Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

🔵"ISHONCH" TV

Jismoniy shaxslar diqqatiga!

15-oktabr – joriy yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi kuni.

🔗 Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdan – Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

👉 Telegram
Forwarded from Дилноза Рустамовна <@>
#antikorrupsiya

Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq!

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga to‘siq bo‘lib, inson huquq va erkinliklarini poymol qiluvchi illatdir. Moddiy naf yo‘lida o‘z mansab va vakolatini suiiste’mol qilish, qarindoshlik, tanish-bilishchilik rishtalarini xizmat vazifasidan ustun qo‘yish mazkur illatning keng tomir yoyishiga sabab bo‘ladi. Boysun, Qiziriq, Bandixon va Sherobod tumani soliq inspeksiyalarida “Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ayni shu haqda so‘z bordi.

Unda soliq xodimlariga odob-axloq va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etish, xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish lozimligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shuningdek korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari to‘g‘risida videorolik namoyish etildi.

👉 Telegram
#savol_javob

Pensionerlarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilingan. Mazkur imtiyoz pensionerning mulkida bo‘lgan noturar obyektga nisbatan qo‘llanilishi mumkinmi?

🟢 Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq pensionerlarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan.

❗️Soliq imtiyozi pensionerning tanloviga ko‘ra faqat 1 yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.

⚪️ Jismoniy shaxslarning, shu jumladan pensionerlarning noturar obyektlari uchun mol-mulk solig‘i quyidagi tartibda hisoblanadi.

◽️2024-yil 1-yanvardan
jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:

📍Toshkent shahrida – 3 mln soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1,2 mln soʻm.

⚠️ Agar obyektining 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal miqdordan past boʻlsa, soliq toʻlovchilar koʻchmas mulk qiymatini soliq maqsadlarida baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb qilishlari mumkin. Bunda mustaqil baholash natijalari soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.

👉 Telegram
#ijtimoiy_soliq

1-oktabrdan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliq miqdori o‘zgardi

❗️2024-yil 1-oktabrdan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) oyiga 375 000 so‘mni tashkil etadi.

Ushbu oydan boshlab ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) oyiga 375 000 so‘m;

🔹savdo majmualari
va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 187 500 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 375 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 375 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – oyiga 187 500 so‘m.

🔹 o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 1-dekabrga qadar ixtiyoriy asosdayiliga 375 000 so'm.

👉 Soliq kodeksi 408-modda
__________
#sociallıq_salıq

1-oktyabrdan jeke tártiptegi isbilermenler hám ózin ózi bánt etkenler ushın sociallıq salıq summaları ózgerdi

❗️2024-jıl 1-oktyabrdan bazalıq esaplaw muǵdarı (BEM) ayına 375 000 sumdı quraydı.

Bul aydan baslap sociallıq salıq tómendegi muǵdarlarda tólenedi :

🔹jeke tártiptegi isbilermenler (JTI) - ayına 375 000 sum;

🔹sawda kompleksleri hám bazarlarda jumıs alıp barıwshı JTIlerdiń jallanba xızmetkerleri ushın - ayına 187 500 sum;

🔹basqa JTIlerdiń jallanba xızmetkerleri ushın - jılına 375 000 sum;

🔹shańaraqlıq isbilermenler (yuridikalıq shaxs shólkemlestirmegen):
▫️JTI retinde dizimnen ótken shańaraq aǵzası - ayına 375 000 sum;
▫️shańaraqtıń basqa aǵzaları (18 jasqa tolmaǵanlar bunnan tısqarı) - ayına 187 500 sum.

🔹 ózin ózi bánt etken shaxslar 1-dekabrge shekem qálewine tiykar - jılına 375 000 sum.

👉 Salıq kodeksi 408-statya
__________
#социальный_налог

С 1 октября изменились размеры соцналога для индивидуальных предпринимателей и самозанятых

❗️С 1 октября 2024 года базовая расчетная величина (БРВ) составляет 375 000 сумов в месяц.

Начиная с октября соцналог будет уплачиваться в следующих размерах:

🔹индивидуальными предпринимателями в размере 375 000 сумов в месяц;

🔹за наемных работников индивидуальных предпринимателей, осуществляющих деятельность в торговых комплексах и на рынках - 187 500 сумов в месяц;

🔹за наемных работников других индивидуальных предпринимателей375 000 сумов в год;

🔹семейные предприниматели без образования юрлица:
▫️член семьи, зарегистрированный в качестве индивидуального предпринимателя, — 375 000 сумов в месяц;
▫️другие члены семьи (за исключением не достигших 18 лет)187 500 сумов в месяц.

🔹самозанятые лица на добровольной основе уплачивают 375 000 сумов в год до 1 декабря.

👉ст.408 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mol_mulk_soligi

🔴 Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini to‘laydi?

Soliq kodeksining 418-moddasiga muvofiq mulkida soliq solish obyekti deb tan olinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

📍O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
▫️uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
▫️ tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari;
▫️qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar.
▫️ ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar. jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanadi.

❗️Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran 24 oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.

🔗 2024-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari

👉 Telegram facebook
#yer_soligi

🔴 Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘laydi?

Soliq kodeksining 433-moddasiga muvofiq mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

Quyidagilar yer soligʻi obyektlari hisoblanadi:
▫️jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;
▫️yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;
▫️jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari;
▫️xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
▫️meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
▫️qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;
▫️tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari;
▫️ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari.

❗️Ko‘p kvartirali uylar egallagan va ko‘p kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari soliq solish obyekti bo‘lmaydi,

🔗 2024-yil uchun yer solig‘i bazaviy stavkalari (respublika miqyosida)
🔗 2024-yil uchun yer solig‘i bazaviy stavkalari (viloyat miqyosida)

👉 Telegram
#hamkorlik

Ayni damda Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Bishkek shahrida MDHga aʼzo davlatlarning soliq xizmati rahbarlari muvofiqlashtiruv Kengashining (SXRMK) navbatdagi XXXI yigʻilishida ishtirok etmoqda.

Tadbirda Kengash tomonidan QQS summasining oʻrnini qoplash va QQS maʼmuriyatchiligida toʻlovning shaffofligini taʼminlashdagi raqamli yechimlar muhokama qilinyapdi.
___________
#сотрудничество

В настоящее время председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев принимает участие в очередном XXXI заседании Координационного совета руководителей налоговых служб государств-участников СНГ в Бишкеке.

На мероприятии Советом обсуждаются цифровые решения при администрировании НДС для прозрачности уплаты и простоты его возврата.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads