Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
7.58K photos
2.35K videos
91 files
6.76K links
Download Telegram
#ochiq_muloqot

Soliq qo‘mitasi Raisi ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ)da faoliyat yuritayotgan tadbikorlik subyektlari vakillari bilan yuzma-yuz muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimiyati va “G‘ijduvon” EIZ direksiyasi rahbariyati hamda 30 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari, jumladan xorijiy investor va eksportchi korxonalar vakillari qatnashdi.

Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish hamda investitsiya dasturlari va eksport ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda ishbilarmonlar tomonidan o‘rtaga tashlangan ayrim masalalar shu yerning o‘zida qonuniy yechim topdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan boshqa murojaatlarni hal etish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Maʼlumot o‘rnida. 2024-yil 1-may holatiga “G‘ijduvon” EIZga aʼzo bo‘lgan 43 ta korxonada 2 379 nafar fuqaroning bandligi taʼminlangan.

EIZ hududida shu kunga qadar 528,9 mln AQSH dollari qiymatidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilib, joriy yilning o‘tgan davrida 274,7 mlrd so‘mlik tovarlar realizatsiya qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

- O'tgan yili xarid qilgan uyimni sotsam daromad solig'i to'laymanmi?

Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi:
▫️noturar joylar;
▫️36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylar.

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qatʼiy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig'i to‘lashi lozim.

Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan ko‘p muddatda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va uch yillik muddat soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan har bir obyekti bo‘yicha alohida hisoblanadi.

Jismoniy shaxs mulkida 3 yildan kam muddatda turar joyni sotishdan olgan daromadlari to‘g‘risida doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay, jami daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi va daromad solig‘i summasini 1-iyunga qadar to‘lashi lozim.

Shuningdek, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar bo‘yicha sotib olish va sotish qiymati o‘rtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Ko‘chmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.

👉 Telegram
#savol_javob

- Men “Yoshlar ittifoqidan” imtiyozli kredit asosida uy-joy olganman. Kredit olishda bankka toʻlangan boshlangʻich to‘lov uchun ham soliq imtiyozi bormi?

- Agar yosh oilalar tomonidan ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olingan boʻlsa, ularning ushbu kredit va unga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlariga daromad soligʻi solinmaydi. 2023-yil 1-yanvardan kreditni soʻndirishga yoʻnaltirilgan summa miqdori yiliga MHTEKMning* 80 baravari (84 mln soʻm)gacha (2022-yilda 15 mln soʻm) etib belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 378-modda 16-band

*mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 050 000 soʻm.

Avval bunday imtiyoz budjetdan ajratilgan subsidiya asosida uy-joy sotib olinganda qo‘llanilgan. 2022-yil 1-yanvardan esa yosh oilalar uchun ushbu talab bekor qilindi.

Bunda soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh)ga toʻlguniga qadar qoʻllaniladi.

Ushbu soliq imtiyozi boshlangʻich toʻlov uchun yoʻnaltirilgan daromadlarga qoʻllanilmaydi.
__________
#вопрос_ответ

- Я получил жилье по льготному кредиту от "Союза молодежи". Есть ли налоговая льгота для первоначального взноса, который я уплатил в банк?

- Если молодая семья получает жилье в ипотечный кредит, то освобождаются от налога те доходы, которые она направляет на его погашение. С 1 января 2023 года сумма погашения кредита должна составлять до 80 МРОТ* (84 млн сумов) в год (в 2022 году эта сумма составляла 15 млн сумов).
👉п.16 ст.378 НК

* минимальный размер оплаты труда = 1 050 000 сумов

Ранее такая льгота предоставлялась только при условии, что жилье приобретено с учетом субсидии из бюджета, а с 1 января 2022 года это требование было отменено.

Налоговая льгота применяется до достижения супругами или одним из них установленного возраста (30 лет).

Данная налоговая льгота не распространяется на сумму первоначального взноса.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#jamoatchilik_kengashi

Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik kengashi a’zolari VM-595-son qarorni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi 16-may kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Avvalo, tadbirkorlar onlayn nazorat-NKTlarni erkin tanlashi va soliq organlari tomonidan muayyan bir rusumdagi texnikadan foydalanishga majburlashga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi dolzarb masala ko‘tarildi.

Mutaxassislar Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (VMQ-595-son 22.09.2021) qarorida belgilangan normalar bo‘yicha ham fikr almashdi. Ayni paytda mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’siri baholashdan o‘tkazilmoqda.

Jamoatchilik kengashi a’zolari mazkur hujjatni takomillashtirish, xususan, QQS guvohnomasini olish va uni bekor qilish tartibini qayta ko‘rib chiqish, soliq xavfi darajasini aniqlash va boshqa talablar bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.
__________
#общественный_совет

Члены Общественного совета при Налоговом комитете дали свои предложения по пересмотру положений ПКМ №595

16 мая в онлайн-формате состоялось очередное заседание Общественного совета при Налоговом комитете.

В первую очередь, был затронут актуальный на сегодняшний день вопрос о свободном выборе предпринимателем онлайн-ККТ и недопустимости принуждения со стороны налоговых органов к использованию определенной модели.

Специалисты также обменялись мнениями по положениям Постановления Кабинета Министров "О мерах по дальнейшему совершенствованию учета налогоплательщиков и упрощению порядка возмещения НДС" (ПКМ № 595 от 22.09.21 г.). В данное время проводится оценка регуляторного воздействия этого нормативно-правового акта.

Членами Общественного совета высказаны предложения по усовершенствованию документа, в частности, пересмотру порядка получения и аннулирования действия свидетельства НДС, определения уровня налогового риска и других требований.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#e_ijara

Joriy yilda Surxondaryo viloyatida 14297 ta ijara shartnomalari tuzildi

2024-yilning 15-may holatiga Surxondaryo viloyati soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari soni 14297 tani tashkil etdi. Jumladan:

▪️Jismoniy shaxslar o‘rtasida - 9767 ta;
▪️Yuridik shaxslar o‘rtasida - 4530 ta.

⚪️ Eng ko‘p ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yilgan hududlar:
▫️Yuridik shaxslar o‘rtasida:

1️⃣ Termiz shahrida – 1228 ta
2️⃣ Denov tumanida – 802 ta
3️⃣ Sariosiyo tumanida – 391 ta

◽️Jismoniy shaxslar o‘rtasida:

1️⃣ Termiz shahrida – 4196 ta
2️⃣ Denov tumanida – 1562 ta
3️⃣ Jarqo‘rg‘on tumanida – 680 ta

🔗 Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉 Telegram
#mahallabay

Mehnat va rag‘bat

2024-yilning aprel oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra, viloyatimizdagi 724 ta mahallaga biriktirilgan 266 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 94,3 ballni tashkil etib, Surxondaryo viloyati Respublikada eng yuqori natijaga erishdi.

Shaxsiy tarkib ishtirokidagi navbatdagi xizmat yig‘ilishida aprel oyida viloyatimizdagi 102 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi 90 balldan, 37 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi esa 95 balldan yuqori bo‘lganligi alohida etirof etildi.

Xususan, mahallaga biriktirilgan soliq inspektorlari orasida viloyatda eng yuqori natija 96,8 ballni qayd etgan Oltinsoy tumanining “Nurafshon”, “Jobu” va “Chep” mahallalari soliq inspektori Xursanov Zarif Qo‘ziboyevichga Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

👉 Telegram
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar ham qurilish ishlari bilan shug‘ullanishi mumkin


✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

🔸yakka tartibdagi tadbirkorlarga (YTT) murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni, shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishga;

🔸qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida YTTlarni jalb qilishga ruxsat berildi.

YTTlar umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun 5 nafargacha xodimlarni yollashi mumkin.

❗️Umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda kamida 3 nafar xodimni yollagan YTTga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnat qurollari va asbob-uskunalarni sotib olishga subsidiya ajratiladi. Bunda, subsidiya miqdori bitta xodim uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmasligi lozim.

👉 Telegram
#qonun_loyihasi

Senatning 52-yalpi majlisida “Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi

Qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida belgilangan huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 % (amaldagiga nisbatan qariyb 98 %ga qisqaradi) miqdorida qollanilladi.

Mazkur huquqbuzarlik moliyaviy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori 20 %ni tashkil etishi belgilanmoqda.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni yanada maqbullashtirishga va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads