Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.47K photos
2.33K videos
91 files
6.7K links
Download Telegram
#seminar

Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan bevosita muloqot o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi seminar tashkil etildi. Unda soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarish va yangiliklar, xususan “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z bordi.

Qarorga ko‘ra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi joriy etilmoqda.

Endilikda Soliq qo‘mitasi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga bir qancha ma’lumotlar taqdim etib boriladi.

Xususan, “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi o‘lchov birligi, narxi) ma’lumotlari, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga esa budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar, shuningdek loyiha va pudrat tashkilotlarining JShODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi ma’lumotlari joylab boriladi.

Seminar davomida tadbirkorlarga ochiq va shaffof biznesni yo‘lga qo‘yish, ishchi-xodimlar sonini yashirmaslik, barqarorlik reytingida yuqori natijalarga erishib, berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalanish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning tadbirkorlar faoliyatini baholab boruvchi mezonlar haqidagi fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

2024-yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatda 128 mlrd 600 mln so‘mlik soliq qarzi undirildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-may

aprel oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JSHODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar);

________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 мая 2024 года последний день

за апрель:


- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389 Налогового кодекса, ч. 4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса);

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#JShODS #YTT

2024-yil 15-may - may oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

👉 O‘zbekistonda 274,7 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
____________
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

15 мая 2024 года - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за май.

👉 В Узбекистане осуществляют деятельность 274,7 тысяч индивидуальных предпринимателей

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Zargarlik sanoati va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq imtiyozlari taqdim etildi

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi (O‘RQ-926-son 13.05.2024).

Mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni xomashyo resurslari bilan taʼminlash va ularning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek turizmni rivojlantirish maqsadida Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq quyidagi vaqtinchalik soliq imtyozlari taqdim etilmoqda:

🔹 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi;

🔹 2026-yil 1-yanvargacha kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi foyda solig‘idan ozod qilinadi.

👉 Telegram
#mahorat_darsi

Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda soliqlarning o‘rni

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi mutaxassislari Termiz shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchilari bilan uchrashdi. O‘quvchilar bilan bevosita muloqotda mamlakat taraqqiyotida iqtisodiy barqarorlikning o‘rni va bunda soliqlarning ahamiyati to‘g‘risida so‘z bordi.

Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning erkin faoliyat yuritishlarini ta’minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan soliq sohasini takomillashtirish, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarayotgan ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 1-fevralidan joriy etilgan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidan ko‘zlangan maqsad ham intizomli soliq to‘lovchilarni aniqlash va ularni doimiy tarzda rag‘batlantirib borishdir.

Uchrashuv davomida bitiruvchilarga barqarorlik reytingining mazmun-mohiyati, soliqlarning davlat budjetini shakllantirishdagi muhim o‘rni va soliq sohasini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

Soliq imtiyozi bekor qilinganda QQS summasini hisobga olish boʻyicha videoqoʻllanma

QQS imtiyozi bekor qilingan taqdirda, soliq toʻlovchi soliq organida QQS toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtgan sanada oʻz balansida mavjud boʻlgan tovar-moddiy qoldiqlarning soʻnggi 12 oy ichida kirim qilinganlari boʻyicha va uzoq muddatli aktivlarning balans qiymatida QQS summasini hisobga olish huquqiga ega.

👉 Batafsil
__________
#НДС

Видеоинструкция по зачету НДС при отмене льгот

В случае отмены льготы по НДС, налогоплательщик имеет право на зачет суммы НДС по остаткам товарно-материальных запасов, приобретенных в течение последних 12 месяцев на дату постановки на регистрационный учет, и по долгосрочным активам исходя из балансовой (остаточной) стоимости указанных объектов.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads