Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
683 subscribers
5.09K photos
334 videos
37 files
1.27K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
Forwarded from Zakovat: Xorazm
📣 21-sentabr kuni soat 9:00 da Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi!

3️⃣0️⃣ Hududiy
bosqich o‘yini jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi.

🤵‍♂️ Ushbu turnirda viloyatimizdagi quyidagi jamoalar ishtirok etishadi:

1. Xiva shahridagi Prezident maktabi;
2. Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi;
3. Urganch shahar 1-son IMI;
4. Bog'ot tumani IM;
5. Hazorazp tumani IM;
6. Qo'shko'pir tumani IM;
7. Xonqa tumani IM;
8. Yangibozor tumani IMI;
9. Yangiariq tumani IM;
10. Xiva shahar 2-son IM;
11. Tuproqqal'a tumani IM;
12. Shovot tumani IMI;
13. Xiva shahar 1-son IMI.

👥 Turnirda jamoalar 7 nafar
(6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira) ishtirokchidan iborat bo‘ladi.

📄 Hududiy bosqichda qatnashadigan jamoalardan o‘yinga o‘zlari bilan maxsus shakldagi arizani to‘ldirgan holda olib borishlari talab etiladi.

🕞 Hududiy bosqich o‘yini barcha hududlarda 21-sentabr, shanba kuni soat 09:00da boshlanadi.

🔝3️⃣ Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etadi.

📕 Turnir nizomi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin!

❗️Eslatib o'tamiz, jamoalar kechikmasdan, ariza va shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi so'raladi.

🗓 Sana: 21-sentyabr (shanba)

Vaqt: 09:00 (08:30 da jamoalarni ro'yxatga olish boshlanadi)

📍Manzil:
Urganch shahridagi 1-son IMI.

🗺 Mo'ljal: Urganch shahar bozori, To'maris-Nur gipermarketi.

⚓️Lokatsiya👈

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiariq_IM
#kitobxonlik

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari maktab kutubxonasi xodimlari bilan birgalikda turli tadbirlar tashkil qilib kelmoqdalar. Jumladan:

📕16-sentabr kuni ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Matluba Hamrayeva 6-B sinf o'quvchilari bilan birgalikda maktab kutubxonasida "Bir haftada-bir kitob" shiori ostida G'afur G'ulomning "Shum bola" asari bo'yicha taqdimot o'tkazdi.

📘17-sentabr kuni o'zbek adabiyoti taniqli vakili Abdulla Qahhor tavalludi munosabati bilan ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mavluda Rahmonova va 6-A sinf o'quvchilari ishtirokida qizg'in davra suhbati bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM_
#Ochiq_dars_

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 18-sentabr kuni 7-B sinf o'quvchilari ishtirokida fizika fanidan "Zichlik" ( Density) mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

Mashg'ulot davomida o'quvchilar fizik atamalarni va mavzuga doir masalalarni ingliz tilida o'rganishdi va bajarishdi.

Fan o'qituvchisi: Bobojonova Tojigul
#Yangiariq_IM_
#Ota_onalar_majlisi

🏢Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yil 18-sentabr kuni 10-sinf o'quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida umumiy majlis o'tkazildi.

🔰Majlisda 10-sinf o'quvchilari tanlagan yo'nalishlar va erishilgan yutuqlar, qo'lga kiritilgan sertifikatlar sarhisob qilinib, kelgusi 2 yil uchun rejalar kelishib olindi.

Majlis so'ngida ota-onalar o'zlari qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, takliflarini aytishdi.
#Yangiariq_IM_

🔰Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Qurbannazarov Ilyosbek RUS TILI fanidan xalqaro tan olingan C1 darajadagi sertifikatga ega bo'ldi.

💫O'quvchimizni, uning ustozlari va ota-onasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

Ta'kidlab o'tish lozimki bu sertifikat o'quvchimizga rus tili fanidan universitet kirish imtihonlarida 100% imtiyozni beradi.
#Yangiariq_IM_
#saflanish_

🏢Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi o'quv yilining 3-haftasi yakuni bo'yicha umumiy yig'ilish o'tkazildi.

💫Yig'ilishda hafta davomida erishilgan natijalar va yutuqlar sarhisob qilinib, kelgusi hafta uchun ko'zlangan maqsadlar aytib o'tildi.