Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart


Xoʻjalik subyektlari rasmiylashtirayotgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.


Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

Misol uchun. “G**S**I**” MCHJ tomonidan 2023-yil noyabr oyi uchun hisobot taqdim etilgandan soʻng, 2024-yil yanvar oyida oʻtgan davrning noyabr oyidagi EHFlariga tuzatish kiritilib, jami 96,6 mlrd soʻmlik EHF rasmiylashtirilgan boʻlsada, mazkur davrdagi soliq hisobotiga tuzatish kiritilmagan, natijada 11,8 mlrd soʻmlik QQS hisoblanmasdan qolgan.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

– Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam summasidan daromad solig‘i olinadimi?

📌 Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq:
◽️ fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
◽️kasaba uyushmalari;
◽️ xayriya va ekologiya jamg‘armalari tomonidan soliq to‘lovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablag‘lari tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida o‘n besh million so‘mdan oshmagan daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i olinmaydi.

👉 Telegram Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

Oltinsoy tumanining “Nurafshon”, “Jobu” va “Chep” mahallalariga biriktirilgan soliq inspektori Zarif  Xursanov o‘ziga berilgan vazifalarni astoyidil bajarib, hamkasblariga namuna ko‘rsatmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq imtiyozlari va preferensiyalarni yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi belgilandi

“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. (PQ-193-son 24.05.2024)

Qaror bilan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar)ni yuridik shaxslarning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Bunda:

Reytingi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

🟩yuqori toifaga – 80-100 %
▫️“AAA” – 100 %
▫️“AA” – 90 %
▫️“A” – 80 %

🟦o‘rta toifaga – 50-70 %
▫️“BBB” – 70 %
▫️“BB” – 60 %
▫️“B” – 50 %


❗️Ushbu miqdorlar avval berilgan imtiyozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda 76 ming korxonaning reyting darajasi “B” va undan yuqori. 2023-yilda 25,1 mingta korxonaga 15 trln so‘m soliq imtiyozi berilgan.

Shuningdek, imtiyozlar faoliyat boshlaganiga 6 oy bo‘lmagan tadbirkorlarga ham beriladi.

4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.

Bugungi kunda 4 va 5-toifadagi 60 ta tumanda jami 105,7 mingta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 8,8 mingtasining reytingi “B” va undan yuqori.

Tadbirkorlarning reyting darajasi:
⬇️pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlab qolinadi;
⬆️yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Yoshlik kelgusi umrning qay manzil tomon yo‘nalishini hal etadigan muhim palladir

Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev yoshlar bilan uchrashdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Markaziy istirohat bog‘ida tashkil etilgan uchrashuv ochiq va samimiy tarzda o‘tdi.

Uchrashuvda Sherzod Kudbiyev yoshlarga oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishlari uchun tavsiyalar berdi. Ularni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyorligini bildirdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

Surxondaryoda 2134 ta korxonalarning  218,1 milliard so‘mlik soliq qarzi evaziga ularning mol-mulklari ya’ni transport vositalari, noturar obyektlari xatlab olindi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#deklaratsiya

3-iyun* – jismoniy shaxslar tomonidan 2023-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-modda

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:
▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi.

👉Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin
___________
#декларация

3 июня* - последний день уплаты физическими лицами налога на доходы, исчисленного по данным декларации о совокупном годовом доходе за 2023 год.
👉ст.398 НК

В платежных системах и мобильных приложениях для уплаты:
▶️налога на доходы физических лиц на основании декларации о совокупном годовом доходе следует выбрать код 172;
▶️налога на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду следует выбрать код 182.

*В связи с тем, что 1 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налога переносится на 3 июня.

👉Уплатить налоги можно через мобильное приложение Soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#deklaratsiya

2023-yilda chet eldan pul o‘tkazmasi olgan edim. Soliq organlari buning uchun soliq hisoblashga haqlimi?

Agar jismoniy shaxs jismoniy shaxsdan pul mablag'i olgan bo'lsa, unda bu daromad soliqqa tortilmaydi va jami yillik daromad to'g'risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.

Agar jismoniy shaxs xorijiy yuridik shaxsdan daromad olgan bo'lsa, u holda ushbu daromad 1-aprelgacha taqdim etilishi kerak bo'lgan deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi.

Tijorat banklari soliq organlariga xorijiy yuridik shaxsdan jismoniy shaxsning hisobvarag'iga chet eldan kelib tushgan mablag'lar to'g'risida umumlashtirilgan ma'lumotlarni taqdim etadi.

Agar soliq to'lovchi 1-aprelgacha ushbu daromad bo'yicha deklaratsiya taqdim etmasa, soliq organi o'zida mavjud ma'lumotlarga asoslanib soliq hisoblaydi va bu haqda soliq to'lovchini xabardor qiladi. Hisoblangan soliq to'g'risida batafsil ma'lumot aks ettirilgan xabarnomalar soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan. Bunda soliq summasi 1-iyungacha* to'lanishi lozim.

Agar soliq to‘lovchining hisoblangan soliq summasiga e'tirozi bo‘lsa va tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lsa, u holda ushbu hujjatlarni ilova qilgan holda my3.soliq.uz sayti orqali qayta deklaratsiya taqdim etishi lozim.

*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 2024-yil 3-iyunga ko‘chiriladi.
__________
#декларация

В 2023 году я получил денежный перевод из-за рубежа. Вправе ли налоговые органы начислить по нему налог?

Если физлицо получило денежные средства от физического лица, то эти доходы не облагаются налогом и декларация о совокупном годовом доходе не представляется.

Если физлицо получило доходы от иностранного юрлица, то эти доходы подлежат налогообложению на основании декларации, которую необходимо представить до 1 апреля.

Коммерческие банки предоставляют налоговым органам обобщенную информацию о поступлении на счет физлица денежных средств из-за границы от иностранного юридического лица.

Если налогоплательщик не представит по этим доходам декларацию в срок до 1 апреля, то налоговый орган на основании имеющейся у него информации имеет право начислить налог и известить об этом налогоплательщика. Уведомление с подробной информацией о начисленном налоге имеется в персональном кабинете налогоплательщика. Налог уплачивается до 1 июня*.

Если налогоплательщик не согласен с суммой начисленного налога и у него имеются обосновывающие документы, то ему необходимо подать перерасчет по декларации через сайт my3.soliq.uz с приложением этих документов.

*В связи с тем, что 1 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налога переносится на 3 июня 2024 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Bitiruvchi yoshlar uchun mahorat darslari

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari Termiz shahridagi bir nechta umumta’lim maktablarida bo‘lib, bitiruvchi o‘quvchilar uchun mahorat darslarini tashkil etishdi.

Unda mutaxassislar mamlakat taraqqiyotida iqtisodiy barqarorlikning o‘rni, xususiy biznesni rivojlantirishning ahamiyati, ishbilarmonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bugungi kunda tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.

O‘quvchilarga aksariyat sohalarda xodimlarning ish samaradorligi ma’lum ko‘rsatkichlar asosida baholanishi, xususan tadbirkorlar faoliyati ham 23 ta mezonga ko‘ra baholanib, shunga asosan barqarorlik reytingidagi darajasi belgilanishi tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq yuridik shaxslarga barqarorlik reytingidagi darajasidan kelib chiqqan holda soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar taqdim etish tartiblari to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

👉 Telegram
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlillar natijalari

2024-yil yanvar-aprel oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida Surxondaryo viloyatidagi 967 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan va 28,7 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan.

🔎 Tekshiruvdan oldingi tahlillar – xato va kamchiliklarini mustaqil ravishda — tekshirishlarsiz bartaraf etish imkonini beradi.

👉 Telegram
#ortiqcha_tolov

Yuridik shaxslar
my3.soliq.uz portali orqali ortiqcha toʻlangan soliq summasini qanday qaytaradi

Buning uchun my3.soliq.uz portalining “Barcha xizmatlar” boʻlimida “Yuridik shaxslarning ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish” xizmati tanlanadi

Shaxsiy kabinetga ERI orqali kirilgandan so‘ng ochilgan oynada “Arizani rasmiylashtirish” menyusiga o‘tiladi.

Bu yerda hudud tanlanadi. Shundan so‘ng korxona nomi, pochta manzili va STIR avtomatik shakllanadi. Ariza beruvchining telefon raqami va elektron pochtasi ko‘rsatilishi shart.

Soliq turi tanlanganda obyekt kodi, soliq hisobvaragʻi, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ortiqcha toʻlangan summa (raqamda va soʻz bilan) avtomatik shakllanadi.
Keyingi qatorda ortiqcha toʻlangan soliq summasini vujudga kelgan sanasi va qisqacha sababi yoziladi.

Shundan so‘ng qaytarish yoki hisobga olish ko‘rsatiladi.

Agar boshqa soliq turiga oʻtkazish tanlansa, ortiqcha summa oʻtkazilishi lozim bo‘lgan soliq turi ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng soliq hisobvaragʻi va shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida ma’lumot avtomatik shakllanadi.

Ortiqcha toʻlangan summani qaytarish tanlansa bank MFOsi ko‘rsatilishi lozim. Shundan so‘ng ma’lumotlar shaxsiy hisobvaragʻida avtomatik aks etadi.

Yakunda boshqa soliq turiga oʻtkaziladigan yoki qaytariladigan ortiqcha soliq summasi (raqamda) koʻrsatiladi, soʻz bilan yozilishi avtomatik shakllanadi.

Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi tasdiqlanib “Yuborish” tugmasi bosiladi.

Eslatma. my3.soliq.uz portalida ortiqcha soliq to‘lovlarini avtomatik o‘tkazish funksiyasi ishlab chiqilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik

Mintaqaviy o‘quv-seminarining ochilish marosimida Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzaev, Xalqaro valyuta jamg‘armasining budjet daromarlarini boshqarish bo'yicha maslahatchi Gregori Topping, Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun soliqlar" loyihasining milliy koordinatori Jafar Fazilov ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar so‘nggi besh yilda mahalliy soliq ma’muriyatchiligida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
________
#сотрудничество

В церемонии открытия международного учебного семинара принимают участие первый заместитель председателя Налогового комитета Мубин Мирзаев, советник по управлению бюджетными доходами Международного валютного фонда Грегори Топпинг, национальный координатор проекта «Налоги для ЦУР» Жафар Фазылов.

Докладчиками представлена информация о локальных реформах налогового администрирования за последние пять лет и достигнутых результатах.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads