Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#uchrashuv
Ayni daqiqalarda savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish va hal etish maqsadida ushbu soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirok etmoqda.
👉 Jonli efir
_________
#встреча
В эти минуты проходит встреча с предпринимателями в сфере торговли и общественного питания для обсуждения и решения проблемных вопросов, с которыми они сталкиваются в своей деятельности.
В ней принимают участие руководство и специалисты Налогового комитета.
👉Прямой эфир
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#ijtimoiy_soliq
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq miqdorlari
Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:
⚪️ yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) – oyiga bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
⚪️ savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga BHMning 50 foizi miqdorida;
⚪️ boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
⚪️ oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – oyiga BHMning 50 foizi miqdorida.
📌 Hozirda BHM – 340 ming soʻm
🔗 Soliq kodeksi 408-modda
👉 Telegram

#onlayn_NKT
O‘zbekistonda birinchi marta soliq organlari fiskal cheklar bo‘yicha dori vositalari savdosi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi
Respublika bo‘yicha 8 002 ta dorixona ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularda 15 609 ta onlayn-NKT mavjud.
Xarid qilingan dori vositalari uchun iste’molchilarga berilgan fiskal cheklarda ko‘rsatilgan MXIK asosida aholining tibbiy preparatlar uchun qancha mablag‘ sarflayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar shakllanadi.
Joriy yilning 5 oyida dori vositalari uchun eng katta xarajatlar Toshkent shahri (2,1 trln so‘m), Samarqand (986,9 mlrd so‘m) va Toshkent viloyatlarida (663,4 mlrd so‘m) qayd etilgan.
Poytaxt ko‘rsatkichlari yirik tibbiyot muassasalarining aynan ushbu hududda joylashganligi hisobiga shakllangan.
Respublika hududlari kesimida eng kam xarajatlar Jizzax (201,3 mlrd so‘m), Navoiy (191,6 mlrd so‘m) va Sirdaryo (170 mlrd so‘m) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
Yuqoridagi raqamlar va har bir hududda ro‘yxatga olingan aholi sonidan kelib chiqqan holda yil boshidan o‘rtacha bir kishi dori vositalariga:
Toshkent shahrida – 750 ming so‘m;
Buxoro viloyatida – 277 ming so‘m;
Samarqand viloyatida – 245,1 ming so‘m sarflagan.
Yanvar-may oylarida aholi jon boshiga nisbatan kamroq xarajatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Qashqadaryo viloyatida – 120 ming so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 118 ming so‘m;
Surxondaryo viloyatida – 114 ming so‘m.
Bunday ma’lumotlar soliq organlarining ma’lumotlar bazasida nafaqat viloyatlar, balki har bir tuman va mahalla kesimida shakllanadi.
Fiskal cheklar ma’lumotlari tahliliga ko‘ra, eng ko‘p mablag‘ quyidagi kasalliklarni davolash uchun mo'ljallangan dori vositalariga sarflangan:
1. yurak-qon tomir kasalliklari;
2. infeksion kasalliklar;
3. og‘riq qoldiruvchi vosita;
4. asab tizimi kasalliklari;
5. oshqozon-ichak kasalliklari;
6. nafas olish yo‘llari kasalliklari;
7. tayanch-harakat tizimi;
8. tomoq-burun kasalliklari;
9. jigar kasalliklari.
Dori vositalari majburiy raqamli markirovkalanishi lozim. Dori vositalari markirovkasining haqiqiyligini Soliq mobil ilovasi orqali tekshirish mumkin.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay
🔵 "ISHONCH" TV
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Termiz tumanining og‘ir toifadagi hududi sifatida tanlab olingan “Sharof Rashidov” mahallasini “qizil”dan “yashil” toifaga o‘tkazish, infratuzilma va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
👉Telegram facebook youtube instagram
🔵 "ISHONCH" TV
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Termiz tumanining og‘ir toifadagi hududi sifatida tanlab olingan “Sharof Rashidov” mahallasini “qizil”dan “yashil” toifaga o‘tkazish, infratuzilma va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
👉Telegram facebook youtube instagram
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#imtiyoz
Umumiy ovqatlanish sohasi uchun soliq imtiyozlari
Umumiy ovqatlanish korxonalariga quyidagi soliq imtiyozlari qo'llaniladi:
🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1 % stavkada to‘laydi;
👉1% ijtimoiy soliq stavkasi hisobotda qanday qo'llaniladi?
🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari —:
▪️AOSni 1 % miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha;
▪️yuridik shaxslar mol-mulk yer soliqlarini ushbu hududlarda joylashgan obyektlar, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan hisoblangan summaning 1 % miqdorida to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 483-modda
__________
#льготы
Налоговые льготы для сферы общепита
Для предприятий общественного питания действуют следующие налоговые льготы:
🔹с 1 апреля 2022 года до 1 января 2025 года субъекты предпринимательства, оказывающие услуги в сфере общественного питания уплачивают соцналог по ставке 1%;
👉Как применить в отчетности ставку соцналога в размере 1%?
🔹с 1 апреля 2022 года до 1 января 2025 года субъекты предпринимательства, зарегистрированные в установленных туристских зонах районов и городов, указанных в решениях Президента РУз, и оказывающие на данных территориях услуги общественного питания, уплачивают:
▪️налог с оборота по ставке 1%;
▪️налог на имущество юрлиц и земельный налог с юрлиц в отношении объектов, расположенных на этих территориях, а также земельных участков, занятых такими объектами, в размере 1% от начисленной суммы этих налогов.
👉ст.483 НК

#savol_javob
– Jismoniy shaxslarning noturar obyektlari uchun mol-mulk solig‘i qanday tartibda hisoblanadi❓
🟢 Joriy yildan e’tiboran soliq yukini adolatli taqsimlash maqsadida, jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarining soliq bazasini hisoblash tartibi yuridik shaxslar uchun belgilangan tartib bilan birxillashtirildi.
🗓 Ya’ni, 2024-yil 1-yanvardan boshlab, jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln so‘m;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln so‘m;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1,2 mln so‘m.
📌 Agar obyektining 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal miqdordan past bo‘lsa, soliq to‘lovchilar ko‘chmas mulk qiymatini soliq solish maqsadlarida baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb qilishlari mumkin. Bunda, mustaqil baholash natijalari soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.
✅ Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxslar so‘nggi 2 yil davomida baholovchi tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkni baholash natijalaridan mol-mulk solig‘i bazasini aniqlashda foydalanish mumkin.
⚠️ Bundan tashqari, 1 kvadrat metr uchun minimal qiymat tartibi jismoniy shaxslar egaligidagi:
▫️qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash;
▫️ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari;
▫️minoralar;
▫️ko‘priklar (estakadalar);
▫️rezervuarlar (o‘t o‘chirish inshootlari, sisternalar);
▫️bostirmalar;
▫️ shiyponlar;
▫️beton maydonlar;
▫️devorlar (bordyurlar) ga nisbatan qo‘llanilmaydi.
🔗 Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘idagi o‘zgarishlar

#integratsiya
Hisobga olish dasturlari (R-Keeper, JOWi, iiko va boshqalar) qanday qilib soliq organlari bilan integratsiya qilinadi?
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi va Davlat reestriga kiritilishi lozim.
Integratsiya qilish va davlat reestriga kiritish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
🔹Hisobga olish dasturlari ishlab chiqaruvchisi integratsiya boʻyicha Fiskal maʼlumotlar operatori (FMO)ga ariza bilan murojaat qiladi;
🔹Arizaga asosan FMO hamda ishlab chiqaruvchi oʻrtasida shartnoma imzolanib integratsiya amalga oshiriladi hamda qaror (VMQ-943) talablariga muvofiqlashtiradi;
🔹Ishlab chiqaruvchi integratsiya yakuni boʻyicha xulosa olish uchun ariza bilan FMOga murojaat qiladi;
🔹Integratsiya belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilganda ijobiy xulosa taqdim etiladi.
Shundan soʻng ishlab chiqaruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar Soliq qoʻmitasiga taqdim qilinadi:
👉Hisobga olish dasturining etalon namunasi;
👉Dasturning muvofiqlik sertifikati;
👉Davlat reestriga kiritish boʻyicha ariza;
👉Shakllantirilgan chek namunasi;
👉Dasturning texnik pasporti;
👉Foydalanish hujjatlari (foydalanuvchi uchun qoʻllanma, va soliq inspektori yoʻriqnomasi);
👉Ariza beruvchining ehtiyot qismlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida kafolat xati;
👉"Kiberxavfsizlik markazi" DUK xulosasi;
👉FMO xulosasi;
👉Dasturning mualliflik huquqi (patent).
Vakolatli organ tomonidan hujjatlar o‘rganiladi, kamchiliklar aniqlanmasa reestrga kiritish boʻyicha qaror qabul qilinadi. Shundan so‘ng FMO tomonidan dasturning zavod yoki seriya raqamlari Davlat reestriga kiritiladi. (Kamchiliklar aniqlanganda rad qilinadi, ishlab chiqaruvchi xatolarni to‘g‘rilab qayta murojaat qilishi mumkin).
Dastur bilan bir qatorda dasturga texnik xizmat koʻrsatuvchi markaz (TXKM) ham davlat reestriga kiritilishi zarur. Buning uchun Soliq qo‘mitasiga Davlat reestriga kiritish boʻyicha ariza va quyidagi hujjatlar yuboriladi:
👉Ishlab chiqaruvchi yoxud uning vakolatli vakili bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
👉TXKMning faoliyat yuritish joyi boʻyicha koʻchmas mulkka yoki undan foydalanishga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat(lar);
👉“Call-markaz”ga ega ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot;
👉Dasturga xizmat koʻrsatish boʻyicha malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassis(lar) toʻgʻrisida maʼlumot.
Shundan soʻng TXKM va FMO oʻrtasida fiskal modul bilan taʼminlash toʻgʻrisida shartnoma imzolanadi. TXKM malakali mutaxassisi FMO axborot tizimiga kiritiladi va unga foydalanishga ruxsat beradi, shuningdek, TXKM soʻroviga asosan FMO fiskal modul bilan taʼminlaydi.
👉Integratsiya qilish uchun FMOga xatlar [email protected] manzili orqali yuboriladi.
👉Xat namunalari

Keshbek: kimlar shubhali xaridor hisoblanadi?
Shubhali xaridorlar – keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.
Xaridni amalga oshirgan shaxs o‘z cheki boshqa foydalanuvchi tomonidan Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini aniqlasa:
▫️chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs foydasiga keshbekdan voz kechishi mumkin;
▫️yoki ushbu shaxs ustidan shikoyat qilishi mumkin. Buning uchun Soliq ilovasida ochiladigan maxsus oynada shikoyat qilishni istaysizmi so‘roviga "ha" javobini tanlash kerak.
Mobil ilova orqali o‘zgalarga tegishli bo‘lgan 15 va undan ortiq QR-kodli chekni ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqida shikoyat kelib tushgan jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reyestriga kiritiladi.
Boshqalar ro‘yxatdan o‘tkazgan o‘z cheki uchun keshbek olsa bo‘ladimi?
Agar shikoyat qilish paytida keshbek to'lanmagan bo'lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga aynan o'sha xaridni amalga oshirganligi va QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa unga tegishli keshbek hisoblanadi.
Agar ushbu faktlarni tasdiqlashning imkoni bo'lmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi.
Shubhali xaridorlar reyestridan qachon chiqariladi?
🔸Soliq organiga keshbek olish huquqi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki sud qarorini taqdim etganda;
🔸Shubhali xaridorlar reyestrga kiritilgan kundan boshlab 12 kalendar oy o‘tganidan keyin.
👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil

🔵 "O'zbekiston 24" TV
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Termiz tumanining og‘ir toifadagi hududi sifatida tanlab olingan “Sharof Rashidov” mahallasini “qizil”dan “yashil” toifaga o‘tkazish, infratuzilma va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
👉Telegram facebook youtube instagram
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Termiz tumanining og‘ir toifadagi hududi sifatida tanlab olingan “Sharof Rashidov” mahallasini “qizil”dan “yashil” toifaga o‘tkazish, infratuzilma va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
👉Telegram facebook youtube instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "Sevimli" TV

#soliq_taqvimi #foyda_soligi
🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 24-iyun
may oyi uchun:
- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика #налог_на_прибыль
🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 24 июня 2024 года последний день
за май:
- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

#qabul
Toshkent soliq texnikumi yangi o‘quv yili uchun qabul e'lon qildi
Toshkent soliq texnikumiga 2024-2025-o‘quv yili uchun 11-sinf va o‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari quyidagi yo'nalishlar bo‘yicha qabul qilinmoqda:
🔹Soliqlar va soliqqa tortish;
🔹Buxgalteriya hisobi;
🔹Bank ishi;
🔹Moliya va moliyaviy texnologiyalar.
📖Ta’lim berish davlat buyurtmasi hamda tо‘lov-kontrakt asosida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
▫️kunduzgi – 2 yil;
▫️sirtqi – 2 yil 6 oy.
👉 Toshkent soliq texnikumi haqida ko‘proq ma'lumotlar
☎️Murojaat uchun telefonlar:
(71) 274-42-69, (94) 414-95-51, (99) 404-08-40.
📍Manzil: Toshkent shahri Uchtepa tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.
👉Telegram

🔵 "SURXONDARYO" TV
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Termiz tumanining og‘ir toifadagi hududi sifatida tanlab olingan “Sharof Rashidov” mahallasini “qizil”dan “yashil” toifaga o‘tkazish, infratuzilma va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
👉Telegram facebook youtube instagram
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Termiz tumanining og‘ir toifadagi hududi sifatida tanlab olingan “Sharof Rashidov” mahallasini “qizil”dan “yashil” toifaga o‘tkazish, infratuzilma va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
👉Telegram facebook youtube instagram
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “To‘g‘ri tilim tiyolmadim, uqqanim bilan turolmadim,qonun ijrochilari qonunlarni mensimasa g‘alatimasmi?” degan mazmunda murojaat tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Termiz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Ma’murjon Ibroximov 2009-yilda Farg‘ona politexnika institutining iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlagan. Ma’lumoti oliy.
U 2011-yildan 2022-yilgacha Surxondaryo viloyati soliq xizmati organlarida turli lavozimlarda ishlagan.
Surxondaryo viloyati hokimining tegishli farmoyishiga asosan Bandixon tumanining “Zevar” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchisi lavozimiga tayinlangan va 2024-yilning aprel oyiga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hokim yordamchilarini ish faoliyati natijalariga ko‘ra Milliy kadrlar zahirasiga kiritish, ikki yillik mehnat faoliyati natijalariga ko‘ra lavozimini oshirish yuzasidan vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taklif kiritish va hokim yordamchilarini tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori lavozimlarga o‘tkazishga ruxsat berish belgilangan.
Shu bois, Ma’murjon Ibroximov hech qanday tanlovsiz 2024-yilning 30-aprelida Termiz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.