Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliq_biznes
"Soliq biznes" xizmati bilan — biznes jarayonlaridan tun-u kun xabardor bo‘ling!
Soliq mobil ilovasining yangilangan 2.0.0 versiyasida tadbirkorlar uchun my3.soliq.uz shaxsiy kabinetining ixchamlashgan shakli – "Soliq biznes" xizmati qo‘shildi.
Xizmatdan foydalanish uchun korxona rahbari va bosh hisobchisi Face ID orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
🔹Birinchi sahifada quyidagilar ko‘rinadi:
▫️korxona nomi;
▫️STIR;
▫️barqarorlik reytingidagi o‘rni;
▫️soliq majburiyatlari holati (bajarilgan yoki bajarilmagan).
🔹Keyingi bo‘lim – korxonaning iqtisodiy faoliyatiga tegishli asosiy savollar va ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ular “DSB ma’murchiligi” va “Mahallabay” ishlash tizimidagi mezonlar asosida aks ettiriladi.
Masalan: soliq hisobotlari, hisoblangan soliqlar va yig‘imlar, bank hisobraqamlari, EHF, elektron ishonchnoma va shartnomalar holati.
❗️Bunda hisobraqam to‘xtatilish sababi ham ko‘rsatiladi. Misol uchun, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik, kameral natijalari bo‘yicha talabnomaga javob bermaslik, soliq to‘lovchi o‘zi ko‘rsatgan manzilda bo‘lmasligi...
🔹Shaxsiy kabinetga yuborilgan talabnoma va boshqa yozishmalar alohida kichik bo‘limda jamlangan. Bu yerdan soliq organiga murojaat yuborish imkoniyati ham yaratildi.
🔹Biznes jarayonlarini va buxgalterlar faoliyatini korxona rahbari bilan bir paytda ta’sischilar, biznes hamkorlar va boshqa ishonchli shaxslar ham kuzatib borishi mumkin. Buning uchun korxona rahbari kuzatuvchi rejimini faollashtirishi kifoya.
Soliq to‘lovchilar o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatib, ularning faoliyatiga salbiy yoki ijobiy baho berish mumkin.
"Soliq biznes" – Sizning qulay va tezkor xizmatingiz!
___________
#мобильное_приложение #soliq_biznes
Soliq 2.0.0. Теперь с персональным кабинетом для юридических лиц
В обновленной версии 2.0.0 мобильного приложения Soliq добавлена услуга "Soliq biznes" для предпринимателей - компактная версия персонального кабинета my3.soliq.uz.
Чтобы воспользоваться услугой, руководитель (директор) и главный бухгалтер проходят Face ID авторизацию.
🔹На первой странице отобразятся:
▫️наименование;
▫️ИНН;
▫️показатель рейтинга устойчивости;
▫️статус исполнения или неисполнения налоговых обязательств.
🔹Следующая страница включает в себя основные вопросы и информацию, связанные с хозяйственной деятельностью предприятия. Они отображаются по критериям на основе информационных систем для администрирования плательщиков НДС, а также по принципу «махаллабай».
Например, статус налоговой отчетности, начисленных налогов и сборов, банковских счетов, ЭСФ, электронных доверенностей и договоров.
❗️При этом указывается причина приостановления банковского счета. Например, непредставление налоговой отчетности в срок, оставленные без ответа требования налоговых органов об итогах камеральной налоговой проверки, отсутствие налогоплательщика по указанному им адресу...
🔹В отдельном блоке сгруппированы все требования и другие уведомления, направленные в персональный кабинет. Отсюда предоставлена возможность подать обращение в налоговые органы.
🔹За бизнес-процессами и действиями бухгалтера одновременно с руководителем предприятия могут наблюдать учредители, деловые партнеры и другие доверенные лица. Для этого руководителю достаточно активировать режим наблюдателя.
“Soliq biznes” позволяет установить прямой контакт с прикрепленным к налогоплательщику налоговым инспектором и оценить его деятельность.
“Soliq biznes” – ваш удобный и быстрый сервис!
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#antikorrupsiya
Korrupsiyasiz kelajak sari!
Termiz shahar soliq inspeksiyasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqarayotgan omillar xususida so‘z bordi.
Xizmat vazifasini sidqidildan ado etish, ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, lavozimidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish va hamkasblarining noqonuniy xatti-harakatlariga befarq bo‘lmaslik – har bir soliq xodimining burchi va vazifasi hisoblanadi. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olishda jamoada mazkur illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishning ahamiyati katta.
Muloqotlar davomida soliq xodimlari bilan bog‘liq korrupsion holatlar ham qayd etilib, noqonuniy xatti-harakatlarning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari eslatib o‘tildi.
Shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, soliq xodimlari bilan bog‘liq poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi holatlarga duch kelganda murojaat qilish lozim bo‘lgan “Ishonch telefon” raqamlari, maxsus bot va elektron pochta manzillari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
👉 Telegram

#barqarorlik_reytingi
Barqarorlik reytingi tadbirkorlar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari Termiz shahridagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Aziza family cake” oilaviy korxonasi hamda “Nasimi” xususiy korxonasida bo‘lib, tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar, xususan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.
Bevosita muloqotlar davomida har ikkala tadbirkorlik subyektining barqarorlik reytingidagi toifasi dastlabki oylarga nisbatan ko‘tarilganligi, bunda soliqlarni o‘z vaqtida va ixtiyoriy to‘lash, soliq hisobotlarini to‘g‘ri topshirishning muhim ahamiyati qayd etildi.
Soliq imtiyozlari va preferensiyalar yuridik shaxslarning reyting darajasidan kelib chiqib taqdim etilishi va reyting darajasini oshirishga xizmat qiluvchi mezonlar to‘g‘risida tushuntirish va tavsiyalar berildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #TTY
Xushxabar! Endi haydovchilardan elektron TTYni tasdiqlash talab etilmaydi
Avvalroq Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev Soliq mobil ilovasining yangi versiyasida "Soliq biznes" xizmati ishga tushirilgani haqida ma'lum qilgan edi.
Yangi versiyada yaratilgan yana bir muhim yangilik – elektron TTYni haydovchi tomonidan tasdiqlash talab etilmaydi.
Endi haydovchi yukni qabul qilish yoki yetkazib berishda elektron TTYni faqat o‘z istagiga ko‘ra tasdiqlashi mumkin.
Bundan tashqari, soliq toʻlovchilarning taklif va murojaatlarini inobatga olgan holda elektron TTYni rasmiylashtirishda to‘ldirilishi majburiy boʻlgan 10 ta maʼlumotni kiritish ixtiyoriy tartibga oʻtkazildi. Bular:
▫️yukni yetkazib beruvchi, ekspeditor (STIR va nomi);
▫️mijoz (STIR, shartnoma raqami va sanasi);
▫️buyurtmachi (STIR, shartnoma raqami va sanasi);
▫️yuk ogʻirligi (brutto va netto).

#uchrashuv
Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvda Soliq qo’mitasi Raisi Sh.Kudbiyev ishtirok etdi.

#bilasizmi
🔵 Soliq kodeksiga muvofiq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar e’tirof etiladi:
🔹qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi (basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini, shu jumladan uni o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa);
🔹 yer uchastkalariga ega bo‘lgan (bu yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lsa).
⚪️ Shuningdek, Soliq kodeksiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan (hayvonlar va o‘simliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi:
1️⃣ qishloq va o‘rmon xo‘jaligi o‘simlikshunosligi mahsulotlari;
2️⃣ chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik mahsulotlari;
3️⃣ ipakchilik mahsulotlari;
4️⃣ baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar.
⚠️ Sanoatda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti Kodeksga ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsuloti deb e’tirof etilmaydi.

#hunarmandchilik
Kimlar hunarmand hisoblanadi?
Hunarmand (usto-hunarmand, usto) — mustaqil ravishda yoki shogirdlari yordamida an’anaviy texnologiyalar asosida hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlovchi jismoniy shaxs. Bunda buyumlarning funksional xususiyatlarining tarixan qaror topgan talablariga hamda milliy estetik normalarga javob beradigan maxsus ko‘nikmalar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalaniladi.
15 yoshdan oshgan jismoniy shaxslar hunarmandning shogirdi bo‘lishi mumkin.
Qanday hunarmandlar davlat ro‘yxatidan o‘tadi?
Hunarmandchilik faoliyati subyektlari new.birdarcha.uz sayti yoki davlat xizmatlari markazi orqali davlat ro‘yxatidan o‘tadi.
Ularga YTTlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi, unda hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari ko‘rsatiladi.
Ular uchun davlat boji miqdori YTTlarga belgilangan davlat boji miqdorining 50 %ini, ya'ni BHMning 0,5 barobarini tashkil etadi.
Hunarmandlar qanday faoliyat yuritadi?
Hunarmandlar 43 turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Roʻyxat bilan bu yerda tanishish mumkin
👉https://lex.uz/docs/-6490321#-6491425
Hunarmand ko‘pi bilan 5 nafar shogird jalb etish huquqiga ega va YTT kabi 5 nafargacha xodim yollashi mumkin. Yollanma xodimlarni soliq organlarida hisobga qo‘yish lozim.
Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritilgan hunarmandlar uchun shogirdlar soni cheklanmagan.
Qanday hunarmandlar Milliy katalogga kiritiladi?
Milliy katalogga quyidagi hunarmandlar kiritiladi:
▫️nufuzli xalqaro ko‘rgazma, ko‘rik-tanlov kabi tadbirlarda g‘olib yoki laureat sifatida e’tirof etilganlar;
▫️tegishli sohada san’at va fan arbobi hamda akademiklarning tavsiyasiga egalar;
▫️“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoniga egalar;
Qanday hunarmandlar Reyestrga kiritiladi?
Hunarmandlar reyestriga “Hunarmand” uyushmasining quyidagi a’zolari kiritiladi:
▫️turistik marshrutdagi manzil bo‘yicha o‘z ustaxonasida yoki ijara asosida faoliyat yurituvchilar;
▫️o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni galereyalar, hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlari, mahalliy va xorijiy savdo uylariga shartnoma asosida namoyish va sotish uchun qo‘yayotganlar;
▫️Milliy katalogga kiritilganlar;
▫️“Hunarmand” uyushmasining Badiiy kengashi tomonidan tavsiya etilganlar.
Hunarmandlarga soliq solish
“Hunarmand” uyushmasi a’zolari hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganda qat’iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Agar hunarmand Uyushma a’zosi bo‘lmasa, qat'iy belgilangan miqdorda JShODS to‘laydi.
01.06.2023-yildan 01.01.2025-yilga qadar Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlar uchun AOS stavkasi 50 %ga kamaytiriladi, ya'ni ular soliqni 40% stavka o‘rniga 20% stavkada to‘laydi. AOSni ham qatʼiy belgilangan summada to‘lash mumkin.
“Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan hunarmandlar mehnat stajini hisoblash uchun o‘zlari va xodimlari uchun yiliga kamida 1 BHM (340 000 so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashi lozim.
Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati subyektlari bo‘lgan “Hunarmand” uyushmasining a’zolari ijtimoiy soliq to‘lashdan ozod etiladi.
“Hunarmand” uyushmasiga a’zo hunarmandlarga professional ta’lim muassasalarining maxsus ustaxonalarida hunarmandchilik bo‘yicha ta’lim berishda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi shartnoma tuzish va ko‘rsatilgan xizmat uchun soliq to‘lamaslik huquqi beriladi.

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
Oʻzbekiston Savdo -sanoat palatasi tomonidan “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasi ishga tushirildi.
👍 Unga murojaatlarni taklif2024.uz orqali yoʻllash mumkin.
👍 Ushbu platformadan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan yuqoridagi videoda tanishishingiz mumkin.
Oʻzbekiston Savdo -sanoat palatasi tomonidan “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasi ishga tushirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM