Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
785 subscribers
6.82K photos
408 videos
39 files
1.51K links
Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Murojaat uchun tel.: +998974528886
👉 @savollaradminbot

👉https://www.facebook.com/profile.php?id=100087194045410
Download Telegram
Assalomu alaykum!

Bugun 2-may, Seshanba.

🎊 BAYRAMLAR:

📖 Xalqaro bolalar kitoblari kuni
👶 Tongada bolalar kuni
Polshada bayroq kuni
📚 Indoneziyada ta’lim kuni

🌎VOQEALAR:

1840-yil — Fransuz yozuvchisi Emil Zolya dunyoga keldi.
1912-yil — “Titanik” kemasi dengiz sinovlarini sinash uchun dengizga tushdi. Sinov muvaffaqiyatli yakunlandi.
1945-yil — Berlin qamali yuz berdi.
1978-yil — Amerika telekanalida “Dallas” seriali namoyish etila boshladi. Dastlab mualliflar serialni besh haftaga yetadigan qisqa ishlashgandi, biroq Yuinglar oilasining tarixi katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Natijada serial 13 yil namoyish etildi.

TAVALLUDLAR:

1660-yil — Alessandro Skarlatti — barokko davridagi italiyalik bastakor, neapol opera maktabi asoschisi.
1868-yil — Robert Vilyams Vud — amerikalik optik fizik, ultrabinafsha fotografiya asoschisi.
1904-yil — Komil Yormatov — oʻzbek kinorejissori, tojik kinosining asoschisi. Oʻzbekiston xalq artisti, Tojikiston va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi.
1912-yil — Aksel Shpringer — nemis jurnalisti, Yevropadagi eng yirik nashriyot konsernlaridan birining asoschisi.

🌐 Telegram | Facebook | You tube
#Ochiq_dars

💫Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tarix fani o'qituvchisi Faxriddin Xudayberganov tomonidan 7-a sinf O'zbekiston tarixi darsida "Ahmad Farg'oniy" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi.

🖇 Darsda "Savol javob", "FSMU","Aqliy hujum", "Baxs munozara","Xotira mashqi", metodlaridan foydalandi. Dars juda qiziqarli bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook | You tube
Assalomu alaykum!

Bugun 3-may, Chorshanba.

🎊 BAYRAMLAR:

📰 Butunjahon matbuot erkinligi kuni
🌞 Xalqaro quyosh kuni
👨‍🏫 AQSHda o‘qituvchilar kuni
📚 Yaponiyada Konstitutsiya kuni

🌎 VOQEALAR:

1902-yil — AQShda «Pepsi» kompaniyasi tashkil topdi.
1904-yil — amerikalik ixtirochi Jorj Parker birinchi ruchka uchun patent oldi.
1992-yil— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekneftgaz”—O‘zbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi.
1994-yil — Toshkentda “Buyuk ipak yo‘li” nomi ostida tennis bo‘yicha xalqaro musobaqa ochildi.
2010-yil — “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 43-yillik majlisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

1874-yil — Vagn Ekman — shved okeanografi, zamonaviy okeanografiya asoschilaridan biri.
1921-yil — Mirmuhsin — O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
1933-yil — Stiven Vaynberg — amerikalik fizik, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1983-yil — Kamoliddin Tojiyev — Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi a'zosi.
#Bugun

🎤3-may – Butunjahon matbuot erkinligi kuni
Butun dunyoda har yili 3-may kuni Butunjahon matbuot erkinligi kuni nishonlanadi. Bu kun 1993-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan matbuot erkinligi va jurnalistlar huquqlarini himoya qilish muhimligiga e'tibor qaratish maqsadida ta'sis etilgan. Matbuot erkinligi demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. Matbuot erkinligi ilm-fan, madaniyat va iqtisodiyot rivojiga ham xizmat qiladi.

☀️Bugun 3-may - Xalqaro Quyosh kuni
Har yili 3-may kuni nishonlanadi va quyosh energiyasining ahamiyati va undan kundalik hayotda foydalanishga e'tibor qaratishga bag'ishlangan.
Ko'pgina mamlakatlarda Quyosh kuniga bag'ishlangan turli tadbirlar va aksiyalar o'tkaziladi. Misol uchun, ba'zi shaharlarda quyosh panellari va quyosh energiyasi bilan ishlaydigan boshqa qurilmalar ko'rgazmalari tashkil etiladi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari va talabalar uchun quyosh elektr stansiyalariga ekskursiyalar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

🌐
Telegram | Facebook
⭕️⭕️⭕️⭕️ 5️⃣5️⃣5️⃣

🪶 "YIL HIKOYASI"

➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Yil hikoyasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

😂Tanlov shartlari bilan quyidagi nizom orqali tanishing!

✈️Tanlovda qatnashish uchun Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga ulanish lozim.

🎁Ushbu "Yil hikoyasi" ko‘rik-tanlovida faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 4-may 2023-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro o't o'chiruvchilar kuni.
🌏 Yig‘iladigan soyobon tug‘ilgan kun.
🌏 “Samoviy urushlar” kuni.
🌏 Butunjahon sovg'a ulashish kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh, Rod-Aylend - Mustaqillik kuni.
🇫🇯 Fidji - Yoshlar kuni.
🇮🇳 Hindiston - Konchilar kuni.
🇱🇻 Latviya - Mustaqillik tiklanish kuni.
🇳🇱 Niderlandiya - Xotira kuni.
🇵🇱 Polsha - O't o'chiruvchilar kuni.
🇹🇼 Tayvan - Adabiyot kuni.
🇹🇴 Tonga - Valiahd shahzoda kuni.
🇯🇵 Yaponiya - O‘simliklar kuni.
🇨🇳 Xitoy - Yoshlar kuni.
🇿🇲 Zambiya - Mehnat kuni
🇯🇲 Yamayka - O'qituvchilar kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1113 - Vladimir Monomax Kiev Buyuk knyazi taxtiga o'tirdi.
- 1715 - Parijda ilk yig‘ma soyabonlar ishlab chiqarila boshlandi. 
1776-yil — Rod-Aylend orolining (hozirgi AQSH shtati) mustaqilligi eʼlon qilindi.
1783 - ingliz astronomi Uilyam Gerschel oyda qizil chaqmoqni payqadi.
- 1807 - Fransiya va Fors o'rtasida Finkenshteyn shartnomasi imzolandi, bu Angliya va Rossiyaga qarshi Fransuz-Fors ittifoqini boshlab berdi.
- 1838 - Madaniyat arboblari ukrainalik shoir Taras Shevchenkoni krepostnoy qulligidan ozod qilishdi.
- 1848 - Fransiya Ta'sis Majlisining ochilishi.
- 1878 - Tomas Edison birinchi marta o'zi ixtiro qilgan fonografni namoyish qildi.
- 1896  - Peterburgdagi Akvarium bog‘ida Rossiyadagi ilk kinoseanslar boshlandi. 
- 1904 - Angliyada Genri Roys va Charlz Rolls hamkorligidagi “Rolls-Roys” mashinalarining birinchi avlodi ishlab chiqarildi.
- 1904 - Panama kanali qurilishi boshlandi.
- 1912 - Italiya Rodos orolini okkupatsiya qildi.
- 1919 - Xitoyda talabalar qoʻzgʻoloni boshlandi.
- 1924  - Parijda VIII Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
- 1932 - Al Capone soliq toʻlamaganligi uchun hibsga olindi.
- 1961 - SSSRda tekinxo‘rlikka qarshi kurashni kuchaytirish to'g'risida qaror qabul qilindi.
- 1966 - SSSRda FIAT konsernining avtomobilsozlik korxonasini yaratishda ishtirok etishi to'g'risida protokol imzolandi.
- 1979 - Margaret Tetcher Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri va ushbu lavozimdagi birinchi ayol bo‘ldi.
- 1986 - Chernobil atrofidagi evakuatsiya zonasi 30 kilometrgacha kengaydi.
- 1996 - O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi tashkil topdi.
- 2000 - «I love you» virusining birinchi paydo bo‘lishi.
- 2001 - Moskvada itlarni sayr qildirish qoidalari tasdiqlandi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1006 - Abdulloh Ansoriy (1089) - Mashhur mutasavvuf shayx.
- 1655 - Bartolomeo Kristofori (1731) - italyan musiqa ustasi, fortepiano asoschisi.
- 1772 - Fridrix Brokxauz (1823) - nemis kitob nashriyotchisi, Brockhaus enseklopediya nashriyoti asoschisi.
- 1825 - Tomas Geksli (1895) - ingliz zoologi, paleontolog, tabiatshunos.
- 1827 - Jon Henning Speke (1864) - Buyuk Britaniya hind armiyasi ofitseri, Afrikani tadqiq etgan, Viktoriya ko'li va Oq Nil manbasini 1858-yilda kashf qilgan.
- 1880 - Bruno Taut (1938) - nemis arxitektori va shaharsozi.
- 1881 - Aleksandr Kerenskiy (1970) - rus siyosiy va jamoat arbobi.
- 1899 - Frits fon Opel (1971) - nemis avtosanoatchisi, “Opel” kompaniyasiga tamal toshini qo‘ygan.
- 1905 - Boris Nadejdin (1961) - kompozitor va pedagog Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950).
- 1912 - Nikolay Bloxin (1993) -  xirurg-onkolog, Xalqaro rakka qarshi uyushma prezidenti (1966-yildan), shu uyushmaning faxriy prezidenti (1970-yildan).
- 1928 - Muhammad Husni Muborak (2020) - Misr prezidenti (1981-2011).
- 1929 - Odri Xepbern (1993) - Britaniya va Amerikalik kino aktrisasi, "Oskar" mukofoti sovrindori.
- 1971 - Leonid Slutskiy - Rossiya milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi.
- 1977 - Jujanna Vyores - vengriyalik sportchi, zamonaviy beshkurash bo'yicha Olimpiya chempioni (2004), ko'p marta jahon va Yevropa chempioni.
- 1987 - Fransesk Fabregas - ispaniyalik futbolchi, jahon (2010) va Yevropa chempioni (2008, 2012).
- 1989 - Daniel Dyurta - vengriyalik suzuvchi, Olimpiya chempioni (2012), uch karra jahon chempioni, XOQ a'zosi.
- 1997 - Shoxsanamxon Toshpo'latova - oʻzbek suzuvchisi-paralimpiyachi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 

BIZ BILAN QOLING!

🌐 Telegram | Facebook | You tube
Forwarded from Hilola Umarova
Agar bir o‘g‘il bolaga ta’lim bersang, bir kishiga ta’lim bergan bo‘lasan. Agar bir qizga ta’lim bersang, butun ummatga ta’lim bergan bo‘lasan, degan so‘zlarning zamirida hayotiy haqiqat borligini albatta, hammamiz yaxshi anglaymiz.

Bugun biz ta’limga bo‘lgan e’tiborning yana bir ijobiy natijasini guvohi bo‘lib turibmiz — Prezident maktabining o‘quvchi qizi 100 foiz grant asosida dunyoning eng mashhur universiteti Garvard talabasi bo‘ldi. Har qancha maqtansa arzigulik natija.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova barcha tengdoshlariga namuna bo‘lib, oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilish va harakatlari bilan endi Garvard universitetida muhandislik yo‘nalishida tahsil oladi.

Kun.uz muxbirining Go‘zal bilan bo‘lgan suhbati farzandi ta’limiga befarq bo‘lmagan hech bir insonni befarq qoldirmaydi.

Go‘zalxon singari yoshlarimizni ko‘rib, yana bir bor barcha ota-onalardan farzandlaringiz qiziqishlarini qo‘llab- quvvatlang, ularning ilm olishiga motivatsiya bering degim keldi. Zero buning mevasidan birinchi navbatda o‘zingiz va siz orqali butun jamiyat bahramand bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib, Go‘zalxon va uning ota-onasini farzandlarining yuksak yutug‘i bilan muborakbod etaman.
#Futbol

🏫Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sportni futbol turi bo'yicha maktab birinchiligi o'tkazildi.

⚽️ 3 kun davom etgan musobaqada quyidagicha natija qayd qilindi.

🥇I-o'rin — 11-B sinf jamoasi
🥈II-o'rin — 10-B sinf jamoasi
🥉III-o'rin — 11-V sinf jamoasi

🌐 Telegram | Facebook | You tube
#Vatan_boʻylab_sayohat
#1_KUN

🏫Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari Urganch va Xiva shaharlari bo'ylab sayohat qilishdi.

O'quvchilar sayohat davomida Yangiariq tuman kulolchilik markazi, Urganch shahridagi Ogohiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida, Xiva shahridagi Ichan qal'a majmuasida bo'lishdi.

🌐 Telegram | Facebook | You tube