Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
821 subscribers
7.18K photos
439 videos
40 files
1.62K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
#Yangiariq_IM
#kitobxonlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan o'quvchilar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida bir qancha tanlov va tadbirlar tashkillashtirilmoqda.

🏢Shu bois Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasida ham "Bir haftada bir kitob" shiori ostida o'tkazilgan O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari bo'yicha davra suhbati o'tkazildi, asar yuzasidan savol-javoblar bo'lib o'tdi.

📚Maktabimizda muntazam ravishda "Men sevgan asar" mavzusida davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda. Bu galgi davra sihbati 5-sinflar o'rtasida bo'lib o'tdi.
5👍2🔥2
#Yangiariq_IM
#kitobxonlik

🏢Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasida "Bir haftada bir kitob" shiori ostida Amir Temurning "Temur tuzuklari" asari bo'yicha davra suhbati o'tkazildi, asar yuzasidan savol-javoblar bo'lib o'tdi.

🔰Ushbu davra suhbati ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi X. Abdurahmonova tomonidan 8-a sinf o'quvchilari ishtirokida tashkillashtirildi.
👍82
#Kitobxonlik

Agentlik maktablarida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish hamda kitob mutolaasiga qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida turli tadbirlar tashkillashtirilmoqda. Jumladan:

📚Xonqa tuman IMda o‘tkazilgan kitob marafoni "Urganch kitob markazi" MChJ bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Kitob savdosida jami 157 dona 1mln.575 ming so‘mlik kitoblar sotib olinib, shundan 74 dona 1mln.380 ming so‘mlik kitoblar maktab kutubxonasiga hadya qilindi.

📚 Urganch shahar 1-son IMIda "Bir farzandga uch kitob" aksiyasi doirasida kitob yarmarkasi bo'lib o'tdi.

📚 Xiva shahar 1-son IMIning 11-sinf o'quvchilari Urganch shahridagi "Kitob bilim - xazina" xususiy muassasiga sayohat qilishdi.

📚 Yangiariq tuman IMda "Bir haftada bir kitob" shiori ostida jahon adabiyoti durdonalariga bag‘ishlagan davra suhbati 10-sinflar o'rtasida bo'lib o'tdi. O'quvchilar Rashod Nuri Guntekinning "Choliqushi" asari yuzasidan o'zaro fikr almashdilar, savol-javob qildilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍21
#Yangiariq_IM
#Kitobxonlik

📚Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-sinf o'quvchilari maktab kutubxonasi, zamonaviy va badiiy adabiyotlar, jahon adabiyoti durdonalari, kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

📸 Fotosuratlarda kutubxona mudiri F. Matyoqubova, sinf rahbarlar Q. Abdullayev, S. Bekmuradov hamda 5-A va 5-B sinf o'quvchilari.

🌐 Telegram | Facebook
4
#Yangiariq_IM_
#kitobxonlik_

🔰2024-yil 17-sentabr kuni Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasida o'zbek adabiyoti taniqli vakili Abdulla Qahhor tavalludi munosabati bilan ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi M.Rahmonova va 6-A sinf o'quvchilari ishtirokida qizg'in davra suhbati bo'lib o'tdi.

📚Asar o'quvchilarda yaxshi taassurot qoldirgani sabab, o'quvchilar A.Qahhor hikoyalarini kutubxonaga a'zo bo'lib olib ketishdi.
1👍1
#Yangiariq_IM
#kitobxonlik

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari maktab kutubxonasi xodimlari bilan birgalikda turli tadbirlar tashkil qilib kelmoqdalar. Jumladan:

📕16-sentabr kuni ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Matluba Hamrayeva 6-B sinf o'quvchilari bilan birgalikda maktab kutubxonasida "Bir haftada-bir kitob" shiori ostida G'afur G'ulomning "Shum bola" asari bo'yicha taqdimot o'tkazdi.

📘17-sentabr kuni o'zbek adabiyoti taniqli vakili Abdulla Qahhor tavalludi munosabati bilan ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mavluda Rahmonova va 6-A sinf o'quvchilari ishtirokida qizg'in davra suhbati bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
1👍1🔥1🥰1
#Kitobxonlik

📖 Xiva shahridagi Prezident maktabida 5-sinflar o‘rtasida R.Kiplingning “Maugli” asari asosida “Namunali kitobxon sinf” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📖 Yangiariq tuman IMda kutubxona mudiri F.Matyoqubova 7-B sinf o'quvchilari bilan "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o'tkazdi.

📖 Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari Viloyat axborot-kutubxona markaziga sayohat qilishdi. Markaz xodimlari skanerlash, raqamlashtirish hamda raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash jarayoni bilan tanishtirdilar.

📖 Urganch shahar 1-son IMI kutubxonasida Mark Tven tavalludining 180 yilligi munosabati bilan ko‘rgazma tashkil qilindi va “Tom  Soyerning boshidan kechirganlari” asari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

📖 Xiva shahar 1-son IMIda 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Togʻay Murodning "Yulduzlari mangu yonadi" asari asosida "Yosh kitobxon" tanlovi oʻtkazildi.

📖 Tuproqqalʼa tumani IMning 6-A sinf oʻquvchilari bilan "Besh tashabbus " doirasida kitobxonlik tanlovi oʻtkazildi.

🌐Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM #Kitobxonlik_haftaligi

📚“KITOB - ZIYO VA TAFAKKUR CHASHMASI” SHIORI OSTIDA KITOBXONLIK HAFTALIGI

❇️ Bugun ertakshunos yozuvchi Hans Kristian Anderson tavalludi munosabati bilan 2-aprel - “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” deb e'lon qilingan. Shu munosabat bilan “Kitob - ziyo va tafakkur chashmasi” shiori ostida kitobxonlik haftaligi o‘tkazilmoqda.

⚡️Kitobxonlik haftaligi doirasida ona tili fani o'qituvchisi M.Hamrayeva 6-sinf o'quvchilari bilan birgalikda Hans Kristian Andersonning "Qor malikasi" ertagi bo'yicha davra suhbati o'tkazdi.

🎯Davra suhbati davomida o'quvchilar ham faol ishtirok etishdi va tadbir ularda qizg'in taassurot qoldirdi
🔥8👍3🥰1👏1
#Kitobxonlik

📚 “KITOB - ZIYO VA TAFAKKUR CHASHMASI” SHIORI OSTIDA KITOBXONLIK HAFTALIGI BO'LIB O'TDI

“Xalqaro bolalar kitoblari kuni”
munosabati bilan o'tgan hafta davomida ta'lim muassasalarida kitobxonlik haftaligi o‘tkazildi. Jumladan:

▪️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kutubxonasida "Ertaklar olami" mavzusida ko'rgazma tashkil qilindi. Shuningdek, "Dunyo tilsim - kitob uning kalitidir" mavzusida o'quvchilar bilan davra suhbati o'tkazildi.

▪️Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida kutubxona xodimi Ozoda Jumaniyozova 5-sinf o'quvchilari bilan bugungi kundagi kitob o'qish ma'daniyati, uning foydalari haqida suhbatlashdi. Shuningdek, Hans Christian Andersenning "Irkit o'rdakcha" multifilmini tomosha qilishdi.

▪️Haftalik doirasida Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ona tili fani o'qituvchisi M.Hamrayeva 6-sinf o'quvchilari bilan birgalikda Hans Kristian Andersonning "Qor malikasi" ertagi bo'yicha davra suhbati o'tkazdi.

🌐
Telegram | Facebook
👍5🔥1
#Kitobxonlik

Yangiariq tuman IM kutubxonasiga "Zulfiya" mukofoti sovrindori Yorqinoy Ernazarova tomonidan mualliflik badiiy va ilmiy kitoblari sovg'a qilindi.
Shuningdek, "Yoshlar haftaligi" doirasida kitobxonlar davra suhbati o'tkazildi.

Xonqa tuman IMda "Kitob sevar millat" shiori ostida kitob yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, tuman kutubxonasida Xonqa tuman IM o'quvchilar o'rtasida "Zakovat" o'yini o'tkazildi.

Ogahiy ijod maktabining 8-sinf oʻquvchilari uchun tarbiyachi Xorun Muso tomonidan "Bu yilda oʻqish zarur bo‘lgan 100 ta kitob" bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Tuproqqal‘a tuman IMda Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani bo‘yicha kitobxonlik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Xiva shahar 1-son IMIda 8-sinf o'quvchilari bilan tarbiyachi H.Ulliyeva boshchiligida jahon adabiyoti vakili Yuy Xuaning "Yashamoq" romani yuzasidan davra suhbati o'tkazildi.

Urganch shahar 1-son IMIda Genry Gilbertning "Robin Gud" asari bo'yicha "Yosh kitobxon" tanlovi o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1