Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
7.64K photos
2.37K videos
92 files
6.81K links
Download Telegram
Jaholatga qarshi ma’rifat

Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari hamda diniy idora vakillari hamkorligida Jarqo‘rg‘on tumani soliq ispeksiyasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda so‘zga chiqqanlar bugun dunyoning turli burchaklarida kuzatilayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar, diniy niqob ostida amalga oshirilayotgan xunrezliklar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Tinch va osuda kunlarimiz qadriga yetish, yot g‘oyalar ta’siridan himoyalanish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlash yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.

👉 Telegram
#EHF

EHF rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi


Ayrim tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini inobatga olgan holda 2024-yil iyul oyida amalga oshirilgan quyidagi operatsiyalar uchun 14-avgust soat 23:59 ga qadar EHF (elektron hisobvaraq-faktura) rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berish (xizmatlar koʻrsatish);
🔸shuningdek, xarajat qilingan mablagʻlarni qoplash.


Ma’lumot uchun. EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020
___________
#ЭСФ

Создана возможность оформления ЭСФ


Принимая во внимание обращения некоторых субъектов предпринимательства, создана возможность оформления ЭСФ (электронных счетов-фактур) до 23:59 часов 14 августа по следующим операциям, совершенным в июле 2024 года:

🔸электрической и (или) тепловой энергии, воды, газа, коммунальных услуг, услуг связи;
🔸железнодорожных перевозок;
🔸транспортно-экспедиторских услуг;
🔸реализации услуг по транспортировке грузов по системе трубопроводов;
🔸в других случаях реализации товаров (услуг) на постоянной (непрерывной) основе
;
🔸а также возмещение расходов.

К сведению. ЭСФ необходимо выставлять на календарную дату отгрузки (передачи) товаров или оказания услуг.
👉ПКМ №489 от 14.08.2020

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-avgust

iyul oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-moddasi 4-5 qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).
________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 августа 2024 года - последний день

за июль:


- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #chek_tahrirlash

🗓 15-avgust – AOS toʻlovchilar uchun 2024-yil iyul oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning
oxirgi kuni

AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Manzilli targ‘ibotlar samarasi

Avval xabar berganimizdek, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etilgan bo‘lib, soliq imtiyozlari va preferensiyalar tadbirkorlarning reyting darajasidan kelib chiqib beriladi.

Soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlarga barqarorlik reytingidagi har bir mezon va baholash tartibi bo‘yicha tavsiya va tushuntirishlar berib borilmoqda. Natijada reytingdagi darajasi ko‘tarilayotgan tadbirkorlar safi kengaymoqda.

Jumladan Termiz shahridagi “Agromash motor tex servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida barqarorlik reytingi mezonlari va baholash tartibi to‘g‘risidagi manzilli targ‘ibotlardan so‘ng xo‘jalik yurituvchi subyekt "BB" toifasidan "BBB" toifasiga o‘tdi. Xuddi shunday “Lada-Osiyo-Surxon” mas’uliyati cheklangan jamiyatining reyting darajasi ham bir pog‘ona yuqoriladi.

Mazkur korxonalarda o‘tkazilgan navbatdagi manzilli uchrashuvlar davomida tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingidagi 6 ta mezonga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek, qo‘shimcha ball olish imkoniyatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

👉 Telegram
#JSHODS #soliq_hisoboti

Daromad va ijtimoiy soliq
hisobotini toʻldirish tartiblari o‘zgarmagan

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisob-kitobini
toʻldirish va joʻnatishda xatolik chiqayotganligi soliq to‘lovchi (agent)lar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Soliq hisob-kitobini
toʻldirish va yuborishda xatoliklar kelib chiqmasligini oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi.

Ushbu soliq hisobotini toʻldirish tartibi soliq.uz saytida joylashtirilgan qoʻllanmada batafsil (misollar bilan) ko‘rsatib berilgan.

Xususan;
▪️Hisob-kitob yuridik shaxslar tomonidan yil boshidan oʻsib boruvchi yakun bilan soʻmda toʻldirilishi;
▪️Har bir jismoniy shaxs kesimida hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida maʼlumotida (4-ilova) 11-12-ustunlarda xodimlarga hisoblangan ish haqi tarzidagi daromadlar toʻliq koʻrsatilishi;
▫️11-ustunning jami summasi hisob-kitobning 011-satridagi, 12-ustunning jami summasi hisob-kitobning 0110-satridagi summaga teng boʻlishi shartligi;
▫️13-14-ustunlarda hisoblangan daromad soligʻi summasi SHJBPHga majburiy hisoblangan badallar summasini oʻz ichiga olgan holda aks ettirilishi va boshqa talablar keltirilgan.

❗️Yuqoridagilarga asosan, mazkur soliq hisobotini toʻldirishda qoʻllanmadan foydalaning va mavzuga oid yangiliklarni soliq organlarining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib boring.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

🛑 Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari bo‘lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik, — mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🔺Bunda mahsulot yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan soliq summasini budjetga to‘lashi shart.

🔗 Soliq kodeksi 225-modda

👉 Telegram
#yashirin_iqtisodiyot

Taksi bozori: "soya"dan shaffof biznesga

O‘zbekistonda yaqin vaqtgacha "soya"da bo‘lib kelgan taksi xizmati sohasida transformatsiya yuz bermoqda. Bugungi kunga qadar Soliq qo‘mitasi iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini legallashtirish bo‘yicha salmoqli natijalarga erishdi.

Aprel oyida atiga 6 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan edi. Bugungi kunda integratsiyani yakunlagan agregatorlar soni 142 tani tashkil etmoqda.

Yil boshidan 15-avgustgacha agregatorlar orqali 166 mlndan ortiq qatnov uchun 3 trln so‘mlik fiskal chek berildi. 1-mart holatiga (18,3 mln qatnov) taqqoslaganda qatnovlar soni 9 barobarga ortgan.

Avval norasmiy ishlab kelgan yarim mln nafardan ortiq fuqaro (576,1 ming) yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat koʻrsatadi, bu mart oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2 barobar koʻp.

To'lovlarni fiskallashtirish o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarning daromadlari haqida ma'lumot olish imkonini beradi. Ularning daromadi quyidagicha taqsimlangan:
125,6 ming nafari 1 mln soʻmgacha;
104 ming nafari – 1-5 mln so‘m;
45,3 ming nafari – 5-10 mln so‘m;
78 ming nafari – 10-50 mln so‘m;
7,6 ming nafari – 50-100 mln so‘m.

171 nafar haydovchining daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.

Bu raqamlar norasmiy bandlik va mehnatga haq to‘lashning yashirin shakllarini legallashtirishning natijalarini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Taksi bozorida yashirin aylanmalar ulushini kamaytirish – bu haydovchilar va yo‘lovchilarning huquqlari qonun bilan himoyalangan adolatli va shaffof bozorni yaratish yo‘lidagi muhim qadam.
______________
#теневая_экономика

Рынок такси: от теневого сектора к прозрачному бизнесу


В Узбекистане происходит трансформация сферы услуг такси, которая еще недавно находилась в тени. На сегодняшний день Налоговый комитет добился определенных результатов в легализации этого сектора экономики.

Еще в апреле с информационными системами налоговых органов было интегрировано 6 агрегаторов такси. На сегодняшний день интеграцию прошли 142 агрегатора.

С начала года по 15 августа через агрегаторы осуществили более 166 млн поездок, по которым выданы фискальные чеки на сумму 3 трлн сумов. В сравнении с данными на 1 марта (18,3 млн поездок) число зафиксированных в базе данных поездок увеличилось в 9 раз.

Более полумиллиона граждан (576,1 тысяч), ранее работавших нелегально, теперь официально зарегистрированы как самозанятые в сфере пассажирских перевозок. Свыше 361 тысяч из них оказывают услуги через агрегаторы, что в 2 раза больше, чем по данным, доступным в марте.

Фискализация платежей позволяет получать информацию о том, как распределяются доходы самозанятых водителей:
125,6 тысяч из них за это время заработали до 1 млн сумов:
104 тысячи - от 1 млн до 5 млн сумов;
45,3 тысяч - от 5 млн до 10 млн сумов;
78 тысяч - от 10 до 50 млн сумов;
7,6 тысяч - от 50 до 100 млн сумов.

У 171 водителя доход превысил 100 млн сумов.

Эти цифры наглядно демонстрируют результаты легализации неформальной занятости и скрытых форм оплаты труда.

Обеление рынка такси – это шаг к созданию более справедливого и прозрачного рынка, где права как водителей, так и пассажиров защищены законом.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar uchun soliq imtiyozlari


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq:

⚪️ 2026-yil 1-yanvarga qadar to‘qimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.

⚪️ 2024-yil 1-maydan 2026-yil 1-mayga qadar barqarorlik reytingida “A” va undan yuqori toifadagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek, ushbu toifadagi tadbirkorlik subyektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 1 kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

Surxondaryo viloyatida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida budjetga 1 trln. 504 mlrd. so‘m yo‘naltirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  273,7 mlrd. so‘mga ya’ni 122,2 foizga o‘sishga erishildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#bilasizmi

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar
— qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlardir.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar quyidagilarga bo‘linadi:
▫️sug‘oriladigan;
▫️sug‘orilmaydigan (lalmikor);
▫️haydaladigan yerlar;
▫️pichanzorlar;
▫️yaylovlar;
▫️ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlar.

👉 Yer kodeksi 8-modda

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorda belgilanadi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

Soliq toʻlash muddatlari:
▪️hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
▪️hisobot yilining 1-dekabriga qadar soliqning qolgan summasi.

👉Soliq kodeksi 432-modda

*Soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan bu yilgi soliq toʻlash muddati 4-sentabrga koʻchiriladi.
___________
#знаете_ли_вы

Земли сельскохозяйственного назначения — это земли, предоставленные для нужд сельского хозяйства или предназначенные для этих целей.

Земли сельскохозяйственного назначения подразделяются на:
▫️орошаемые;
▫️неорошаемые (богарные);
▫️пахотные земли;
▫️земли, занятые сенокосами;
▫️пастбищами;
▫️многолетними плодовыми насаждениями и виноградниками.

👉ст.8 Земельного кодекса

Налоговая ставка за земли сельскохозяйственного назначения устанавливается в размере 0,95% к нормативной стоимости сельскохозяйственных угодий.
👉ст.429 НК

Сроки уплаты налога:
▪️до 1 сентября* отчетного года — 30% от годовой суммы налога;
▪️до 1 декабря отчетного года — оставшаяся сумма налога.

👉ст.432 НК

*В связи с предстоящими выходными днями крайний срок уплаты налога в этом году переносится на 4 сентября.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20-avgust - iyul oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma
_______________
#НДС

❗️20 августа - последний день представления отчетности по НДС за июль

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

– Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qanday soliq imtiyozlari mavjud?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq

🟢 Davlat-xususiy sherikchiligi shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshira boshlagandan keyin 10 yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinadi.

❗️Mazkur imtiyoz maktabgacha ta’lim sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlaridan oladigan sof tushum ulushi umumiy realizatsiya hajmida hisobot (soliq) davri yakunlariga ko‘ra kamida 80 foizni tashkil etadigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladi.

🔗 Bugungi kunda viloyatimizda 169 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud.

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

2024-yilda 126 mingdan ortiq
surxondaryoliklar oʻzini oʻzi band qildi

Joriy yilda (16-avgust holatiga) Surxondaryo viloyatida 126 480 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi.

Hududlar kesimida eng koʻp oʻzini oʻzi band qilganlar:

📍
Denov tumanida - 19 899 nafar;
📍
Jarqoʻrgʻon tumanida - 13 345 nafar;
📍Sariosiyo tumanida - 11 805 nafar.


Sohalar kesimida:

👉
Maishiy xizmatlar bo‘yicha - 46 657 nafar;
👉
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha - 42 693 nafar ;
👉
Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha - 13 110 nafar;
👉
Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha - 11 890 nafar;
👉
Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha - 9 550 nafar;
👉
Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha
- 2 580 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qildi.

🔗 Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish.

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Egallangan yerlar va ulardagi bino, inshootlar uchun yer solig‘i qayta hisob-kitob qilinadi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlar belgilangan talablarga mosligi elektron yig‘majild asosida vakolatli tashkilotlar tomonidan 2 oy muddatda o‘rganib chiqiladi.

Agar yer va mol-mulk soliqlaridan qarzdorlik mavjud bo‘lsa, 2 oy muddatda bartaraf etilishi lozim.
Bu haqdagi xabarnoma qarzdorning yashash manziliga yozma shaklda hamda uning telefon raqamiga SMS-xabar tarzida yuboriladi. Bunda vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganish uchun belgilangan 2 oylik muddat to‘xtatib turiladi.

To‘liq shakllantirilgan elektron yig‘majild ma’lumotlari
▫️Mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari e’lonlar burchagi,
▫️Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti va boshqa axborot manbalari orqali jamoatchilikka e’lon qilinadi.

Yer uchastkalariga huquqlarni e’tirof etish Adliya vazirligi tomonidan maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, tegishli shaxslarning telefon raqamiga 20 ish kuni ichida bir martalik to‘lovni to‘lash to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

To‘lov belgilangan muddatlarda to‘lanmasa, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi ish to‘xtatiladi.

To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng elektron yig‘majild 3 oy ichida Xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida muhokama qilinadi.

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi qarorlar rasmiy e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

Huquq belgilash jarayoni tugagandan so‘ng, fuqarolar tomonidan kadastr organlariga huquqni ro‘yxatga o‘tkazish uchun murojaat qilinadi.

Huquqlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgach, yangilangan ma’lumotlar davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etiladi.
👉 Soliq kodeksi 133-modda

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari kadastr ma’lumotlari asosida qayta hisob-kitob qilinadi.
👉Soliq kodeksi 423 va 439-moddalari

Bunda, soliq organlari huquq belgilash qarori qabul qilingan kundan boshlab mazkur yer uchastkalariga Soliq kodeksida belgilangan tartib asosida hamda mahallalarga belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda yer solig‘ini (bir karra) hisoblaydi.

👉 O‘RQ-937-son 05.08.2024-yil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#TTY

Soliq toʻlovchilarga aprel-avgust oylari uchun elektron TTYlarni 1-sentabrgacha rasmiylashtirish imkoniyati berildi


Xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar, 1-iyuldan barcha xo‘jalik subyektlari uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.

Tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirilmoqda.

Soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘p sonli soliq to‘lovchilarning murojaatlari inobatga olinib, aprel-avgust oylarida rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan elektron TTYlarni joriy yilning 1-sentabrigacha (01.09.2024 y.) rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

Bundan avval, yirik soliq to‘lovchilarning murojaatlariga asosan, o‘tgan oylar uchun ikki marta – 1-iyungacha va 1-avgustgacha elektron TTY rasmiylashtirish imkoniyati taqdim etilgan edi.

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, Sizlardan o‘tgan davrda rasmiylashtirilmasdan qolgan elektron TTYlarni berilgan muddatda to‘liq rasmiylashtirish choralarini ko‘rishingiz so‘raladi.
_____________
#ТТН

Налогоплательщикам предоставлена возможность оформить электронные ТТН за апрель-август до 1 сентября

Как сообщалось, с 1 апреля для крупных налогоплательщиков, а с 1 июля для всех хозяйствующих субъектов внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

Исходя из предложений субъектов предпринимательства система оптимизируется.

Налоговым комитетом приняты во внимание многочисленные обращения налогоплательщиков и создана возможность оформления электронных ТТН за апрель-август до 1 сентября текущего года.

Ранее по запросам крупных налогоплательщиков уже дважды был предоставлен доступ к оформлению электронных ТТН за прошедшие месяцы: до 1 июня и до 1 августа.

❗️Уважаемые налогоплательщики, просим принять меры по полному оформлению электронных ТТН, которые не были оформлены за предыдущий период.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Tadbirkorlar “soya”dan chiqqani, faoliyatini kengaytirgani hisobiga 4 ming aholi ishli boʻldi

Ayni daqiqalarda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻistonda biznes va investitsiya uchun qulay muhit, daromad topish uchun yangi-yangi imkoniyatlar paydo boʻlgani taʼkidlandi.

Masalan, faoliyatini mikro-loyihadan boshlagan 13 ming tadbirkor kichik biznesga, yana 351 tasi oʻrta biznesga oʻtdi. Yillik aylanmasi 100 mlrd soʻmdan yuqori tadbirkorlar 43 taga yetdi.

Yil boshidan Qoraqalpogʻistondagi korxonalar 350 milliard soʻmlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.

Natijada tadbirkorlar “soya”dan chiqqani, faoliyatini kengaytirgani hisobiga 4 ming aholi ishli boʻldi. Lekin, imtiyoz olgan ayrim korxonalarda ish oʻrinlari kamaygan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads