Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
684 subscribers
5.25K photos
342 videos
37 files
1.29K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil

Agentlik tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, olib borilgan oʻrganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bagʻishlangan yigʻilishlar boʻlib oʻtmoqda.

ZOOM platformasi orqali oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilishda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Fargʻona, Namangan, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini toʻliq ingliz tilida oʻqitishni yanada kuchaytirish, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqaro murojaatlari bilan ishlash singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, ijro intizomi, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablagʻlardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube