Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
#soliq_hisoboti #yashirin_iqtisodiyot

100 mingdan 100 mln so‘mgacha: O‘zbekistonda sanoat sohasida ishlovchilarga qancha ish haqi hisoblandi?

Soliq hisoboti maʼlumotlariga ko‘ra, sentabr oyida 🏭 sanoat sohasida rasmiy ravishda 772,4 ming kishi band bo‘lgan:

▫️336 ming kishi 3-10 mln so‘mgacha ish haqi olgan;
▫️287,8 ming kishi — MHTEKM (sentabr oyida 1 050 000 so'm) dan 3 mln so‘mgacha olgan.

💰425 kishi oyiga 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan.

🤔Deyarli 7 ming ishchiga 262 500 so‘mgacha (MHTEKMning 25%idan ⬇️ kam) ish haqi hisoblangan.

Bitta xodimga o‘rtacha ish haqi — 5 mln so‘m.

📍Hududlarda qancha hisoblandi?

Respublika bo‘yicha eng yuqori ish haqi Navoiy viloyatida - o‘rtacha 8,9 mln so‘m.

Toshkentda — 5,8 mln so‘m;
Toshkent viloyatida — 5,1 mln so‘m;
Andijon viloyatida — 4,6 mln so‘m;
Qoraqalpog‘istonda — 4,5 mln so‘m.

Eng past ish haqlari:
Xorazm viloyatida — 2,5 mln so‘m;
Namangan viloyatida — 2,3 mln so‘m.
__________
#налоговая_отчетность #теневая_экономика

От 100 тысяч до 100 миллионов: какие зарплаты в промышленной сфере Узбекистана?

По данным налоговой отчетности за сентябрь 🏭 в сфере промышленности официально трудоустроено 772,4 тысяч человек:

▫️336 тысячам из них начислена зарплата от 3 до 10 млн сумов;
▫️287,8 тысячам человек - от МРОТ (в сентябре 1 050 000 сумов) до 3 млн сумов.

💰Больше 100 млн сумов в месяц заработали 425 человек.

🤔Почти 7 тысячам работников начислена зарплата до 262 500 сумов (менее 25% МРОТ).

Средняя заработная плата одного сотрудника - 5 млн сумов.

📍Сколько начислено в регионах?

По республике самые высокие зарплаты в Навоийской области (в среднем 8,9 млн сумов).

В Ташкенте - 5,8 млн сумов;
в Ташкентской области - 5,1 млн сумов;
в Андижанской области - 4,6 млн сумов;
в Каракалпакстане - 4,5 млн сумов.

Самые низкие зарплаты:
в Хорезмской области - 2,5 млн сумов;
в Наманганской области - 2,3 млн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Soliq organlari tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Xususan Surxondaryo viloyati soliq xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning oktabr oyida o‘tkazilgan 65 ta nazorat tadbirlari davomida qator huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan jami 801,3 mln so‘m miqdorida moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan.

🔵 Umumiy ovqatlanish sohasida :

🔹33 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan 3 mln 609 ming so‘mga chek berilmaganligi hamda 14,2 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

🔹14 ta holatda 14 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;

🔹5 ta holatda markirovka qoidalariga zid tarzda 153 ming so‘mlik alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi;

🔹1 ta holatda boshqa shaxslarga tegishli onlayn-NKTdan foydalanilganligi aniqlangan.

Shuningdek alkogol, tamaki hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 32 ta holatda onlayn-NKTdan 972 ming so‘mga chek berilmaganligi hamda 6,9 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi aniqlangan.


👉 Telegram
#qonun_loyihasi

🇺🇿 Iqtisodiyot va Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi yuzasidan tushuntirishi

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#antikorrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashda birdamlikning ahamiyati katta

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Muzrabot, Boysun va Angor tumani soliq inspeksiyalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish choralari to‘g‘risida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi.

Bevosita muloqotlarda xizmat vazifasini suiiste’mol qilmaslik, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, odob-axloq va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Jamoada do‘stona muhitni shakllantirishning muhim ahamiyati qayd etilib, belgilangan reja ijrosini ta’minlashda ham, korrupsiyaga qarshi kurashda ham o‘zaro birdamlik va jipslikning beqiyos o‘rni ta’kidlab o‘tildi.

👉 Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ba'zi texnik jihozlar QQS va aksiz solig'idan ozod etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉O‘RQ-992-son, 05.11.2024-yil

Hujjatga muvofiq:

🔹 Maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi
Soliq kodeksining 246-moddasi

🔹shuningdek, ushbu texnik vositalar aksiz solig'iga tortilmaydi.
👉Soliq kodeksining 284-moddasi
________
#новое_в_законодательстве

Некоторые технические средства освобождаются от НДС и акцизного налога

Законом Республики Узбекистан в Налоговый кодекс внесены изменения и дополнения.
👉№ ЗРУ-992 от 05.11.2024 г.

В соответствии с ними:

🔹освобождается от НДС ввоз на территорию Республики Узбекистан технических средств системы оперативно-розыскных мероприятий, приобретаемых специально уполномоченным государственным органом;
ст.246 НК

🔹также эти технические средства не облагаются акцизным налогом.
👉ст.284 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵"ISHONCH" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i  o‘ziga biriktirilgan  oilalarning turmush sharoitini yaxshilash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

👉Telegram Facebook Youtube Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 9-10 noyabr dam olish (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 11-noyabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 9 и 10 ноября - выходные (нерабочие) дни, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 11 ноября.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#barqarorlik_reytingi

Yuqori toifadagi tadbirkorlar safi kengaymoqda

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi darajasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, manzilli targ‘ibotlar o‘z samarasini bermoqda.

Bundan bir necha oy oldin o‘rta toifada bo‘lgan “Surxon qog‘oz qayta ishlash” mas’uliyati cheklangan jamiyati bugun barqarorlik reytingida eng yuqori toifaga ko‘tarilib soliq imtiyozlaridan samarali foydalanmoqda.

– Tadbirkorlarning faoliyatlarini baholovchi barqarorlik reytingi joriy etilgan dastlabki oylarda bizning korxonamiz o‘rta “BB” toifasida edi, – deydi "Surxon qog‘oz qayta ishlash" MChJ rahbari Rustam Ne’matullayev. – Bizga biriktirilgan soliq inspektori doimiy tarzda qaysi mezonlar bo‘yicha yetarlicha ball olmaganimiz, umumiy ballni ko‘tarish uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz kerakligini tushuntirib borardi. "AAA" toifasiga ko‘tarilishga harakat qildik va buni uddasidan chiqdik. Mana shu davrda soliq majburiyatlari bilan bog‘liq bilimlarimiz ham ortdi. Avvallari qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bo‘lgan salbiy farq summasini 1 oy muddatda, tekshiruvlardan so‘ng olgan bo‘lsak, "AAA" toifasiga ko‘tarilgandan keyin birgina oktabr oyining o‘zida umumiy qiymati 534 million so‘m bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ortiqcha to‘lovni hech qanday arizalarsiz, tekshiruvlarsiz, salbiy farq summasini hisobotda ko‘rsatish orqali 1 kun muddatda qaytarib oldik.

👉 Telegram
#antikorrupsiya

Korrupsiyaning oldini olish – ustuvor vazifa

Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi.

Dastlab huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ahamiyati, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, salbiy oqibatlarning oldini olish borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va bunda har bir xodimning mas’uliyati to‘g‘risida tushuntirish berildi.

👉 Telegram
#quyoshli_xonadon

Quyoshli xonadon: 9 oyda 6 ming nafardan ortiq fuqaroga 8,9 mlrd so‘mlik subsidiya hisoblandi


Ma'lumki, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan ☀️quyosh energiyasi uchun 8,9 milliard so‘m (8,9 million kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Xorazm viloyati - 2,1 mlrd so‘m;
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,5 mlrd so‘m;
📍Toshkent shahri - 1,2 mlrd so‘m.

Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM