Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.45K photos
2.33K videos
91 files
6.67K links
Download Telegram
#etirof

Yilni navbatdagi e'tirof bilan kuzatish - jamoamiz g‘ururi

Soliq qoʻmitasi uchun bu yil samarali mehnat va jamoaviy yutuqlarga boy bo‘ldi. Xodimlarimiz sogʻlom turmush tarzini odatga aylantirishi esa yutuqlarning muhim bir qismi hisoblanadi.

🏆Kuni kecha sport sinovlarining ixtiyoriy, maxsus talablarini bajarib g'olib va sovrindor boʻlgan 8 nafar soliq xodimlari taqdirlandi.

Ularga I, II va III darajali "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" koʻkrak nishonlari
(guvohnomasi) topshirildi.

➡️Bu esa jamoamiz uchun chinakam faxr va g'ururdir.

Ushbu yutuq nafaqat xodimlarning salomatlikka boʻlgan eʼtibori, balki davlat xizmatida yuqori natijalar koʻrsatishga intilishlarini ham ifodalaydi.

🗣️Siz ham jismoniy faollikni odatga aylantiring! Zero, sport sog‘liq garovi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2024-yil natijalari

Sizning qo'llab-quvvatlashingiz va sohamizga bo'lgan qiziqishingiz sababli yakunlanayotgan yil kanalimiz uchun muvaffaqiyatli bo'ldi:

📈 95 700 obunachi (yil davomida +11 600)

👁‍🗨 Yil davomida 57,2 million marta ko'rildi

🔄 304,7 ming marta bo'lishildi va 6,4 ming qayta ulashildi

Faol ishtirokingiz uchun minnatdormiz. 2025-yilda ham birgalikda olg‘a intilamiz!
____
Итоги 2024 года

Уходящий год стал для нашего канала успешным благодаря вашей поддержке и интересу к нашей работе:

📈 95 700 подписчиков (+11 600 за год)

👁‍🗨 57,2 млн просмотров за год

🔄 304,7 тысяч репостов и 6,4 тысяч перепостов

Мы благодарим вас за активное участие. Продолжаем двигаться вперед вместе в 2025 году!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

🔰 Farmonga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvargacha oshirilmasligi belgilandi.

⚪️ 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda solig‘i va o‘zlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 1 % etib belgilandi:

▫️jami xodimlari sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan tashkil topganda;

▫️har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;

▫️soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.

🗓 2025-yil 1-apreldan daromadidan qat’i nazar, farmasevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQSni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

▫️Bunda realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha berilgan onlayn-nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheklari, rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar hamda boshqa tashqi va ichki ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisobotlar avtomatik tarzda shakllantirilib boriladi.

👉 Telegram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #keshbek

11 oyda qaysi hududlarda iste'molchilar ko'proq keshbekka ega bo‘ldi?

Joriy yil boshidan (27-dekabr holatiga) iste’molchilarga 909,8 mln chek uchun 942,6 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 89,3 mlrd so‘mi noyabr oyi uchun berilgan.

To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 369,4 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 96,1 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 83,2 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 68,7 mlrd so‘m;
📍Andijon viloyati - 47 mlrd so‘m.

👉 Keshbek olish uchun FACE IDdan o‘tish lozim
______
#цифровизация #кешбэк

В каких регионах потребителям выплатили больше всего кешбэка за 11 месяцев?

С начала года (по состоянию на 27 декабря) потребителям выплачено 942,6 млрд сумов кешбэка за 909,8 млн чеков. Из них 89,3 млрд сумов выдано в ноябре.

Самые крупные суммы кешбэка приходятся на
следующие регионы:

📍г.Ташкент - 369,4 млрд сумов;
📍Ташкентская область - 96,1 млрд сумов;
📍Самаркандская область - 83,2 млрд сумов;
📍Ферганская область - 68,7 млрд сумов;
📍Андижанская область - 47 млрд сумов.

👉 Для получения кешбэка необходимо пройти Face ID

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

Oqilona soliq siyosati va raqamli transformatsiyaning ijobiy natijalari hamda istiqboldagi vazifalar

▶️ Soliq 2024 sarhisobi

Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlari hamda raqamlashtirishning natijalari soliq tushumlarini sezilarli darajada oshirdi.

📊Budjetiga 199,1 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlanib, 2023-yilga nisbatan 20% (+33,1 trln so‘m) o‘sdi;

Tuman va shaharlar budjetiga tushumlar 24% ga oshdi.

Sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar:

Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va serverlar yangilandi, zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari o‘rnatildi.

Soliq organlarining aloqa infratuzilmasi va axborot xavfsizligi tizimlari modernizatsiya qilindi.

Soliq ma’muriyatchiligi uchun yagona raqamli platforma yaratildi.

Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish uchun zamonaviy texnologiyalar joriy qilindi.

Soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati kengaytirildi.

2025-yilning ustuvor yo‘nalishlari:

➡️Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni raqamli transformatsiya orqali yanada yaxshilash;

➡️KPI mezonlari asosida mahallabay va korxonabay ishlash tizimini rivojlantirish:

➡️Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda soliq nazorati instrumentlarini takomillashtirish;

➡️Davlat ulushi yuqori bo‘lgan korxonalarda xarajatlarni nazorat qilish va soliq monitoringini joriy etish.

📊2025-yilda 224 trln so‘m soliq tushumlarini ta’minlash vazifasi belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qayta tiklanuvchi energiya qurilmalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun soliq imtiyozlari

Soliq kodeksining 421- va 428-moddalariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra,

🟢 Uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran 3 yil davomida, quyosh panellari quvvatidan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda esa mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran 10 yil davomida mol-mulk solig‘i bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan oshmaydigan summaga, yer solig‘i bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.

Ushbu imtiyoz energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan jismoniy shaxsning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnomaga asosan uy-joy fondining 1 ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan faqat 1 marotaba taqdim etiladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari o‘rnatilgan taqdirda qo‘llaniladi.

👉 Telegram
#QQS

Umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga QQSning bir qismi qaytarib beriladi.


Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlashtirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

🟢 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ularning oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

🔰 60 foiz va undan yuqori bo‘lganda — budjetga to‘langan QQSning 40 foizi;
🔰 60 foizdan kam bo‘lganda — budjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.

🗓 Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

⚪️ Soliqning bir qismi quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:

▫️hisobot davrida soliq bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;

▫️ hisobot davrida umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam bo‘lmaganda;

▫️ hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.

👉 Telegram
#raqamli_markirovka

Markirovka: spirtli ichimliklar, pivo va maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari, import qiluvchilar va ulgurji sotuvchilar diqqatiga!

Spirtli ichimliklar, pivo mahsulotlari va maishiy texnika majburiy raqamli markirovkalanadigan tovarlar turlariga kiradi.
👉VMQ-833 30.12.2020 y
👉
VMQ-148 02.04.2022 y

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan tovarlar bo‘yicha EHFda realizatsiya qilingan mahsulotning har birligi uchun markirovka kodlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar aks ettirilishi shart.
👉VMQ-489 2-ilova, 63 bob 14.08.2020 y

Bugungi kunda Soliq qo‘mitasining axborot tizimlari “Asl belgisi” MAT bilan muvaffaqiyatli integratsiya qilinganligini ma'lum qilamiz.

Shu bois, 2025-yil 1-yanvardan boshlab yetkazib beruvchilar markirovkanlangan tovarlarning axborot tizimlarida mavjud qoldiqlaridan ortiq miqdori uchun EHF rasmiylashtirish imkoniyati cheklanadi.

❗️Miqdori mavjud qoldiqlardan ortiq bo'lgan tovarlarni EHFda ko'rsatish avtomatik ravishda cheklanadi.
Ushbu cheklov NKM orqali realizatsiya qilishga taalluqli emas.

Bu haqda shaxsiy kabinеtga tegishli xabarnoma yuborilgan.
_____________
#цифровая_маркировка

Цифровая маркировка: вниманию производителей, импортеров и оптовых продавцов алкоголя, пива и бытовой техники


Алкогольная продукция, пивоваренная продукция и бытовая техника относятся к видам товаров, подлежащим обязательной цифровой маркировке.
👉ПКМ №833, от 30.12.2020г.
👉
ПКМ №148 от 02.04.2022г.

ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой должен содержать информацию о кодах маркировки по каждой реализуемой единице продукции.
👉п.63 Прил.№2 к ПКМ №489 от 14.08.2020 г.

Сообщаем, что на данный момент НИС "Asl belgisi" успешно интегрирована с действующими информационными системами Налогового комитета.

В связи с этим, с 1 января 2025 года поставщики не смогут выставлять ЭСФ на количество продукции, превышающее остаток маркированных товаров, имеющихся в информационной системе.

❗️Отображение товаров в ЭСФ, количество которых превышает доступные остатки, будет ограничено автоматически.
К реализации через ККТ данное ограничение не относится.

Об этом в персональные кабинеты направлено соответствующее уведомление.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Yoshlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari uchun soliq imtiyozlari

Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra

2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrga qadar:

▫️kasbga o‘rgatish uchun maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilarini (o‘ttiz yoshdan oshmagan) ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari ularga to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan ijtimoiy soliqni 1% miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;

▫️maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilari kasb o‘rganish jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 1% miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

👉 Telegram
SOLIQ_TAQVIMI_YANVAR_2025.pdf
258.1 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2025-yil yanvar oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на январь 2025 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads