Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Barqarorlik reytingi Soliq kodeksiga kiritildi

Yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritildi.
👉 OʻRQ-1000,15.11.2024-yil

👉Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa 3 kunlik muddatda qaytariladi;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi*
*bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi oʻrnini qoplash tekshiruvlar oʻtkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Hamdardlik

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi jamoasi Termiz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Muhamadiyev Sunnatilla  Abdusamatovichga qizi Zilola Abdusamatovaning bevaqt vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#18noyabr

Muqaddasdir Vatan bayrog'i!

O‘zbekiston Davlat bayrog‘ining qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi.

Butun O‘zbekiston ahlining g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini o‘zida mujassam etgan Vatanimiz bayrog‘i doimo hilpirab tursin.

Oʻzbekistonning har bir farzandi xalq birdamligi uchun shu bayroq ostida sadoqat ila yurtga xizmat qilishni hayotining mazmuni deb bilishi lozim.

Zero “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”.

Aziz yurtdoshlar, Soliq qo‘mitasi barchangizni Vatanimiz bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi bilan tabriklaydi!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Vatan bayrog‘i – g‘urur, umid va ishonch timsoli

🇺🇿 Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

- Mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsol – Davlatimiz bayrog‘i xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi, - deydi Viloyat hokimligi huzuridagi “Intellekt” istiqbolli kadrlar tayyorlash o‘quv markazi rahbari Qo‘ldosh Qosimov.

Ta’kidlanganidek, Davlatimiz bayrog‘ida aks etgan har bir rang, belgi yurtimizning boy tarixi, milliy davlatchiligimiz, bebaho qadriyatlarimizni, Vatanimizning buyuk kelajagini ifoda etadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Istiqlolimizning ramzi hisoblangan davlatimiz bayrog‘ini qadrlash va hurmat ko‘rsatish har birimizning burchimizdir.

👉 Telegram
#uchrashuv #raqamli_markirova

Soliq qo‘mitasida suv va alkogolsiz ichimliklar bozori vakillari bilan uchrashuv boshlandi, unda raqamli markirovkalash masalalari muhokama qilinmoqda.

Uchrashuvda Soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari A.Fayzibayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari U.Safarov, Oʻzbekiston alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi vakillari, shuningdek, soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi orqali ariza yuborgan tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
___
#встреча #цифровая_маркировка

В Налоговом комитете началась встреча с представителями рынка воды и прохладительных напитков, на которой обсуждаются вопросы цифровой маркировки.

В ней принимают участие заместитель председателя Налогового комитета А.Файзибаев, заместитель председателя Торгово-промышленной палаты, представители Министерства инвестиций, промышленности и торговли, Ассоциации производителей воды и прохладительных напитков, а также предприниматели, которые подали заявку через систему обратной связи с налоговыми органами.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵"ISHONCH" TV

Joriy yilning 1-noyabridan 29-noyabriga qadar soliq xizmati organlari xodimlari orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi.

👉Telegram facebook youtube instagram
Rasmiy munosabat

Qiziriq tumani prokuraturasining 2023-yil 21-iyundagi jinoyat ishi doirasida Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining 2023-yil 27-iyundagi tegishli buyrug‘i bilan Qumqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatdan o‘tgan “GOLDEN-OIL-CITY” xususiy korxonasida soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan hujjatli taftish o‘tkazilgan.

Taftish natijasida korxonaga nisbatan 277 405 700 so‘m qo‘shimcha soliqlar va 161 903 500 ming so‘m moliyaviy jarimalar hisoblangan.

Soliq qarzdorligi belgilangan muddatda to‘lanmaganligi sababli korxonaga soliq qarzdorligini to‘lab berishni so‘rab elektron shaxsiy kabinetiga Soliq kodeksining 115-119-moddalariga asosan soliq qarzini uzish to‘g‘risida 26.06.2023-yildan 08.09.2023-yilgacha 17 marotaba 416 955 179,47 so‘m soliq qarzini budjetga undirish bo‘yicha ogohlantirish talabnomalari yuborilgan.

Soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma bo‘yicha Soliq kodeksining 60-moddasida belgilangan 10 kalendar kuni ichida qarzdordan hech qanday e’tiroz kelib tushmagan.

Qiziriq tumani jinoyat sudining 2023-yil 30-oktabrdagi Sud hukmiga ko‘ra korxonaga nisbatan hisoblangan 277 405 700 so‘m qo‘shimcha soliqlarning 135 599 000 so‘mi korxonaning QQSdan hosil bo‘lgan salbiy farq summasidan qoplanishi nazarda tutilib, qolgan 141 805 000 so‘mi korxona sobiq rahbari tomonidan Surxondaryo viloyati prokuraturasining depozit hisob-raqamiga to‘langan 435 mln so‘m mablag‘dan soliq boshqarmasining tegishli budjet hisob-raqami o‘tkazilishi belgilangan. Shuningdek depozitdagi mablag‘ning 14 400 000 so‘mi sudning jarimasini qoplash uchun yo‘naltirilishi va qolgan 278 794 000 so‘mi korxona sobiq rahbariga qaytarilishi belgilangan.
Taftish natijasida qo‘shimcha hisoblangan 161 903 500 so‘m moliyaviy jarima jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmiga kiritilmasligi sababli to‘lanmasdan qolgan.

2024-yil 18-noyabr holatiga “GOLDEN-OIL-CITY” xususiy korxonasining soliq qarzdorligi 195 375 824,9 so‘m hamda muddatida to‘lanmagan soliq qarzorligi uchun hisoblangan penya 39 390 732,3 so‘mni tashkil etmoqda.

👉 Telegram
#uchrashuv #raqamli_markirovka

Soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati assotsiatsiya tomonidan bildirilgan har bir masalani atroflicha oʻrganib chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish va uning natijalari yuzasidan bozor ishtirokchilari uchun tegishli xulosa va hukumatga takliflar tayyorlash toʻgʻrisida qaror qildi.

Shu bilan birga, 30 dan ortiq korxona agregatsiya tizimini muvaffaqiyatli ishga tushirganini inobatga olgan holda, Soliq qo'mitasi 2024-yil 1-dekabrgacha agregatsiya tizimini ishga tushirish bo'yicha barcha tadbirlarni to'liq yakunlash, shuningdek EHFda markirovka kodlarini aks ettirish orqali tovarlarni kuzatib borish jarayonlarini joriy etish zarurligi haqida ma'lum qildi.
__________
#встреча #цифровая_маркировка

Руководством Налогового комитета и Торгово-промышленной палаты решено создать рабочую группу по детальному изучению каждого вопроса, озвученного Ассоциацией, и по итогам подготовить соответствующие выводы и предложения для участников рынка, а также в правительство.

Вместе с тем, принимая во внимание что свыше 30 компаний уже успешно запустили систему агрегации, Налоговый комитет сообщил о необходимости до 1 декабря 2024 года полностью завершить мероприятия по запуску системы агрегации, а также
процессов прослеживаемости товаров путём отражения кодов маркировки в ЭСФ.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵"ISHONCH" TV

Davlat soliq xizmati organlarida o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati soliq xizmati xodimlari uchun “Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga moyillik: sabab bo‘luvchi omillar va bartaraf etish yo‘llari” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

Telegram facebook youtube instagram
#QQS

Soliq to‘lovchilarga 273,8 mlrd so‘m QQS qaytarildi

2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Surxondaryo viloyatida jami 227 ta ariza bo‘yicha 273 mlrd 801 mln so‘m QQS qaytarildi.

Eng ko'p qaytarilgan QQS hududlar kesimida:

📍Termiz tumani - 93,1 mlrd so‘m;
📍Angor tumani - 56,8 mlrd so‘m;
📍Denov tumani - 49,1 mlrd so‘m;
📍Termiz shahri - 23,3 mlrd so‘m;

📈Qoplab berilgan QQS summasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10% ga o‘sgan.

Shuningdek viloyatdagi AAA toifadagi 29 ta tadbirkorlik subyektiga 30 mlrd so‘mdan ziyod ortiqcha QQS summasi 1 kunda qaytarib berildi.

👉 Telegram Facebook
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ipakchilik sohasiga soliq imtiyozlari berildi

Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimchalar kiritildi.
👉 OʻRQ-1001-son, 15.11.2024 y.

Pillachilikni yanada rivojlantirish, xususan, mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish, aholi bandligini taʻminlash va daromadlarini koʻpaytirish maqsadida

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha:

▫️jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirishdan (kasanachilik) olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;

▫️ pilla yetishtiruvchi yuridik shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari ijtimoiy soliq toʻlashdan ozod etildi. Bunda boʻshagan mablagʻlar kasanachilarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirishi shart hisoblanadi;

▫️pilla yetishtirish sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsienti qoʻllanilgan holda hisoblanadi.

Maʻlumot uchun. Ilgari jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik)dan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, yuridik shaxslarning esa kasanachilik bilan shugʻullanuvchilarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlaridan ijtimoiy soliq toʻlangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari oʻz nutqida yuksak ishonchga sazovor boʻlib, Senat aʼzosi etib saylanganlarni samimiy muborakbod etdi.

Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Senat tarkibi ixchamlashib, uning aʼzolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, ayni vaqtda senatorlarning vakolatlari va masʼuliyati bir necha barobar oshdi.

Yangilangan Konstitutsiya talabi asosida mahalliy kengashlar yaqinda hokimlarni lavozimga tasdiqlashda ularning hududni rivojlantirishga oid dasturlarini ilk bor koʻrib chiqib, maʼqulladi.

2025-yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini toʻliq, daromad soligʻining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning oʻzida qoldirish rejalashtirilgan. Bu orqali mahalliy kengashlarning ushbu sohadagi roli yanada ortadi.

Natijada 2025-yilda tuman va shaharlar budjetlari daromadi 9,4 trln soʻmga yoki 47 foizga oshganligi qayd etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq 2024-yilda mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari avtomobil transportlari uchun quyidagicha:

🚙 yengil avtomobil (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8 tadan ko‘p bo‘lmagan avtotransport vositasi) uchun 780 000 so‘m;

🚚 mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari (1ta avtotransport vositasi) uchun 1 550 000 so‘m.

Avtomobil ijara shartnomasini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazish

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

Davlat soliq xizmati organlarida o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati soliq xizmati xodimlari uchun “Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga moyillik: sabab bo‘luvchi omillar va bartaraf etish yo‘llari” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

👉Telegram Facebook Youtube Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-noyabr

oktabr oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);

- agar oktabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️20 ноября 2024 года - последний день

за октябрь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в октябре были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads