Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
7.81K photos
2.43K videos
92 files
6.95K links
Download Telegram
Qumqo‘rg‘onlik soliq to‘lovchilar 2024-yilning yanvar-iyul oylarida 30 mlrd 695 mln so‘m soliq to‘lashdi

Joriy yilning dastlabki 7 oyida Qumqo‘rg‘on tumanidagi soliq to‘lovchilar tomonidan 30 mlrd 695 mln so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 1,9 mlrd so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

Qumqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda tuman hokimi Anvar Normamatov yurt rivojida iqtisodiy barqarorlikning ahamiyati va bunda soliq xodimlarining muhim o‘rni xususida so‘z yuritdi.

O‘tgan davr mobaynidagi soliq tushumlari tahlil qilinib, soliq xodimlarining sa’yi-harakati bilan mahalliy budjetga 1,8 mlrd so‘m mablag‘ qolganligi ta’kidlandi.

Soha xodimlarining fidoyi mehnatlari e’tirof etildi.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markirovka

“Majburiy raqamli markirovkalash lozim boʻlgan tovarlarning chakana savdosini tartibga solish toʻgʻrisida”gi
VMQ 478-son qarorga mutaxassis sharhi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda Soliq qoʻmitasiga quyosh paneli oʻrnatgani uchun yer va mulk soligʻi imtiyozini qoʻllashdagi cheklovni olib tashlash vazifasi qoʻyildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori
oshiriladi

2024-yil 1-sentabrdan pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 %ga oshirilib, quyidagi miqdorlarda baelgilanadi:
▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
▫️yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
▫️nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m.

2024-yil 1-oktabrdan:

🔹budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, “Mehribonlik” va Bolalar uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 %ga;

🔹budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi;

🔹MHTEKM - mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;

🔹BHM - bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilanadi.
__________
#новое_в_законодательстве

Заработные платы, пенсии и пособия повышаются

С 1 сентября 2024 года размеры пенсий и пособий на 15% и устанавливаются в следующих размерах:
▫️базовая величина исчисления пенсии – 428 000 сумов в месяц;
▫️минимальный размер пенсии по возрасту – 834 000 сумов в месяц;
▫️минимальный размер пенсии по инвалидности – 920 000 сумов в месяц.

С 1 октября 2024 года:

🔹размер заработной платы медицинских работников, работающих в бюджетных организациях, а также педагогических работников, работающих в дошкольных, общеобразовательных, средних специальных, профессиональных и внешкольных образовательных учреждениях и организациях, домах-интернатах «Мурувват», Детских домов и домов «Мехрибонлик», детских санаториях, повышается на 15%;

🔹размер заработной платы работников бюджетных организаций повышается на 10%;

🔹МРОТ - минимальный размер оплаты труда – 1 155 000 сумов в месяц;

🔹БРВ - базовая расчетная величина – 375 000 сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

– Men “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganman. Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod ekan. Ushbu imtiyozdan foydalansam bo‘ladimi?

🟢 Soliq kodeksining 421- va 436-moddalariga muvofiq «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mukl va yer solig‘idan ozod etilgan.

📌 Mazkur imtiyoz tegishincha «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi.

❗️ Mazkur imtiyoz “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganlarga tatbiq etilmaydi.

👉 Telegram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 13-avgust kuni "Tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalari" mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 16:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 13 августа на тему "Правила обязательной цифровой маркировки товаров".

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 16:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

"Tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalari" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/1MD6nROe1KY?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Правила обязательной цифровой маркировки товаров".

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/1MD6nROe1KY?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

Kasanachilik faoliyatini rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari


✍️ «Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq 2023-yil 1-martdan 2026-yil 1-yanvarga qadar 3 oydan koʻp 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va kasanachilik asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan koʻprogʻini tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

🟡 foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilgan holda, biroq tadbirkorlik subyekti tomonidan kasanachilarga to‘langan ish haqi miqdorining 1,5 baravaridan oshmagan miqdorda hisoblanadi.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "MY5" TV

Soliq organlarida "mahallabay" va "korxonabay" ishlash tizimining yo‘lga qo‘yilishi, tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita ishlash va mavjud muammolarga birgalikda yechim topish imkonini bermoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
 🔵 "ISHONCH" TV

Surxondaryo viloyatida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida budjetga 1 trln. 504 mlrd. so‘m yo‘naltirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan  273,7 mlrd. so‘mga ya’ni 122,2 foizga o‘sishga erishildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni
_________
Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с Днем предпринимателей группы представителей сферы"

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi farmoyishi
__________
Распоряжение Президента Республики Узбекистан "О награждении нагрудным знаком "Фаол тадбиркор"

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#matbuot_anjumani

🎤Soliq qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining “Tadbirkorlar barqarorlik reytingi – O‘zbekistonda biznesni rivojlantirishning yangi vektori” mavzusida matbuot anjumani boshlandi.

📹 Matbuot anjumani translyatsiyasini jonli tomosha qiling.
__________
#пресс_конференция

🎤 Началась пресс-конференция Налогового комитета совместно с Торгово-промышленной палатой на тему «Рейтинг устойчивости предпринимателей - новый вектор развития бизнеса в Узбекистане».

📹 Смотрите онлайн-трансляцию пресс-конференции

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#matbuot_anjumani
#barqarorlik_reytingi

2024-yil 1-fevraldan
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” joriy etildi.

Reyting natijalari Soliq qoʻmitasining elektron platformasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantirilib, Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borilmoqda.

Shuningdek, reyting maʼlumotlarini real vaqt rejimida Soliq mobil ilovasi hamda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida koʻrish imkoniyati yaratilgan.  
_______
#пресс_конференция
#рейтинг_устойчивости

Рейтинг устойчивости
субъектов предпринимательства внедрен с 1 февраля 2024 года.

Результаты рейтинга формируются в автоматическом режиме (онлайн) на электронной платформе Налогового комитета и публикуются на официальном сайте Торгово-промышленной палаты.

Посмотреть информацию о рейтинге в режиме реального времени также можно в мобильном приложении Soliq и в персональном кабинете налогоплательщика.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#matbuot_anjumani
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlik subyektlari yuqori, o‘rta, va quyi toifalarga ajratiladi.

2024-yil 11-avgust holatiga 130 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻz reytingini oshirdi.
______
#пресс_конференция
#рейтинг_устойчивости

Субъекты предпринимательства делятся на категории с высоким, средним, удовлетворительным и низким рейтингом.

По состоянию на 11 августа 2024 года более 130 тысяч субъектов предпринимательства повысили свой рейтинг.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Jaholatga qarshi ma’rifat

Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari hamda diniy idora vakillari hamkorligida Jarqo‘rg‘on tumani soliq ispeksiyasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda so‘zga chiqqanlar bugun dunyoning turli burchaklarida kuzatilayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar, diniy niqob ostida amalga oshirilayotgan xunrezliklar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Tinch va osuda kunlarimiz qadriga yetish, yot g‘oyalar ta’siridan himoyalanish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlash yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.

👉 Telegram