Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
683 subscribers
5.23K photos
338 videos
37 files
1.28K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
#Dars_jarayoni
#Ochiq_darslar

💫 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ingliz tili fani o'qituvchisi Gulzoda Jumaniyazova 5-a sinfda "Magic world of fairy tales" mavzusida ochiq dars tashkillashtirdi.

⚜️ Dars davomida o'quvchilar pantomima, og'zaki tezkor savol-javoblar, o'qish ko'nikmasi bo'yicha yozma va og'zaki topshiriqlar bajardilar. 2 guruhga bo'lingan o'quvchilar "Little Red Riding Hood" (Qizil qalpoqcha) va "The Bun" (Bo'g'irsoq) ertaklarini role-play tariqasida sahnalashtirdi.

❗️ Dars mashg'ulotida o'quvchilar reading (o'qish) va speaking (gapirish) ko'nikmalarini keng qo'llashdi va erkin fikrlarini bildirishdi.

🌐 Telegram | Facebook | You tube
#Dars_jarayoni
#Ochiq_darslar

⚜️ 27-aprel kuni Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fizika fani oʻqituvchisi Jumanazarov Usmonjon 8-b sinfda fizika fanidan "Magnit maydonning tokli oʻtkazgichga taʼsiri" mavzusida ochiq dars tashkillashtirdi.

♻️Dars davomida oʻquvchilarga video materiallar namoyish etildi, tajribalar oʻtkazildi, koʻrgazmali qurollardan keng foydalanildi. Savollarga tez javob oʻyini darsni qiziqarli oʻtishini taʼminladi.

🌐 Telegram | Facebook | You tube
Forwarded from GrantGO
Turkiyaning Bilkent universitetida bakalavr bosqichini istalgan soha bo'yicha o'qish uchun 100% gacha grantlar

Talablar
— Dasturda Turkiya fuqarosi bo'lmagan barcha nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuning uchun ham nomzodlardan har bir bandi 5,5 darajadan kam bo'lmagan IELTS 6,5 yoki TOEFL iBT-87 sertifikati talab qilinadi.

Foydali tomonlari
— 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% gacha kontrakt puli qoplab beriladi;
— Kontrakt puli 100% qoplab beriladigan, ya'ni to'liq grantni qo'lga kiritgan nomzodlarga yotoqxona xarajatlari uchun ham grant ajratilishi mumkin.

Oxirgi muddat
12.07.2023

Batafsil
https://grantgo.uz/go/22388

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Turkiya

Telegram | Facebook | Instagram
Assalomu alaykum!

Bugun 29-aprel, Shanba.

🎊 BAYRAMLAR:

🤲 Xalqaro tilaklar kuni
💃 Xalqaro raqslar kuni
🌳 Kolumbiyada daraxtlar kuni
🏛 Qirg‘izistonda Bishkek shahri kuni

🌎 VOQEALAR:

1882-yil — Berlinda trolleybus ishga tushirildi.
1884-yil — Oksford universitetida birinchi bor ayollar imtihondan o‘tkazildi.
1897-yil — Angliyalik fizik Jozef Tomson London qirollik jamiyati yig‘ilishida elektronni kashf etganini e’lon qildi.
1995-yil — .uz domeni roʻyxatga olindi.
1996-yil — “O‘zbekkino” Davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmon e'lon qilindi.

TAVALLUDLAR:

1893-yil — Garold Kleyton Yuri — amerikalik fizik va kimyogar, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1905-yil — Xel Pereyra — amerikalik postanovkachi-rassom, “Oskar” mukofoti sovrindori.
1940-yil — Bayram Atjonova — Qoraqlpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda, O‘zbekiston xalq artisti.
1995-yil — Viktoriya Sinitsina — rossiyalik figurali uchuvchi, Yevropa va jahon chempioni.

🌐 Telegram | Facebook | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Referendum_kuni
#O'zbekiston

Oʼzbekistonda referendum kuni yaqinlashmoqda!

Shu kunlarda biz mamlakatimiz tarixidagi muhim davrni bosib oʼtmoqdamiz. Vatanimiz boy madaniy merosga ega, tarixda biz koʼp asrlar davomida turli xil sinovlarga duch kelganmiz va ularni yengib oʼtib, hamisha olgʼa intilib borganmiz. Ovozimizning muhimligini va Oʼzbekiston kelajagini birgalikda yaratishimizni anglab, shu kunni birgalikda nishonlaylik!

🌐 Telegram | Facebook | You tube
#Dars_jarayoni
#Ochiq_darslar

⚡️27-aprel kuni Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida biologiya fani o'qituvchisi Otajonova Shoira 8-a sinfda "Ko'rish organlarining funksiyasi" mavzusida ochiq dars tashkillashtirdi.

🖊Dars davomida o'quvchilar bilimini mustahkamlovchi turli xil video materiallar, taqdimotlar va harakatli o'yinlardan foydalanildi.

🌐 Telegram | Facebook | You tube
⚡️Bugun O‘zbekistonda referendum kuni (30.04.2023)

📍Ovoz berish soat 08:00 dan boshlab soat 20:00 ga qadar davom etadi.
Bugun 1-may 2023-yil, dushanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro mehnatkashlar kuni.
🌏 Pochta markasi tug‘ilgan kun.
🇪🇺 Yevropa - May bayrami.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Huquqlar kuni.
🇺🇸 AQSh, Gavayi orollari - Gavayi raqslari bayrami - Leya kuni.
🇦🇷 Argentina - Konstitutsiya kuni.
🇦🇺 Avstraliya - Mehnat kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya, 🇮🇪 Irlandiya - May bayrami.
🇩🇪 Germaniya - May bayrami.
🇪🇪 Estoniya - Bahor bayrami.
🇫🇷 Fransiya - Landish bayrami kuni.
🇪🇸 Ispaniya, Galisiya - Mayos bayrami (Festa dos Mayos).
🇱🇻 Latviya - Ta'sis Assambleyasi kuni.
🇲🇭 Marshall orollar - Konstitutsiya kuni.
🇳🇵 Nepal - May kuni (Majdoor Divas).
🇵🇼 Qozog‘iston - Qozog‘iston xalqlari birdamligi kuni.
🇵🇪 Peru - Virgen de Chapi bayrami.

👉 VOQEALAR:

- 305 - Qadimgi Rim hukmdorlari Diokletian va Maksimian hokimiyatdan voz kechishdi.
- 1006 - Superyangi yulduz SN 1006 chaqnadi.
- 1328 - Angliya Shotlandiyaning mustaqilligini tan oldi.
- 1455 - Arkingolm jangi.
- 1682 - Lyudovik XIV Parij rasadxonasini tantanali ravishda ochdi.
- 1699 - Missisipi daryosi bo'yida Fransuz Luizianasi tashkil topdi.
- 1707 - Angliya va Shotlandiya o'rtasida kelishuiv uniyasi imzolandi.
- 1840 - Angliyada dunyoda ilk bor pochta markalari paydo bo‘ldi.
- 1884 - Chikagoda birinchi osmono‘par bino - 10 qavatli uy qurilishi boshlandi.
- 1885 - Ottava shahrida birinchi elektr chiroqlari yondi.
- 1886 - AQShda ish tashlash bo'lib o'tdi, natijada 3 kishi halok bo'ldi va 4 nafar AQSh ishchi sinfi vakili qatl etildi.
- 1886 - Birma Britaniya Hindistoni tarkibiga kiritildi.
- 1890 - Yevropa davlatlarida ilk marta 1-may bayram sifatida nishonlandi.
- 1899 - Aspirin birinchi marta sotuvga chiqdi.
- 1912 - Kanada dollari ilk bor muomalaga chiqdi.
- 1917 - Rossiyada 1-May bayrami oshkora nishonlandi.
- 1918 - Uchuvchi I. N. Vinogradov boshqargan birinchi Sovet Nieuport-XXI samolyoti Qizil maydon ustidan uchib o'tdi.
- 1919 - Bavariya Sovet Respublikasining qulashi.
- 1925 - Kipr Britaniya mustamlakasi deb e'lon qilindi. Bu orolning inglizlar hukmronligi ostiga birinchi marta tushishi emas edi: 1191-yilda uni Richard Sheryurak bosib olgan edi.
- 1930 - Farg‘ona davlat universiteti tashkil topdi.
- 1930 - 18-fevralda kashf etilgan Quyosh tizimining to‘qqizinchi sayyorasining nomi - Pluton e’lon qilindi.
- 1930 - Farg‘ona davlat universiteti tashkil topdi.
- 1933 - Britaniya va Hindiston o‘rtasida telefon aloqasi o‘rnatildi.
- 1941 - AQShda Orson Uellsning «Citizen Kane» filmi premyerasi bo'ldi.
- 1945 - Berlindagi Reyxstag binosiga g'alaba bayrog'i o'rnatildi.
- 1948 - KXDR tashkil topganligi e'lon qilindi.
- 1959 - Chirchiq shahar o‘lkashunoslik (Mahalliy tarix) muzeyi tashkil topdi.
- 1963 - BMT ning Muvaqqat ma'muriyati nazorati ostida bo'lgan Gollandiyaning sobiq G'arbiy Irian mustamlakasi Indoneziyaga o'tkazildi.
- 1974 - Portugaliyada siyosiy mahbuslar ozod qilindi va ommaviy axborot vositalari senzurasi bekor qilindi.
- 1978 - Buyuk Britaniyada birinchi marta 1-may davlat miqyosida nishonlandi.
- 1979 - Grenlandiya o'zini o'zi boshqarish huquqiga ega bo'ldi.
- 1992 - IRA Klochodjedagi nazorat punktiga hujum qildi.
- 1993 - Shri-Lanka prezidenti Ranasingxe Premadasa Kolomboda sodir etilgan terroristik hujumda o‘ldirildi.
- 1998 - “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni taʼsis etildi.
- 1995 - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi tashkil qilindi.
- 2004 - Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya va Estoniya Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar qatoriga kiritildi.
- 2019 - Naruxito Yaponiya taxtiga o'tirdi.

🌐 Telegram | Facebook | You tube
📌 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tarix fani o'qituvchisi Islombek Axmedjonov tomonidan 6-B sinfda "Rim respublikasining qulashi" mavzusida ochiq dars tashkillashtirildi.

🖋 Dars davomida o'quvchilar mavzu doirasida krossvord ishlab, qiziqarli savol-javoblar o'tkazishdi.

📚 Mavzu yuzasidan taqdimot va TEZKOR TEST lar orqali dars mustahkamlandi. Dars ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook | You tube