Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
7.7K photos
2.39K videos
92 files
6.85K links
Download Telegram
#AOS

2025-yil uchun qat'iy belgilangan summadagi AOS stavkasi o‘zgardi

Qatʼiy belgilangan summada AOS stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilandi:

🟢 jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 30 mln so‘m;

🟢 jami daromadi 500 mln so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 40 mln so‘m.

🔗 Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?

👉 Telegram
#bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasining "2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq 2025-yilda mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari avtomobil transportlari uchun quyidagicha:

🚙 yengil avtomobillar (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8 tadan ko‘p bo‘lmagan avtotransport vositalari) uchun 858 000 so‘m;

🚚 mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari (1ta avtotransport vositasi) uchun 1 705 000 so‘m.

🔗 O‘RQ-1011

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #AOS

Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha o‘zgarishlar

Tovarlar (xizmatlar) eksportidan olinadigan daromadlar AOSga tortiladi. Avval soliq bazasidan chegirilgan.
👉 Soliq kodeksi 464-moddasi

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar AOSni 3% stavkada to'laydilar (oldin 2%).

Boshqa faoliyat turlari bo‘yicha stavkalar o'zgarishsiz qoldi.

2025-yilda qat’iy belgilangan summada to‘lovchilar uchun AOS stavkalari jami daromadiga qarab quyidagi miqdorda belgilanadi:
📉500 mln so'mdan oshmaganyiliga 30 mln so'm;
📈500 mln so'mdan yuqori - yiliga 40 mln so'm.

2026-yil 1-yanvardan qat’iy belgilangan summadagi AOS bekor qilinadi.

👉Soliq kodeksi 467-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #налог_с_оборота

Изменения по налогу с оборота

Доходы, полученные от экспорта товаров (услуг), облагаются налогом с оборота. Ранее подлежали вычету из налоговой базы.
👉ст.464 НК

Налогоплательщики, осуществляющие электронную торговлю товарами (работами, услугами), платят налог с оборота по ставке 3% (ранее 2%).

Ставки по другим видам деятельности остались без изменений.

В 2025 году ставки налога с оборота в фиксированной сумме составляют для налогоплательщиков с совокупным доходом:
📉не более 500 млн сумов - 30 млн сумов в год;
📈свыше 500 млн сумов - 40 млн сумов в год.

С 1 января 2026 года налог с оборота в фиксированной сумме отменяется.

👉ст.467 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 9-yanvar

yanvar oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️9 января 2025 года - последний день

за январь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz


Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar uchun yer solig‘i stavkalari

✍️ Soliq kodeksining 428-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra

☘️Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yer uchastkalari (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar) uchun 5 yil muddatga 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘lanadi.

❗️Bunda vakolatli organ tomonidan bog‘lar va tokzorlarni iqtisodiy jihatdan samarasiz va hosildorligi past deb topish to‘g‘risidagi xulosa berilgan kundan e’tiboran 12 oy ichida yangi bog‘lar va tokzorlar barpo etilmagan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkasi 3 baravar miqdorda oshirilgan holda belgilanadi.

🗓 Soliq imtiyozi muddatini hisoblash kuzda yangi o‘tqazilgan ko‘chatlar uchun keyingi yilning 1-yanvaridan e’tiboran, bahorda yangi o‘tqazilgan ko‘chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1-yanvaridan e’tiboran boshlanadi.

Mazkur soliq imtiyozlari bevosita mo‘ljallanilgan maqsadda foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

👉 Telegram
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS

QQS bo‘yicha o‘zgarishlar

2025-yilda QQS stavkasi 12% miqdorida saqlanib qolindi.

QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar o‘zgarmaydi.

2025-yil 1-iyuldan yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlari QQSga tortiladi.
Avval soliqdan ozod etilgan edi.

Davlat mol-mulkini, shu jumladan mulk huquqi asosida qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish QQSga tortilmaydi.

👉 Soliq kodeksi 243-modda

Mahsulotlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

▫️kontrakt (kontrakntning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);

▫️tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi (Ilgari O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tovarlarni olib chiqish uchun bojxona organining belgisi bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi);

▫️O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlari (ilgari tovar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan)

Bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga taqdim etiladigan tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi.

👉 Soliq kodeksi 261-modda

QQSdan quyidagilar ozod qilinadi:

▪️2027-yil 1-yanvargacha – Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha protez moslamalarini va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O'zbekiston hududiga olib kirish;

▪️2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha - O'zbekiston rezidentlari bo'lgan vagon (konteyner)lar operatorlarining temir yo'l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartnomasi asosida foydalanishga berish xizmatlari;

▪️2030-yil 1-yanvargacha - O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda ularning faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, zamonaviy o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnika resurslari.

Shuningdek, budjet tashkilotlarining Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi qaysi infratuzilma loyihalari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar) QQSdan ozod etilishiga aniqlik kiritildi:
▫️elektr, gaz va issiqlik ta'minoti;
▫️suv ta'minoti va kanalizatsiya;
▫️suv xo'jaligi;
▫️yo'l-transport infratuzilmasi;
▫️aloqa va telekommunikatsiya;
▫️agrologistika;
▫️sanitariya jihatdan tozalash;
▫️qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish
.
Imtiyoz loyiha ishtirokchilariga ham qo‘llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

Yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari uchun mol-mulk solig‘i pasaytiruvchi koeffitsiyentda to‘lanadi

✍️ Soliq kodeksining 414-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra

Yangi qurilgan
ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari bo‘yicha (bundan respublika shaharlarida, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar mustasno) soliq to‘lovchilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha hisoblangan summani:

▫️3 qavatli binoga — 0,9;
▫️4 qavatli binoga — 0,8;
▫️5 qavatli binoga — 0,7;
▫️6 qavatli binoga — 0,6;
▫️7 va undan yuqori qavatli binoga — 0,5 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda to‘laydi.

❗️Bunda pasaytiruvchi koeffitsiyent:
📌 mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi xonalarni, xususan, ofis uchun va o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun xonalarni, tegishli kasbni egallash uchun tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish xonalarini hisobga olgan holda, agar ularning maydoni yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binosi umumiy maydonining 20 foizidan oshmasa;

📌 agar binodan bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish maqsadlarida birgalikda foydalanayotgan bo‘lsa, binoning har bir mulkdori tomonidan qo‘llaniladi.

👉 Telegram
#QQS #mutaxassis_sharhi

2024-yilda ro'yxatdan o'tgan AOS to'lovchilar diqqatiga ❗️

Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsda yoki yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi roʻyxatdan oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar, 365 ga boʻlingan va roʻyxatdan oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar boʻlgan kunlar soniga koʻpaytirilganda 1 mlrd soʻmga teng summadan oshsa, u holda bunday shaxslar roʻyxatdan oʻtilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉 Soliq kodeksining 462-moddasi 10-qismi

Bu qanday hisoblanadi:

1-misol.

Ro‘yxatdan o‘tish sanasi:
2024-yil 1-oktabr
Daromad summasi: 300 mln so‘m
Yil oxirigacha kunlar: oktabr - 31 kun, noyabr - 30 kun, dekabr - 31 kun
Jami = 92 kun
Nazorat summasi: 1 mlrd so'm ÷ 365 kun × 92 kun = 252,05 mln so'm

Faoliyat davri uchun 300 mln so‘m daromad summasi 252,05 mln so‘m nazorat summasidan oshgan (300,0 > 252,05). Soliq to'lovchi 2025-yil 1-yanvardan QQS va foyda solig'ini to'lashga oʻtadi.
________________________________________
2-misol.

Ro‘yxatdan o‘tish sanasi:
2024-yil 1-oktabr
Daromad summasi: 200 mln so‘m
Yil oxirigacha kunlar: oktabr - 31 kun, noyabr - 30 kun, dekabr - 31 kun
Jami = 92 kun
Nazorat summasi: 1 mlrd so'm ÷ 365 kun × 92 kun = 252,05 mln so'm

Faoliyat davri uchun 200 mln so‘m daromad summasi 252,05 mln so‘m nazorat summasidan oshmagan (200,0 < 252,05). Soliq to'lovchida 2025-yil 1-yanvardan QQS va foyda solig'ini to'lash majburiyati mavjud emas.
__________
#НДС #комментарий_специалиста

Вниманию плательщиков налога с оборота, зарегистрировавшихся в 2024 году❗️

Если у вновь созданного юридического лица или вновь зарегистрированного индивидуального предпринимателя сумма дохода от реализации товаров (услуг) с даты регистрации до окончания календарного года превысила сумму равную 1 млрд сумов, разделенную на 365 и умноженную на количество дней с даты регистрации до окончания календарного года, то такие лица переходят на уплату НДС и налога на прибыль с начала года, следующего за годом регистрации.
👉ч.10 ст.462 НК

Как это рассчитывается?

Пример 1.

Дата регистрации: 1 октября 2024 г.
Сумма полученного дохода: 300 млн сумов
Дни до конца года:
Октябрь — 31 день, ноябрь — 30 дней, декабрь — 31 день = 92 дня
Контрольная сумма:

1 млрд сумов ÷ 365 дней × 92 дня = 252,05 млн сумов

Доход за указанный период деятельности превысил контрольную сумму (300 > 252,05), значит с 1 января 2025 налогоплательщик переходит на уплату НДС и налога на прибыль.
_______________________________________
Пример 2.

Дата регистрации: 1 октября 2024 г.
Сумма дохода: 200 млн сумов
Дни до конца года: октябрь — 31 день, ноябрь — 30 дней, декабрь — 31 день = 92 дня
Контрольная сумма: 1 млрд сумов ÷ 365 дней × 92 дня = 252,05 млн сумов

Доход за указанный период деятельности составил 200 млн сумов, т.е. меньше контрольной суммы (200 < 252,05), значит у налогоплательщика нет обязательства по переходу на уплату НДС и налога на прибыль с 1 января 2025 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 10-yanvar

dekabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi)
.
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️10 января 2025 года - последний день

за декабрь:


- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#aksiz_soligi

2025-yil uchun aksiz solig'i stavkalari:
👉Tamaki mahsulotlari
👉Alkogol mahsulotlari
👉Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar

2025-yil 1-yanvardan boshlab telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz to‘lanadigan xizmatlarni) ko'rsatuvchi O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari aksiz solig‘ini to‘lamaydilar.
👉Soliq kodeksining 283-moddasi
__________
#акцизный_налог

Ставки акцизного налога на 2025 год:
👉Табачная продукция
👉Алкогольная продукция
👉Нефтепродукты и другие подакцизные товары

С 1 января 2025 года юридические лица РУз, оказывающие телекоммуникационные услуги мобильной связи (подакцизные услуги), не платят акцизный налог.
👉ст.283 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025 #imtiyoz

Xususiy bog'cha va maktablar uchun maqsadli imtiyozlar

2030-yil 1-yanvargacha:

🏫Xususiy bog'cha va maktablar barcha soliqlar va yig'imlardan ozod qilingan.
❗️Ijtimoiy soliqdan tashqari.

Imtiyozlar natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar quyidagilarda foydalanishi kerak:
▫️zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari bilan jihozlash;
▫️zarur tovarlar va asbob-uskunalarni sotib olish;
▫️binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash;
▫️shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun.

👉 Soliq kodeksi 483-modda 64-qismi

Imtiyoz kodlari:
ID 104218 – QQS
ID 104219 – foyda solig'i
ID 104220 – AOS
ID 104221 – mol-mulk solig'i
ID 104222 – yer solig'i
ID 104223 – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

👩‍🏫Xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan chet el o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilingan.
👉 Soliq kodeksi 483-modda 67- va 68-qismlari

Imtiyoz kodlari:
ID 104224 - JShODS
ID 104225 - ijtimoiy soliq

Imtiyozlardan foydalanish uchun my3.soliq.uz orqali murojaat yuborish kerak.
Muhim❗️"Hujjat turi" qatoridan "Soliq kodeksi"ni tanlash kerak.
👉 Murojaat yuborish bo'yicha qo‘llanma
__________
#налоговая_политика_2025
#льготы

Целевые льготы для частных детсадов и школ

До 1 января 2030 года:

🏫Частные детсады и школы освобождены от всех видов налогов и сборов.
❗️Кроме социального налога.

Высвобождаемые средства должны целенаправленно использоваться для:
▫️оснащения современными учебными пособиями,
▫️приобретения необходимых товаров и оборудования,
▫️реконструкции и капитального ремонта зданий и сооружений,
▫️предоставления бесплатных образовательных услуг социально уязвимым слоям населения.

👉ч.64 ст.483 НК

Коды льгот:
ID 104218 - НДС
ID 104219 - налог на прибыль
ID 104220 - налог с оборота
ID 104221 - налог на имущество
ID 104222 - земельный налог
ID 104223 - налог за пользование водными ресурсами

👩‍🏫Зарубежные преподаватели и специалисты, осуществляющие деятельность в частных детских садах и школах, освобождены от налога на доходы физических лиц и социального налога.
👉ч.67-68 ст.483 НК

Коды льгот:
ID 104224 - НДФЛ
ID 104225 - соцналог

Чтобы воспользоваться льготами, нужно подать обращение через my3.soliq.uz.
Важно❗️В строке "Тип документа" следует выбрать "Налоговый кодекс".
👉 Инструкция, как подать обращение

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
✍️ Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra

🟢 Budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida, shuningdek davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan infratuzilma loyihalari (elektr, gaz va issiqlik ta’minotiga, suv ta’minoti va kanalizatsiyaga, suv xo‘jaligiga, yo‘l-transport infratuzilmasiga, aloqa va telekommunikatsiyalarga, agrologistikaga, sanitariya jihatdan tozalashga, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishga doir loyihalar) uchun xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi (bundan O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari mustasno) hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2028-yil 1-yanvarga qadar ozod qilinadi. Bunda mazkur imtiyoz loyiha ishtirokchilariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #deklaratsiya

Soliq mobil ilovasi orqali "kontrakt"dan to‘langan soliqni qaytarib oling

Jismoniy shaxslar "kontrakt" to‘loviga yo‘naltirilgan 12% daromad solig‘ini masofadan qaytarib olishi mumkin.

📲 Buning uchun soliq organlariga bormasdan Soliq mobil ilova orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini (bitta pdf faylda skanerlangan holda) 📎 ilova qilib deklaratsiya yuborish mumkin.

✔️“Soliq imtiyozini qaytarish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

📲Deklaratsiya yuborilganidan keyingi qadam – Keshbek va imtiyozlar bo‘limida "Ortiqcha to‘lovni qaytarish" xizmati orqali ariza yuboriladi.

Face ID orqali shaxsingizni tasdiqlang.

Bu haqda batafsil videoqo‘llanmada.
________________
#льгота #декларация

Налог на доходы, направленные на оплату контракта, можно вернуть через мобильное приложение Soliq

Физические лица могут дистанционно вернуть 12% налога на доходы, направленные на оплату контракта.

📲 Для этого вы можете, не посещая налоговые органы, подать декларацию через мобильное приложение Soliq, прикрепив 📎договор и платежные документы (в отсканированном виде в одном pdf-файле).

✔️ В электронной услуге "Возврат налоговых льгот" сведения о заработной плате и других доходах пользователя формируются автоматически.

📲Следующий шаг после подачи декларации – отправить заявление на "Возврат переплаты" – в разделе "Кешбэк и льготы".

Подтвердите свою личность путем авторизации Face ID

☝️Подробнее об этом в видеоинструкции.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

2025-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shakllari

Boʻnak toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shaklini soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʻtiboran 30 kundan kechiktirmay koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 417-modda

Yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻini hisoblash uchun soliq bazasi 1 m² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:

📍Toshkent shahrida — 3,3 mln soʻm;
📍Nukus shahri va viloyat markazlarida — 2,2 mln soʻm;
📍Boshqa shaharlarda va qishloq joylarida — 1,3 mln soʻm.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin.
👉 Soliq kodeksi 412-modda

Joriy yil 10-yanvarga qadar barcha xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangan eng kam qiymatga koeffitsiyentlar tasdiqlangan holda soliq organlariga taqdim etildi. (Surxondaryo va Navoiy viloyatlaridan tashqari)

❗️Hozirda kamaytiruvchi koeffitsiyent tasdiqlanmagan hududlarda mol-mulk soligʻi hisobotini belgilangan eng kam qiymat asosida taqdim etish imkoniyati mavjud.

2025-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan:
▫️ AOS toʻlovchilar uchun – 10401_33;
▫️ AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar uchun – 10401_34.

📌Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma shakllarini taqdim etishlari talab etilmaydi.

🔹 Yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarining toʻlash muddatlari:
▫️ AOS toʻlovchi subyektlar uchun – yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida har chorak 3-oyining 20-kunidan kechiktirmay;
▫️AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan subyektlar uchun – yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.
📌Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay.

👉2025-yilda: yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi boʻyicha
1. Ko'chmas mulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatini soliq hisobotida aks ettirish tartibi
2. Mustaqil baholash natijalarini taqdim etish
3. Imtiyozlardan foydalanish boʻyicha qoʻllanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga  ko‘ra, 2030-yil 1-yanvargacha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari ijtimoiy soliq turidan tashqari barcha turdagi soliqlardan ozod qilinadi.

👉Telegram Facebook Youtube Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵"ISHONCH" TV

Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga  ko‘ra, 2030-yil 1-yanvargacha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari ijtimoiy soliq turidan tashqari barcha turdagi soliqlardan ozod qilinadi.

👉Telegram Facebook Youtube Instagram