайн-ККТ, ЭСФ и других внешних и внутренних данных.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

Согласно действующему законодательству, юридические лица, реализующие фармацевтическую продукцию или оказывающие медицинские услуги, у которых совокупный доход:
📉 не превышает 1 млрд сумов - платят налог с оборота;
📈 более 1 млрд сумов - переходят на уплату НДС и налога на прибыль.

Ставка НДС составляет 12%, а налога на прибыль - 15%. Для налогоплательщиков, осуществляющих деятельность в социальной сфере, предусмотрена ставка налога на прибыль 0%.

Ставка налога с оборота составляет 4%.
💊
Для оптовых и розничных аптечных организаций, расположенных в:
📍городах с численностью населения 100 тысяч и более человек - 3%;
📍других населенных пунктах - 2%;
📍труднодоступных и горных районах - 1%.
Также налогоплательщики вправе на добровольной основе уплачивать налог с оборота в фиксированной сумме.
👉ст.467 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslar aprel oyining boshiga qadar noturar joy mulklarini baholash to'g'risida soliq organlarini xabardor qilishlari kerak

Tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo'ljallangan ko'chmas mulk obyektlari, shuningdek yuridik shaxslarga yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlariga ega bo'lgan jismoniy shaxslar bunday obyektlarning qiymatini mustaqil baholash huquqiga ega.

O‘tkazilgan baholash natijalari, shu jumladan oxirgi ikki yil ichida soliq organlariga taqdim etilganlari 2025-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulki solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.

❗️Jismoniy shaxslar joriy yilning apreligacha soliq organlarini baholash toʻgʻrisida xabardor qilishlari shart.


👉PQ-455, 25.12.2024-yil

Bildirishnoma yuborish uchun my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetingiz orqali interaktiv xizmatdan foydalaning:

Xizmatlar ➡️ Elektron hujjat aylanishi ➡️ Jismoniy shaxslar uchun ko'chmas mulkni baholash natijalarini taqdim etish

"Baholashni rejalashtirish" bo'limiga o'ting, "Obyektni qo'shish" tugmasini bosing. Asosiy ma'lumotlar avtomatik ravishda ko'rsatiladi. Telefon raqamingizni kiriting, mulkning kadastr raqamini tanlang va baholashni o'tkazishni rejalashtirgan vaqtni ko'rsating.

"Saqlash" tugmasini bosing.

Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan noturarjoy mulklari uchun jismoniy shaxslar 1,5% miqdorida soliq to‘laydilar.

Agar jismoniy shaxs 1-aprelgacha rejalashtirilgan baholash to‘g‘risida xabar bermagan bo‘lsa, mol-mulk solig‘i soliq organlariga taqdim etilgan kundan boshlab mustaqil baholash hisoboti asosida qayta hisoblab chiqiladi.
___________
#налог_на_имущество

До начала апреля физлица должны уведомить налоговые органы о проведении оценки нежилых объектов

Физические лица, имеющие в собственности объекты недвижимости, предназначенные для предпринимательской деятельности и (или) получения доходов, а также используемые для передачи в аренду юридическим лицам или индивидуальным предпринимателям, имеют право проводить независимую оценку стоимости таких объектов.

Результаты оценки, в том числе проведенной в течение последних двух лет, представленные в налоговые органы, признаются налоговой базой налога на имущество физических лиц на 2025 год.

❗️До апреля текущего года физлица должны уведомить налоговые органы о проведении оценки.


👉№ ПП-455 от 25.12.2024 г.

Чтобы отправить уведомление, воспользуйтесь интерактивной услугой через персональный кабинет на my3.soliq.uz:

Услуги ➡️ Электронный документооборот ➡️ Предоставление результатов оценки недвижимости физических лиц

Перейдите в раздел "Планирование оценки", нажмите "Добавить объект". Основная информация отобразится автоматически. Введите номер телефона, выберите кадастровый номер объекта и укажите срок, в который планируете провести оценку.

Нажмите "Сохранить".

Напоминаем, что за объекты нежилого фонда, предназначенные для предпринимательской деятельности, физлица уплачивают налог по ставке 1,5%.

В случае, если до 1 апреля физлицо не уведомило о запланированной оценке, налог на имущество будет пересчитываться на основании отчета о независимой оценке с даты его представления в налоговые органы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

1-APREL DEKLARATSIYA TOPSHIRISHNING SO‘NGGI KUNI!


Soliq kodeksining 393-moddasiga asosan 2024-yil davomida:

🔹 mulkiy daromadlar (agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa);

🔹 ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida;

🔹 moddiy naf tarzida (agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo'lsa);

🔹 O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan;

🔹 soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan;

🔹 soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa manbalardan daromad olgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo'lgan jismoniy shaxslar 2025-yilning 1-apreliga qadar jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirishlari lozim.

Soliq kodeksi 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar (ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda) ham deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar tarkibiga kiradi.

❗️Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
👍1
#deklaratsiya

2024-yilda chet eldan pul o‘tkazmasi olgan edim. Soliq organlari buning uchun soliq hisoblashga haqlimi?

Agar jismoniy shaxs jismoniy shaxsdan pul mablag'i olgan bo'lsa, unda bu daromad soliqqa tortilmaydi va jami yillik daromad to'g'risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.

Agar jismoniy shaxs xorijiy yuridik shaxsdan daromad olgan bo'lsa, u holda ushbu daromad 1-aprelgacha taqdim etilishi kerak bo'lgan deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi.

Tijorat banklari soliq organlariga xorijiy yuridik shaxsdan jismoniy shaxsning hisobvarag'iga chet eldan kelib tushgan mablag'lar to'g'risida umumlashtirilgan ma'lumotlarni taqdim etadi.

Agar soliq to'lovchi 1-aprelgacha ushbu daromad bo'yicha deklaratsiya taqdim etmasa, soliq organi o'zida mavjud ma'lumotlarga asoslanib soliq hisoblaydi va bu haqda soliq to'lovchini xabardor qiladi. Hisoblangan soliq to'g'risida batafsil ma'lumot aks ettirilgan xabarnomalar soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan. Bunda soliq summasi 1-iyungacha* to'lanishi lozim.

Agar soliq to‘lovchining hisoblangan soliq summasiga e'tirozi bo‘lsa va tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lsa, u holda ushbu hujjatlarni ilova qilgan holda my3.soliq.uz sayti orqali qayta deklaratsiya taqdim etishi mumkin.

*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 2025-yil 2-iyunga ko‘chiriladi.
__________
#декларация

В 2024 году я получил денежный перевод из-за рубежа. Вправе ли налоговые органы начислить по нему налог?

Если физлицо получило денежные средства от физического лица, то эти доходы не облагаются налогом и декларация о совокупном годовом доходе не представляется.

Если физлицо получило доходы от иностранного юрлица, то эти доходы подлежат налогообложению на основании декларации, которую необходимо представить до 1 апреля.

Коммерческие банки предоставляют налоговым органам обобщенную информацию о поступлении на счет физлица денежных средств из-за границы от иностранного юридического лица.

Если налогоплательщик не представит по этим доходам декларацию в срок до 1 апреля, то налоговый орган на основании имеющейся у него информации имеет право начислить налог и известить об этом налогоплательщика. Уведомление с подробной информацией о начисленном налоге имеется в персональном кабинете налогоплательщика. Налог уплачивается до 1 июня*.

Если налогоплательщик не согласен с суммой начисленного налога и у него имеются обосновывающие документы, то ему необходимо подать перерасчет по декларации через сайт my3.soliq.uz с приложением этих документов.

*В связи с тем, что 1 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налога переносится на 2 июня 2025 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

Tarkibida shakar va boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar mavjud bo‘lgan va iste’mol qadog‘iga qadoqlangan gazlangan ichimliklarning (bundan energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar mustasno) litriga 500 so‘m miqdorida belgilangan aksiz solig‘i 2025-yil 1-apreldan gazlanmagan ichimliklarga ham tatbiq etiladi.

Mevalar va (yoki) sabzavotlardan tayyorlangan, tabiiy shirin bo‘lgan hamda tarkibida qo‘shimcha shakar va boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar mavjud bo‘lmagan sharbatlarga nisbatan soliq qo‘llanilmaydi.

🔗 Soliq kodeksi 289 prim 3-modda

👉 Telegram