Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.47K photos
2.34K videos
91 files
6.7K links
Download Telegram
#antikorrupsiya

Kasbga sadoqat, burch va mas’uliyat – muvaffaqiyat garovi!

Soliq xizmati organlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida soliq xodimlarining yaqin qarindoshlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi bo‘lish naqadar sharafli va mas’uliyatli kasb ekanligini ta’kidlab, iqtisodiyotimiz rivoji, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan oila-a’zolariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, farzandlari va yaqinlarini bu xavfli illat tuzog‘iga tushishdan asrash uchun jamoada ham oilada ham korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishning muhim ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, viloyat soliq xizmati organlarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh soliq xodimlarining ota-onalari, turmush o‘rtoqlari va yaqin qarindoshlariga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirilib, soha rivojidagi fidoyi mehnatlari alohida e’tirof etildi.

- O‘g‘lim soliq tizimida mehnat qilayotganidan doimo faxrlanib yursamda, lekin bu kasbning mas’uliyatini to‘liq his qilmagan ekanman”, - deydi Bandixon tumani soliq inspeksiyasi xodimi Zafar O‘roqovning onasi Oyimxol O‘roqova. – To‘g‘ri hamma kasbning o‘ziga yarasha qiyinchiligi, mashaqqati bo‘ladi, ammo soliq xodimining mas’uliyati, yurt rivoji yo‘lidagi zahmatli mehnati naqadar muhimligini bugungi uchrashuvda angladim. Shu bilan birga shunday sharafli va mas’uliyatli kasbidan qadr topib, mehnati olqishlanganligidan, farzandimiz ortidan biz ota-onalar rahmat eshitganimizdan juda ham quvondim.

Darhaqiqat yurt koriga kamarbasta farzandlarni voyaga yetkazish va ularning ortidan yaxshi gaplar eshitishdanda yuksakroq baxt bo‘lmasa kerak.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq xizmati organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida soliq xodimlarining yaqin qarindoshlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#tashqi_savdo #eksport #import

Asbob uskunalar importida debitor qarzdorlik boʻyicha oʻzgartirish qonunchilikka kiritildi


Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish kiritildi. Asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda 180 kunlik muddat oʻtgan boʻlib, ularni yetkazib berish boʻyicha shartnomada belgilangan muddatlar oʻtmagan boʻlsa, qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblanmaydi.

👉VMQ-551-son, 07.09.2024y.

Endilikda asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda shartnomada belgilangan muddatlar oʻtkazib yuborilmagan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bank va eksport operatsiyalarini xech qanday cheklovlarsiz amalga oshiradilar.

Avval bunday qarzdorliklar uchun moliyaviy jarimalar qoʻllanilmagan, lekin qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblangan va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qayd etilgan operatsiyalarini amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
 🔵 "ISHONCH" TV

Soliq xizmati organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida soliq xodimlarining yaqin qarindoshlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

👉Telegram facebook youtube instagram