Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi
302 subscribers
5.53K photos
1.14K videos
17 files
2.33K links
SurxonQBB
Download Telegram
Surxondaryo viloyatining Termiz, Angor va Boysun tumanlarida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi qurilish ishlari holati o‘rganildi.

Termiz tumanining “Yangiobod” mahallasida bunyod etilayotgan massivda ko‘p qavatli turar joylar qurilishi, “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini tashkil etish, 3 500 o‘rinli amfiteatr, muzey binosi barpo etilishi bilan bog‘liq ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, massivda bolalar maydonchalari, fontanlar qurilishi, “Magic city” dam olish va ko‘ngilochar majmuasi hamda sanoat zonasini tashkil etish borasidagi rejalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Angor tumanidagi “Sharq guli” hamda Boysun tumanidagi “Mustaqillik” mahallalarida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida ham ko‘p qavatli turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari qurilishining borishi o‘rganildi. Ishchi guruh mas’ullarga qurilish sifatini oshirish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.


Telegram | Facebook
#Kuz_qish
#Surxondaryo

Viloyatdagi boshqaruv servis kompaniyalari mas’ullari tomonidan ko‘p qavatli uylar hududi tartibga keltirilib, fasad qismlari ta'mirlanmoqda. Bundan tashqari, kanalizatsiya quduqlari profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.


Telegram | Facebook
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, majburiy badal to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishi shart. Ushbu mablag‘lar Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan umumiy mulkni saqlash, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash, shuningdek, uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlariga yo‘naltiriladi.

Qarzdor xonadonlarga rasmiy ogohlantirish xatlari yuboriladi. Agar to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, qonunchilikka asosan sud tartibida undiriladi.

Hurmatli yurtdoshlar, qonun talablariga mas’uliyat bilan yondashish va o‘z majburiyatlarimizni bajarish – barchamizning burchimizdir!

Telegram | Facebook
E‘LON!

Joriy yilning 31-iyul kuni soat 11:00 dan boshlab Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari N.To'raqulovning Denov tumani Buyuk kelajak mahallasida sayyor qabuli oʻtkaziladi.

Sayyor qabulda sohaga oid muammolar, taklif va mulohazalar tinglanadi.

Manzil: Denov tumani Buyuk kelajak mahallasi Toshkent ko'chasida joylashgan "Denov Inter Servis Mir boshqaruv servis" MCHJ binosida.

Ma‘lumot uchun telefon: (+998) 99 673-89-89.

Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
.

Telegram | Facebook
#Kuz_qish
#Surxondaryo

Uzun tumanida "SHER PANJA FAYZ" boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uylarning fasad qismlarida va elektr jihozlari ta’mirlanmoqda. Shu bilan birga, atrof-muhit turli chiqindilardan tozalanmoqda.

Telegram | Facebook