Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
7.81K photos
2.43K videos
92 files
6.95K links
Download Telegram
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 24-iyun

may oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика #налог_на_прибыль

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 24 июня 2024 года последний день

за май:


- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qabul

Toshkent soliq texnikumi yangi o‘quv yili uchun qabul e'lon qildi


Toshkent soliq texnikumiga 2024-2025-o‘quv yili uchun 11-sinf va o‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari quyidagi yo'nalishlar bo‘yicha qabul qilinmoqda:
🔹Soliqlar va soliqqa tortish;
🔹Buxgalteriya hisobi;
🔹Bank ishi;
🔹Moliya va moliyaviy texnologiyalar.


📖Ta’lim berish davlat buyurtmasi hamda tо‘lov-kontrakt asosida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
▫️kunduzgi – 2 yil;
▫️sirtqi – 2 yil 6 oy.


👉 Toshkent soliq texnikumi haqida ko‘proq ma'lumotlar

☎️Murojaat uchun telefonlar:
(71) 274-42-69, (94) 414-95-51, (99) 404-08-40.

📍Manzil: Toshkent shahri Uchtepa tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.

👉Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Termiz tumanining og‘ir toifadagi hududi sifatida tanlab olingan “Sharof Rashidov” mahallasini “qizil”dan “yashil” toifaga o‘tkazish, infratuzilma va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “To‘g‘ri tilim tiyolmadim, uqqanim bilan turolmadim,qonun ijrochilari qonunlarni mensimasa g‘alatimasmi?” degan mazmunda murojaat tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Termiz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan  Ma’murjon Ibroximov 2009-yilda Farg‘ona politexnika institutining iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlagan. Ma’lumoti oliy. 

U 2011-yildan 2022-yilgacha Surxondaryo viloyati soliq xizmati organlarida turli lavozimlarda ishlagan.

Surxondaryo viloyati hokimining tegishli farmoyishiga asosan Bandixon tumanining “Zevar” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchisi lavozimiga tayinlangan va 2024-yilning aprel oyiga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hokim yordamchilarini ish faoliyati natijalariga ko‘ra Milliy kadrlar zahirasiga kiritish, ikki yillik mehnat faoliyati natijalariga ko‘ra lavozimini oshirish yuzasidan vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taklif kiritish va hokim yordamchilarini tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori  lavozimlarga o‘tkazishga ruxsat berish belgilangan.

Shu bois, Ma’murjon Ibroximov hech qanday tanlovsiz 2024-yilning 30-aprelida Termiz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
👉 Telegram
Surxondaryoda tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davom etmoqda

Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari Termiz shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bir nechta tadbirkorlik subyektlarida bo‘lishdi.
Unda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 23 ta umumiy mezonlar, shuningdek, joylashgan joy o‘zgarishi, tadbirkorlik subyekti rahbarining qo‘nimsizligi, taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchi tomonidan tuzatishlar kiritilishi kabi holatlar ballar kamayishiga sabab bo‘lishi tushuntirildi. 
Ma’lumot uchun aytish kerakki, reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
▪️AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.
Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:
▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi;
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalarini 3  kunda qaytarib  beriladi.

👉Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda soliq  xizmati  organlari  xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
#onlayn_seminar

"Elektron tovar-transport yuk xati" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉https://youtube.com/live/WEf_ttU_Cwk?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Электронная товарно-транспортная накладная".

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/WEf_ttU_Cwk?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

Surxondaryoda soliq  xizmati  organlari  xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari  fidoiylari!

Barchangizni, 27-iyun-Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Shiddat bilan taraqqiy etayotgan axborot asri jurnalist va blogerlardan yanada ziyraklik, puxta bilim va teran nazarni talab etmoqda.
Chunki axborot ummonining ulkan to‘lqinlariga dosh berish,  oq-qorani ajratib haq so‘zni ayta olish qalam ahlining eng muhim  va asosiy vazifasidir. Kasb bayramingiz bilan qutlar ekanman, siz azizlarga  mana shunday sharafli va mas'uliyatli ishlaringizda azmu shijoat, sabr-qanoat, tan-sihatlik va muvaffaqiyatlar yorligini tilayman. Qadringiz yanada baland, qalamingiz hamisha o‘tkir bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Erkin Narmanov
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
boshlig‘i

👉Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JST

Jahon savdo tashkilotiga a'zoligi sari tashlanayotgan muhim qadamlar


Samarasi past soliq imtiyozlarining bekor qilinishi bozorda raqobat muhitini sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.

Toshkent telekanali "Yangi taraqqiyot dasturi" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va Jahon savdo tashkiloti a’zoligiga erishishda erkin bozor tamoyillarini tatbiq etishni kengaytirishning tadbirkorlik faoliyatiga ijobiy samaralari haqida so‘z yuritildi.

👉 Samarasi past boʻlgan soliq imtiyozlari bekor qilinadi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ozini_ozi_band_qilish

IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar 3 yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi


Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot boʻlib oʻtmoqda.

Unda Davlatimiz rahbari mamlakatimizda soʻnggi yillarda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning samaralari hamda istiqboldagi rejalar haqida soʻz yuritmoqda.

Xususan, bugungi kunda IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi.

Bunday yoshlarimiz yiliga ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqda.

Endilikda IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi berilib, ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_imtiyozi

Magistral yoʻllar boʻyida 50 mingta koʻchma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz
beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_imtiyozi

Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. O‘quvchilarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 % qilib
belgilanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangilik

Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar yer solig‘idan ozod etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Parrandachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalarni va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
👉 PQ-238-son 27.06.2024

Unga ko'ra:

2030-yil 1-yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslar yer solig‘idan (ekin maydonlari bundan mustasno) ozod etiladi.

Imtiyoz Soliq kodeksiga tegishli o'zgartirishlar kiritilgandan keyin qo'llaniladi.

Qishloq xo'jaligi korxonalari uchun mavjud soliq imtiyozlari

Mol-mulk solig'i
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan baza qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash, shuningdek pillachilik uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansidagi mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga kamaytiriladi.
👉 Soliq kodeksi 414-modda

Foyda solig‘i
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xo‘jaligi korxonalari o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan foydasi bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi 0 % etib belgilangan.

Shu bilan birga, soliq to‘lovchilar o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari jami daromadning 90 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etsa, faoliyatning barcha turlari bo‘yicha 0 % miqdorida soliq stavkasini qo‘llashga haqlidir.
👉 Soliq kodeksi 337-modda
___________
#новое_в_законодательстве

Производители птицеводческой продукции освобождаются от уплаты земельного налога

Принято Постановление Президента Республики Узбекистан «О мерах по дальнейшей поддержке сферы птицеводства, внедрению современных генетических технологий и системы кооперации».
👉ПП № 238 от 27.06.2024 г.

Согласно ему:

до 1 января 2030 года субъекты предпринимательства, производящие птицеводческую продукцию, освобождаются от земельного налога с юридических лиц (за исключением посевных площадей).

Льгота будет применяться после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.

Действующие налоговые льготы для сельхозпредприятий

Налог на имущество
При исчислении налога на имущество юрлиц налоговая база уменьшается на среднегодовую остаточную стоимость имущества, находящегося на балансе сельскохозяйственных предприятий, используемого для производства и хранения сельскохозпродукции, а также для разведения тутового шелкопряда.
👉ст.414 НК

Налог на прибыль

Cтавка по налогу на прибыль для сельскохозяйственных товаропроизводителей и предприятий рыбного хозяйства по прибыли, полученной от реализации произведенной ими сельскохозяйственной продукции установлена в размере 0%.

При этом налогоплательщики вправе применять налоговую ставку в размере 0% по всем видам деятельности, если доходы от реализации произведенной ими сельскохозяйственной продукции собственного производства составляют более 90% совокупного дохода.
👉ст.337 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads