Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.63K photos
2.62K videos
99 files
7.49K links
Download Telegram
#14_yanvar

Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!


      O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
      Bayram munosabati bilan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish va Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni xotirlash ezgu an’anaga aylangan.
      Bugun Termiz shahridagi Xotira maydonida tashkil etilgan an’anaviy tadbirda barcha tashkilot va idoralar hamda viloyat soliq boshqarmasi xodimlari ishtirok etib, “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.
      Zero, yurt tinchligi, ozodligi yo‘lida kurashganlar yodi hech qachon unutilmaydi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
👍5
#antikorrupsiya

Burch va mas’uliyat!

Denov hamda Sho‘rchi
tumani soliq inspeksiyalarida Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tashabbusi bilan "Soliq xodimlarining burch va vazifalari" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Unda soliq xodimlariga har bir davlat xizmatchisi o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, "Soliqchi-ko‘makchi" tamoyili asosida ish yuritishi, odob-axloq, rejim va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etishi kerakligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, soliqchilar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashish, to‘sqinlik qilish yoki ularning noqonuniy faoliyatiga homiylik qilish, xizmat sirlarini oshkor etish kabi huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari va belgilangan jazo choralari eslatib o‘tildi.

👉 Telegram
👍3
#uchrashuv

Sherzod Kudbiyev: bizning vazifamiz – mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportchilarini qo‘llab-quvvatlashdir

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Surxondaryo viloyatida eksportyor tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish jarayonidagi qiymat zanjirini tahlil qilish maqsadida bozor ishtirokchilari bilan bir qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Sh.Kudbiyev uchrashuvdan avval eksportgacha bo‘ladigan jarayonni o‘rganish maqsadida "Sarvar Surxon Angor" fermer xo‘jaligida bo‘ldi. Mazkur fermer xo‘jaligi daykon, karam, lavlagi, brokkoli kabi sabzavotlarni yetishtirib, eksport qiladi. Shuningdek, eksport zanjirining logistika jarayonlarida ishtirok etayotgan transport xizmati vakillari bilan suhbatlashdi.

Hozirda mahalliy tadbirkorlar-eksportyorlar bilan ochiq muloqot davom etmoqda. Eksport faoliyatini rivojlantirish, mahsulot yetkazib berish hajmlarini oshirish va biznesga to‘siq bo‘layotgan mavjud muammolarni aniqlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

Bizning vazifamiz — eksportyor tadbirkorlarni hozirgi sharoitda tushunib ularni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rishimiz lozim, shunda ular tashqi bozorlar uchun mahsulotlarining savdosini oshira olishlari mumkin, - dedi Sherzod Kudbiyev.


Uchrashuv ishtirokchilari eksport faoliyatini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, soliq yuklamasini optimallashtirish va davlat organlari bilan o‘zaro aloqalarni soddalashtirish borasida fikr almashmoqda.
___________
#встреча

Шерзод Кудбиев: наша задача - поддержать экспортеров отечественной сельхозпродукции

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев в рамках рабочей поездки находится в Сурхандарьинской области.

С целью анализа цепочки создания стоимости сельскохозяйственной продукции, предназначенной для экспорта, организован ряд встреч с участниками рынка.

В частности, Ш.Кудбиев посетил фермерское хозяйство "Sarvar Surxon Angor", специализирующееся на выращивании и экспорте таких видов овощной продукции, как дайкон, капуста, свекла, брокколи. Глава ведомства также побеседовал с представителями транспортных компаний, задействованных в логистических процессах экспортной цепочки.

В эти минуты проходит открытый диалог с местными предпринимателями-экспортёрами. Обсуждаются актуальные вопросы развития экспортной деятельности, перспективы увеличения объёмов поставок продукции и выявления существующих барьеров для бизнеса.

Шерзод Кудбиев отметил:

Наша задача — понять, как в текущих условиях поддержать предпринимателей-экспортёров так, чтобы они могли увеличить объёмы продаж продукции на внешние рынки.


Участники встречи обмениваются мнениями по созданию благоприятной среды для экспортной деятельности, оптимизации налоговой нагрузки и упрощению процедур взаимодействия с государственными органами.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍8
#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 15-yanvar

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 января 2025 года - последний день

- представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале
(ч.11 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Yuridik shaxslar 2025-yil uchun mulk solig'i bo‘nak to'lovlari ma'lumotnomasi va yer solig‘i hisobotini qachon taqdim etadi?

Когда юрлица сдают справку об авансовых платежах по налогу на имущество и отчетность по земельному налогу за 2025 год?
Anonymous Quiz
12%
10-yanvardan kechiktirmay / не позднее 10 января
23%
15-yanvardan kechiktirmay / не позднее 15 января
66%
20-yanvardan kechiktirmay / не позднее 20 января
👍4
#uchrashuv

Eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning Surxondaryo viloyatidagi eksportyor korxonalar vakillari bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda.

Jarqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda to‘qimachilik hamda yengil sanoat bilan shug‘ullanuvchi eksportyor korxonalar vakillari o‘z faoliyatlarida bugungi kunda erishilgan natijalar, yaratilgan sharoitlar bilan bir qatorda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va tashqi bozorga chiqish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan islohotlar alohida e’tirof etildi.

Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga transport-logistika bilan bog‘liq masalalarda zarur yordam ko‘rsatish orqali eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solishda uchrayotgan ayrim to‘siq va muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Termiz shahrida joylashgan Xalqaro savdo markazi qo‘shni Afg‘oniston bilan savdo iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda muhim strategik ahamiyatga ega hudud sanaladi. Bu yerda eksportyorlar bilan birga xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar, savdo faoliyatini amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi, biznes muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar o‘rganildi.

Navbatdagi manzil - Qumqo‘rg‘on tumanidagi Jayxun klasterida ishga tushirishga tayyorlanayotgan to‘qimachilik korxonasi. Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev korxona ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishar ekan, hudud iqtisodiy potensialini ko‘tarishda shuningdek, mahalliy aholining bandligini ta’minlashda mazkur klasterning ahamiyati yuqori ekanini ta’kidladi.

Bu kabi uchrashuvlar yengil sanoat sohasida yangi tashabbuslar va qo‘shma loyihalarning amalga oshishida hamda eksport bilan shug‘ullanadigan korxonalar safining yanada kengayishiga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍6