Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
#ochiq_muloqot

Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqoti oldidan qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Unda soha mutaxassislari va tadbirkorlar qurilish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, loyiha, arxitektura, dizayn va muhandislik yo‘nalishidagi tizimli muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘z takliflarini bildirmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamda boshqa tegishli idoralar rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Soliq yangiliklari" informatsion dasturi

Surxondaryoda barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning shu davriga qadar “Soliq hamkor” tizimi orqali Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari yuzasidan 1998 ta murojaat kelib tushdi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan hududiy soliq inspeksiyalarida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etilmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
MAMLAKATIMIZDA  STOL  TENNISI OMMALASHMOQDA

O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi mutaxassislari Surxondaryoda bo‘lib,  viloyatning  shahar  va tumanlarida faoliyat yuritayotgan stol tennisi to‘garaklari murabbiylari bilan uchrashdi.

Unda federatsiya rahbariyati tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, stol tennisini yoshlar orasida yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlab ularni katta musobaqalarga jalb etish va tayyorlash kabi masalalar yuzasidan murabbiylarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, murabbiylarga “Soliq qo‘mitasi raisi kubogi” uchun  Respublikamizning barcha mahallalarida tashkil etilayotgan stol tennisi musobaqalarini  yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash  vazifasi  qo‘yildi.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, 2021-yilda Surxondaryoda stol tennisi to‘garagida 320 nafar yoshlar sportni bu turi bilan shug‘ullangan bo‘lsa, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov viloyat stol tennisi federatsiyasi raisi etib saylangandan so‘ng sportning bu turini rivojlantirishga qaratilgan e’tibor natijasida bugungi kunga kelib stol tennisi to‘garagi qatnashchilari soni  1 ming 500  nafardan oshdi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi  Matbuot xizmati

👉Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suniy_intellekt

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilar uchun sunʼiy intellekt bazasida yaratilgan virtual yordamchini ishga tushirdi

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga 24/7 rejimida maʼlumot berishga mo‘ljallangan, DavrOn deb nomlangan virtual yordamchini ishga tushirdi. U ai.soliq.uz manzilida joylashgan.

DavrOn – samimiy va professional maslahatchi sifatida soliq va soliqqa tortish masalalarida maʼlumotlar hamda personal maslahatlar bera oladi. Virtual yordamchi o‘zbek, rus va ingliz tillarida samimiy muloqot qila oladi.

Mazkur yordamchi 3 oy davomida yaratildi, uni takomillashtirish jarayoni uzluksiz davom ettiriladi. Shu maqsadda Soliq kodeksi, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, meʼyoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar, shuningdek, soliq organlarining call-markaziga kelib tushayotgan onlayn-NKT, EHF, elektron raqamli imzo, elektron hisobotlar, markirovka va boshqa xizmatlarga oid savollarga javoblarni o‘z ichiga olgan 11 mln belgidan iborat bilimlar bazasi yaratildi.

Soliq qo‘mitasi barcha soliq to‘lovchilarni ai.soliq.uz saytidagi virtual yordamchi xizmatidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Virtual yordamchi Soliq qo‘mitasining sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanadigan uchinchi xizmatidir.

▫️2022-yilda soliq to‘lovchilarni masofadan identifikatsiya qilish bo‘yicha Face ID xizmati joriy etilgan. Bugungi kunda xizmat auditoriyasi 6 mln nafardan ortiq mobil ilova foydalanuvchilarini qamrab olgan. Face ID tizimi mukammal ishlashi uchun identifikatsiyadan o‘tish fotosurat yordamida emas, balki haqiqatda mavjud inson tomonidan amalga oshirilayotganini aniqlash uchun maxsus model yaratildi.

▫️Soliq maʼmurchiligiga xizmat qiladigan yana bir sunʼiy intellekt — bu yuk avtotransport vositalari monitoringi tizimi. Kompyuterning ko‘rish modeli yuk mashinalarini boshqa texnikalardan ajratish uchun maxsus kameradan olingan tasvirlardan foydalanadi. Keyinchalik, tizim avtotransport vositasi yuk bilan yoki yuksiz harakatlanayotganini aniqlaydi va olingan maʼlumotlarni tahlil uchun yuboradi. Mazkur texnologiya Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi karyerlarda noruda foydali qazilmalarni qazib olishni kuzatish va hisobga olishda qo‘llanilmoqda.

Soliq qo‘mitasi soliq maʼmurchiligi samaradorligini oshirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda imkoniyatlarni kengaytirib borishni ko‘zlagan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Shafqatsizlik va zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmaydi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari behayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash va ularning tarqalishini oldini olish maqsadida internet kafe,  umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda kitob savdosi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashib, bu turdagi mahsulotlarni sotish va tarqatish taqiqlanishi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.

Bugun Termiz shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirokidagi manzilli targ‘ibot tadbirlarida ham behayolik, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash,  tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik, odob-axloq qoidalariga rioya etish yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉Telegram